JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
πŸ–₯πŸ“ Canon IBM bilan birgalikda o'zida printer imkoniyatlarini jam qilgan notebook ishlab chiqarganini bilarmidingiz?

1993-1995 yillar mobaynida ishlab chiqaruvchilar tomonidan bir nechta shu turdagi qurilmalarni ishlab chiqarilgan. Lekin yakunda ushbu loyiha o'zini oqlamagani uchun undan voz kechishgan.
Chop etish uchun qog'ozni klaviatura ostiga joylashtirish lozim. Shundan so'ng daqiqasiga 3 sahifa chop etish tezligida ma'lumot qog'ozda aks etardi.

βœ…@jetmediauz
πŸ“‘πŸ“Ά Huawei yangi innovatsion Wi-Fi 7 routerini taqdim etdi.

Huawei Router BE3 Pro nomiga ega ushbu router 2 versiyada taqdim etildi. Gigabit portligi 55$, 2.5Gibabit tezlikka ega portlari bilan esa 68$ dan sotuvda. Sotuvlar hozircha xitoyning o'zida boshlangan.
Mashrutizator 3570 Mbit/s tezlikni qo'llaydi. Qurilma HarmonyOS 4.0 versiyasida ishlaydi.

βœ…@jetmediauz
πŸ”‰Entuziast yong'oqni Bluetooth karnayga aylantirdi.

Youtube platformasida Penguin DIY kanali asoschisi oddiy yong'oqni Bluetooth karnayga aylantirdi. Yong'oq ichida modul, kuchaytirgich, karnay va akkumulyator joylashtirildi. Karnayni bemalol smartfoningizga bog'lab, ishlatishingiz mumkin. Ko'rinishdan juda antiqa. Faqatgina bunday kichik karnayni brelok kabi osish uchun mo'ljallangan ilgich yo'q xolos.

βœ…@jetmediauz
πŸ”·βœοΈ Bloknotda va nihoyat belgilar hisoblagichi paydo bo'ldi.

Windows 11 ning yangi versiyasida bloknotda belgilar hisoblagichi paydi bo'ldi. U huddi Microsoft Worddagi kabi ishlaydi.

βœ…@jetmediauz
⚑️2024-yilda Moskvada yangi avlod interneti ishga tushadi.

MTS operatori XGS-PON texnologiyasini sinovdan o'tkazdi va yangi yilda ushbu texnologiya asosida abonentlarni internetga ulashni boshlashini ma'lum qildi. XGS-PON 10Gbit/s tezlikni abonentgacha yetkazish imkoniyatiga ega.

βœ…@jetmediauz
⚑️O'zbekiston Mobil internet tezligi bo'yicha TOP-100 talikdan o'rin egalladi.

Speedtest Global Index ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston hozirda mobil internet tezligi bo'yicha dunyoda (24.70 Mbit/s) 99-o'rinni egallab turibdi. Bu avvalgi tadqiqot o'tkazilgan natijadan 1 pog'ona yuqori ko'rsatgichdir.
Keng polosali tarmoq (kabel) orqali esa O'zbekistonning natijasida ham 1 pog'ona yuqorilash qayd etilgan. Unga ko'ra hozirda O'zbekiston 55.45 Mbit/s tezlik bilan 90-o'rinni egallamoqda.

Darvoqe, umumiy retingni BAA 324.92 Mbit/s, Qatar 243.95, Quvayt 89.11 hamda Xitoy 161.56 tezliklari bilan boshqarib borishmoqda.

βœ…@jetmediauz
πŸ“±Xitoyda 5G qo'llovchi baza stansiyalari soni 1 yilda 42%ga oshdi.

Umumiy hisobda hozir Xitoyda 3 milliondan oshiq 5G baza stansiyalari ishlab turipti.
5G qo'llovchi mobil qurilmagalarga ega abonentlar soni umumiy ko'rsatgichning 44.7% ko'rsatgichga ega.
P.S.: Xitoy Telekommunikatsiya soxasi daromadi yillik 218 milliard AQSh Dollariga teng.

βœ…@jetmediauz
πŸ”· Windows 11 o'zini-o'zi tiklashi mumkin.

Sozlamalar bo'limi orqali endilikda Windows 11 tizimini qayta o'rnatish va tiklash funksiyasi qo'shildi. Eng muhimi, qayta o'rnatish ko'p vaqt talab qilmaydi va sizning ma'lumotlaringizni saqlab qoladi. Hozircha ushbu funksiya faqatgina beta versiyadagina tekshirilmoqda. 2024-yilning fevral-mart oylarida omma e'tiboriga xavola qilinishi kutilmoqda.

βœ…@jetmediauz
πŸ”·Yangi Windows sabab 240 milliondan ortiq kompyuterlar chiqitga chiqishi mumkin.

Canalys prognoziga ko'ra, 2025-yilning 10-oktabr sanasida Windows 10 bepul qo'llab quvvatlash muddati tugaydi. Shundan so'ng 240 milliondan ortiq kompyuter qurilmalari axlatga uloqtirilishi mumkin ekan. Sabab sifatida esa, ushbu qurilmalarning yangi versiyadagi Windowslarni qo'llamasligi ko'rsatilgan.
Ushbu ma'lumotni ko'pchilik vaxima bilan qabul qilmoqda. Sizga shuni takidlashimiz mumkinki, hozirda ko'plab tashkilotlarda xali ham Windows XP va Windows 7 tizimlarida ishlayotgan eski kompyuterlar mavjud. Shunday ekan, sizning kompyuteringiz agar texnik tomondan buzilib qolmasa, Windows 10 o'rnatilgan xolda keyinchalik ham ishlashingiz mumkin bo'ladi. Faqatgina ba'zi yangi dasturlar asta sekinlik bilan vaqt o'tgan sari o'rnatish imkoniyati yo'qolib boradi xolos.

βœ…@jetmediauz
Π˜Ρ‚ΠΎΠ³ΠΈ Π³ΠΎΠ΄Π° для ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π° "JETmediaUZ" ΠΎΡ‚ @TGStat
πŸ“‘ Starlink interneti O'zbekistonda 2025-yilga borib ishga tushishi mumkin.

Markaziy osiyoda, hususan Starlink interneti 2023-yil yakunida ishga tushishi kutilayotgan edi. Kompaniya xaritasiga ko'ra, endi ushbu sana 2 yilga surilgan. Ungacha O'zbekistonda 5G tarmog'i ancha rivojlanib ketsa ajab emas.
Starlink asoschisi Ilon Maskning ta'biricha, uning interneti odatiy simli va 5G interneti oralig'ida o'z o'rnini egallashi ko'zda tutilgan. O'rtacha tezlik 10-60 Mbit/s tashkil qiladi.
Qiziq tomoni, hozirda provayderlar optik tola orqali deyarli xar bir xonadonga o'rtacha 50Mbit/s tezlik taqdim etmoqda. Mobil operatorlarning 4G tarmog'idagi tezlik ham deyarli shu ko'rsatgichda. 2 yildan keyin bu ko'rsatgichlar yana ham oshadi. Agar Starlink sifatli va yanada tezkor internet taklif qila olmasa, bizda sputnik orqali bo'lgan internetga talab deyarli bo'lmasa kerak.

βœ…@jetmediauz
πŸŽ₯Tadqiqotchilar YouTube platformasida qancha roliklar borligini hisoblab chiqishdi.

Unga ko'ra, YouTube platformasida hozirda 13 235 821 970 videorolik mavjud. 2023-yilning o'zida platformaga 4 milliarddan ziyod video yuklangan. 4% roliklarda 10 mingdan ziyod ko'rishlar bor xolos.
Entuziastlar shu kabi statistikalarni yoritib boruvchi sayt ishga tushirishdi.

βœ…@jetmediauz
πŸ“ˆStatcounter dekabr oyi uchun brouzerlar statistikasi bilan o'rtoqlashdi.

πŸ‘©β€πŸ’» Unga ko'ra, Microsoft Edge ilk bor 12% ko'rsatgichga yaqinlashdi.
πŸ‘©β€πŸ’» Apple Safari esa pasayishni ko'rsatmoqda. 13.3% dan 8.96%gacha
Uning yonida esa Firefox 7.62% bilan turipti.
Google Chrome ro'yhatni boshqarishda davom etmoqda. Uning PC olamidagi o'rni 65.23% (+3.17%) ega.
Beshlikni Opera 3.78% bilan yakunlab bermoqda.

Quyida esa brouzerlarning mobil qurilmalar bo'yicha statistikasini keltirib o'tamiz:
β€’ Google Chrome: 64,93% (+0,39%).
β€’ Apple Safari: 24,71% (-0,45%).
β€’ Samsung Internet: 4,48% (-0,1%).
β€’ Opera: 2,28% (+0,18%).
β€’ UC Browser: 1,48% (+0,03%).

βœ…@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”·Microsoft klaviaturalardan Windows tugmasini olib tashlamoqchi.

Windows tugmasi klaviaturalarda paydo bo'lganiga 30 yilcha bo'ldi.
Ushbu tugma o'rniga o'ng Alt tugmasi yonida Copilot aqlli yordamchisini ishga tushiruvchi tugma paydo bo'ladi. Ushbu yordamchi GPT-4da ishlaydi.
Yangilangan klaviaturani CES 2024 ko'rgazmasida ommaga taqdim etilishi kutilmoqda.

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉBuyuk Britaniya mobil operatorlari shu yildan 3G tarmog'ini o'chirishni boshlaydi.
Jumladan Vodafone operatori allaqachon bu ishni ba'zi hududlarda amalga oshirgan. To'liq 3Gdan voz kechish esa yil yakuniga qadar yakunlanadi.
EE hamda Three ham shu yildan 3G tarmog'ini o'chirish niyatidalar.
Faqat Virgin Media O2 esa 3G tarmog'ini 2025-yildan butunlay voz kechadi.

βœ…@jetmediauz
πŸ“±Apple Samsungni ortda qoldirdi...

JohnsPhones smartfonlarning 65 mamlakatdagi sotuvlari borasida o'rganishlar olib bordi va unga ko'ra sotuvlar bo'yicha birinchilikni Apple qo'lga kiritgani ma'lum bo'ldi.
Bozorning 28.4% bilan Apple, 28.2% bilan Samsung, Xiaomi 12.7% bilan reytingni boshqarishmoqda. Qolgan ishlab chiqaruvchilar xar biri hissasiga 6% dan kamroq umumiy sotuvlar to'ri kelmoqda.
Mamlakatlar bo'yicha esa statistika bir muncha farq qiladi. Jumladan ba'zi davlatlarda Apple maxsulotlari ommabop bo'lsa, boshqa birlarida esa Samsung. Indoneziya, Filippin hamda Afrika davlatlarida esa Oppo hamda Tecno smartfonlari ommabop.
P.S.: Infografika bo'yicha qaralsa, O'zbekistonda Samsung smartfonlari boshqalarga qaraganda ommabop ekan.

βœ…@jetmediauz