JETmediaUZ
45 subscribers
415 photos
10 videos
1 file
54 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
⚡️Mobiuz ViLTE texnologiyasini birinchilardan bo'lib ishga tushirdi

Bugun mobil operatorlarimiz bizni yangiliklarga ko'mib tashlaydigan ko'rinadi.
Mobiuz birinchilardan bo'lib butun O'zbekiston bo'ylab ViLTE texnologiyasi asosidagi xizmatlarini taqdim etishni boshlaganini ma'lum qildi. Unga ko'ra, endilikda siz nafaqat sifatli ovozli qo'ng'iroqlarni, balki HD video qo'ng'iroqlarni ham amalga oshirishingiz mumkin.
Darvoqe, kompaniya kelasi hafta ICT Week doirasida yangi va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan xizmatlarni taqdim etishi kutilmoqda.

@jetmediauz
💾 Seagate 24Tb xajmga ega Exos X24 qattiq disklarini taqdim etdi.

CMR yozish shakliga ega ushbu disklarni nafaqat Data markazlarida, balki oddiy kompyuterlarda ham ishlatsa bo'ladi. Serverlarga mos SAS interfeysdan tashqari, SATA III (6Gbit/s) interfeysga ega disklar ham mavjud.
Ishlab chiqaruvchi disklarni 2.5 million soat davomida ishlashini takidlamoqda. Shu sababli Seagate ushbu disklarga 5 yillik kafolat beradi.

@jetmediauz
🔷 Alisa yaqin sharq davlatlarida Yasmina ismini oldi.

Yandeks kompaniyasiga tegishli Alisa ovozli asistenti arab tilini o'rgandi. Bundan tashqari endi yaqin sharq davlatlarida uning ismi Alisa emas, Yasmina deya nomlanadigan bo'ldi. Saudiya Arabistoni hamda BAA davlatlari tez orada ushbu asistentni test qilishlari mumkin bo'ladi. Bundan tashqari Yasmina ingliz tilida ham so'zlashishni o'rganmoqda.

@jetmediauz
🔷 Microsoft Word 40 yoshda...
Word uzoq 1983-yili taqdim etilgan edi...

@jetmediauz
〽️ Statistika: Personal kompyuterlar Apple umumiy daromadining bor yo'g'i 10%ga to'g'ri keladi.
Qachonlardir ushbu yo'nalish kompaniyaning eng asosiy daromadi manbayi edi.

@jetmediauz
🔷Google endi matematika, fizika va geometriya bo'yicha masalalarni yechishda yordam beradi.

Yechimlarga masalalarni qanday to'g'ri yechish haqidagi ma'lumot ham qo'shimcha qilinadi.
Darvoqe, yechimlar xatto odadiy kitoblarda ham bunchalik batafsil yoritilmagan.

@jetmediauz
💾⚡️ Yangi avlod MicroSD kartalari 1969 Mbit/s tezlikda ma'lumot almasha oladi.

SD Association yangi SD 9.1 standartini taqdim etdi. Unga ko'ra ushbu standartda ishlovchi SD kartalari 1969 Mbit/s tezlikda ma'lumot almasha oladi.
Ma'lumot o'rnida: bunday tezlik Blu-ray formatidagi 25Gb filmni 12.5 soniyada ko'chirish imkonini beradi.

@jetmediauz
🖥📠Canon IBM bilan birgalikda o'zida printer imkoniyatlarini jam qilgan notebook ishlab chiqarganini bilarmidingiz?

1993-1995 yillar mobaynida ishlab chiqaruvchilar tomonidan bir nechta shu turdagi qurilmalarni ishlab chiqarilgan. Lekin yakunda ushbu loyiha o'zini oqlamagani uchun undan voz kechishgan.
Chop etish uchun qog'ozni klaviatura ostiga joylashtirish lozim. Shundan so'ng daqiqasiga 3 sahifa chop etish tezligida ma'lumot qog'ozda aks etardi.

@jetmediauz
📡📶 Huawei yangi innovatsion Wi-Fi 7 routerini taqdim etdi.

Huawei Router BE3 Pro nomiga ega ushbu router 2 versiyada taqdim etildi. Gigabit portligi 55$, 2.5Gibabit tezlikka ega portlari bilan esa 68$ dan sotuvda. Sotuvlar hozircha xitoyning o'zida boshlangan.
Mashrutizator 3570 Mbit/s tezlikni qo'llaydi. Qurilma HarmonyOS 4.0 versiyasida ishlaydi.

@jetmediauz
🔉Entuziast yong'oqni Bluetooth karnayga aylantirdi.

Youtube platformasida Penguin DIY kanali asoschisi oddiy yong'oqni Bluetooth karnayga aylantirdi. Yong'oq ichida modul, kuchaytirgich, karnay va akkumulyator joylashtirildi. Karnayni bemalol smartfoningizga bog'lab, ishlatishingiz mumkin. Ko'rinishdan juda antiqa. Faqatgina bunday kichik karnayni brelok kabi osish uchun mo'ljallangan ilgich yo'q xolos.

@jetmediauz
🔷✏️ Bloknotda va nihoyat belgilar hisoblagichi paydo bo'ldi.

Windows 11 ning yangi versiyasida bloknotda belgilar hisoblagichi paydi bo'ldi. U huddi Microsoft Worddagi kabi ishlaydi.

@jetmediauz
⚡️2024-yilda Moskvada yangi avlod interneti ishga tushadi.

MTS operatori XGS-PON texnologiyasini sinovdan o'tkazdi va yangi yilda ushbu texnologiya asosida abonentlarni internetga ulashni boshlashini ma'lum qildi. XGS-PON 10Gbit/s tezlikni abonentgacha yetkazish imkoniyatiga ega.

@jetmediauz
⚡️O'zbekiston Mobil internet tezligi bo'yicha TOP-100 talikdan o'rin egalladi.

Speedtest Global Index ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston hozirda mobil internet tezligi bo'yicha dunyoda (24.70 Mbit/s) 99-o'rinni egallab turibdi. Bu avvalgi tadqiqot o'tkazilgan natijadan 1 pog'ona yuqori ko'rsatgichdir.
Keng polosali tarmoq (kabel) orqali esa O'zbekistonning natijasida ham 1 pog'ona yuqorilash qayd etilgan. Unga ko'ra hozirda O'zbekiston 55.45 Mbit/s tezlik bilan 90-o'rinni egallamoqda.

Darvoqe, umumiy retingni BAA 324.92 Mbit/s, Qatar 243.95, Quvayt 89.11 hamda Xitoy 161.56 tezliklari bilan boshqarib borishmoqda.

@jetmediauz
📱Xitoyda 5G qo'llovchi baza stansiyalari soni 1 yilda 42%ga oshdi.

Umumiy hisobda hozir Xitoyda 3 milliondan oshiq 5G baza stansiyalari ishlab turipti.
5G qo'llovchi mobil qurilmagalarga ega abonentlar soni umumiy ko'rsatgichning 44.7% ko'rsatgichga ega.
P.S.: Xitoy Telekommunikatsiya soxasi daromadi yillik 218 milliard AQSh Dollariga teng.

@jetmediauz
🔷 Windows 11 o'zini-o'zi tiklashi mumkin.

Sozlamalar bo'limi orqali endilikda Windows 11 tizimini qayta o'rnatish va tiklash funksiyasi qo'shildi. Eng muhimi, qayta o'rnatish ko'p vaqt talab qilmaydi va sizning ma'lumotlaringizni saqlab qoladi. Hozircha ushbu funksiya faqatgina beta versiyadagina tekshirilmoqda. 2024-yilning fevral-mart oylarida omma e'tiboriga xavola qilinishi kutilmoqda.

@jetmediauz