JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
🖥 Windows 10 uchun yangi Updatelar chiqishi to'xtatildi

22H2 Windows 10 OT uchun so'nggi katta Update bo'lib qoladigan bo'ldi. Microsoft kichik teshiklarni yopuvchi yangilanishlarni chiqarishda davom etadi. Lekin 2025-yilning 5-oktabriga qadar. Bundan tashqari Windows 10 LTSC korporativ versiyasi 2029-yilgacha texnik qo'llab-quvvatlanishda davom etilishi ma'lum qilindi.
Kompaniya vakillaridan biri, tezroq Windows 11 ga o'tishni tavsiya qilmoqda.
P.S.: Majburiy-ixtiyoriy yangilanish davri davom etadi 🙃

@jetmediauz
⚡️TP-LINKdan Archer T2UB Nano qurilmasini qarshi oling...
Ikki diapazonli USB adapter o'zining o'ta ixcham ko'rinishi bilan sizni qoyil qoldira oladi. Wi-Fi AC600 va Bluetooth 4.2
Bluetooth orqali bir vaqtning o'zida 7 tagacha bo'lgan qurilmalar bilan bog'lanish mumkin. Wi-Fi orqali ximoyalangan bog'lanish: WEP, WPA, WPA2, WPA3, WPA-PSK, WPA2-PSK va WPA3-SAE
O'zbekistonda 180 000 so'mdan boshlab sotib olishingiz mumkin.

@jetmediauz
💾 Analitiklarning hisobotiga ko'ra, 1 sutka davomida internet tarmog'ida 2,5 Eksabayt ma'lumot generatsiya qilinmoqda. Taxminiy hisob-kitoblar 2 yildan keyin ushbu ko'rsatgich deyarli 5 barobarga oshishi kutilmoqda.
(1 Eksabayt = 1073741824 Gigabayt)

@jetmediauz
Windows 12 2024-yilning kuzida ommaga taqdim etilishi kutilmoqda...
Yangi operatsion tizimning fishkasi sifatida uchib yuruvchi vazifalar paneli ko'rsatib o'tilgan.

@jetmediauz
👮🇺🇿IIV qoshidagi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan yo'llanma va saytlarni tekshiruvchi maxsus sayt ishga tushirildi.
Servis ko'satilgan yo'llanma/saytlarni haqiqiy yoki feyk ekanini tekshiradi. Agarda bazada siz ko'rsatgan sayt/yo'llanma mavjud bo'lmasa, uni tekshirish uchun yuborishingiz mumkin.

@jetmediauz
🖥Debian/Linux 30 yoshni qarshi oldi
Distributiv 1993-yilning 16-avgust kunida Yan Myordok tomonidan anons qilingandi.
Debian paydo bo'lganidan beri 18 reliz ishlab chiqilgan. Loyihaga mingdan ziyod dasturchilar o'z xissalarini qo'shib kelmoqdalar.
Debian texnologiyasi asosida 400 dan ziyod boshqa distributivlar yaratilgan. Ulardan eng mashhuri - bu Ubuntu.

@jetmediauz
⚡️Rossiya 2035-yilda 6G tarmog'ini ishga tushirmoqchi

Rossiyada aloqa soxasini rivojlantirish bo'yicha yo'l xaritasi taqdim etildi. Unga ko'ra 2035-yilga qadar barcha 100000dan ziyod yashovchiga ega axoli punktlarining 98% 5G tarmog'i bilan qoplanishi lozim.
Ushbu xaritada yana bir qiziq mavzu mavjud. U ham bo'lsa 2035-yilda 6G tarmog'ini ommaviy ishga tushirish. Hozircha bu borada faqat taxminlar kiritilgan. Unga ko'ra, 6G tarmog'i 95 GHz (gigagerts) dan 3THz (teragerts) chastotada faoliyat olib boradi. Tezlik 1TBit/s tezlikgacha borishi kutilmoqda. Ammo, teragerts chastotalar insonga zararsizligi borasida hech qanday tadqiqotlar olib borilmagan.

@jetmediauz
😁 PC yig'ishda duch kelinadigan eng katta muammo...

@jetmediauz
🖥 IBM qadimiy dasturlash tili bo'lgan COBOLdan voz kechmoqda...

IBM kompaniyasi sun'iy intelekt bazasi asosida maxsus dasturiy ta'minotni yozib tugatdi. Ushbu dastur qadimiy (1959-yilda yaratilgan) dasturlash tili bo'lgan COBOLda yozilgan dasturlarni Java tiliga o'girib beradi. Bu orqali hozirga qadar ko'plab davlat tashkilotlarida ishlayotgan eski dasturlarga yangi nafas berish va ularni Java muhitiga o'tkazish maqsad qilingan. Shundan so'ng COBOLdan butunlay voz kechish mumkin bo'ladi.
P.S.: Hozirda COBOL dasturlash tilida kod yozuvchilar sanoqli va ularning deyarli hammasi pensiya yoshida.

@jetmediauz
⚡️ Bugun Linux 32 yoshga to'ldi!

1991-yilning 25-avgustida 5 oylik ishlab chiqishdan so'ng Linus Torvalds ismli talaba yangi operatsion tizimni ommaga taqdim etgandi.
0.0.1 yadrosi bor yo'g'i 62Kb xajmga ega edi. Unda 10000 satr kod mavjud bo'lgan. Solishtirish uchun, hozir bu ko'rsatgich 30 million satrdan oshadi.
2010-yilda olib borilgan o'rganishlarga ko'ra, noldan bunday operatsion tizimni ishlab chiqish uchun kamida 3 milliard dollar kerak bo'lar edi.

@jetmediauz
🔷 WordPress 100 yilga domenni band qilish imkoniyatini taqdim etmoqda!

Bundan tashqari boshqariluvchi hosting, 24/7 qo'llab-quvvatlash hamda qo'shimcha foydali xizmatlar taqdim etilishi ko'zda tutilgan. Bu uchun esa siz 38 000$ (yiliga 380$) to'lovni amalga oshirishingiz kifoya.

@jetmediauz
🐧 Linuxga o'tish uchun eng qulay bo'lgan distributivlar

Ko'pchilik Linuxni sinab ko'rishga cho'chishadi. Bunga sabab qilib esa Linux Windowsga nisbatan murakkab ekanligi ko'rsatiladi. Aslida esa hozir Linux boshqa tizimlardan qolishmaydigan darajada osonlashgan. Shu sababli ilk qadamni qo'yish uchun bir necha distributivni keltirib o'tamiz:

Ubuntu: Eng ommabop distributiv. Hozirda undan 20 milliondan oshiq inson doimiy foydalanib kelmoqda. Yaxshi tomoni, eskiroq PC ga ham o'rnatish hamda ishlash mumkin.

Fedora: RedHat dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan. Distributiv faqat bepul va ochiq protokolli standartlarni qo'llab-quvvatlaydi. Ya'ni faqat bepul va ochiq dasturlar.

Linux Mint: Windowsga o'xshagan Linux. Start va ko'plab qismlar ko'rinishi Windowsga o'xshatilgan. Tizim Ubuntu asosida yaratilganligi bois, doimo yangilanib turiladi.

Manjaro: Boshqalarga nisbatan ancha yosh tizim. Qulay grafik o'rnatuvchiga ega. O'rnatish va sozlashda qiyinchiliklarda deyarli duch kelmaysiz.

@jetmediauz
〽️Windows tizimi versiyalari bo'yicha O'zbekistondagi ko'rsatgichi
Ko'pincha turli infografiklarda Operatsion tizimlar bo'yicha dunyodagi xolat bilan tanishib boramiz. Keling, ana shunday grafiklardan birini hukmingizga taqdim etsak. Unda Windows turli versiyalari bo'yicha egallagan qamrovi O'zbekiston bo'yicha keltirilgan.
E'tiborga molik tomoni, 2023-yilning yanvar oyida bo'lgan. Unda Windows 7 foydalanuvchilari birdaniga kamayib, Windows 11foydalanuvchilari esa ko'paygan. Ma'lumotga ko'ra, aynan 10-yanvar kuni Windows 7 ning kengaytirilgan qo'llab-quvvatlash muddati tugagan.
Sentabr boshida Windows 7 ko'rsatgichi yana o'sa boshladi. Taxminiy sabab sifatida yangi o'quv yilini boshlanishi bo'lishi mumkin.

@jetmediauz
⚡️Intel kompaniyasi rasman o'ta yuqori tezlikga ega Thunderbolt 5 interfeysini taqdim etdi.
Yangi standart Bandwidth Boost texnologiyasi asosida ishlaydi. Shunga monand tarzda 80 Gbit/s tezlikda ma'lumotlar uzata oladi. Lekin kichik tyuningdan so'ng, ushbu ko'rsatgichni 120 Gbit/s tezlikgacha ko'tarish mumkin.
Bundan tashqari ushbu interfeys yordamida tezkor quvvatlash imkoni ham mavjud. 240 Vt bilan deyarli barcha qurilmalarni quvvat bilan ta'minlash mumkin.
Thunderbolt 5 avvalgi Thunderbolt 3 va 4 bilan ham ishlay oladi. Bundan tashqari DisplayPort 2.1, USB4 va USB 3.2 bilan ham ishlashi mumkin.
Yangi standart PCI 4.0 protokoli bilan moslashtirilgan.
Thunderbolt 5 qo'llovchi qurilmalar 2024-yildan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

@jetmediauz
📧 O'zbekistonda elektron pochta orqali tashkil etilishi mumkin bo'lgan qallobliklardan qanchalik ximoyalangan?

Bu borada PowerDmarc tomonidan o'tkazilgan tekshiruvga yuzlanamiz. Unga ko'ra 826 tekshirilgan saytlarning 63%dagina to'g'ri SPF ximoyaga, 24% DMARC ximoyaga ega ekanligi aniqlangan. Bu ko'rsatgichlar domen va pochta tizimlariga e'tiborri yanada oshirish kerakligini ko'rsatadi.

To'liq statistika bilan quyidagi yo'llanma orqali tanishishingiz mumkin:
powerdmarc.com | PDF

@jetmediauz
⚡️O'zbekistonda ilk K-Root DNS serveri ishga tushirildi.

Milliy integrator Uzinfocom RIPE NCC bilan kelishgan xolda, O'zbekistonda K-Root DNS serverlaridan birini ishga tushirdi. O'z navbatida ushbu qadam yurtimizda turli domenlarga bog'liq xizmatlarni yanada tezroq ishlashiga olib keladi.
Xo'sh, K-Root DNS server nima vazifani bajaradi? Xar bir domen segmenti uchun o'z qo'llab-quvvatlovchi DNS serverlari mavjud. Jumladan .UZ domeni uchun ns1.uz, ns2.uz va hokazo. Lekin aynan ushbu NS manzillarni topish uchun esa dunyo bo'ylab turli joylarda joylashgan K-Root DNS serverlari kerak. Aynan internetning ishlashi ushbu serverlarga bog'liq. Turli domen segmentlariga .UZ, .COM, .NET va boshqalarning qo'llovchi NS serverlarga yo'naltirish vazifasi K-Root zimmasida.

@jetmediauz
📱Google Pixel 8 va 8 Pro 7 yil davomida dasturiy yangilanib borishi kutilmoqda.
5 yil davomida operatsion tizim va yana 2 yil xavfsizlik bo'yicha yangilanishlar
Ushbu ko'rsatgich boshqa barcha Android smartfonlari ishlab chiqaruvchilari ichida eng uzoq muddatdir. Agar ma'lumot haqiqatga aylansa, Pixel 8 va 8 Pro Android 14 bilan sotuvga chiqadi va kamida Android 19gacha yangilanishi aniq.

@jetmediauz