JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
Forwarded from JETmediaUZchat
📲🍏Ilk USB Type-C portiga ega iPhone 86000$ga sotildi.
Gap shundaki, o'tgan oyda Ken Pillionel ismli entuziast o'zining iPhone X smartfonidagi opdatiy Lightning portini USB Type-C portiga almashtirdi. Ushbu jarayonni u to'liqligicha ochiq xolda Githubga yozib qoldirgan.
Smartfon kuni kecha eBay savdo tizimida 86001$ga sotildi.
Smartfon sotilganiga qaramay, entuziast kelajakda ushbu yo'nalishda o'z ishlarini davom ettirishi hamda USB Type-C orqali iPhone smartfonini tezkor quvvatlash, suvga chidamlilik va ulangan qurilmalarni taniy olish imkoniyatlarini muammosiz ishlay oladigan qilishni rejalashtirgan.

@jetmediauz
🖱Qadim zamonlarda, dinozarvlar o'z oyog'i bilan yurgan paytlarda, sichqonchalarni har zamonda ana shunday tozalab turish, kursorning o'ta aniq ishlashiga kafolat edi... 😁

@jetmediauz
🎵Qadimiy Winamp pleyeri qayta ishga tushish arafasida.
Ilk Winamp 1997-yilda Nullsoft komandasi tomonidan taqdim etilgan edi. Shundan so'ng 1999-yilda AOL Nullsoftni 80 million $ ga sotib oladi. Uzoq yillar mobaynida eng ommabop pleyer sifatida tanilgan Winamp loyihasini AOL 2013-yilda yopadi. 2014-yilda Radionomy AOLdan ushbu loyihani sotib oladi hamda 2019-yilda 6-versiyani taqdim etishmoqchi edi. Lekin bu reja amalga oshmagach, ko'pchilik Winamp aniq endi qaytmasligiga ishongan.
Radionomy Group hozirda hechdan ko'ra kech bo'lsa ham loyihani qayta yo'lga qo'ymoqda. Hozirda winamp.com sayti yangi dizayn va logotip bilan ishlab chiqildi. Hozirda Radionomy ushbu loyiha uchun ko'ngilli dasturchilar hamda Beta testerlarni jamlashmoqda.
Winamp sizning yodingizdami?

@jetmediauz
avvalgi postga qo'shimcha:
Winamp yopilganidan so'ng, unga befarq bo'lmaganlar tomonidan Community tashkil topgan ekan. Ushbu community tomonidan Winampning norasmiy versiyalarini ishlab chiqishgan va uni WACUP deya nomlashgan. WACUP saytida so'nggi versiya 11-mart 2021-yilda saytga yuklangan.
getwacup.com

@jetmediauz
💻 Windowsga boshqa antivirus o'rnatish kerakmi yoki yo'q?

Umuman olganda Windows 10 va 11 versiyalaridagi Microsoft Defender allaqachon eng yaxshi antiviruslar ro'yhatiga kirib bo'lgan. Faqatgina Ba'zi ko'rsatgichlar bo'yicha TOP antiviruslardan farq qilishi mumkin.
Grafikda buni yaqqol ko'rishingiz mumkin.
Umuman oganda tanlov baribir hammaning o'z qo'lida. Kimdur Defenderni qoldiradi, kimdur esa, ishonchli nomga tayanadi.
Siz Windows 10 / 11 da qaysi antivirusdan foydalanasiz?

@jetmediauz
💻 Bu yil o'zga xos narx oshish bo'yicha texnika olami barchani karaxt xolatga keltirib qo'ydi. Oddiy PC olish qiyinlashgan davrda, Notebooklar bir oz bo'lsada dardimizda oro bo'layotgandi. Afsuski bu ham uzoqqa cho'zilmaydigan bo'ldi. Sababi, kelasi yildan ko'plab yangi noutbuklar o'z narxida 10-20%gacha oshishi kutilmoqda. Bunga sabab qilib esa, o'sha mikrochiplarning qimmatlashishi, yangi DDR5 operativ xotirasining anchagina qimmatligi ko'rsatib o'tilgan.
Siz notebook olishni rejalashtirganmidingiz va bu xabar qanchalik sizni ranjitdi?

@jetmediauz
🖥🔌 Navbatdagi buyurtma:
- Mavjud serverlar guruhiga yana 2 server qo'shildi
- Bir nechta Switch markazlashgan markaziy switchga ulandi
- Asosiy server, Markaziy Switch hamda boshqa switchlar 1 Gb/s portdan 10Gb/s portga o'tkazildi
- Yordamchi switchlarda Loopbackdan ximoya ishga tushirildi hamda endi ular to'liqligicha monitoring nazoratida.
Ish xali davom etadi. Insfrastruktura sekin asta to'liqligicha qoida bo'yicha to'g'irlanadi.

@jetmediauz
📡 Avstraliyalik entuziast Xarald Merfi o'zining Tesla Model X avtomobiliga Starlink sputnik interneti laganini o'rnatib, 100km/soat tezlikda 200Mbit/s internet tezligidan foydalana oldi.

@jetmediauz
🍏 Ma'lumotlarga ko'ra, keyingi iPhone avlodida SIM karta sloti mavjud bo'lmasligi mumkin. Apple kompaniyasi to'liqligicha eSIM texnologiyasiga o'tishni rejalashtirmoqda. Kompaniya mobil operatorlarga 2022-yil kuzigacha ushbu texnologiyani to'liq qo'llovni amalga oshirishni so'ragan.
P.S.: O'zbekistonda eng birinchilardan bo'lib MOBIUZ kompaniyasi eSIM texnologiyasi asosida abonentlarga virtual-raqamli sim karta taqdim etishni boshlagan edi. Yaqindan boshlab yana ikki operator, Uzmobile hamda Beeline ham ushbu texnologiya asosida eSIM taqdim etishni boshlashdi.

@jetmediauz
📡 TP-Link Archer AXE200 Omni wi-fi routeri taqdimotini o'tkazdi.
Ushbu yangi router 6 GHz da ishlashdan tashqari, antenalari xolatini foydalanuvchi bilan bo'lgan aloqa sifatini oshirish uchun avtomatik o'zgartira oladi.
Router dunyo bozoriga shu yilning ikkinchi yarmidan boshlab chiqarilishi rejalashtirilgan

@jetmediauz
🖥 Qiziq fakt: Kompyuter sichqonchasi ixtirochisi Duglas Engelbart o'z ixtirosidan hech qanday moddiy foyda ololmagan. Bundan tashqari ixtirochi nima sababdan o'z ixtirosini sichqoncha deb ataganini bilmaydi.

@jetmediauz
🔹Intel kompaniyasining o'tmishda ommabop bo'lgan protsessorlari.
Qaysi biri sizga tanish va eng birinchi ishlagan protsessoringizni eslaysizmi?

@jetmediauz
🍏 Apple kompaniyasining rasmiy sayti 1992-yildagi ko'rinishi.

@jetmediauz
Xar o'tayotgan daqiqada dunyodagi ommabop resurslarda nimalar sodir bo'ladi?

@jetmediauz
📱 Xitoyning deyarli barcha hududida endilikda 5G tarmog'i mavjud.

- 5G stansiyalari shahar va shahar tumanlariga o'rnatilgan, hamda 97% okrug va 50% poselkalarni egallagan.
- Baza stansiyalari soni 1.4 milliondan oshgan

@jetmediauz
💻 Bu Polshaliklarning AKAT-1 nomli analog kompyuteri. 1959-yilda o'z davrining innovatsion texnikasi hisoblangan.
Asosiy vazifasi yuqori darajadagi differensial tenglamalarni yechish bo'lgan. Eng muhim jihati, uning tranzistorli asosidir.
IT tarixchilarning fikriga ko'ra, AKAt-1 o'tgan asrning 50 yillar so'ngidagi eng revolyutsion ishlanmasidir.
Hozirda qurilma Varshavadagi texnika muzeziya saqlanmoqda.

@jetmediauz
📡 Internetga oid qiziq statistika:

- Deyarli 40% yer aholisi internet resurslaridan umuman foydalanmagan.
- 2.9 milliard inson umrida biron martta bo'lsada internetdan foydalanmagan. Aksincha, internetga kirib turuvchilar soni esa 4.9 milliardga yetgan
- 2018-yili internet foydalanuvchilari soni kamchilikni, 3.7 milliard, foydalanmaydiganlar soni 3.9 milliarddan oshgan
- dunyo bo'ylab 62% erkaklar va 57% ayollar internetdan foydalanadi
- Internetga chiqish imkoniyati faqatgina 71% axoli punktlaridagina mavjud.
- Shahar axolisi qishloq axolisiga nisbatan internetdan ikki karra ko'proq foydalanadi

@jetmediauz