JETmediaUZ
78 subscribers
505 photos
13 videos
3 files
67 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
πŸ“±2025-yilning ikkinchi choragida ommabop bo'lgan smartfonlar reytingi

CounterPoint Research analitik kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra.

@jetmediauz
πŸ”ΉMarkaziy osiyoda Internet texnologiyalarning rivojlanishi

O'zbekistonda jon boshiga 0.008 IPv4 manzili to'g'ri kelmoqda. Qo'shni Qozog'istonda esa 0.158 dona, ya'ni 20 baravar ko'p.
IPv6 bo'yicha Qozog'iston 461 dona /32 podsetiga ega, O'zbekistonda esa 251.
O'tgan yil bilan solishtirganda IPv6 bo'yicha o'sish 14% tashkil qiladi.

Izlanish bilan to'liq tanishish uchun yo'llanma bo'yicha o'ting.

βœ…@jetmediauz
πŸ”₯2
πŸ”ΉKo'plab yirik kompaniyalar (SI) Sun'iy Intelektga milliardlab mablag' sarflamoqdalar.

Financial Times nashri ma'lum qilishicha, ko'plab katta kompaniyalar aynan nima uchun bu narsa kerakligini to'liq anglamagan xolda SIga milliardlab pullarni sarf qilmoqdalar. Xolat pufak shishirishga tobora ko'proq o'xshab bormoqda. Qiziq tomoni, bu pufak qachon yorilishi va ungacha yana qancha milliardlab pullar sarflanishida...
Biz SI va yangi texnologiyalarga qarshi emasmiz. Faqat ko'r-ko'rona qaror qilishdan avval, "bu bizga nima beradi?" savolini yaxshilab ko'rib chiqish lozim!

βœ…@jetmediauz
πŸ’―1
πŸ“±O'zingizni "boy" his qilish uchun smartfoningizga bor yo'g'i birgina dasturni o'rnatish kifoya...

Google Play tizimida millionlab dasturlar bor. Shular ichida foydalilik koefitsenti bo'yicha eng foydasiz dasturlardan birini uchratib qoldim. "I am Rich"... "Men boyman" so'zi qanchalik sizni boy his qilishda yordam berishi biz uchun qorong'u. Lekin, foydasizlik bo'yicha ushbu dastur yuqori o'rinlarni egallashi aniq.
Siz ham shu kabi o'ta foydasiz dasturlarni bilsangiz, izohlarda yozib qoldiring...
#yumortime

βœ…@jetmediauz
😁2
πŸ”ΉWindows 10 foydalanuvchilari yoppasiga boshqa Windowsga o'tishmoqda. Ular ichida...

Windows 10 qo'llab-quvvatlash vaqti asta tugab bormoqda. Shu sababli ko'plab shu tizimda faoliyat yurituvchi insonlar boshqa Windows tizimlariga o'tishmoqda. Statcounter ma'lumotlariga ko'ra, Windows 10ni tark etayotganlar nafaqat Windows 11ga, balki Windows 7 ga ham o'tishmoqda. Iyul oyida Windows 7dan 2% foydalanuvchi foydalangan bo'lsa, avgust oyida ko'rsatgich 3.5%gacha o'sdi. Hozir esa ushbu ko'rsatgich deyarli 6%ga yetmoqda.
Siz hozirda qaysi tizimni ishlatmoqdasiz?

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉO'tgan 1 yil mobaynida Markaziy osiyo internet tarmog'idagi muammoli xolatlar bo'yicha reyting

1-o'rinda Turkmaniston. Umuman olganda ularning tarmog'i juda katta emasligini hisobga olganda, birgina muammo, 1 yil uchun normal xolat.
O'zbekistondagi xolatlar soni 7ta. Bizning tarmog'imiz uchun bu ko'rsatgich oddiy xolat sifatida baholash mumkin.
Global ko'rsatgichlar bo'yicha Braziliya yaqqol peshqadam. Kuniga tarmoqda 19 muammoli xolat. Ularda yaxshi mutahassislar yetishmaydi yoki boshqa sabablar borki, doimiy muammolar girdobiga tushib qolishgan.

βœ…@jetmediauz
πŸ†’1
πŸ”ΉGoogle o'z logotipini o'zgartirmoqda...

So'nggi 10 yil ichida bu birinchi o'zgarish bo'lib, gradiyentlangan logotip SI davridagi evolyutsiyani aks ettirirar ekan.
Googledagilarga qanday bilmadimku, lekin shaxsan biz uchun bu boshqa ma'noni aks ettiradigandek...

βœ…@jetmediauz
πŸ‘2
πŸ”ΉAfg'oniston internetsiz qoldi...

Kechadan buyon Afg'onistonda internet to'liq ish faoliyatida emas. Bunga nima sabab bo'lgani hozircha biz uchun qorong'u. Lekin Afg'oniston haqiqiy ma'noda tosh asriga qaytdi deyish mumkin.

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉQayrat - Real o'yini mobaynida Qozog'istonda internet trafigining o'sishi

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉEdge baribir o'z o'rnini yo'qotmoqda...

StatCounter bergan ma'lumotiga ko'ra, Edge brouzeri Microsoft tomonidan agressiv reklama qilinganiga qaramay, oxirgi oylarda o'z o'rnini yo'qotib bormoqda (11.7% dan 10.4%ga pasayish). Chrome esa aksincha, borgan sari o'z o'rnini yanada mustaxkamlamoqda. 73.6%
Keyingi o'rinlarda esa 5.7% bilan Safari, 4.5% Firefox va 2.1% bilan Opera egallagan.

βœ…@jetmediauz
😁o'z ishini juda yaxshi ko'radigan IT mutahassis...
#yumortime

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉWindows 12...???

Internetda tarqalgan suratlardan bir jufti... Ishonish yoki ishonmaslik o'zingizga xavola... Lekin qiziq.

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉEng arzon va qimmat mobil internet bo'yicha reyting

Global-Relocate sayti ma'lumotiga ko'ra, eng arzon mobil internet hozirda Isroil davlatida ekan. Undan so'ng esa Fidji va Italiya bormoqda.
O'zbekiston ushbu ro'yhatda 22-o'rinda bormoqda. O'rtacha internet tezligi 26.24Mbit/s 0.30$ evaziga.
Darvoqe, 2021-yilda O'zbekistonda o'rtacha mobil internet narxi 0.60$ tashkil qilgan. 4 yil ichida 50%ga arzonlashuv va bu yaxshi tendensiya.
Eng qimmat mobil internet Zimbabveda ekan. 43.75$

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉEslatma: Bugundan Microsoft Windows 10 uchun bepul yangi patch chiqarishni to'xtatdi.
Kompaniya tezroq Windows 11ga o'tishni tavsiya qilmoqda. AQSH va Yevropa davlatlarida 30$ga pullik asosda yana bir yilga qo'llab-quvvatlashni cho'zdirish mumkin.

Siz Windows 11 ga o'tdingizmi yoki sizda Mac/Linux o'rnatilganmi?

βœ…@jetmediauz
πŸ‘1
πŸ”ΉWindows 11ni lokal akkaunt bilan o'rnatish bo'yicha qo'llanma.

Birinchi usul: Windows 11 o'rnatish paytida lokal tarmoqdan uzib qo'yasiz. Ulanish oynasi paydo bo'lganida Shift+F10 tugmalarini bosasiz. PAydo bo'lgan oynada oobe\bypassnro komandasini terib, Enter tugmasini bosasiz va perezagruzkadan so'ng lokal foydalanuvchi yaratish imkoni paydo bo'ladi.
O'natib o'lganingizdan so'ng, Parametr=> Sistema=>Uvedomleniya=>Dopolnitelniye parametri ga kirib, barcha punktlardan galochkalarni olib tashlaysiz. Shunda Microsoftdan keluvchi turli reklamalardan xalos bo'lasiz.

Ikkinchi usul: Rufus yordamida
Windows 11 ISO obrazini yuklab olasiz, Rufusga kirib, yuklanuvchi fleshka ryaratish jarayonida "Remove requirement for an online Microsoft account" va "Create a local account with username" belgilaysiz. Lokal foydalanuvchi profili nomini ko'rsatasiz.

P.S.: Bu usullar 24H2 va 25H2 versiyalarida hozircha ishlamoqda.

βœ…@jetmediauz #windows