Hikoyalar (G&M)
8.16K subscribers
1.13K photos
562 videos
42 files
2.3K links
Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda

📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇
https://tttttt.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A
👆 ni bosing va OK.
Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!
Download Telegram
- Olgan boʻsez yolgʻon gapirmay tan oling, birinchi martaligi uchun kechiraman.
- Men olmadim. O'g'rimasman aka. Shu yoshimgacha birovni ignasini besoʻroq olgan emasman.
- Paynetchi aytdi kecha telefonizga 100 ming pul solibsiz. Oylik hali olganiz yoʻq ediku?
Jahlim chiqib ketdi. Anchadan beri telefonimga pul sololmay yurgandim. 2 oylik qarzi bor. Raqamim bloklanmasin deb tiyinni tiyiniga qo'shib pul yig'dim. Kecha 100 ming bo'lgandi...
- Tushunmadim! Bu pulni bir oydan beri yig'yapman aka! O'zimni pulim!
- Eee qo'ysangizchi! Siz olgansiz. Sizdan boshqasi ololmaydiku?!
Rosmana jahlim chiqib ketdi. Unga qarab baqirdim.
- Men olmadim! O'g'rimasman!
- Yoki tan olasiz, yo bu yerda qaytib qorangizni ko'rmay!
- Jon deb ketaman!
Narsalarimni yig'ishtirib endi ketayotsam, boshlig'im bir necha oshnalariga meni ko'rsatib ustimdan kulayotganiga ko'zim tushib qoldi. Shart bordimda tumshugʻiga bir musht tushirdim! U ham meni urdi. Oshnalari ham o'rab olib rossa do'pposlashdi. Yuz-ko'zlarim qon bilan belandi... Labimning bir cheti yorildi. U tinmay meni haqorat qilib so'kina boshladi. Onadan so'kkani uchun yana qaytib musht otdim. Lekin bu safar u chap berib qoldi. O'rtada katta janjal yuzaga keldi. Bizni mojaromizni ko'rishga qiziqqan bir nechta kishilar atrofimizni oʻrab oldi. Men jon holatda ularga qarshi turdim. Menga tuhmat qilgani va onamdan kelib so'kingani alam qilardi. Oxiri odamlar o'rtaga tushib bizni ajratib qo'ydilar. Uyga bir ahvolda qaytib keldim. Onam meni ko'rib qo'rqib kettilar. Tezda tepamga kelib to'zg'ib yotgan sochlarimni va yuzlarimni siladilar.
- Bolajonim! Kim urdi seni?!
- Havotir olmang ona... Yigitchilikda boʻlib turadi...
- Ehh Xudoyim aaa! Bu nima axir?! Yuzingga bir qara! Hamma joying momotaloq boʻp ketibdiku bolam!
Onam koʻz yosh qila boshladilar. Bu hol meni yuragimni siqdi.
- Nimaga yig'layapsiz endi? Hammasi yaxshi!
- Kim qildi buni?
- Ishdan ketdim, ona.
- Nega?
- Meni o'g'riga chiqardi. Men olmadim desam ham ishonmadi... Oxiri urushib ketdik.
- Voy o'lmasam! Hali uni urdingmi?! Ustingdan yozib bermasaydi!
- Haa urdim! Keyin u ham o'rtoqlari bilan meni do'pposladi...
- Voy sho'rim! Voy Xudoyim!
Men boshqa bir soʻz demasdan ichkariga oʻz xonamga kirib ketdim. Onam ham ortimdan kirdilar. Men endi kiyimlarimni alishtirmoqchi boʻlib turgandim.
- Qancha pul edi?
- 500 ming ekan!
- Haa... Endi nima boʻladi?
- Hech narsa boʻlmaydi. Boshqa ish topamanda.
Onam indamay tashqariga chiqib kettilar. Oʻsha kuni umuman kayfiyatsiz yurdim. Na bir ish qilgim kelardi, na kim bilandir gaplashgim... Kuni boʻyi xonamga kirib olgancha o'tirdim... Bugungi ish hech ham hayolimdan chiqmadi. Alam tuyg'usi juda yomon bo'larkan... Ichim dir-dir qaltiraydi. Tishim o'zidan oʻzi g'irchillab ketadi... Ikki qoshimning o'rtasida tuguncha paydo boʻlgan... Shu holatda oʻy surib ancha vaqt xonamdan chiqmadim. Hali dadam bu holimni bilganlari yoʻq! Agar bilsalar bormi?!... Albatta aybni o'zimga yuklab qo'yadilar. "O'zing uquvsizsan, bitta ishni eplolmading" deydilar... Hayotning turli zarbalari hali oldinda ekan. Bu vaqtdagi arzimas ko'ngilsizliklar kishiga shunchalik ozor bersa, kelgusidagi ishlar hayotimga va qalbimga qanday taʼsir qilarkin?! Ketma ket keladigan omadsizliklar ortidan menga ham baxt kulib boqarmikin?! Alloh bilguvchi! U har kimni, har narsani eshitguvchi! Duolarni ijobat qilguvchi! Mening ham umidlarimni so'ndirma Allohim... Ishlarimga rivoj ber... Oilaviy saodat ato et!
* * *
Kuzning ikkinchi oyi! Havo anchayin salqin. Odamlar palto, kurtkalarda... Qor yoʻq, yomgʻir yoʻq, shamol ham esmayapti, lekin havo harorati minus. Sovuq etlarni junjiktiradi. Ertaga bitta-yu bitta opamni toʻyi! Karantin kuchaytirilgan... 30 kishilik toʻy deyilgan edi. Lekin urugʻi koʻp oila 30 kishilik toʻy qilishi amrimahol! Hech qaysi toʻyxona ishlamaydi. Uyda toʻy qilishga esa umuman sharoitimiz yoʻq! Uyimiz anchayin taʼmirtalab... Qum shuvoq qilingan xolos. Koʻcha tarafga hatto derazalar ham qo'yilmagan. Hovli chang... Devorlar nurab yotibdi.
👍231
Kotta hovli ancha fayzli edi. Bu uyga yaqin 2 yil boʻldi ko'chib chiqqanimizga...
Dadam uyining ahvolidan siqilib qoldilar. Surushtirmagan joylari qolmadi, bironta to'yxona topilarmikin deb hatto shahargacha borib keldilar. Lekin afsus... Hamma joy berk! Bugun to'ydan oldingi marosim... Biz tomonda bu kunni "Sabzi archiyar" deyishadi. Kattalar yigʻilishib ertangi nahorgi osh uchun sabzi archib, tug'rashadi... Qo'ylar so'yiladi. So'yilgan qo'yning bir qismidan shavla qilib mehmonlarga yediriladi. Marosim avjida uyimizga tumonat odam yigʻildi. Baʼzilari samimiy,.quvnoq kishilar... Baʼzilar esa ustimizdan kulgandek atrofga, uyimizga ko'z qirini tashlashib g'alati imo ishoralar qilishadi... Alloh taolo inshaalloh biz uchun ham tayyorlab qoʻygan ajrlarini, mukofotlarini keng rizq qilib beradi! Hali bu yoʻqchilik kunlarimiz ham ortda qoladi! Bizni mazahlab ustimizdan kulganlar, kun kelib lablarini tishlab qolishadi... Inshaalloh... Inshaalloh...
Dadam juda kech keldilar. Yuzlariga biroz rang kirib qolibdi. Onamni oldilariga borib xursand holda gapirdilar...
- Onasi... Allohni rahmi keldi bizga.
- Tinchlikmi dadasi?
- Ha... Haa... Tinchlik. Yaxshi xabarlar bor!
- Qanday?! Ichimni qizdirmay aytaqoling!
- To'yxona topdim! Ertaga nahorgi osh, xotin oshi va kuyov navkarni ham o'shetta o'tqizamiz!
Onam xursandliklaridan yig'lab yubordilar. Ko'zlaridagi yoshlari sira tinmadi...
- Allohga shukr! Allohimga ming shukr! To'yni qanday o'tqizarkanmiz deb rossa siqilib turgandim!
- Haaa... Men ham ancha yengil tortdim...
- Shukr, ming shukr... Rahmat dadasi...
Dadam mayin tabassum qilganlaricha hovli etagida o't yoqib o'tirgan o'rtoqlarini oldiga o'tib ketdilar. Atrofda kulgi, hazil huzul gaplar ko'tarildi. Ayollar ichkarida gurunglashishyapti. Soat shomga yaqinlashib qoldi... Opamdan darak yoʻq edi. Shu paytgacha qayerda yuribdi ekan! Havotir oldim. Telefon qildim. Raqami o'chirilgan!
- Ona! Onam!
Ichkaridan onam yugurib chiqdilar.
- Ha... Abdulloh! Tinchlikmi o'g'lim?
- Qiziz qayoqqa ketdi?! Tel qilsam o'chirilgan...
- O'rtog'i Yulduzxon bilan salon gaplashgani Qo'qonga ketishgandi. Kelin ko'ylak, yana bir narsalarni hal qilib pulini berib kelisharkan...
- Abedda ketgandi, 3 soatdan oshib ketti-ku?! Buncha qolib ketmasa?!
- Bilmasam... Hozir men Yulduzxonga telefon qilaman...
Onam ichkari uyga kirdilar. Biroz o'tib qaytib chiqdilar.
- Yo'lda kelishyaptikan...
- Haaa... Yaxshi.
Havotirim ancha bosildi. Ko'chaga chiqdim. Quyosh arta ufq tomon bora boshladi. Sap-sariq tusdan qizg'ish tusga kirdi. Atrofga olovrang bulutlar tarqaldi... Juda go'zal manzara! Oldin sira etibor bermagan ekanman! Kun botishida ham o'zgacha joziba bor ekan!
Kun qorayib ketdi. Uzoqdan ikki sharpa ko'rindi. Ikki qizning jismi... Opam bilan Yulduz opa kelishayotgan ekan. Opam meni ko'rib qadamini tezlatdi.
- Namuncha qop ketdilaring?! Shom bo'ladi hozir...
- Salon berk ekan. So'rab surushtirib zoʻrgʻa egasini topdik... Gaplashib kelyapmizda... Vaqt o'tib ketdi.
- Nega telefoning o'chiq?
- Zaryadi tugagan!
Yulduz opa kuldi. Meni yelkamdan asta turtib qo'ydi.
- Voy tavba Abdulloh! Opezga ukamas, akadeksiz ko'z tegmasin!
- Opa... Qiz bolani bo'sh qo'yib bo'lmaydi hozirgi zamonda.
Yulduz opa tag'in kuldi. Katta-katta doim chars etib yonib turadigan ko'zlari suzilib ketdi.
- To'g'ri! Toʻgʻri! Ko'z quloq bo'lorish kerak bizlarga...
Indamadim. Opam dugonasi bilan yetalashib darvozadan uy tomon kirib ketdilar. Men anchagacha ko'chada osmonni tomosha qilib turdim.
* * *
Ertalabdan yugur-yugur! Nahorgi oshda qarindosh akalarim bilan rossa hizmat qildik. Narzalarni u yoqdan bu yoqqa toshidik, osh tarqatdik, oahpazga yordamlashdik, dasturxonni ham o'zimiz tuzadik! Ishchilar yoʻq! Faqat oahpaz, 2 ta idish tovoq yuvuvchi ayol bor xolos. To'yimiz, Alhamdulillah, yaxshi o'tdi. Hamma xursand boʻlib, duolar qilib ketishdi. Dadam kechasi bilan hammaga telefon orqali to'yni qaysi restoranda qilishini, soat nechchiga xotin oshi, nechchiga nahor oshiligini aytib chiqqanlar...
👍302
Toʻyga 100 dan ortiq odam keldi. Hammani yuzida maska! Toʻyxonani ertalabni o'zida 4 martaga yaqin dizenfeksiya qilishdi. Odamlarni to'yxonaga kirishdan oldin qo'llarini antiseptik bilan yuvdirdik. Bir martalik qogʻoz sochiqlar bilan qo'llarini arttirdik... Dadam, bobom, amaki, togʻalarim hammalari yuzlariga maska taqqan holda odamlar bilan ko'riahdilar. Bunaqa toʻyni birinchi marta ko'rayotganim uchun bu menga gʻalati tuyuldi. Bir kulgim kelsa, bir achchigʻim chiqardi. Hali opam ham sahnada maska taqib o'tirmasa boʻldi ishqilib! Mayli bu ham yaxshilikka! Hammasi xavfsizlik uchun-ku?! Shu virusni deb qancha odam o'lib ketdi axir! Odamlar bu kasallikdan ancha qo'rqib qolishgan! Yaqindayam bir tanishimning xolasi shu karanavirus sabab boʻlib bu dunyodan ketgandi... Men ham maskamni to to'y tugagunicha yechmadim.
  Opamni kelinlik libosida koʻrgim keldi. Lekin bu yerda ish koʻp! Nahorgi oshdan soʻng xotin oshi bo'lishi kerak... Narsalarni yig'ishtirib, stol-stullarni tuzab qo'yishimiz lozim. Men yigit tarafga bormayman. Chunki u yoqda toʻy faqat ayol qizlar uchun hovlida qilinyapti ekan... Erkaklarga alohida choyxonadami yoki bironta kafeda ziyofat qilinyapti ekan... Unda kuyovni o'rtoqlari, oʻzini tanish-bilishlari boʻladi! Menga nima bor?! Men shu yerda qolganim maʼqulroq...
   Ishlarimni tez-tez qildimda, soat 12 da o'tgach, kuyov navkarlar kelguncha kelaman deb uyga qaytdim. Uyda opam, sinfdosh dugonalari, kursdosh dugonalari va yana u yoq bu yoqdan orttirgan tanish qizlar - barchalari yig'ilishib o'tirishgan ekan. Opam juda ochilib ketibdi. Lekin yuzidagi makiyaji uncha yoqmadi. Oʻzi asli bo'yangan qizlarni umuman yoqtirmayman. Inshaalloh xotin olsam, uni ham bo'yantirmoqchi emasman! Yoqmaydi qandedur... Yuziga narsa chaplavolganini ko'rsam rossayam g'ashim keladi...
   Lekin opam... Boshqacha bo'lib qolibdilar. Egnida oppoq libos! Derazadan tushayotgan quyosh shulasida yalt-yalt qiladi... Qo'llarigacha yopiq... Umuman ochiq joyi yoʻq! Boshlarida oppoq harir ro'mol... Juda chiroyli, xuddi oppoq farishtaga o'xshaydi. Beixtiyor jilmaydim. Opam ham menga qarab kuldilar...
  - Qale... Yarashibdimi?
Qizlar qiqirlab kulib yuborishdi. Uyalganimdan qulog'imgacha lovullab ketdi. Yuzlarim qizarib ketganini his qildim. Zoʻrgʻa tilim kalimaga keldi.
  - Yaxshi... Bo'ladi...
Tezgina uydan chiqib ketdim. Qizarib ketganimda hijolat bo'lgandim... To'g'ri yana to'yxonaga yoʻl oldim...
  Uydaman. Hamma opam kelin boʻlib tushgan uyga ketdi. Onam o'sha yerda, xolalarim, ammamlar - deyarli barcha qarindosh urugʻ! Dadam bordilar-u yarim soat o'tmay qaytib keldilar... Mana bir kunlik toʻy o'tdi-ketdi! Opam endi bu uyga faqatgina mehmon boʻlib keladi endi...

Usmonaliyeva Munira
16.03.2025.                   17:25

@Gaplarim_Sahifalar
👍32😢43
👍5
Hikoyalar (G&M)
Photo
ҚАДРИНГИЗНИ БИЛИНГ!

Ота ўлимидан олдин фарзандини чақириб, қўлига бир соат тутқазди. 
– Бу соат 200 йил олдин ясалган. Бизга бобонгнинг боболаридан мерос қолган. Сен буни маҳалла бошидаги соатсозга олиб бориб, сотмоқчи эканингни айт ва унинг жавобини менга келтир, – деди.  Ўғил бориб, соатсоздан:
– Бунинг эски экан, беш доллар бераман, – деган жавобни олиб келди. 
– Энди буни антиквар-ноёб нарсалар сотиладиган дўконга олиб боргин, – деди ота. 
У ерга борган ўғил дўкондорнинг «беш минг доллар бераман» деган жавоби билан қайтди. Ота яна ўғлини юбора туриб:
– Энди буни давлат музейига олиб бориб, сотмоқчи эканингни айт, – деди.  Музейга бориб, отаси ёнига жуда ҳайратланган ҳолда қайтган ўғил:
– Музейдагилар бир мутахассисни чақиртириб, уни яхшилаб текширганларидан сўнг, шу бир парчагина темирни бир миллион доллар деб баҳолашди-я, – деди. 
Шунда ота:
– Болам, сенга ўргатмоқчи бўлганим, сенинг жойинг – қадрингни тўғри билишадиган жойда. Ўзингни нотўғри ерга қўйиб, қадрингга етмасалар, хафа бўлиб юрма. Қадрингни билган қадрингга ҳам етади. Ўзингга нолойиқ бўлган ерда ҳаргиз қолма!» – дея насиҳат қилди.
👍526🔥5😢5
🔥2
Hikoyalar (G&M)
Photo
Хитойда бир киши шундай  оч ва чарчаган едики, чидай олмай нок ўғирлаб еди одамлар ўғрини ушлаб, жазолаш учун император ҳузурига олиб келишди. 

Ўғри императорни кўриб, унга деди: Ҳурматли Император, мен оч эдим, чидай олмадим, ўғирлаб едим. Мени кечиришингизни илтимос қиламан. Агар мени кечирсангиз, сиз учун бебаҳо совға бор дейди
Император истеҳзоли кулди: Сенга ўхшаган одамда мендек император учун қийматли бўлган нима  бўлиши мумкин?
Ўғри кафтидаги нок уруғини  узатади ва: Агар сиз бу уруғни эксангиз, олтин мева берадиган дарахт бир кунда ўсиб чиқишини кўрасиз дейди
Император кулиб: Ундай бўлса, олтин меваларни кўрсам, кечираман деди.
Ўғри: Император ҳазратлари, мен бу уруғни эка олмайман, чунки мен ўғриман. Бу уруғни фақат умрида ўғирлик қилмаган, бошқаларга нисбатан адолатсизлик қилмаган, ёлғон гапирмаган одам эксагина олтин мева беради. Акс ҳолда уни экганни заҳарлаб, мисли қурилмаган дард билан ўлдиради. Султоним, бу уруғни фақат сиз эка оласиз
Император қовоғини чимирди, бир муддат ўйлади, сўнг қўпол овоз билан: Мен боғбон эмас, императорман, ўша уруғни бош вазирга беринг деди
Ўғри уруғни бош вазирга узатганда, бош вазир ваҳима ичида императорга юзланиб, эътироз билдирди: Экиш ва парваришлашда мен жуда нўноқман ҳазратим, сеҳрли уруғни исроф қиламан. Менимча, бу уруғни хазиначи экиши керак
Бош ғазначи дарҳол баҳона топиб: Бу вазифани бошқа бировга топширди.
У ерда бўлганларнинг барчаси бирин-кетин  баҳона топиб уруғ экиш вазифасидан қочишди.
Кейин император вужудга келаётган сукунатда бироз уйланиб қолди.  У рўпарасидаги бош вазир, ғазначи ва барча амалдорларга тикилиб
Келинг, бу ўғрига уруғнинг олтин мева беришини ва уни хурсанд қилишини биргаликда кўрсатамиз деди.
Чўнтагидан бир тилла танга олиб, ўғри ушлаб оладиган қилиб ирғитди.
Сўнгра ҳамма секин чўнтагидан олтин чиқариб ўғрига бергунича кутиб турди
Кейин кулиб: йўқол бу ердан эй Ўғри, бу сабоқ бугун ҳаммамизга етарли деди.


Siz eka olarmidingiz?
👍84😢4
DIL (Qismli Hikoya)

4-QISM. BAXTIM KULIB BOQDI.

Opamni toʻyiga yaqinda yarim yil boʻladi. Shukrki yaxshi honadonga kelin bo'ldilar... Ortlaridan bir og'iz ham yomon gap kelmadi. Ota-onam ham qizlaridan mamnunlar. Qachon qudalarinikiga borishsa, ular faqat Munisani maqtashgani maqtashgan emish! Gap qaytarmaydi, odamni ko'ziga tik qaramaydi, juda yuvosh, ovozi ham chiqmas ekan hatto, deyishibdi. Haqiqatdan ham opam juda ohista inson. Uydaligida bor yoʻqligi ham bilinmasdi. Ortiqcha gap gapirishni xushlamasdi. Hatto koʻpchilik opamni soqov deb ham o'ylashardi! Bilmaganlar albatta! Bilganlar biladi... Opamni shirali ovozi bor. Bo'sh paytlarida audio sheʼrlar o'qib turardi. Baʼzan karaokida qo'shiq kuylaganlarini ham koʻp bor eshitganman...
Xullas hammasi yaxshi oʻtdi. Toʻy ham ko'ngildagidek boʻldi. Lekin bir uchi ancha-muncha qarzga kirib qoldik yana. Sababi toʻyga ozmuncha pul,.sarf harajat ketmadi. Toʻgʻri mebelni qilmadik... Lekin parda bilan gilamni oʻzimiz qildik... Opam shuni xohladi. Hamma narsani kuyov tomon qilishini uncha xushlamadi... Sababi juda oddiy. Opam ta'na qilishlarini va bir kun kelib parda, gilamsiz kelgansan, deb yuziga solishlarini istamaydi. Bir hisobda opam ham haq! Chunki bu hayot doim bir tekis ketmaydi... Oilada har xil vaziyatlar, tushunmovchiliklar boʻlib turadi. Oʻshanday holatda ta'na, dashnom kishiga juda og'ir botadi...
- Abdulloh... Xoʻsh qanday qarorga kelding oʻgʻlim?
- Institutda o'qiyman, dada... Toshkent Axborot texnologiyalari universitetiga hujjat topshirmoqchiman.
Gapimdan dadam ham, onam ham hayratlanishdi.
- Qanaqasiga?! Sen bironta kursga bormagansanku, bolam?! Na matematika, na fizika, na ona tilidan yaxshi o'qiysan. Hamma baholaring 3-4 boʻlsa... Opang hamma fandan zoʻr o'qirdi. Bitirgunicha hamma baholari 5 boʻlgan. Sen bu yil topshirmasdan yaxshilab tayyorlanib yanagi yili topshirasanmikin degandik...
- Yoʻq... Bu yil ham hujjat to
pshirmoqchiman. Hamma o'rtoqlarim topshirayotganda men bir chekkada bu yil tayyorgarligim yaxshimas deb sarg'ayib turamanmi?
Dadam va onam bir-birlariga ma'noli qarab olishdi. Men so'zimda davom etdim.
- Balki omadim kelib qolib o'qishga o'tib ketarman!
Dadam yuzini burishtirdi... Ensasi qotdi... Menga ishongisi kelmay qo'l siltab gapirdilar.
- Eee bo'lmagan havaslarga berilma! O'qishga o'tish osonmikan?! Mana opang... 5 yil tayyorlandi. Maktab paytidan boshlagan kursga borishni. Nima boʻldi?! O'tolmadi-ku?!
- Ehhh... Opang bekor ingliz tilini tanladi-da! Bali yuqori edi judayam... Psixologiyani tanlaganida aniq hozir talaba boʻlib yurardi...
Onam afsus bilan bosh chayqadilar. Yuzlarida so'lg'inlik aks etdi. Dadam onamni gapidan g'ashi keldi shekilli, yuzlarini o'girib oldilar.
- Qo'ysangchi?! Ingliz tilini yaxshi koʻrardi... Keyin uni o'qish-o'qimasligini biz belgilamaymiz! Alloh biladi! Alloh xohlabdi, o'qimadi. Oila qurdi mana... Chiroyli xonadonni guldek bekasi boʻlib o'tiribdi! Hech narsadan kamchiligi yoʻq...
Onam ham biroz o'zlariga kelgandek bo'ldilar.
- Toʻgʻri aytasiz dadasi. Muhimi baxtli yashayapti-yu, eng asosiysi shu hayotda.
Dadam mamnun bosh chayqadilar. Keyin menga qaradilar.
- Mayli oʻgʻlim... Bu yil ham topshirib koʻr. O'tsang quvonamiz... O'tolmasang xafa bo'lmaymiz... Chunki 1 foiz ham tayyorgarliging yoʻq. Tavakkal topshiryapsan.
- Shunday dada... Endi bu yog'i Allohimga havola...
O'rnimda turib ko'chaga chiqdim. Hujjat topshirish online tartibda... Telefon orqasi DTM ga passportimni nomerlarini jo'natib, qaysi fan, qaysi yoʻnalish, qaysi fakultet va qaysi oliygohlarga hujjat topshirishimni yozsam kifoya! O'tgan yildan boshlab abituriyentlar 3 ta oliygohga emas, balki 5 ta oliygohga bir vaqtda hujjat topshirishlari mumkinligi haqida qaror qabul qilindi. Bu yoshlarning oliy maʼlumotli bo'lishi uchun qilinayotgan tadbirlardan biri albatta. Men ham 5 ta joyga ariza joʻnatdim... Avvalo Toshkentni yozdim, Keyin Fargʻona, Andijon, Namangan va Qoʻqon... Navbat fakultet tanlashga keldi... Axborot hizmatlari va Pochta aloqasi fakultetini sirtqi boʻlimni tanladim...
👍331
* * *
Ertaga imtixonim! Umuman hayajonlanayotganim yoʻq! Hech narsa o'qimadim... Hech qanday tayyorgarlik koʻrmadim. Hatto qiziqishga boʻlsin uyda test ham yechmadim. Mashinada dadam, onam va men ketyapmiz... Fargʻona shahrigacha uzogʻi 2 soatlik yoʻl... Shu payt opamni imtixoniga olib borayotgan kunimiz yodimga tushdi. Bechora opam... To Fargʻonaga yetgunimizcha kitobda boshini koʻtarmay ketgandi. Hali adabiyot, hali ona tili hali tarixni titkilardi... Juda asabiy va hayajonda edilar... Men esa... Tamoman aksi. Juda hotirjamman. Xuddi imtixonga emas, sayrga ketayotgandek hotirjamman! Dadam jim ketayotganimni koʻrib menga qaradilar.
- U-bu narsa o'qib ketsang boʻlardi...
- Hamma kitoblar uyda qolgan. Hech narsa olganim yoʻq oʻzim bilan.
- Tavba... Mayli o'zing bilasan. Onasi...
- Labbay?
- O'g'ling imtixonga emas, o'ynagani ketyapti menimcha!
- Haaa...
Dadam ham onam ham kuldilar... Men ham tabassum qildim. Zerikdim... Choʻntagimdan telefonimni chiqardim. Manzilimizga yetguncha telda o'yin o'ynab ketdim...
* * *
Allohim menga birinchi omadni hadya etdi. Kontrakt asosida o'qishga kirdim. Imtihonda taxminan o'zimga yoqqan variantlarni belgilab chiqdim. Uzogʻi 10 minutda tugatdim. Men ham, uyimdagilar ham javob mandat chiqqanida hayratga tushdik. Matematika 20 ta togʻri javob... Ona tili adabiyot 18 ta toʻgʻri javob... Tarix ham yomon emas 13 ta toʻgʻri javob... Ochigʻini aytsam tahminan belgilab chiqib bunaqa natijani umuman kutmagandim. Toʻgʻrisi tilim aylanmay qoldi! Onamni xursandchiligi ichlariga sig'maydi. Hatto yig'lab ham oldilar. Dadam ham bunaqa boʻlishini sira kutmagandilar... "Javob chiqibdi oʻqishga o'tibman", deganimda umuman ishonmadilar. Keyin telefonimdan ko'rsatdim. Bir necha marta qayta-qayta qaradilar... Oxiri tabassum qilib, "Malades, o'g'lim!"dedilar. Ichimga sig'may ketdim! Bu ham bir baxt ekan. Bu Allohimning menga yetqizgan karami... Alloh xayrli va manfaatli qilsin!
- Haaa! Ha! O'g'lim Toshkentga o'qishga o'tdi! Aaa? ... Yoʻq... Umuman tayyorlanmay shunday o'tib ketdi... Haa... Inshaalloh... Inshaalloh!
Onam kim bilandir telefonda ancha gaplashdilar. Hayollar og'ushida mast boʻldim! Endi talabaman! Mahallamiz koʻchalaridan boshim baland koʻtarib yuraman... O'rtoqlarim oldida hurmatim ham oshadi. Tavba... Allohning qudrati naqadar ajoyib! Alloh opamga bermagan omadini menga atab qo'yganini kim ham bilibdi deysiz?!
* * *
Birinchi kursda bir oy Toshkentda o'qidim. Ota-onam u yerni xohlashmadi. "Yaqinroqda yurganing yaxshi", deyishib o'qishimni Fargʻonaga ko'chirtirishdi. Ochiği menga unchalik ham farqi yoʻq qayerda o'qishim... Muhimi qo'limda diplomim bo'lsa bas.
Qarzlardan bir muncha halos bo'ldik. Dadam mashina olib taksistlik qila boshladilar. Onam eski ishxonasidan ketib, shahar ichkarirog'ida joylashgan boshqa bir tikuv sexiga ishga kirdilar. Bu yer yangi ochilgani uchun ishchilar soni anchayin kam ekan. Lekin ish uchun yaxshi haq to'lasharkan. Oilaviy sharoitimiz bir muncha yaxshilandi. Hovlimizga yangi ikki xonali uy qurdik, oshxona uchun kerakli narslarni oldik... Xonalarni yengil remont qildik. Endi Xudo xohlasa ishlarimiz yurishib ketsa albatta uy-joyimizni chiroyli qilib olamiz. Hali yorugʻ kunlar oldinda...
👍2810
Ariqlardan yana shildirab suvlar oqa boshladi. Qishning qor-qirovli kunlari ortidan bahor yetib keldi. Uzoq-uzoqlardagi qorlar eridi... Daraxtlar asta-sekinlik bilan barg yozib, kutak ocha boshladi. Bahor antiqa fasl! Ayniqsa yoshlarda bu faslga kelib g'ayrioddiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Qizlar o'zlariga oro berib, atir-upa sepib ko'chaga oshiqishadi... Kiyimlar ham bahor havosi singari... Har xil... Issiq quyosh barq urib turganda yengi kalta, och rangli kiyimlar kiyishadi... Biroz yomg'ir yog'sa ko'ylak ustidan yupqa kastum yoki plash... Shamol kunlari uzun ko'ylak, zamonaviyroq qizlar kaltaroq yupqa jemfer bilan shim kiyadilar... Yigitlarda ham bu faslga kelib o'zgarishlar boʻladi. Oynakni oldidan ketmay qolishadi. Har 2 kunda bir soqol olinadi... Sochlar bir kun o'ng tarafga taralsa, boshqa kuni nargi yoniga taraladi. Bo'yinlar va yanoqlarga mushk surkaladi...
Ayniqsa... Aprel-may oylarida ko'chaga chiqqan odamning bahri dili ochilib ketadi. Guldek chiroyli qizlar har tarafda shodon kulganlaricha sayr qilishadi... Yigit kishini yuragini yoqadigan darajada kiyinishadi! Aynan shu oy 2-semest uchun Fargʻonadagi TATU ni filialiga - ota-onam ko'chirtirgan institutga bordim. Bu yer ham uncha yomon emas, sharoitlari yaxshi... O'quv xonalari ham shinam, ozoda. Faqat shu kvartira topishda biroz qiynaldim. Va nihoyat 2 kun oʻtib ba'zor 3-4 ta kursdoshlar bir kvartiraga joylashdik. Kvartirani ijara pulini o'rtada to'laydigan bo'ldik. Sirtqi taʼlimni tanlaganim uchun yiliga 3 marta (bir oydan, baʼzida 20 kun) o'qishga kelaman. Qolgan oylar g'irt bekorchiman. Xudo xohlasa shu 20 kunni o'tqizib olsam, uyga borib albatta tayinli bir ish topaman,deb ahd qilib qo'ydim.
* * *
- Vuuuuy, anavi qizni qarelar! Ketvorgan ekan...
O'rtog'im ko'rsatgan qizga o'girilib qaradim. O'rta boʻy, oppoqqina qiz biz tarafga qarab asta odimlab kelardi. Qizning yuzi uncha chiroyli emas, ruslarga o'xshagan sovuq, istarasi yoʻq ekan. Lekin qomati... Odamni qalbini yondiradigan darajada chiroyli! Kursdoshlarim u yaqinlashdi deguncha gap otishga tushib ketishdi.
- Qalesiz yaxshi qiz?!
Qiz indamadi. Hatto parvo ham qilmadi. Boshini mag'rur tutganicha yo'lida ketaverdi. Kursdoshlarim ham bo'sh kelishmadi.
- Yaxshi qiz! Kukla barbiga o'xsherkansiz... Qadam tashlashlariz...
Qizni jahli chiqdi. Yurayotgan joyida shart toʻxtadi. Ortga, bizlarni oldimizga kela boshladi.
- Qaysi biring shu gapni gapirding hozir?
- Sensiramang! Men gapirdim nimaydi?!
Qiz qo'lidagi so'mkasini asta yerga qo'ydi. Yengini shimardi. Nozik qo'llarini musht qildi. Hammamiz hozir nima bo'larkin deya hayron edik. Boyagi qiz kursdoshim Sarvarni boshiga oyog'i bilan shunday tepdiki, Sarvar qulog'ini changallagancha yerga yiqilib qoldi. Qiz karate bilan shug'ullanar ekan! Sarvar qulog'ini changallagancha qizga qarab baqirdi.
- Bu nima qilganing?! Qulog'im shang'illab qoldi-ku?! Esing joyidami sen qizni?!
Qiz asta egilib so'mkasini qo'ygan joyidan oldi. Bizga qaradi va o'qdey qilib dedi.
- Farosatsizlar!
Qizni shunday gapirdiki ichim gʻalati bo'lib ketdi. Hech birimiz unga qarshi bir soʻz deyolmay qoldik...
Sarvar qulogʻini doktorga ko'rsatdi. 10 kunlik licheniya olishi kerak ekan. Dori-darmonlar yozildi. Sarvarning chap qoʻli hamon qulog'i ustida, qo'lidagi dorilar ro'yxatiga termulgancha jim o'tirib qoldi.
- Dorixonachidan hisoblatib chiqdim... 450 minglik dori ekan. Qulogʻimga yomon tepibdi...
- O'zing aybdorsan... Uyatsiz gap aytding unga.
- Eeee, bir gap otgim kelgandi-da! Qayoqdan bilibman uni karate bilan shug'ullanganini... Lekin bir kun oʻsha qizdan alamimni olaman. Mana ko'rasanlar!
O'rtog'imni gapidan sergak tortdim. Sarvarni bilaman... Cho'rtkesar, aytganidan qaytmaydigan yigitlardan. Sekin soʻradim.
- Nima qilmoqchisan oshna?
👍265
- Qo'yaver... O'ylab qo'ygan rejam bor!  Meni koʻchada, ko'pchilikni oldida yerga yiqitdi... O'z koʻzim bilan ko'dim, skameykada o'tirgan qizlar rossa ustimdan kulishdi. Bu uchun hali javob beradi!
  - Qo'ysangchi Sarvar!
Kamol asabiy bosh chayqadi. Sarvarning qilmoqchi boʻlgan ishi unga yoqmagani yuzidan maʼlum edi.
  - U qiz bola boʻlsa, sen erkaksan-ku?! Ham birinchi ayb sendan o'tdi axir. Gap otish yaxshi... Yigitmiz! Chiroyli qizlarni koʻrganda gap otishimiz tabiiy... Lekin sen... Biroz oshirvordingda! Nafsoniyatiga tegadigan qilib gapirding...
  - Qulog'im kar bo'lib qolganda nima bo'lardi, Kamol?!
  - Qoʻy endi! 10 kunda tuzaladi, tashvishlanma...
Biz hammamiz o'rnimizga uxlash uchun yotdik. Lekin Sarvar negadir uxlamas... Devorga tikilgancha nimalarnidir o'ylab o'tirardi...
                   *      *      *
Yana bir hafta oqar suvdek o'tdi-ketdi. O'qishimiz tugashiga 10 kun qoldi. Fargʻonani qizlari juda shaddod boʻladi! Hazilkash, oqko'ngil! Ayniqsa birdan uncha uzoq boʻlmagan FARDU da (Fargʻona davlat universiteti) o'qiydigan qizlar! Bizni institutimizda asosan yigitlar va katta yoshli erkak, ayollar o'qishadi. Rosti gap qizlar deyarli yoʻq hisobi. Baʼzi fakultetlarda koʻpi bilan 2-3 ta qiz o'qiydi xolos. Bizni kursimizda 18 ta o'g'il bola va 3 ta kennoyi borlar! Bironta qiz kursdoshim yoʻq! Shuning uchunmi o'qishdan chiqib kursdoshlar bilan toʻgʻri FARDU ga qizlarni tomosha qilish uchun boramiz. Baʼzi yaxshiroq, chiroyliroqlarini uchratsak darrov o'rashga, boshini aylantirishga harakat qilamiz! Albatta bu shunchaki zerikkanda ermak qilish uchun xolos! Haqiqiy sevgi hali hech qaysimizni qalbimizga kirmadi... Lekin Sarvar o'zgargandek... Qulogʻi ancha yaxshi boʻlib qoldi. Lekin hayoli parishon edi. Gap gapirsak parvo qilmaydi... Savol bersak, bazoʻr javob qaytaradi... Uni nimani o'ylayotganini anglash juda qiyin edi. Nima boʻlsa ham kimgadir yomonlik qilib qo'yishini xohlamas edik...

4-QISM TUGADI

Usmonaliyeva Munira
18.03.2025.                 23:40
👍296👎2
👍6
Hikoyalar (G&M)
Photo
У оиласи ва онасини боқиш вазифасини ў зиммасига олган оддий бир ишчи киши бўлиб, ишига садоқатли, ўз ишининг устаси эди. У мунтазам равишда ишига келарди. Аммо кунларнинг бирида иш жойига келолмади. 
Шунда бошлиғи ўзига ўзи: 
- Ишга мунтазам келиши учун маошини оширсаммикин..? Ҳа албатта агар оширсам иш кунини қодирмайди..,- деб ўйлади. 
Ишчи кейинги куни ишга келганида бошлиғи унга ҳар доимгидан кўпроқ маош 
берди. Аммо ишчи лом-мим демади, ҳатто бунинг сабабини ҳам сўрамади. 
Бир-неча ойдан сўнг ишчи яна бир иш кунини қолдирди. 
Шунда бошлиқ ғазабланиб ўзига – ўзи: 
- Қўшиб берган маошини камайтираман,- деб ўйлади. 
Маош бериладиган куни унинг ойлик пулини камайтириб берди. Бунда ҳам ишчи лом-мим демади, ҳатто бунинг сабабини ҳам сўрамади. Бу ҳолат иккинчи маротаба қайтарилгани сабаб бошлиқ бу ҳақда ишчига: 
- Кўп берганимда ҳам индамагандинг, энди камайтирсам ҳам лом-мим демайсан,- деганида, ишчи: 
- Биринчи марта ишга келолмаганимда Аллоҳ менга фарзанд берганди шунинг учун келолмагандим. Шунда менга қўшимча маош бергандингиз. Мен бу маошни янги туғилган фарзандимнинг ризқи деб билгандим. Иккинчи маротаба келолмаганимда онам қазо қилдилар, шунда сиз менинг маошимни камайтирдингиз. Мен буни онамнинг ризқи эди ўзи билан кетди деб ўйладим,- деганида, бошлиқ кўзларида ёш билан ишчисининг Ҳаким бўлган зотнинг ҳукмларини гўзал тадбир қила олганига қойил қолди…
👍8113😱3🥰2👎1
DIL (Qismli Hikoya)

5-QISM. BAHOR

Sarvarning qilgan qabih ishi butun viloyatni titratdi. U boy xonadonning erka o'g'li edi... Uning ota-onasi Sarvar dunyoga kelishganda 40 yoshdan oshgan bo'lishgan. Sarvar uzoq kutilgan farzand edi! Balki shungadir uni nihoyatda erkalatib tarbiyalab qo'yishan. Maktabni bitirar-bitirmas tagiga mashina olib berishgan ekan. Kursdoshlar orasida bitta Sarvarda mashina bor. U mashina ham oddiy emas. Inomarka! Qo'lida hamisha eng soʻnggi rusumli telefon va qo'l soati taqib yuradi... "Og'zi qiyshiq bo'lsa ham boyni bolasi gapirsin" qabilida ish koʻradi. Juda kattaputun, kibrli bola edi! Asli Samarqandlik. Taqdir taqozosi bilan Fargʻonaga o'qishga kiradi...
Sarvar bir necha hafta oldin qulogʻiga tepgan qizni asta kuzatishni boshladi. U qiz hamshiralik kursida o'qir ekan. Ismi Safiya. Nima boʻldi qanday boʻldi habarim yoʻq, lekin Sarvar oʻsha qizni bir necha bor yolg'iz qolgan paytida poylab borib tegajog'lik qilmoqchi bo'libdi... Menga yana bir boshqa kursdoshim Bahtiyor oʻsha voqeani mana bunday aytib berdi:
Sarvar ancha u qizni kuzatdi. Oq-sariqdan kelgan nozikkina qiz Safiya haftada 3 kun hamshiralik kursiga borib turar ekan. Ammasining xususiy klinikasida yordamchi hamshira boʻlib ham ishlab, ham ish o'rganarkan. Sarvar novcha boʻyli, qoracharoq yigit. Yuz koʻzida nuri yoʻq... Gaplari ham telba-teskari... Koʻcha koʻyda dadasining pullarini sovurish bilan mashgʻul. Karillashi olamni buzadi! Unga qiz boladan bir guruh qizlarni oldida kaltak yegani alam qilgandi. Qanday qilib bo'lmasin Safiyafan oʻch olishni rejalashtirdi. Uni ancha vaqt kuzatib yurdi. Qaysi vaqtda karatega borishini, qaysi vaqti hamshiralik kursida boʻlishini bilib oldi... Shanba.Bizga bir para dars bor xolos. Yigitlar bilan biroz suhbatlashgach kvartiramga qaytdim... Kechasi yaxshi uxlamaganim uchun boshim og'rib ketayotgandek edi. Ketar ekanman Safiya ishlayotgan klinikada Sarvarni koʻrib qoldim. U u yoq bu yoqqa asta qarab olgancha ichkariga kirib ketdi... Koʻzlari bejo edi! Ertasi kuni mudhish xabar hamma joyga tarqab ketdi...
Safiyaning dadasi shahar hokimiga yaqin odamlardan ekan! Sarvarni qilgan ishi uchun o'qishdan haydattirdi. 3 yilga ahloq tuzatish kaloniyasiga jo'natildi! Bu safar dadasining pullari ham unga yordam berolmadi. Hayriyatki Safiyaga unaqa katta jarohat yetmabdi. Qo'llari shilinindi... Biroz yuzi koʻkargan. Zoʻrlashda gumon qilingani uchun tibbiy tekshiruvdan o'tkazishdi... Yoʻq. Hammasi joyida ekan. Agar haqiqatda qizga tegingan boʻlganida Safiyaning dadasi uni 15 yilga qamatib yubormoqchi edi. Xullas boʻlgan voqea anchagacha Fargʻona boʻylab aylanib yurdi...
Doʻstimdan ushbu gaplarni eshitib hayron qoldim. Bir oilaning guldek qizini nomussiz qilishga urinishdek tuban ish bormi bu dunyoda?! Sarvar bilan shu kursdosh bo'lganim uchun muomila qilib turardim. Yaxshidek koʻringandi, lekin insonni olasi ichida boʻlarkan!
Endi Safiyani ham, uning ota-onasini ham el oldida yuzlari shuvut!
Birinchi kurs shunday voqea bilan yakunlandi. Institutimizda katta-katta yigʻilishlar bo'lib o'tdi. Zoʻravonlik toʻgʻrisida leksiyalar o'qildi. Yoshlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Imtixonlar tugagach uyga, oʻzimning jonajon qishlog'imga qaytib keldim...
* * *
Bu yerda menga ish yoʻq hisobi. Abedgacha uxlayman! Baʼzan koʻchalarda kezib yuraman. Bir tayinli ishni boshidan tutolganimda edi...
Ayamning tikuv sexiga vishibka bosuvchi boʻlib ishga kirdim. Ish uncha ogʻir emas. Materialni oʻng - chapini adashtirib yubormasdan emblema bosadigan vishibka apparatga qo'yib knobkani bosib turiladi. Kuni boʻyi oyoqda tik turgan holda ish qilinadi. Menga sherik yana 3 nafar yigit bor. Hammalari mendan katta... Bu yerda 3-4 yildan beri ishlab kelatmyotgan tajribalisi ham bor. Uni ismi Murod aka - menga oʻzi yordam berib ishimga koʻmaklashib turadi. Juda ochiq koʻngil, samimiy yigit. Hammadan koʻp oylik oladi. Ham masterklass qilgani uchun, ham yuk tashuvchilik qilgani uchun - 7 million oylik oladi. Meni birinchi oyligim 2 million boʻldi. Bu yomon emas edi.
👍32
Oylik ish haqi ishni qanchalik tez va sifatli boʻlishiga qarab oshib boradi. Bu yerni sharoitlari yaxshi ekan. Tahorat olish uchun tahoratxonalar qurilgan. Namozxonlar uchun alohida namozlarini oʻqib olishlari uchun xonacha ajratilgan. Men ham iloji boricha peshin va asr namozimni o'qib olishga harakat qilardim...
Ishxonamiz 3 qavatli. 3-qavat qadoqlash. U yerda bir qancha qiz-ayollar chiqqan mahsulotlarni upakovka qilishadi. 2-qavat tikuv sexi. Asosiy ish oʻsha yerda qaynaydi. Ayam ham oʻsha yerda ish tikib o'tiradilar. Va pastgi qavat biz ishlayotgan joy va bichuvxona ham shu yerda. Ayollar, qizlar, yigitlar bilan hisoblaganda jamisi - 40 ga yaqin ishchi bor. Hammalari bilan bir necha kun ichida ancha suhbatlashib chiqishib oldim. Ayniqsa boshlig'imizni erkatoyiga aylandim qoldim. Nodir aka mana shu sexni egasi. Menga boshqacha mehri tushib qoldi. Doim ukam, ukamlab chaqiradi... Baʼzan Abdulloxon deydi... Malibu mashinasi bor. Oʻsha mashinada qayoqqadir borsa, biron yumush qilish kerak boʻlsa birinchi menga aytadi. Oʻzi bilan birga olib boradi.
- Abdulloxon ukam...!
- Labbay aka...
- Mashinamni moykaga olib borib yuvdirib kelolasizmi ukajon? Bugun haqqatdan juda qattiq charchabman.
- Mayli-yu, aka... Lekin meni pravam yoʻqda.
- Moyka uzoqmas ikkida mahalla narida. Katta yoʻlga chiqmaysiz...
- Xoʻp akam...
- Mana mashinani pulti. Shu yerdan chiqib 15 metrdan keyin chap tarafda koʻcha keladi. Oʻsha tomonga burilasiz ozgina yursangiz moyka bor.
- Xoʻp akajon...
- Rahmat ukam.
Mashina oldiga bordim. Ochiği birinchi marta bunaqa zoʻr, qimmat mashinani minishim! Rulga asta o'tirdim. Oʻzimni boshqacha his qildim. Mashinadan yoqimli ifor taralib turardi. Rulini asta siladim. Yuragim entikib ketdi."Ehh Allohim, men ham shunaqa mashina minarmikinman?!"... Mashinani moyka qilin yuvdirib ortga, ishxonaga qaytdim. Kelsam, darvozaxona oldida bir qiz turibdi. Yuzi koʻrinmasdi. Bo'y basti kelishgan... Sochlari tekkis qilib dazmollangan. Ularni yoyib olibdi. Sochining uzunligi belidan tushadi... Zamonaviy kiyingan, lekin ochiq-sochiq yoyinki kalta-kulta emas! Did bilan kiyimlari oʻziga juda yarashgan. Egnida Havorang koʻylak, oyogʻida shunga moslab tanlangan bejirimgina tufli.
Odatda ish boshlangan koʻcha tarafni darvozalari ichkaridan qulflanadi. Men chiqib ketayotganimda ham qorovul amaki darvozani qulflagan edilar. "Kelsang, tel qilsang ochaman" degandilar. Asta mashinadan tushdim. Qiz o'girilib qaradi. Qaddi-qomatiga monand, husni ham juda chiroyli ekan! Yuzlari oppoq... Lablari tabiiy nim pushti tusda. Koʻzlari o'rtacha kattalikda... Kipriklari uzun... Qiz menga qarab shiringina jilmaydi. Uning lablaridagi tabassum aqlimni olib qo'ydi. Meni shu sexni boshlig'i deb o'ylagan shekilli men tomonga yaqinlashdi. Roʻparamga kelib toʻxtadi.
- Assalomu alaykum!
- Va alaykum assalom...
- Siz Nodir akamisiz? 123 nomer Malibuda yuradilar deb eshitgandim.
Qiz og'zimni ochgani qo'ymadi. Tinmay gapira boshladi.
- Bilasizmi aka, uyda biroz vaziyatimiz og'irlashib qoldi. Dadam ichkilikka berilib kettilar. Oilamizda o'g'il farzand yoʻq... Singlim bor. Sharoitimiz yomon tomonga o'zgarib ketdi. Shunga oyim va man shu yerga ishga kirmoqchi edik. Oyimlar hozir dadamga qarayaptilar... Kecha haddan tashqari koʻp ichib kelganlaridan mazalari qochib qolgandi, tez yordam chaqirgandik, shifoxonaga yotqizishdi. Xullas bizga ish kerak edi. Mani va oyijonimni ishga olasizmi deb kelgandim.
U shunaqangi samimiy qiz ediki, qancha koʻp gapirgani sari menga yoqib borayotgandi. U mening koʻzlarimga mo'ltiram tikilib qoldi. Mendan javob kutardi.
- Mayli singlim... Ichkariga kiraylik gaplashamiz.
Qiz suyunib ketdi. Tabassumdan lablari kuldi. Kulgusi bir juft chiroyli koʻzlarida ham aks etdi. Telefonimni olib qorovul amakiga tel qildim.
👍202
- Alooo, amaki! Men keldim. Darvozani ochvoring.
Darvoza ochildi. Mashinani qulflab oʻzim boyagi qiz bilan ichkariga kirdim. To oshxona binosiga kirgunimizcha menga o'zi haqida gapira boshladi. Ochiği gapdan toʻxtashini sira xohlamas edim. Ovozi juda shirin... Judayam shirin!
- Bu yili maktabni bitirdim. O'qiyman degandim... Sharoit masalasi biroz qiynab qoʻydi...
- Nechanchi yilsiz?
- 2005...
- Ha yaxshi.
Ishxona binosiga kirdik. Qizga qaradim. U ham menga qaradi... Bir zum ko'zlariga tikilib qoldim...
- Aka...
- Labbay...?
- Nega unaqa qarayapsiz? Hijolat boʻlyapman. Oilali yigitsiz adashmasam!
Qizning jahli chiqdi. Hozirgina kulib turgan lablarini burdi. Hech qachon qiz bolaga bunaqa uzoq tikilib qolmagandim. Qilgan qilig'imdan uyalib ketdim. Koʻzlarimni qizdan uzib pastga qaratdim.
- Uzr singlim... Xafa boʻlmang.
- Men sizni oilali, din-diyonatli inson deb eshitgandim!
- Jahlingiz chiqmasin iltimos... Keyin men Nodir aka emasman...
- Voy?!
Qiz hayron boʻldi. Koʻzlari hayratdan katta boʻlib ochilib ketdi. Unga endi tushuntiraman deb turganimda Nodir aka yuqori qavatdan tusha boshladilar.
- Abdulloh! Ukajonim keldizmi?
Qiz va men - ikkalamiz ham ovoz kelgan tomonga qaradik.
- Haa... Aka keldim. Mashinayizni ko'chaga qo'yib qo'ydim.
- Yaxshi. Rahmat ukam. Borizga shukr. Ishizni qilavering...
Qiz menga gʻalati qarab oldi. Men oʻzimning ish joyimga o'tib ketdim. Ortimdan Nodir akani ovozi eshitildi.
- Keling, singlim... Xizmat?
Boyagi qiz Nodir aka men emasligim bilgach, Nodir akaga menga gapirgan gaplarini qayta so'zlay boshladi. Oʻsha kuni kuni boʻyi hayolimda oʻsha qiz chiqmay qoldi. Qoʻllarim ish bilan mashg'ul lekin hayolimda faqat oʻsha! Oʻsha koʻzlari... Ovozi qulogʻim ostida jaranglaydi. Men sevib qolgandim... Umrimda ilk bor haqiqatda qaysudir qizga oshiq boʻldim! Bu judayam oʻzgacha his ekan... Yurak juda tez uradi. Nafaslar ham tezlashadi. Hayolda faqat bitta inson... Koʻzlarini koʻzlarim, ovozini qulogʻim sog'inadi...
Ish vaqti tugadi. Hamma ishchilar birin ketib uyga qarab yoʻl ola boshlashdi. Men ham onamni kutib pastda ishxona hovlisida turib qoldim. Bir payt eshik ochilib ertalabki qiz chiqdi. Yana koʻzlarimiz to'qnashdi. Meni yuragim koʻksimdan otilib chiqadigandek qattiq-qattiq ura boshladi. Qiz mendan ranjigani yuz-ko'zidan ko'rinib turardi. Chiroyli lablarini yana burdi... Ko'zidan g'alati oʻt chaqnadi... Indamay oldimdan tez-tez qadam tashlagancha o'tib ketdi. Uni toʻxtatib barini tushuntirib beraman deb turganimda onam chaqirib qoldilar.
- Abdulloh o'g'lim, kettikmi?
- Haa, ha... Ketdik onam.
* * *
Uydaman. Hayolim parishon... Tuni bilan uxlolmadim. Ko'z oldimdan boyagi qiz sira ketmasdi. Uni yana koʻrgim kelar... Sogʻinardim. Onamdan u haqida so'ragani uyaldim. Nima deb o'ylashadi?! Ertag nima qilib bo'lsa ham u bilan gaplashib olishim kerak... Endi men bilan gaplasharmikin?! Shu haqidagi hayollari meni qiynar... Ertalabgacha umuman uxlolmadim.
Va nihoyat tong otdi. Onam ikkimiz avtobusda ishga boramiz. Tik turib olganman. Tezroq ishxonaga yetsaydik! Ishqilib bugun kelsin-da...
Ishga keldim. Oʻz ish joyimdaman. Onam ham yuqori qavatga chiqib ketdilar. Birin ketin ishchilar kela boshlashdi. Koʻzlarim eshikda... Uni kutyapman! Soat 8 dan o'tdi. Undan hamon darak yoʻq... Nodir aka ishchilarimiz yetarli deb ishga olmadimikin?! Qaniydi unday bo'lmasa! Ishga kelmasa uni keyin qayerdan topaman?! Soat 9 yarim! Umidlarim asta so'nib borardi... Bir payt sharaq etib eshik ochildi. Egniga uzun, olovrang tusdagi kastum-shim kiyib olgan, sochlarini bu kun yig'ishtirib chiroyli qilib turmaklagan koʻyi oʻsha qiz kirib keldi. Kiygan libosidagi olov rang... Ko'zlarida ham aks etar, uning nigohi yuragimni yoqar edi. Zinadan yuqoriga chiqib ketarkan. Men tomonga bir qarab oldi. Keyin tezda ko'zlarini olib tez-tez 2-qavatga ko'tarildi. Uni koʻrsam albatta gapiraman deb turgandim. Ajabki tilim aylanmay qoldi! Umuman bir og'iz ham soʻz topolmadim! Lekin uni koʻrib qalbim hotirjam boʻldi. Ancha yengil tortdim.
👍35
Oradan bir soatcha vaqt oʻtgach, 2-qavatdan Nodir aka tushib keldilar.
  - Abdulloxon ukajonim! Qaravoring...
  - Xoʻp mana hozir aka.
Qoʻlimdagilarni asta joyiga qo'ydimda yuqoriga chiqdim. Tikuv sexiga kirdik. Dazmolda oʻsha qiz! U shunqangi chaqqonlik bilan dazmol urardiki... Bir deganda 10-15 ta ishni dazmol qilib chiqarib berardi. Uni oldida tayyor qilingan, upakovkalangan ishlar qalashib yotardi.
  - Bularni Rossiyaga joʻnatamiz bugun... Mana bu qutilarga terib chiqish kerak... Ukajonim shuni siz qilib turing. Bilasiz hozir sezon... Ayollarni qoʻli tegmayapti.
  - Xoʻp akajon...
  - Rahmat.
Nodir aka yelkamdan yengilgina urib xonadan chiqib ketdilar. Ayollar tinmay ish tikishar atrofdan tikuv mashinalarining "G'irrr-g'irrr" ovozlari quloqni qomatga keltirardi. Men ishlarni karovkalarga joylarkanman, tepamda dazmol urib turgan oʻsha qizga bir-bir qarab olardim... Unga gapirgim kelar lekin bu yerdagi ayollardan iymanardim. Birdan kimdir "Bahor! Bahor!" Deb baqira boshladi. O'rnimdan turib qaradim. Nilufar xola ekan... Kuldim. U esa tinmay "Bahor!"derdi. Nilufar xolaga qarab baqirdim.
   - Xolajon! Issiq taʼsir qilyaptimi deyman aaa?! Hozir bahor emas, yoz-ku?!
30 ga yaqin xotinlar gurrr etib kulib yuborishdi. Qarasam boyagi qiz ham nozik qo'llari bilan lablarini berkitganicha kulib turibdi. Men nima boʻlayotganiga tushunmay qoldim. Oxiri Nilufar xola kulishda toʻxtadilar.
   - Voy Abdulloheeee! Yangi qizni chaqirayotgandim. Shovqindan eshitmadilar shekilli...
  - Qaysi qizni?
  - Ana oqayizdagi yangi dazmolchimiz...
Ortimga o'girildim. Qiz menga jilmayib qarab turardi.
  - Ismingiz Bahormi?
Qiz mayin ovozda javob berdi.
  - Xmm... Shunday.
  - Chiroyli ism ekan... Meniki Abdulloh.
  - Bilaman...
Qiz yana oʻz ishini qilishda davom etdi. Xotinlar yana tikuv ishlarini boshlashdi. Shu payt oshpaz xotin keldi.
  - Hamma abedga! Ovqat tayyor... Joylarni ham tayyorlab qo'ydim. Tushinglar...
Oshxona birinchi qavatda hovliming nargi tarafida joylashgan. Hamma bir-bir o'rnidan turib pastga tusha boshladi. Bahor ham endi ketmoqchi edi. Toʻxtatdim.
  - Bahorxon...
Qiz o'girildi.
  - Meni kechiring... Nodir akamni mashinalarini yuvib kelayotgandim. Siz meni ular deb o'yladiz... Aytmoqchi bo'lgandim, oʻsha payti fursat boʻlmadi.
Bahor jilmaydi. Ko'zlari, yuzlarida samimiy nur porladi.
  - Hechqisi yoʻq... Hijolat bo'lmang.
  - Rahmat...
Bahor pastga tushib ketdi. Bahor! Haqiqatda chiroyli ism! Ishimni tez-tez qilib tugatdimda, men ham pastga tushib, oshxonaga kirdim...
                    *      *     *
Oldin ishga uncha borgim kelmasdi. Lekin hozir tezroq tong otsa-yu, ishga borsam... Bahorning ko'zlariga termulsam deb kunlarim o'tadigan boʻlib qoldi. Ishda u keldi deguncha ko'zlarim uni axtarishga tushadi. U har kuni har xil kiyimda kelar... Sochlarini ham kiygan kiyimiga moslab turmaklab olardi. Did bilan kiyinishi, oʻziga chiroyli qarashi... Undan kelayotgan atirning hidi... Aqlimdan ayrilgandim! Uni ko'rmasam turolmaydigan holga yetdim. Lekin hamon bir-birimiz bilan gaplashmasdik. U har gal meni koʻrganda shiringina jilmayardi. Koʻzim ko'ziga tushdi deguncha yoqimli nigohlari bilan jonimni olardi... Kunlarimiz shunday so'zsiz oʻtar. Bir birimizga faqatgina nihohlarimiz orqali gapirar edik. Aniq bilaman unga juda yoqaman! Chunki ishxonamizda mendan tashqari yana 5 ta yigit ishlaydi. Lekin u ularning birontasiga ham qayrilib qaramaydi. Oʻzini seryozniy tutadi. Ammo meni ko'rdi deguncha lablari bilan shirin tabassum hadya qiladi. U bilan munosabat qurgim, uzoq-uzoq suhbatlashgim, erkagim kelardi... Bir bor boʻlsa ham qo'llaridan tutishni orzu qila boshladim. Hayotimning unutilmas, yoqimli onlari boshlangan edi...

5-QISM TUGADI.

Usmonaliyeva Munira.
21.03.2025.                 1:30

@Gaplarim_Sahifalar
👍287
😢3👍1
Hikoyalar (G&M)
Photo
Расул ҲАМЗАТОВ

* * *
...Парижда мен тасодифан бир доғистонлик мусаввирни учратиб қолдим. Инқилоб йиллари у Францияга кетган ва ўша ерда бир италиялик аёлга уйланиб қолиб кетган экан. Мен ундан сўрадим:
— Нима учун ватанга қайтишни истамайсиз?
У жавоб берди:
— Энди жуда кеч, ёшликда у ердан ўтли қалб билан чиққандим, энди қуруқ суякнинг ўзини ватанга қандай қайтараман?
Уйга қайтгач, мен ўша парижлик ватандошимнинг қариндош-уруғларини излай бошладим. Буни қарангки, мени ажаблантириб, ўша одамнинг жудаям кексайиб қолган онаси ҳалиям ҳаёт экан.
— Сизлар авар тилида гаплашдингларми? — деб қўқисдан сўради кампир мендан.
— "Йўқ, биз таржимон орқали гаплашдик, мен рус тилида, у эса француз тилида" — деб жавоб бердим мен.
Онаизор ўйчан, анча муддат жим сукут сақлади. У қора рўмоли билан юзини ёпди, аёллар фарзандлари ўлса шунақа қиладилар. Яна бироз жим тургач, у кескин тарзда деди:
— Расул, сен адашибсан, ўша одам менинг ўғлим эмас, у аллақачон ўлиб кетган. Менинг ўғлим ўзим ўргатган она тилини, авар тилини унутиши мумкин эмас!..

"Менинг Доғистоним"
асаридан
😢32👍21🔥1
🔥1