Hikoyalar (G&M)
8.16K subscribers
1.13K photos
562 videos
42 files
2.3K links
Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda

📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇
https://tttttt.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A
👆 ni bosing va OK.
Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!
Download Telegram
@Oy_nuri_1

Ulanib olinglarchi manfaatli bo'lar balki
👍8
Hikoyalar (G&M)
Photo
Момонинг чолига ёзган мактуби

Охирги кунларда келин жудаям қўполлашди. Чойимни хам ярим пиёла берябди. Яхшиямки қулоқларим кар, эшитмайман нима деганини. Аммо ҳис қиламан. Менимча мени бу уйда кўришни ҳоҳламаябди. Ўғлингиз хам икки йўл орасида қолди. Ҳатто мени хотинидан яширинча қучоқлаяпди. Кеча кечаси ухлаётганимда келиб ўпди. Жудаям АЛАМ қилди. Менга бошқа холва олиб келмай қўйди. Тишларим йўқку, еяётганимда чапиллаётган эканман. Невараларим хузурсиз бўляпти экан.

Аллоҳ шоҳид мен чапиллатиб нарса ермидим бегим? Келин энди болаларга эртак айтиб беришимни хам таъқиқлаб қўйди. Сиз билан гаплашаётганим учун девордаги расмингизни хам беркитиб қўйди. Майли. Ич чўнтагимдаги расмингизни билишмайди. Мен уни қарғамайман бегим. Нима бўлса хам ўғлимни хотини. Невараларимни онаси. 2-3 кун аввал қўшнилар келди. Мени эшитмасин деб хонамни эшигини қулфлаб
қўйди. Эшитмадим. Эшитолмадим. Лекин ҳис қилдим.

Мени қариялар уйига олиб бориб қўйишмоқчи. Росаям алам қилди. Ха айтгандай адаси, сиз ўғлингизга бир кўриниб қўйинг. Нима бўлса хам отасисиз. Сизни гапингизга киради. Сўз бераман хонамдан чиқмайман умуман. Ҳолва хам емайман майли. Болаларга хам эртак айтиб бермай қўяқолай. Нима бўлса хам мени бу уйдан айирмасинлар. Яшайолмайман. Ҳатто нафас ҳам ололмайман....

Сизни хотираларингиздан узоқда мен қандай яшайман. Бу уйда ойнада суратингиз бор. Жавонда бармоқ изларингиз бор. Хассангиз халиям деворда осилиб турибди. Хохлашмаябди мени бу уйда. Бегим... Ёнизга чақиринг мени...олиб кетинг! Ёки сиз ҳам унутиб юбордингизми мени."
😢83👍275
🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

8-QISM.

Muallif:Usmonaliyeva Munira.

Atrof qorongʻu... Hammayoq suv quygandek jim-jit! Shu payt katta bir qora Jeep mashinasi keldi... Ichidan bejirim qora kastum-shim kiygan yigitlar tushishdi. Oxiri esa bir yoshi kattaroq, chamasi 45-50 yosh atrofidagi kishi tushdi. Uning boʻynida tilla zanjir va chap qoʻlida shu zanjirga monand tilla soat... Ular ichlari hovli tomon yurishdi. Hovli etagidagi bir hujradan soqolli kishi chiqdi va tilla soat taqqan kishiga yaltoqlanib qulluq qila boshladi.
- Xush kelibsiz, shefim... Qadamlariga hasonot!
"Shef" indamadi. Unga ikki qoʻlini koʻksiga qoʻyib qulluq qilayotgan soqolli kishiga bepisandlarcha bir qarab oldi. Soqolli kishi bundan holga o'rganib ketgan shekilli oʻzining holatini umuman o'zgartirmadi.
- Qani shefim! Ichkari kirsinlar.
"Shef" ichkari kirdi. Stol atrofida o'tirdilar. "Shef" oʻzining o'tkir ko'zlari bilan atrofga sinchiklab qaray boshladi... Kichkinagina hujracha! Devorlarga yarim-yalang'och qizlarning suratlari yopishtirilgan... Polos ustidagi qutichalarda har xil psixatrop tabletkalar qalashib yotibdi.
- O'zingiz kelganingizga qaraganda jiddiyroq masala bormi, ho'jayin?
"Shef" o'ziga javdirab qarab turgan soqolli kishiga sir bermagan holda sovuqqonlik bilan gap boshladi.
- Nazim... Sen topgan jarroh, anavi itvachcha yurist Yusufni ukasi ekan!
Nazim hayron boʻlganicha ko'zlarini katta katta ochdi.
- Qanaqasiga?! Azamat ichki aʼzolarini olgan qizlar orasidan oʻz singlisi ham bor ekanda unda?!
- Menimcha u qizlarni orasida singlisi borligini bilmagan!
- Endi nima qil deysiz, shef?
- Nima qilsang qil, Azamatni qo'rqit! O'ldiramiz deb po'pisa qil! Ukasini to'xtatsin! Agar Yusuf surishtiruvni to'xtatmasa Azamatning Namangandagi xotini va bolalarini o'ldirishingni ayt! Xullas oʻsha vrachning og'zidan gullab qo'ymasin... Bo'lmasa men amalimdan aytilaman! Hammamiz umrbodga qamalib ketamiz!
Nazim hammasini tushundi. Negadir oʻsha jinoyatdan keyin Azamat birdaniga yoʻq boʻlib qoldi. Ishidan ham boʻshabdi... Telefon raqamlari oʻchirilgan... Bu yerda bir gap borligini sezib yurardi lekin hech ham Yusuf uning ukasi ekanini hayoliga ham keltirmagan edi...
- Xoʻp shefim... Albatta buni oʻzim hal qilaman!
* * *
JINOYATDAN BIR HAFTA OLDIN.

Azamatning boʻynigacha qarzga botgani uni ancha ezib qoʻydi. Shaharning oldi jarrohlaridan boʻlsa-da, negadir topganida baraka yoʻq edi... Ayoli yaxshi xotin chiqmadi. Azamatning topgan pulini sovuradigan, zulukdan soʻrib oladiganlardan edi... Azamat xotiniga qimmatbaho taqinchoqlar, uzuklar har xil toza matodan tikilgach koʻylaklar olib berardi. Molparastning koʻzini tuproq to'ldiradi, deyishganlari haqiqat! Azamatning xotini sira pulga to'ymadi. Har 2 oy, eng uzogʻi 3 oyda telefonini alishtirar, yiliga eng kami 2 marta chet davlatga sayohatga chiqib kelardi... Bu hol Azamatning topgan pullarini qurutar, umuman halovat qolmagandi oilada. Azamatning xotini - Guli... Turmush qurganlarigan 15 yildan oshdi. Bitta qiz farzandi bor. Lekin Guli qiziga umuman eʼtibor qaratmas, dardi latta putta, qimmat taqinchoqlar edi... Qizi onasi yonida boʻla turib ona mehrini koʻrmay oʻsdi... Maktab internatda o'qidi. Keyin institutga tayyorlanish uchun repetitorlik markaziga borib oʻsha yerda yashab taʼlim olyapti...
Gulining talablari tobora ortib borardi. Endi mashina xohlay boshladi.
- Dadasi...
- Ha?
- Dugonamni eri, yangi mashina sovgʻa qilibdi... Oppoq Gentra!
- Xoʻsh? Nima qilay endi men?
- Men ham mashina xohlayman! Dugonamnikidan ham zoʻrini olib berasiz!
- Guli... Endi yosh qizchamassan axir, Kap katta xotinsan... Qizimiz yaqinda maktabni bitirdi... Endi unga koʻproq ahamiyat bersang yaxshi boʻlardi onasi...
- Yoʻq! Olib bering mashina... Men bu hayotga bir marta kelaman. Mazza qilib umr o'tqazgim keladi!
👍28😢7
Azamat indamadi. Topish tutishi yaxshi lekin xotinining talablari ortgani sari pulining barakasi yoʻq... Lekin Azamat Guliga sevib uylangan. Uni yoʻqotish u uchun haqiqiy fojea! Chunki Guliga uylangunicha qancha toʻsiqlardan oʻtgan... Ehheee otasi bermayman deb turib olganlari, akalaridan itdek kaltak yegan kunlari hali hamon yodida... Uni juda yaxshi koʻradi va uylangan kunidan boshalab har qanday talabini soʻzsiz barajarib keladi... Bu safar ham shunday boʻldi.
- Xoʻp jonim... Olib beraman. Faqat ozgina sabr qilib tur. Pul qilib olay, oxirgi payt topganim qayerga ketyapti bilmayapman.
Guli bir soʻz demasdan qovog'idan qor yog'ganicha ichkari uy tomon kirib ketdi...
* * *
Koʻzi ochlik oxiri oʻz kuchini koʻrsatdi. Azamat jinoyatga aralashib qoldi. Unga bir begona nomerdan qoʻngʻiroq qilishdi.
- Alo, assalomu alaykum eshitaman!
- Siz Azamatmisiz?
- Ha, ha! Azamatman, eshitaman aka?
- Malakali jarroh deb eshitdim sizni...
- Haa shunday, tinchlikmi?
- Iloji boʻlsa uchrashib gaplashib olsak degandim...
- Mayli... Vaqtini va joyini aytsangiz yetib boraman.
- Xoʻp, sms qilib joʻnataman.
Azamat va soqolli kishi bir kichkinagina kafega kirishdi. Eng chekkada turgan stolga borib o'tirdilar. Ofitsiant keldi.
- Nima xizmat akalar?
- Menga bitta pepsi... Sizgachi aka?
Azamat tezgina javob berdi.
- Menga choy...
- Xoʻp boʻladi...
Ofitsiant choy va bir stakan muz solingan pepsini olib keldi.
- Rahmat ukam.
- Yana xizmatlar boʻlsa, shu yerdaman.
- Xoʻp ukam, xoʻp boraver...
Soqolli kishi Azamatga yuzlandi.
- Azamat aka... Eshitdim juda mahoratli jarroh ekansiz...
- Haa shunday... Davlat tomonidan bir necha marotaba taqdirlanganman.
Azamat magʻrur boshini yuqoriga koʻtardi. Soqolli kishi ham miyigʻida kulimsiradi.
- Haa yaxshi, yaxshi... Lekin eshitishim boʻyicha... Oxirgi payt ancha qiynalib qolibsiz... Qarzlariz koʻp emish.
- Shunday... Topganimda uncha maza yoʻq... Ancha-muncha qarzga botib qoldim.
- Xohlasangiz sizga bir yaxshi ish taklif qilaman. Soqqasidan tashvishlanmang... Siz oladihan 1 oylik maoshizni 10 barobaridan ortiq pul olasiz!
Azamat 8 million oylik oladi. Davlat shifoxonasida ishlaydi... Yaqinda xususiy klinika ochmoqchi edi lekin hecham pul yigʻa olmadi. Bir tomondan qarzlar, ikkinchi tomondan xotinining talablari...
- Rostanmi?
- Albatta! Atiga yarim soatlik ish! Shu yarim soatiz uchun men sizga 8000 dollar naqt beraman!
- G'alati-yu, yarim soat uchun 8000 dollar?!
- Haa... Mayli... 10 ming dollar olasiz, rozimisiz?
Azamat shoshib qoldi... Aqli ishlamas, 10 ming dollar pul koʻz oldida aylanar edi!
- Qanaqa ish ekan u aka?
Soqolli kishi ovozini nihoyatda pastladi... Azamatga boʻynini yaqinroq choʻzdi.
- Organ savdosi...
Azamatning hushi boshidan uchib ketdi! Axir bu jinoyat-ku?!
- Yoʻq aka... Uzr. Jinoyatga aralasholmayman...
- Azamat... Siz tashvishlanman... Men kafilman. Sizga hech narsa boʻlmaydi! Sizni ismiz aytilinmaydi... Siz faqat oʻsha vaqtda kelasiz va ichki aʼzolarni ehtiyotkorlik bilan bizga olib bersangiz boʻldi... Boshqa muammo yoʻq.
Azamat oʻylanib qoldi. Nima deb javob berishini bilmas, aqli bu jinoyat bu yoʻlga kirma desa, nafsi shuncha pulni yarim soatda olish imkonini qoʻldan berma deya hayqirar edi! Shayton shuncha pul bilan bemalol qarzlaringni yopasan, keyin 1-2 oy ichida xotiningga mashina olib berasan, hamma ishlaring yurishib ketadi deya Azamatni vasvasa qilardi. Azamat nafsi va shaytonning gapiga kirdi. Soqolli kishining taklifini qabul etdi.
- Qachon boʻladi aka?
- Bir haftadan keyin... Yosh oʻsmir qizlar... Ulardan organlarini olib berasiz tamom vassalom!
- Xoʻp aka...
Azamat endi oʻrnidan turib ketayotgan edi, ortidan soqolli kishi toʻxtatdi.
- Azamat!
- Ha aka...
- Oʻrtamizdagi suhbat oramizda qolsin... Boʻlmasam oʻzizga yomon boʻladi.
Azamat xoʻp deganicha indamay kafedan chiqib ketdi...
* * *
👍31🥰21
Yusuf nima qilib boʻlmasin Akmal bilan gaplashishni oʻylardi. Bir necha marotaba ruhiy kasalliklar shifoxonasiga (jinnixonaga) bordi... Akmal bilan gaplashishni imkoni boʻlmadi. Akmalning ahvoli juda ogʻir edi. Sud uni qamamadi...Ruhiy hastaligi borligi sabab jinnixonaga yotqizildi... Lekin u jinoyatchilardan biri bolgan soqolli kishini koʻrgan, u bilan suhbatlashgan yagona guvoh! Qanday qilib boʻlmasin uni gapirtirishi shart! Lekin hozircha Yusufning barcha urunishlari bekor ketdi.
Jinoyat qidiruv boʻlimidagi baʼzi hodimlar Yusufga ancha yordam qildilar... Ular Odina uchun juda malakali advokat yollashdi. Indinga sud! Yusufning hayolida mingta o'y! Jinoyatga aloqador Akmalning aqldan ozishi... Muhammadning shubhalari... Akasi Azamatning qo'qqisdan Odinani sudga berishi... Hayollar chalkash, fikrlar ham bir-biriga chuvalashib ketgan. Oʻz oʻzi bilan gaplashar, ichida voqealarni bir-biriga ular, ular o'rtasidagi bogʻliqlikni aniashga tirishar edi. "Akmal avtobusni buzgan boʻlsa demak u qayerdadir buni oʻrgangan! Men oʻsha mashinasoz ustani topishim kerak..." Yusuf tez-tez yurganicha Akmalning mahallasiga keldi. Qo'ni qo'shnilardan u haqida soʻrab koʻrdi...
- Kechirasiz amaki?
- Eshitaman oʻgʻlim...
- Akmalni oxirgi paytlar qayerda koʻproq uchratardingiz?
- Koʻp koʻchada yurardi...
- Haa... Bironta joyga, misol avtoservisga bormaganmidi?
- Boʻlishi mumkin oʻgʻlim... U hamma joyda yuradi, gʻirt daydi edi!
- Haa... Mayli rahmat amaki.
Yusuf yana 3-4 kishidan Akmal haqida soʻradi... Va nihoyat bir yigitdan tayinli javob oldi.
- Aka... Akmal shahar chetidagi ustaxonaga koʻp qatnab yurganini koʻrgandim...
- Oʻsha ustaxona aynan qayerda ekanini bilasizmi, uka?
- Ha bilaman, xohlasangiz oʻzim koʻrsataman.
- Yaxshi boʻlardi... Koʻcha boshida mashinam bor...
- Aha... Kettik boʻlmasa.
Birgalashib mashinaga chiqdilar. Yigitcha yoʻl koʻrsatib ketar, Akmal esa hayolar Odinani oʻylardi. "Agar shu usta guvohlik bersa, Odina aybsizligi ancha isbotlanardi...". Nihoyat yetib keldilar.
- Aka... Mana shu ustaxona...
- Rahmat ukam, sogʻ boʻl.
- Aha... Rahmat.
Yigitcha ketdi. Akmal avtoservis ichiga kirdi. Bu joy uncha katta emas, lekin mashinalar yetarlicha edi.
- Keling xizmar uka? Nima qilish kerak?
- Menga mana shu avtoservisni egasi kerak edi...
- Menman oʻsha uka! Ismim Mahmud...
- Mahmud aka, meniki Yusuf!
- Xursandman... Nima xizmat?
- Aka men tergovchiman... Mana hujjatim. Sizga bir necha savollar bermoqchi edim.
Mahmud akaning ranggi bo'zdek oqarib ketdi. Qo'rqqani yuzidan bilinib turardi.
- Tinchlikmi uka?
- Tinchlik... Bir yigitcha haqida bilishim kerak...
- Qaysi yigitcha?
- Bundan 2 oycha oldin, sizga bir yigit shogirt boʻlib qatnagan ekan. Ismi Akmal...
Mahmud aka eslolmay biroz kalovlanib turdi, keyin birdan yodiga tushdi.
- Haaaaa! Akmalmi?
- Ha oʻsha...
- 4-5 kun keldi...
- Asosan nimani oʻrgandi?
- Oʻzi meni shogirtlikka oling deb turvoldi... Sal gʻalatiroq bola ekan... Oʻzini tutishi ham gʻalati... Motorlarni oʻrgating dedi... Qoʻldan kelgancha o'rgatishga harakat qildim.
- Yengil mashinalarnikini o'rgandimi?
- Men ham avval yengil mashinalarnikini koʻrsatdim lekin u avtobusnikiniyam o'rgating dedi... Juda tirishqoq ekan, birpasda o'rganvoldi. Ancha ishlarimni qarashdi... Keyin birdan kelmay qoʻydi... Oʻshandan beri koʻrganim yoʻq u bolani.
"Ajoyib!"mana haqiqiy guvoh... Endi sudda gʻolib chiqishi tayin...
- Aka... Bir qizga tuhmat qilishdi. Men uni himoya qilishim kerak... Sudda guvohlik bersangiz degandim...
- Hech narsaga tushunmayapman ukajon...
- Aka... Yuring oʻtirib hammasini sizga bafurja tushuntiraman.
- Xoʻp mayli yuring...
Yusuf Mahmud akaga boʻlib oʻtgan hamma voqealarni aytib berdi. Mahmud aka qizlarning vaxshiylarcha o'ldirilganini eshitib qattiq asabiylashdi.
👍24
- Nahot-ki inson bolasi shu darajada vaxshiy boʻlsa?! Yo Alloh! Qiyomant yaqin, Qiyomar yaqin juda!
Yusuf ham mayus bosh chayqadi. Koʻzlari biroz yoshlangandek boʻldi...
  - Aka... Oʻsha qizlarni orasida meni guldek singlim ham bor edi...
Mahmud aka Yusufga chindan achindi. Qoʻpol qoʻllari bilan Yusufning yelkasini silab qoʻydi.
  - Allohni irodasi ekan ukam, siqilmang... Alloh rahmatiga olsin singlizni...
  - Amiyn...
Yusuf oʻtinchli nigoh bilan Mahmud akaga qaradi.
  - Aka... Sudda guvohlik berasiz aa?
  - Inshaalloh ukam albatta!
  - Rahmat aka... Sizga ishondim...
Yusuf uyga qayti. Bugungi qilgan ishidan sal boʻlsa-da koʻngli yorishdi. U bu jinoyatni asta sekin yechib borayotgandi... Jumboqlar, savollar va mulohazalar tobora oynadek tiniqlashib borardi... Akmal jinoyat qilgan... Qotillarga yordam bergan... Akmalni ishga undagan kishi - Soqolli odam! U hammasini biladi! Oʻsha odamni topolsa edi... Jinoyarni fosh qilish yanada osonlashardi... Yusuf oʻy hayollar ogʻushida asta koʻzlari yumuldi, uyquga ketdi...
                   *       *     *
Muhammad yana qabr boshida... Oʻzi ekkan lolalarga sub quyyapti... Bugun ham tushiga Nafosat kiribdi... Koʻzlari mayus emish... Egnidagi koʻylagi oq, lekin bazi joylari kir boʻlib ketgan...
  Kechasi uygʻonib ketdi. Nafosatning mungli chehrasi koʻz oldidan ketmasdi... "Nafosatni shu koʻyga solganlar jazolanmas ekan... Menga uyqu harom!" Muhammad astoydil Yusufga yordam berishga ahd qildi... Ertalabdan qabristonga bordi... Nafosat bilan qalban biroz suhbatlashdi...
  - Sizga sevishimni aytmoqchi edim... Sizni baxtli qilaman deya ahd qilgandim. Lekin afsus... Qismatimiz shu ekan... Siz yer qarida... Men yer ustidamiz. Qachondir uylansam va qiz farzand koʻrsam, ismini albatta Nafosat qoʻyaman...
Muhammad koʻz yoshlarini asta artdi. Qoʻlidagi suv sepadigan idishni olib gullarni sugʻordi... Keyin... Keyin Nafosatning haqqiga Qurʼon tilovat qildi...

8-QISM TUGADI.

18.04.2025.                10:05
😢19👍14
🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

9-QISM

Muallif:Usmonaliyeva Munira.

Yusuf Odinani sudga tayyorladi. Odina nihoyatda asabiy va behalovat edi... Uning qoʻllari muttasil qaltirab turar... Lablari ham titrardi. Yusuf iloji boricha unga dalda boʻladigan soʻzlarni aytar, uni qo'rqmaslikka, hammasi yaxshi boʻlishiga ishontirardi...
Sud boshlandi. Sudya birin-ketin jinoyatga aloqador kishilarni soʻroq qilish uchun chaqira boshladi. Qoralovchi va advokat o'rtasida bahs boshlanib ketti. Qoralovchi sud minbarida qaltirab turgan Odinaga yuzlandi.
- Odina To'rayeva... Siz oʻsha kuni bolalar bilan birga edingiz togʻrimi?
- Toʻgʻri...
- Qizlarning chashmaga ketishlariga siz rozilik bergansiz, shundaymi?
Odina qaltirar, berilayotgan savollar goʻyo uning miyyasiga urgadek azob berardi.
- Ha... Men edim.
- Nega oʻzingiz ular bilan birga bormagansiz?
- Juda toliqqandim. Aftobus ichida o'tirdim...
Sud tobora keskinlashar Odinaning advokati uni oqlash uchun Yusuf keltirgan dalillarga asoslanardi.
- Janob sudya! Odinaxon aybsiz inson... U bir oddiy o'qituvchi xolos. Qanday qilib ayol kishi avtobusning matorini buzishi mumkin?! Va yana shofyor akaning guvohlik berishicha Odinaxon doim maktab o'quvchilari bilan birga boʻlgan! Avtobusga yaqinlashmaganlar hatto! Odinaxonni bu ishda ayblash menimcha... Toʻgʻri emas! U mutlaqo aybsiz!
- E'tiroz bildiraman!
Qoralovchi o'rnidan turdi. Sudya undan nega eʼtiroz bildirganini soʻradi.
- Janob sudya! Ayol kishining makri qirq tuyaga yuk boʻladi! Bu ayol eri bilan hatto toʻliq bir oy ham yashamay ajrimga ariza bergan!
- Janob sudya eʼtiroz bildiraman! Mijozimga nisbatan, uning shaxsiy hayotiga oid savol berilishiga qarshiman!
- Janob sudya, meni bu savolni berishimdan maqsadim bor... Ijozat bersangiz...
Sudya qoralovchiga ijozat berdi. Oqlovchi advokatga joyiga o'tirib olishini ishora qildi.
- Janob sudya, oilaga mas'uliyatsizlik bilan qaragan ayol, farzandlar qolaversa kelajak avlod tarbiyasi bilan qanday shug'ullana oladi! Bu ayol aybdor va albatta qonun oldida javob berishi shart!
Odina battar qoʻrquvga tushar, uning asabiylashayotgani koʻzlaridan, titrayotgan qoʻllaridan yaqqol namoyon boʻlardi... Guvohlik berish uchun Shafyor Rahmat aka guvohlik uchun chaqirildi.
- Rahmat aka, oʻsha kuni siz Avtobus boshqaruvida edingiz toʻgʻrimi?
- Ha toʻgʻri...
- Avtobus nosozmidi?
- Yoʻq oʻzi yaqinda olgandim... Yili ham yangi edi...
- Ayblanuvchi Odinaxon asosan qayerda edi?
- Bolalar bilan birga... Oʻzi yolgʻiz oʻtirganini koʻrganim yoʻq... Hamisha yonida o'quvchilar bor edi.
- Avtobus qanday buzildi oʻzi?
- Bilmayman, ketayotgan yoʻlimizda birdan tutab toʻxtab qoldi...
- Haa... Bu hodisa sizni shubhaga soldimi?
- Soldi albatta... Chunki yoʻlga tushishimizdan oldin avtobusimni hamma joyini tekshirib chiqqandim.
- Sizningcha bu voqeada kimning yoki kimlarning qoʻli bor deb oʻylaysiz?
- Bilmadim... Kimgadir bilib bilmay tuhmat qilolmayman! Lekin Odinaxon aniq aybsiz...
Advokat savollarni tugatib sudyaga yuzlandi.
- Janob sudya! Shofyor Rahmat aka aytganidek Odinaxon hech vaqt yolgʻiz qolmagan... Yonida hamisha maktab o'quvchilar boʻlgan va yana oddiy ojiza ayol avtobusni buzib qoʻyishi aqlga sigʻmaydigan holat...
Sud tobora keskinlashib borardi... Sudya bir kunlik tanaffus eʼlon qildi.
- Sud ertaga soat 11 larga qoldiriladi...
Tomonlar tarqashdi. Odina hozirchalik aybdor sifatida sud zalida olib qolindi. Yusuf nima qilib boʻlmasin uni oqlash uchun yanada kuchliroq dalillar topishi kerak edi...
* * *
- Alo, assalomu alaykum aka yaxshimisiz?
- Va alaykum assalom, kechirasiz kim bu?
- Men Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan telefon qilyapman sizga... Akmalga mas'ul hamshiraman. Akmalda biron yaxshi oʻzgarish boʻlsa xabar bering degandingiz?
👍202
Yusuf hammasini esladi.Yuzini qoplab turgan qora parda birdan ochildi.
- Ha, ha! Esladim singlim! Xoʻsh, nima gap?
- Akmal ancha stressdan tushdi... Balki sizni ishingiz boʻyicha u-bu narsani eslar...
- Albatta eslashi kerak! Men yarim soatda yetib boraman...
- Xoʻp kutaman aka.
Kutilmagan bu yangilik Akmalda yanada umid uygʻota boshladi. U jinnixona tomon mashinasida yeldek uchib borardi. "Mana hammasi yaxshilik tomon burilyapti. Endi sudda Odina butkul oqlanadi! Undan tashqari oʻsha jinoyatchilarni taniydigan kishi - soqolli odamni topa olishim mumkin!" Shunday fikrlar bilan Yusuf yetib keldi. Hamshira uni Akmalning xonasiga kuzatib qoʻydi. Akmal bir chetta oʻtirar, koʻzlari oʻychan va katta-katta ochilgan edi. Yusuf unga asta yaqinlashdi.
- Akmal!
Akmal oʻzining ismini eshitib yalt etib Yusufga qaradi.
- Yaxshimisan?
Akmal indamadi. Burchakka yanada qattiqroq oʻzini tiradi.
- Akmal, senga dori bergan, oʻsha soqolli kishini eslay olasanmi?
Akmal yana jim... Lekin bu safar boshini asabiy silkidi... Yusuf unga yanada yaqinlashdi.
- Akmal... Eslashga harakat qil... U odam kim edi, koʻrinishi qanaqa?! Agar bilsang seni shu ahvolga solgan oʻsha odam boʻladi! Sen u bergan dorilar tasirida oʻz otangni oʻldirding... Nafosatni ham harob qilding!
Akmal asabiy tebrana boshaldi. Qoʻllari bilan quloqlarini berkitib oldi. U tez-tez chayqalar, koʻzlari yanada kattalashganicha atrofga alanglar edi.
- Akmal!
- Ket! Yoʻqol! Men hech narsani bilmayman!
- Akmal! Menga qara... Seni shu koʻyga solgan oʻsha kimsalar senga yordam berishyaptimi? Yoʻq! Ularni seni musirni uloqtirib tashlagan kabi uloqtirishdi! Ular uchun zarracha qadr qimmating yoʻq!
Akmal yigʻlay boshladi... Yuzlari burishib ketdi...
- Akmal! Akmal... Ayt menga... Ulardan qoʻrqma, senga hech kim zugʻum qilolmaydi... Sen bu yerda xavfsizsan!
- Ular meni o'ldirishadi! Ha... Oʻldirishadi!
- Akmal... Qoʻrqma... Hech kim senga tegmaydi ishon!
Akmal nihoyat biroz oʻzini yigʻishtirib oldi. Yusufga iltijoli termuldi.
- Aka... Ular juda yomon odamlar... Sizni ham omon qoʻyishmaydi!
- Alloh bor! Qonun bor! Adolat bor! Hali hammasi jazolarini olishadi...
- Uni ismi Nazim... Qoracha odam. Boʻylari novcha va ozgʻin... Koʻzlari ko'kish tusda... Qalin soqol qoʻygan... Bilganlarim shular aka... Boshqa narsa bilmayman.
- Ular qanday jinoyatlar qilishardi?
- Dori savdosi... Qizlarni fohishalik qilishi uchun ham sotishardi... Organlar savdosi... Bola o'g'irlash...
Akmal yosh toʻla koʻzlarini Yusufga qaratdi.
- Aka... Ular juda vaxshiy odamlar! Hech kimni ayab oʻtirishmaydi... Ularning tepasida aniq katta bir shaxs bor... Nazim aka ham bir-ikki marta oʻsha "Shef" bilan gaplashayotganini eshitib qolgandim...
Yusuf olgan maʼlumotlarini darrov yon daftarchasiga yozib qoʻydi. Endi bu xabarni zudlik bilan Jinoyat qidiruv boʻlimiga yetkazishi kerak... Yoʻlga tushdi va bir necha soat ichida boʻlimga yetib keldi. U Akmalning soʻzlari asosida Nazimning xomaki foto suratini tayyorlatdi... Uni qidiruvga berdilar. Odina ertalabgi sudda butkul oqlandi. Avtoservis egasi Mahmud akaning koʻrsatmalari va Akmalning Nazim haqidagi gaplari aytilindi va Akmal bu ishga aloqadorligini oʻz ogʻzi bilan tan oldi. Uning "Men Nafosatni va boshqa 4 nafar sinfdoshimni jinoyatchilarga tutib bergan edim... Bu ishni menga Nazim aka buyurgandi..."degan gaplarini Yusuf telefonining diktafoniga yozib olgan edi. Uning ushbu soʻzlari sudda eshittirildi va Odina oqlandi... Endi Yusuf Nazimni topish va aniqlash uchun sudga ariza yozdi... Hammasi yaxshi tomonga oʻzgarayotgandi... Lekin kutilmagan vaziyatlar hali oldina edi!
* * *
JINOYATDAN 1 KUN OLDIN.

Azamatga ertalab qoʻngʻiroq boʻldi. Bu Nazim edi.
- Alo aka...
- Labbay eshitaman.
- Biron joyda koʻrishib olaylik.
👍223
.- Mayli xoʻp...
Ular Azamatning uyi yaqinidagi bir bino yaqinida uchrashishdi.
- Aka ertaga Sirdaryoga ketamiz... Sizga oʻzim sms joʻnataman. Siz ortimizdan borasiz...
- Xoʻp...
- Mana 30 million! Bu hali hamir uchidan patir aka! Ishiz oldidan avans desa ham boʻladi...
Azamat pullarni oldi... Tezgina kissasiga berkitdi.
Jinoyat kuni keldi. Azamatga sms joʻnatishdi. "Qizlar tayyor kelavering..." Qandaydir eski bino manzili... Azamat sms da kelgan manzilga keldi. Tashlandiq bir bino... Ichkari kirdi. Bir kichikkina xona eshigi oldida Nazim turardi.
- Aka tezlashing...
Azamat oʻzining jarrohlik asboblarini koʻtargancha xona ichiga kirdi. 5 nafar jasad hammalari parta ustiga yotqizilgan holatda edilar... Ular hali tirik edi! Nafas olayotgandi! Organlar ishlab turishi uchun qizlarni o'ldirmay turish kerak edi chunki... Azamat hushsizlartirib, narkoz qilingan birinchi qizning oldiga keldi... Asta koʻksini yordi ehtiyotkorlik bilan yuragini, buyrak va jigarini oldi va muz bilan toʻldirilgan temir qutichalarga joylashtirdi... Birinchi qizning joni uzildi! Azamat sovuqqonlik bilan qotillarga qaradi.
- Bittasi tayyor!
Ikkinchi va uchinchi qizlarni ham xuddi shu uslubda aʼzolarini oldi. Navbat toʻrtinchi qizga keldi. Bu Nafosat edi! Azamat uning ustiga yopib qoʻyilgan choyshabni ochdi! Ranggi bo'zdek oqarib ketdi. Koʻz oldida singlisi o'lim bilan olishib yotardi! Azamatning peshonasidan sovuq ter chiqib ketdi. Aqli hushi joyida emasdi... Oʻzini yoʻqotib qoʻydi... Singlisining goʻzal chehrasiga termulib qoldi. Bu hol Nazim va boshqa qotillarni shubhaga soldi va biroz gʻazablantirdi.
- Nima boʻldi Azamat?! Tezlashing! Bir soat ichida ulgurishimiz kerak!
Azamatning qoʻli ishga bormadi. Qilib qoʻygan daxshatli ishidan shokka tushdi!
- Azamat! Boʻling tez!
Qotillardan biri borib Azamtning oyogʻiga qattiq tepdi. Azamat ikki bukilib qoldi. Boyagi barzangi Azamatni ikkinchi oyogʻiga ham tepdi. Bu safar Azamat ogʻriqdan boʻkirib yubordi.
- Aaaaaaaa!!!
Barzangi yigit Azamatga doʻq urib baqirdi.
- Tezlash!!!
Azamat qoʻrquv ichida qoldi. Bu yerdagi kishilar oʻta vaxshiy kimsalar! Nazim va unga yordam berayotgan 5-6 nafar barzangi yigitlar! Azamatning qoʻllari qaltiray boshladi... Oʻz singlisini koʻksidan yuragini sugʻurib olishi! Oʻz singlisini soʻnggi nafaslarini eshitib turishi! U oʻzida emasdi... Boyagi yigit bu safar Azamatning biqiniga musht tushurdi.
- Haromzoda tezlash!!!
Azamat bukchayib qoldi. Bazoʻr oʻzini tutganicha qoʻliga ish qurollarini oldi va Nafosatning koʻksini yora boshladi!!!
Yuragi hamon urib turibdi! Uni asta oldi va muz solingan qutiga solib qoʻydi... Keyin boshqa aʼzolariga oʻtdi... Oʻsha kuni Azamat oʻz singlisini va yana singlisi qatori 5 nafar yosh qizni umriga zomin boʻldi!
Qotillar tayyor boʻlgan aʼzolarni qora mashinaga yukladilar. Nazim oʻsha mahinani minib ketdi... Qolgan yigitlar esa murdalarni olib Damas rusumli mashinaga joylashtiridilar ular mashinaga sigʻishi uchun qizlarning tanalarini bo'lak-bo'lak qilishdi va qora salafan paketlarga solishdi... Azamat hamon oʻziga kelolmas, atrofida bo'layotgan voqealar uni daxshatga sola boshladi. U hammasi osonlikcha hal boʻladi deya oʻylagandi lekin unday boʻlib chiqmadi...
Qotillar qizlarni chashma yaqinidagi jarlikka, avvaldan tayyorlab qoʻyilgan katta bir chuqurga tashladilar... Qizlarning qoʻl va oyoqlari, tanasining qismlari aralash holda chuqur ichiga tushdi. Yigitlar atrofga tez-tez qarab olganlaricha qizlari koʻma boshladilar... Ular oyoq kiyimlari ustidan salafan paket kiyib olishgandi va qo'llaridan ham qora charm perchatka boʻlgan! Ulardan hech qanday iz qolmadi... Nihoyat qizlarni koʻmib boʻlishgach, yigitlar barcha qurol-aslahalarini yigʻishtirishdida voqea joyidan gʻoyib boʻlishdi...
* * *
Azamat oʻsha voqeadan keyin olgan 10 ming dollar pulining bir soʻmi ham unga tatimadi. Hayolidan singlisi ketmas, uni oʻz qoʻli bilan o'ldirganiga haligacha ishonolmas edi... Uyiga qamalib oldi... Ishga ham chiqmadi... Kechalari umuman uxlolmaydi...
👍14😢41
Koʻzini yumdi deguncha oʻsha daxshatli xonada yotgan singlisining soʻlgʻin yuzi koʻz oldida gavdalanaveradi! Azamat nafs quli va bir qoʻrqoq kimsa ekanini isbotladi! Nafsi uchun shaytonning gapiga kirdi, balki hamma ayb shaytonda emasdir, aslida kishilarning baʼzilari shaytondan ham battar!!! Ularning qilgan yovuzliklari oldida shayton ham ip esholmaydi! Shaytonga dars bera oladigan darajadagi yovuz insonlar oramizda koʻplab topiladi! Azamatning qoʻrqoqligi unga qimmatga tushdi. Balki u qizlarni oʻldirmoqchi boʻlgan qotillarni tutib berganida edi, xalq uni qahramon deya olqishlagan boʻlar edi. Axir u jinoyatdan xabardor edi, jinoyat joyi va vaqtini aniq bilardi! Birgina qoʻngʻiroq bilan barcha qotillarni va bunaqangi iflos jinoyatlar ortida turgan kimsalarni yoʻqotishi mumkin emasmidi?! Bu qotillar qanchadan qancha kishilarni umriga zomin boʻlgan va bundan keyin ham zomin boʻladi! Bu jinoyatchi toʻda yosh yigitlar va qizlarning onggini turli psixatrop tabletkalar bilan zaharlab manipulatsiya qiladi va oʻz yo'rig'iga soladi. Akmal ham shundaylardan emasmidi?! Qanchadan qancha qizlarni fohishalik qilishi uchun sotib yuborishadi... Agar Azamat oʻsha kuni, nafsini emas, vijdonini gapiga quloq solganida edi... Bu tuban jinoyatchi guruh allaqachon panjara ortida boʻlardi... Lekin... U bunday qilmadi. U qoʻrqoqlik qildi... U nafsiga ergashdi. Natijada na halovat topdi, na bir foydaga erishdi... Kunlari tobora qorongʻu tus olar, kunda tushiga yigʻlab chinqirayotgan singlisi kirar, uni azoblar edi... Azamat ukalaridan singlisining jasadi topilganini eshitdi... Xotini va qizini olib bir kunginaga, faqat janazani o'tqizish uchungina Fargʻonaga keldilar... Ukalari bilan ham gaplashmadi... Ishlarim koʻp deya bahona qilganicha oilasi bilan ortga qaytib ketdi! Oʻsha kundan beri uning halovati yoʻq... Yegan-ichganida maza topolmaydi... Ukalariga qoʻngʻiroq qilib hol-ahvol soʻramadi, singlisining markasi, "Yigirma-qirq" kabi marosimlariga ham kelmadi. U oʻsha ketganicha yoʻq boʻldi qoldi.
  Yusuf bir necha marotaba akasiga qoʻngʻiroq qildi lekin Azamat telefonini koʻtarmadi...
  Azamat bu ishni surishtirishni Yusuf oʻz qoʻliga olganidan behabar edi. Yusuf Nazimning izini topgani katta "Shef" va jinoyatchi guruhga yoqmadi. Ular avvalo Yusufdan qutulmoqchi boʻlishdi, keyin esa Nazimni o'ldirish rejasini tuzdilar... Yusufni yoʻq qilish uchun Nazimni ishga solishlari kerak edi... Keyin esa oʻzini osongina yoʻq qilishadi... Bu suiqasdni uyushtirishda ularga Azamat kerak edi... Shu sabab "Shef" Nazimga Azamatni topishni va u orqali Odinani sudga berib Yusufni chalg'itishni buyurdi... Nazim vafodor it kabi oʻz hojasini amrini bajo keltirdi. Azamatga qizi va xotinini oʻldirish bilan tahdidlar qila boshladi.
  - Jinoyatga sen ham aloqadorsan! Agar ukangni yoʻldan olmasang... Hamma aybni sening boʻyningga agʻdaramiz, bir umrga qamalasan! Keyin bu hammasi emas.... Qizingni ismi adashmasam Charos ekan...
Azamatning koʻzlari katta katta ochildi.
  - Iltimos qizimga tegmanglar...
  - Unda aytganimizni qilasan! Ukangni o'yindan chiqar! Bu ishni Odinaga yuklab yopsin... Yoki oxiri yaxshilik bilan tugamaydi...
Azamat vijdon va qo'rquv orasida qoldi. Noilojlikdan Odinani sudga berdi...

9-QISM TUGADI.

19.04.2025.                  11:15

@Gaplarim_Sahifalar
👍28😱71
🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

10-QISM

Muallif: Usmonaliyeva Munira.

Kichkinagina xona... Atrof biroz pala-partish. Ichkarida 3-4 ta barzangi yigitlar... Kimnidir kutishyotgan kabi bir soʻz deyishmas, tik holda turganlaricha eshikdan koʻz uzishmas edi... Nihoyat eshik "g'iyq" etib ochildi. Avval koʻziga qora ochki taqib olgan gavdali yigit kirdi, uning ortidan esa bashang kiyinib olgan 45-50 yoshlar oraligʻidagi kishi - "Shef" kirib keldi. U xonaga kirishi bilan ichkaridagi yigitlar xushyor tortdilar va ho'jayinlariga talpingan itlar kabi pitillab qoldilar. Shef asta xona o'rtasidagi bejirim stulga o'tirdi. Barzangi yigitlardan biri tezgina uning oldiga bir chashka achchiq qora qahva olib keldi.
- Nima gaplar?
To'ng'illab gap boshladi shef.
- Ho'jayin... Nazimni iziga tushishdi! Anavi mishiqi Akmal sotib qo'ydi...
Shefning ma'nosiz va hissiz koʻzlarida gʻazab oʻti porladi. Tishlarini ayovsiz g'ichirllatdi.
- Agar Nazimni topishsa, holimizga maymunlar yig'laydi! Nazim og'ziga maxkam bir it! Lekin... Jon shirin baribir... Jon shirin...
- Unda nima qil deysiz hoʻjayin?
- Avvalo anavi maraz yuristvachcha Yusufni oʻyindan olib tashlash kerak! Bu ishni Nazim qilsin! Keyin esa o'zini ham yoʻq qilamiz!
Barzangi yigitlar bir-birlariga ma'noli qarab olishdi. Ulardan biri nimadir demoqchi boʻlib oldinga tisarildi.
- Tinchlikmi Bek?
- Hoʻjayin... Halegi... Nima desam ekan...
- Kalovlanmay tez-tez gapir!
- Anavi qizlarni chetga chiqarish rejamiz o'xshamay qoldi.
Shefning battar jahli chiqdi. Zarb bilan stolni mushtladi.
- Nima?! Nega o'xshamaydi?!
- Kimdir bilib qolgan menimcha, airaportda bir guruh politsiyachilar o'ralashib olibdi... Keyin sekin ortga qaytishga majbur boʻldik...
Shef asabiy bosh chayqadi.
- Jin ursin! Borgan sari ishlarimiz orqaga ketyapti! Avval mana bu sud masalasini hal qilib olaylik... Yusuf bilan Nazimni yoʻq qilish kerak! Qizlarni keyin ham joʻnatveramiz...
Masala hal boʻldi. Nazim sadoqat bilan boʻshligʻiga hizmat qilsada, oʻsha boshliqning naznida u bir dumini likillatib turadigan it kabi ko'rinardi... Ular eng sadoqatli ishchisi boʻlgan Nazimni oʻldirish rejasini tuza boshlashdi... Yusuf uchun esa, oʻziga xos xamirdan qil sug'urgandek oson kechadigan bir hodisa o'ylashardi...
* * *
Azamatning holati juda yomon... Kechalari deyarli uyqu yoʻq! Suv teriga botib ketgan holda tong orttiradi... Singlisining sovuq ruhi uning badanini muzlatadi... Nafosat akasiga goʻyo "Meni aybim nima edi?" deyotgandek boqadi... Bu nigohlar, Nafosatning behalovat ruhi Azamatni siqib tashladi... Mana necha kundirgi halovat topolmaydi. Koʻngliga na jondan ortiq sevgan xotini, na bittayu bitta qizi va na ishi sigʻadi! U uyga qamalib oldi... Bu hol xotini Guliga yoqmasdi... Erining bir tiyn pul topmasdan ertalabdan kechgacha yotishi uni hunob qila boshladi.
- Nima qilib yotibsiz, Azamat aka?!
- Guli... Qoʻlim ishga bormayapti sira...
- Bu nima deganiz?! Siz pul topmasangiz, bizni kim boqadi! Harajatlarim toʻlib yotibdi! Indinga gapim bor... Koʻylak olishim kerak! Yana qizizni repetitoriga ham pul toʻlashimiz kerak!
Azamat indamay yotaverdi... U xotiniga "Men singlimni qotiliman, men vaxshiy insonman!"deya olmasdi. Dardini ichiga yutdi. Oʻzining tuban bir kimsa ekanini his qildi. "Axir jarroh edim... Odamlarni davolayman, ularga hayot baxsh etaman, umriga umr qoʻshaman deya qasamyod qilmaganmidim?! Endi esa pul uchun, 5 ta begunoh, hur qizlarni jonini oldim!!! Men vaxshiylarcha ularni o'ldirdim! Axir ular tirik edi! Yuragi urayotgandi... Nafas olishayotgandi...". Azamatning fikrlari bir-biriga qorishib ketdi... Vijdon azobi uni qiynar... Qilgan ishining gunohi ulugʻligini va bu ishni badali nihoyatda ogʻirligini his etganicha miq etolmas... Jimgina, koʻzlarini chirt yumgan holda yotaverardi...
👍22😱71
- Azamat aka! Sizga gapirdim... Pul topib keling... Erkakmisiz?! Menga kuni boʻyi yotadigan erni keragi yoʻq, bilib qoʻying!
Guli eshikni qarsillatib yopganicha chiqib ketdi. Azamat bildiki xotinini oldida zarracha hurmati, sal boʻlsa-da qadri yoʻq ekan... "Ehhh... Singlim, meni kechir... Men ablaxman... Men iflosman! Men Shaytondan battar insonman!"...
Telefon jiringladi. Nazim ekan. Azamatning yuragi orqaga tortib ketdi. Lekin baribir telefonni ko'tardi...
- Alo...
- Azamat! Bizni ish nima boʻldi? Sudga ariza tashlab keldizmi?
- Haa berib keldim. Aytganizdek qildim... Odina qizlarni o'limiga sababchi, qonun oldida javob berishini xohlauman, dedim...
- Juda yaxshi! Bu narsa sal boʻlsa-da Yusufni ishdan chalg'itadi... Lekin Azamat!
Nazim telefon ortidan qah-qah otib kuldi. Bu shaytoniy kulgu, qalblarni larzaga keltirar darajada edi!
- Azamat!
- Ha aka?
- Qiziz vapshe shakalat qiz ekan!
Azamatning hushi boshidan uchib ketdi. Yotgan o'rnidan sakrab turdi.
- Nimalar deyapsan iflos?! Agar qizimni bir tola sochi uzilsa...
- Ha! Nima qilolasan?! Qoʻlingdan nima kelardi?! Sen oʻz singlisini oʻldirgan qotilsan! Sen qoʻrqoq quyonyuraksan!
Azamat boʻshashib qoldi... Nazimga mos javob topolmadi... Topolmasdi ham! Chunki Nazim haq! U haqiqatda qoʻrqoq bir kimsa xolos! Boshqa hech kim emas... Azamat ularga kuchi yetmasligini va umuman qarshilik qilolmasligini anglardi... Va asta ovozini mayinlashtirdi...
- Jon aka... Qizimga tegmanglar. Zoʻrgʻa topgan yolgʻiz farzandim u...
Nazim indamadi... Azamatning boʻgʻziga yigʻi toʻplandi.
- Aka... Nima desalaring qilaman... Lekin qizimga tegmanglar... Iltimos!
- Mayli mayli... Shunchaki ogohlantirdim tushunarlimi?! Agar bir haqimizda u-bu joyga xabar qiladigan boʻlsang... Oʻsha onda qizingni 40 ta erkakni ichiga tashlayman! Shu gapimni yaxshilab qulogʻingga quyib ol! Biz bilan hazillashma!
Telefon oʻchdi. Azamat yigʻlab yubordi. U nega bu yoʻlga kirib qoldi oʻzi?! Tinchgina yashab yurgan edi... Ajoyib jarroh emasmidi?! Davlatdan olayotgan oyligi ham yomon emasdi... Uni nima jin urdi?! Shayton vasvasa qildimi? Yoki nafsi g'alayon koʻtardimi?! Nega u qilgan qabihligi uchun yosh, norasida qizi javob berishi kerak?! Axir u aʼzolarini olgan qizlar ham yosh edilar... Hur edilar... Ota-onalarining erka qizi emasmidi?! Balki u qizlar orasida ham Charosga o'xshab yillab kutilgan farzandlar boʻlgandir...? Azamat shularni hayolidan bir-bir o'tqazdi. Xoʻngrab yig'lagan koʻyi tinimsiz Xudoga yolvora boshladi.
- Allohim kechir! Parvardigorim meni kechir!!! Gunohimga qizim javob bermasin!!! Yo Allohim tavba qildim! Tavbalar qildim!!!
* * *
Akmal aytgan belgilar asosida chizilgan foto suratlar hamma joyda elon qilindi. Yusufga Jinoyat qidiruv boʻlimidagi bir qancha malakali hodimlar yordam bera boshladilar... Nazim oʻzining qidirilayotganini bilib koʻrsichqon kabi yashirindi... Uni hammajoydan qidira boshladilar... Nazim jag'idagi qalin soqolini qirtishlab olib tashladi. Sochlarini ham kesdi... Oʻzini bir muncha o'zgartirgan boʻldi... Uning oldiga bu kecha Shef kelishi kerak! U uni koʻzlari toʻrt boʻlib kutardi... Oʻsha sirli kulba... Nazim tanish, yoʻgʻon ovozni eshitib oʻrnidan qoʻzgʻaldi... Tezgina borib eshikni ochdi. Ichkariga shef kirdi uning ortidan ikkita qo'riqchi yigitlar ham kirdilar.
- Nazim!
Nazim dumini likillatgan it kabi hojasiga qulluq qildi.
- Yusuf uchun syurpriz tayyorladik... Uni unga sen hadya etasan!
Nazim nim tabassum qilganicha koʻzlarini quvlik bilan qisib qoʻydi.
- Qanday syurpriz ekan?
- Bir mashina top... Oʻsha mashinada Yusufni urib ketasan, u qattiq jarohat olishi shart! Shunday jarohatlansinki, oylab kasalxonadan chiqolmasin!
- Xoʻp boʻladi shefim.
- Lekin xushyor boʻl! Mashinani tez yoʻqotishing kerak boʻladi keyin...
👍241
- Aha, havotirlanmang, hammasi yest boʻladi!
Shef miyigʻida kulib qoʻydi. Nazimning yelkasidan qattiq-qattiq shapatiladi...
Nazim Yusufni poylay boshladi. Yusuf Kamronni qahergadir olib bordi va u yerdan yana bir yigit bilan chiqishdi... Nazim uni yolgʻiz qolishini kuta boshladi. Nihoyat Kamron va boyagi yigit Yusufning mashinasiga o'tirib ketishdi... Yusuf bir oʻzi koʻcha boʻyida qoldi. Nazim uchun bundanam qulay fursat boʻlmasligi aniq edi. U yoʻl chetida turgan Yusuf tomon kuchli tezlikda harakatlana boshladi. Yusuf oʻziga qarab kelayotgan mashinaga koʻzi tushdi va tezgina ungan qochishga urindi lekin ulgurolmadi. Mashina kelib Yusufning oyogʻini ezib ketdi... Yusufning oʻng oyogʻi mashina g'ildiragi ostida qoldi. Nazim chaqqonlik bilan mashinani orqaga harakatlantirdi va tezlik bilan gʻoyib boʻldi. Koʻchadagi kishilar Yusufning tepasiga yugurib keldilar.
- Bitta ablax urib ketib, oʻzi qochib qoldi!
- Tez yordamga telefon qildilaringmi?! 02 ga ham qililar...
- Keling ukajonim... Yoo Alloh oyogʻingiz!!!
Yusufning oyoq suyaklari majag'lanib ketgandi... Hammayoq qip-qizil qon bilan belandi. Yusuf og'riqdan bazoʻr koʻzlarini ochar, tinimsiz hansirardi... Uning peshonasidan munchoq kabi terlar oqib tusha boshladi. Og'riq nihoyatda kuchli edi!
- Ukajon... Tuzukmisiz? Uka! Koʻzizni oching! Oching koʻzizni!
Yusufning koʻzlari oʻz oʻzidan yumilib keta boshladi... U hushidan ketdi... Odamlar uning yuziga asta shapatilay boshlashdi. Baʼzilar yurak urishini eshitib koʻrdi.
- Ishqilib yigit tirikmi?
- Haa... Tirik. Yuragi uryapti...
- Voy Xudoga shukuraaa!
Yusuf uchun chaqirilgan tez yordam mashinasi koʻrindi. U voqea joyiga kelib toʻxtadi. Yusufni tezlik bilan kasalxonaga olib ketishdi va jonlantirish boʻlimiga yotqizishdi...
* * *
Yusuf uzoq davom etgan operatsiyadan soʻng va nihoyat koʻzlarini ochdi. Uning mayda-mayda boʻlib ketgan tizzasidagi suyaklar olib tashlandi. Yusuf endi bir umrga nogiron boʻlib qolgandi. Uning oʻng oyogʻining tizza qismida umuman suyak qolmadi...
- Yusuf, aka... Tuzikmisiz?
Kamron va Muhammad Yusufning tepasida turishar edi. Yusuf bazoʻr koʻzlarini ochdi. Gapirishga majoli yoʻq edi.
- Aka... Aniq bilaman bu uyishtrilgan! Sizni qasddan urib ketishgan!
Gapga Muhammad aralashdi.
- Ha, aka! Bu oldindan rejalashtirilgan...
- Bilaman...
Yusufning gapi zoʻrgʻa ogʻzidan chiqar, umuman kuchsiz va holsiz holatda edi.
- Aka... Men albatta oʻsha iflosni topaman!
- Aka... Siz tashvishlanmang, jinoyatchilarni albatta topaman, mana Kamron ikkalamiz eplaymiz inshaalloh!
Yusuf avval Kamronga, keyin esa Muhammadga qaradi. Siniq lekin juda ishonch bilan gapirdi.
- Sizlarga ishonaman!
Kamron va Muhammad bir birlariga maʼnoli koʻz tashlashdi. Ular endi bu ishni qilgan kishini topishlari kerak edi. Ular ketishgan zahoti Odina yetib keldi. U havotirda va yuzlarida qoʻrquv aks etadi. Shoshilganicha Yusuf yotgan palataga kirdi.
- Sizga nima qildi?
Odina yosh toʻla koʻzlari bilan Yusuf tomon asta yaqinlashdi. Yusufning oyogʻiga achinib qaradi.
- Oyogʻingiz...
- Keling...
Odina asta Yusufning yoniga qoʻyilgan stulga oʻtirdi.
- Og'riyaptimi?
- Yoʻq. Oʻziz yaxshimisiz?
- Yaxshi...
Bir oz jim qoldilar. Odina Yusufga achinib ketdi. Shunday yigit mana shu koʻyga tushib o'tiribdi! Yusuf Odinaning jim qolganini koʻrib, unga sal boʻlsa-da yengillik bermoqchi boʻldi.
- Odina... Bu ham Allohni sinovida. Menga hech narsa qilmaydi havotir olmang... Keyin sira qoʻrqmang. Kamron va Muhammad meni ishimni davom ettirishadi. Oʻsha jinoyatchilarni albatta topamiz...
- Xudo xohlasa...
Yusuf koʻzlarini Odinadan uzib, tepasida nur sochib turgan chiroqqa tikilgancha bir narsalarni hayol qilib ketdi...
* * *
Nazim mashinani boʻlaklarga boʻlib tashladi. Boʻlingan mashina qismlarini uzoq darada joylashgan axlat va chiqindilar tashlanadigan jarlikka olib borib tashlab yubordi. Endi oʻzi ham berkinishi zarur edi... Nazim ishni hal qilganini yani Yusufni oyogʻiga qattiq shikast yetganini eshitgach koʻngli hotirjam boʻldi.
👍21🤔3
Egasidan maqtov eshitishga shoshilgan qul kabi darrov "Shef" ga qo'ng'iroq qildi.
  - Alo, hoʻjayin...
  - Eshitaman...
  - Ish hal boʻldi!
  - Yaxshi...
  - Endi Yusuf bu ishga aralasholmaydi.
  - Barakalla!
Telefon oʻchdi. Nazim hoʻjayining sovuqqina qilib aytgan "Barakalla!"degan soʻzidan nihoyatda quvondi. Oʻzini Shefning oʻng qoʻli sifatida koʻra boshladi. Lekin bilmaydi-ki, u jon kuydirib hizmatini qilayotgan shefi uni o'ldirish payida ekanini, u uchun oʻlim rejasi tuzib qoʻyganini! Nazim oʻzining oʻsha jimittekkina yashirin kulbasiga bordi... Vaziyat tinchib uni qidiruvdan olib tashlamagunlaricha u yerdan chiqmasligi kerakligini juda yaxshi bilardi.
                  *       *      *
   Odina Yusufni urib yuborgan nomaʼlum kimsani topishlari uchun Jinoyat qidiruv boʻlimi hodimlariga ariza yozdi. U odam topilishini va qilgan jinoyati uchun tegishli jazo olishi kerakligini talab qildi. Boʻlim hodimlari uning arizasini olib qolishdi. Odina sud binosiga borishi kerak edi. Bir necha qog'ozbozlik masalasida albatta... U sud binosi oldida koʻziga juda issiq tuyilgan chehraga koʻzi tushdi. Bu yuz juda tanish edi...
  Bu nomaʼlum kishining koʻzlaridagi qoʻrquv yaqqol aks etib turar, uning oyoqlari qaltirar edi... U Odinani koʻrmadi, Odina esa unga tikilib qoldi. "Bu odamni qayerda koʻrganman?!" Nomaʼlum kishi sud binosi ichiga kirib ketdi. Odina ham uning ortidan yurdi. Binoning yuqori qavatiga koʻtarildilar. Odina hamon kuzatishda davom etar, nomaʼlum kimsa esa uni payqamas, hayoli anchayam parishon edi. Yoʻlakning oxiridagi qora eshik oldida toʻxtadi.Atrofga bir-bir alanglab qarab oldi. Odina uni devor ortidan kuzatar edi. Nihoyat nomaʼlum kishi eshikni ochib ichkariga kirdi. Odina ham eshik tomon asta yaqinlashdi. Eshik qiya ochiq qolgan edi. Odina ichkariga mo'ralay olmadi... Chunki uni payqab qolishlari mumkin edi. Ichkaridagi ovozlar Odinani sergaklantirdi.
  - Yusuf ketdi... Oʻyindan chiqdi. Endi hech narsa qilolmaydi, bu aniq...
  - Ha toʻgʻri... Shefni buyrugʻi asosida harakat qilishimiz kerak.
  - Nima qilamiz?
  - Nazimni o'ldirish kerak... Agar uni tutib olishda, biz qoʻlga tushishimiz tayin...
Odina bu gaplar kimlar tomonidan aytilayotganini ko'rolmadi. Anglagani shu boʻldiki, Yusufga suiqasd qilishgan! Endi esa, bularni fosh eta oladigan yagona guvoh - Nazimni ham o'ldirishmoqchi!
Odina astalik bilan eshikdan uzoqlasha boshladi. Lekin toʻsatdan oyoq kiyimining poshnasi qayrilib ketdi. Odinaning qoʻlidan sumkasi tushib "Shiqq!"etgan ovoz chiqardi. Ichkaridagi kishilar uni payqab qolishdi va xonadan chiqa boshlashdi. Odina bor kuchi bilan bino boʻylab qocha boshladi. Binoning odamlar gavjum joyiga yetganida uni quvib kelayotgan yigitlar gʻoyib boʻlib qolgandi. Odinaning koʻksidagi yuragi otilib chiqib ketar darajada tez-tez ura boshladi. U oʻzi eshitgan narsalarni Kamron va Muhammadga aytishi kerak edi... Qoʻrquv va titroq ichida sud binosidan chiqib ketdi...

10-QISM TUGADI

21.04.2025.                      15:10
👍26🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizning uyingizda nechta kitob bor ?
Kutubxonangiz bormi ?
198 tani birimisiz yoki 2 tani biri ?
👍16
🌶QALAMPIR ((Detektiv Hikoya)

11-QISM

Muallif: Usmonaliyeva Munira.

Yusufning oyogʻi bir muncha yaxshi, to'g'ri qo'ltiqtayoqsiz yurolmaydi, lekin og'rig'i anchayin pastladi... Odina uni koʻrish uchun tez-tez kelib turardi. Lekin bu safargi kelganida undagi havotir va qo'rquv Yusufni oʻylantirib qoʻydi.
- Nima boʻldi Odina? Tuzukmisiz?
- Yaxshiman...
- Yaxshiga o'xshamaysiz hecham.
- Yusuf aka... Men kecha sud binosiga borgandim... Qogʻozbozlik ishlari bilan.
- Xoʻsh?
- Bir necha kishilarni kichik bir xonada suhbat qilayotganlarini eshitdim.
- Qanaqa suhbat?
Yusuf qiziqish aralash o'rnidan qo'zg'aldi. Odina aytaman deb endi og'iz juftlagan edi hamki, eshik ochilib Kamron va Muhammad kirib kelishdi.
- Assalomu alaykum aka, yaxshimisiz?
- Boʻladi ukam.
- Operatsiya yaxshi oʻtibdi... Hozir doktoriz bilan gaplashib chiqyapman. Bir necha oydan keyin pratez qo'ysak bolarkan... Tizzayizdan pastki oyogʻizni kesib tashlash kerak ekan baribir... Oʻrniga temir oyoq qo'ydiramiz...
Yusuf xomushlandi... Oyogʻidagi yiring tanaga tarqalib ketishi va u zaharga aylanib butun badanini egallashi, bu hol uni umriga zomin bo'lishi mumkinlihini u juda yaxshi bilar edi. Shu sabab u bir oyogʻidan butun umrga vidolashishi kerak! Odina ham, Muhammad va Kamron ham Yusufning indamay o'ychan o'tirganini koʻrib ichlaridan zil ketdilar... Oxiri Yusuf oʻziga keldi. Hayollarini bir joyga to'pladi.
- Allohni irodasi ekan. Menga shu dardni berdi... Nolish yaxshimas...
Odina Yusufning qo'li ustiga kaftini qoʻydi. Uning kafti qaynoq edi... Yusuf Odinaning chiroyli koʻzlariga boqdi.
- Yusuf aka... Men hamisha yonizda boʻlaman...
- Inshaalloh...
Yusufning yodiga Odina aytmoqchi boʻlgan gap keldi.
- Nima demoqchi ediz boya?
- Haa... Boyami? Sud binosiga bordim. Bir kishi eʼtiborimni tortdi. Uni aniq qayerdadir koʻrganman, lekin qancha urinsam ham eslolmadim... Keyin sekin ortidan bordim. Yuqori qavatning eng chekka joylashgan xonasiga kirdi. Eshik jichcha qiya ochiq ekan... Sezdirmay yaqinlashdim... Boyagi kishilarni birontasini koʻrmadim. Faqat ovozlarini eshitdim. Ular siz haqizda gapirishdi. Aytishlaricha o'yindan chiqqan ekansiz...
Yusufning kozlari hayrattan katta ochildi. Qiziqish bilan soʻradi.
- Keyinchi?
- Bilishimcha ular Nazimni ham o'ldirishmoqchi bo'lishyapti, Yusuf aka... Nazim qidiruvga tushdi. Qoʻlga tushsa bizni sotib qo'yadi deb qo'rqishyapti...
Odinaning soʻzlari hammani oʻylantirdi. Demak jinoyatchilar Yusufni shu koʻyga solishgan, endi Nazimni ham yoʻq qilishmoqchi! Sababi oddiy... Nazim katta shefni ham, uning barcha yordamchilarini ham juda yaxshi taniydigan shaxs. Agar u qoʻlga tushsa ularni sotib qo'yishi mumkin... Muhammad Yusufning oʻychan yuziga boqdi.
- Yusuf aka, men Nazimni topaman! Biz u odamni jinoyatchilardan avval topishimiz kerak... Chunki u yagona guvoh! Agar u o'ldirilsa, biz hech qachon jinoyatchilarni fosh qilolmaymiz...
- Muhammad toʻgʻri aytyapti, aka! Biz ikkimizwbirgalashib uni topamiz... Kech qolishimiz kerak emas!
Yusuf ukasi va Muhammadga mamnun jilmaydi.
- Juda toʻgʻri! Uni topishlaring kerak...
Muhammad va Kamron Nazimni topish uchun chiqib ketdilar. Odina Yusufning oldida qoldi... Yusufga ovqatini ichkizdi... Biroz suhbatlashdilar.
- Odina... Endi uyizga boring. Dam olvolishiz kerak...
- Yoʻq... Charchamadim.
- Aytganimni qiling... Uyizga borib damizni oling... Keyin yana kelaverasiz
Odina hijolatomuz jilmaydi. Kozlarimi Yusufdan olib qochdi.
- Xoʻp... Ketaman. Ertaga albatta kelaman...
- Kutaman jonim!
Odina gʻalati boʻlib ketdi. Birinchi martda Yusufning og'zidan "jonim"degan soʻzni eshitishi edi! Yuragi sevinchdan oʻynab ketdi. Lekin iloji boricha buni sezdirmaslikka tirishdi.
- Mayli... Yaxshi qoling.
* * *
Odina uyiga keldi. Bugun oila aʼzolar qishloqdagi buvisidan xabar olish uchun ketishgan. Uyda Odinadan boshqa hech kim yoʻq. Ertalab onasi "Qizim... Ertaga dadang bilan buvingni koʻrgani bormoqchimiz, biz bilan borasanmi?"deganida Odina "Yoʻq borolmayman..."deya javob bergandi. Odina Yusufdan havotirda.
👍182
Uni bu holatda tashlab ketgisi kelmaydi... Shu sabab u ota-onasi bilan ketmadi. Axir ular u yerda bir hafta qolishmoqchi! Bir hafta Yusufni ko'rmaslik, uni holidan xabar olmaslik mumkinmi, axir?!
Odina oshxonaga kirdi. Judayam ochiqqan edi. Muzlatgichdan tuxum va kalbasa oldi. Endi tovaga qo'lini uzatganini biladi boʻyniga kimdir arqon soldi. Odinani ogʻzini ovoz chiqarmasin deya maxkam berkitdi. Odina oyoqlarini va qo'llarini muttasil tipirchilatar... Koʻzlaridan achchiq yoshlar quyilardi... U gapirolmas, chunki uni bo'g'ayotgan kishi judayam kuchli va baquvvat edi. Odinani boʻynidagi arqon qattiqroq qisildi... Oyogʻini tilirchilatgancha tinmay oʻzini u-yoq bu yoqqa urishga urinar edi. Birdan zarb bilan tipirchilayotgan oyoqlar toʻxtadi. Qo'llar ham bo'shashib pastga osilib qoldi. Odinaning joni uzilgan edi! Boyagi qotil oshxonaning chiroq ilinadigan joyiga arqon o'rnatdi. Odinaning murdasini bo'yniga arqonni o'radi va ilingan arqonga osib qoʻydi!
Odinaning oʻlganini 2 kun hech kim bilmadi. U oshxonada naqt 2 kun osilib qoldi... Yusuf uning kelmayotgani va hatto qoʻngʻiroq qilmayotganidan havotirga tushdi. 100 martadan ortiq telefon qildi... Boshida Odinaning telefoni chaqirdi keyin esa, "Xizmat koʻrsatish doirasidan tashqarida" javobi kela boshladi. Yusufning havotini battar kuchaydi. U darhol Kamronga qoʻngʻiroq qildi.
- Labbay aka!
- Kamron... Odina yoʻq... 2 kundan beri kelmayapti, uka.
- Iyiii... Nega ekan?
- Bilmasam. Havotirlanyapman judayam. Uka, Odinani uyiga borib xabar olib kel...
- Xoʻp aka... Hozir boraman.
- Rahmat... Borgan zahoting menga qoʻngʻiroq qil.
- Xoʻp boʻladi...
Yusufning koʻngli judayam gʻash edi. Odina hech qachon bunaqa indayam yoʻq boʻlib ketmasdi. "Aniq nimadir boʻlgan" hayolidan oʻtkazdi Yusuf. Miyyasiga har xil fikrlar kela boshladi. Baʼzilari qoʻrqinchli edi hatto! Yusuf unday hayollarga berilish yaxshi emasligi bilardi...
- Bo'lmag'ur hayollarga borma, Yusuf! Inshaalloh Odinang soppa-sog'!
* * *
Kamron Odinaning uyidagi manzarani koʻrib turgan joyida qotib qoldi. Odina oahxona o'rtasida osilganicha turar, devorlarga daraxt barglari bilan katta qilib "MEN AYBDORMAN! VIJDON AZOBIGA CHIDAY OLMADIM!" Soʻzlari yozilgan edi. Bu hol xuddi o'z joniga qasd qilishdek koʻrinar edi... Kamron politsiya hodimlarini chaqirdi. Xona boʻylab tekshiruv ishlari olib bordilar, baxtga qarshi qotillikka oid bironta dalil topisholmadi...
- Kamron... Bu qotillik emas, o'z joniga qasd qilish, menimcha... Qara uyda faqat Odinaning izlari bor. Devordagi yozuvlar ham u oʻzini oʻldirganini koʻrsatyapti.
Kamron ishonchsiz bosh chayqadi.
- Yoʻq... Yoʻq... Unday emas... Bu qotillik! Aniq qotillik! Atayin uyushtirishgan, Odinani oʻz joniga qasd qilgandek ko'rsatishgan. Lekin men aniq bilaman, bu oʻz joniga qasd qilish emas!
- Qayerdan bilasan... Bir necha kun oldin, Odina qizlarning o'limida aydor deya sud qilinmaganmidi?! Balki rostdan ham bu ayol jinoyatga aralashgandir?
- Yoʻq men aniq bilaman. Odina jinoyatchi emas, jinoyatchilarga yordam ham bermagan... Bilasizmi u bizga bir xabarni aytgandi... Balki shu sabab uni o'ldirishgandir...
Politsiya boshligʻi Kamronga sinchkov nigoh tashladi.
- Qanday xabar?
- Ular - oʻsha jinoyatchilar Yusuf akanmi atayin nogiron qilishgan ekan, endi esa navbat Nazimga kelgan, yani ular endi Nazimni yoʻq qilishmoqchi boʻlishgan... Odina shu gaplarni eshitib qolgan ekan... Shuni bizga aytgandi.
- Odina qayerda eshitibdi?
- Sud binosi ichidagi qandaydir kichkina xonada...
- Boʻlishi muminmas! Qanaqasiga?!
- Bilmayman... Lekin Odina rost gapirgan edi... Aniq ishonchim komil...
Politsiya boshligʻi ham biroz o'ylanib qoldi. Odinaning jasadini o'likxonaga jo'natishdi... Tibbiy ekspertiza qilishga ariza yozdilar...
Kamron juda ham asabiy edi. U koʻrgan hodisasidan nihoyatda shokka tushgan, 2 kun oldin koʻrgan insoni oʻlik holda topilganidan hayratda qolgan edi. Endi akasiga nima deydi?! Yusufning ham sogʻligʻi yaxshi emas... Qanday qilib Odinaning oʻlimi xabarini unga yetkazadi.
👍18
Politsiya xodimlari Odinani ota-onasiga xabar berdilar...
* * *
- Nima?! Yoʻq!!! Bunday boʻlishi mumkinmas!!! Hazillashdim deb ayt, Kamron! Aldayapsan-aaa?!
Kamronning koʻzlari jiqqa yoshga toʻldi. Akasining holati unga yomon taʼsir qilgandi. Yusuf yotgan joyida boshini u-yoq bu yoqqa zarb bilan bura boshladi. Koʻzi toʻla yosh quyilib oqar... Bu xabar uni butkul ezib tashlagan edi!
- Qanaqasiga axir?! Nega?! Nega aynan u?!
Yusuf xoʻngrab yigʻlagancha baqirar, ko'zlaridagi yoshi tinmasdi... Kamron ham biroz yigʻlab oldi. U akasini koʻrib ruhan ezilayotgandi...
- Aka... Akajon... Allohni irodasi ekan.
- Axir u hali yosh edi! Orzulari juda koʻp edi!
- Aka... Menimcha sud zalida uni sezib qolishgan... Ogʻzini ochib qoʻymasin deya shu ishni qilishgan!
Yusuf titroq qoʻllari bilan koʻz yoshlarini asta artdi... Lablariga oqib tushgan achchiq yosh... Qalbidagi soʻngsiz mung... U Odinani judayan sevardi. Jinoyat fosh etilgach, uni qoʻlini soʻramoqchi, unga uylanib baxtli hayot kechirmoqchi edi!!! Hayotning beshafqat qoidalari bor! Bu qoidalarga sabr qilish, chidash... Ogʻir... Judayam ogʻir... Singlisidan ayrilgan aka. Endi esa sevgilisidan ham ayrildi! Yusufning hayotida nima maʼno bor?!
- Men oʻlishni xohlayman Kamron! Men yashashni istamayman! Avval ota-onamdan ayrildim! Keyin esa, ulardan yodgor boʻlib qolgan singlimni yoʻqotdim... Mana endi, umrimda ilk bor yoqtirgan insonimdan ham juda boʻldim!!!
Yusuf ancha tushkunlikka tushib qoldi. Kamron undagi bu holat yaxshilikka olib bormasligini juda yaxshi bilardi va akasini bu stressdan chiqarishga urina boahaldi.
- Aka... Hali yashashiz kerak, oʻzizni qoʻlga olishiz kerak!
- Nima uchun?! Kim uchun yashayman Kamron?! Bir oyogʻi yoʻq nogiron boʻlsam?!
- Unday demang aka! Jon aka oʻzizni qoʻlga oling! Odinani oʻldirganlardan, singlimizni oʻldirganlardan hammasidan bittama bitta qasos olishimiz kerak!!!
Yusuf oʻylanib qoldi. Haqiqatda u haq. Boʻlar ish boʻldi. U vaxshiylar juda katta jinoyatlarga qoʻl urishib hech narsa bolmagand suvdan quruq chiqib ketishlari adolatdan emas! Ular avvalo Alloh oldida javob berishadi, keyin qonun va xalq oldida ham jazolanishlari shart... Qanchadan qancha oilalarni qaqshatgan u ifloslarni topish kerak... Agar topmasa singlisi va Odinaning oldida gunohkor boʻladi! Yusufning hayollari bir joyga yigʻildi. Fikrlari ancha teranlashdi. Kamron va Muhammad yordamida jinoyatchi toʻdani topishga va singlisi hamda sevgilisi uchun qasos olishga ahd qildi...
* * *
Bugun boshqacha kun. Bugun shahar markaziga yangi bolalar uchun xususiy klinika ochiladi. Ochilish marosimi soat 11 larga belgilangan. Klinika juda fayzli, chiroyli qilib qurildi. Unga ishlash uchun malakali shifokorlar va hamshiralar jalb etildi... Bugun ochilish marosimidan keyin klinika naqt bir hafta bemorlarga tekinga hizmat qilmoqchi...
Ochilish marosimiga tayyorgarliklar avjida. Chunki bu marosimga shahar hokimi va shaharning koʻzga koʻringan yirik tadbirkorlari, obroʻli kishilar tashrif buyurishadi. Klinika oldiga qizil gilam toʻshaldi. Uning ortasiga bir minbar va mikrafon o'rnatdilar... Obroʻli kishilar old qatorda, bejirim o'rindiqlarda o'tirishibdi. Shu payt qora Jeep avtomobili keldi va undan 45-50 yoshlar atrofidagi, chiroyli kastum shim kiygan, soch saqoli did bilan qirtichlangan kishi, shu klinikaning rasmiy egasi - Sanjar Arslonov Anvarbekovich keldi. Bu kishi nafaqat bu klinikaning balki bundan boshqa yana 3-4 ta xususiy klinikalar egasi edi. Yana bir qancha savdo markazlari va restoranlar egasi ham edi. Ochilish marosimi boshlandi. Sanjar Arslonov soʻz minbariga tashrif buyurdi. Dona-dona qilib nutq soʻzlay boshladi.
👍181
- Shahrimizda farzandlarimiz sogʻligiga eʼtibor qaratishimiz joiz... Biz yoshlarga yanada koʻproq imkoniyatlar va shart sharoitlar yaratsak, kelajakda ular bizga biz qilgandan 10 barobar balki 100 barobar qilib qaytarishadi... Bu klinika ham farzandlarimizning sogʻligi va kelajagi uchun qurildi! Yurtboshimizning tabdirkorlarga keng imkoniyatlar yaratib berganligi biz uchun ham koʻplar eshiklarni ochdi... Zero davlat taraqqiy etsa, odamlar ham boy boʻladi... Yurtimiz bayrogʻini butun dunyoda tan olishadi.
Sanjar Arslonov juda yonib kuyib soʻzlar. Har bir gapi nihohalanishi bilan pastdagi odamlar gurr etib qarsak cholishar edi... Sanjar Arslonov avval bojxonada ishlagan va isteʼfoga chiqqan. Shuning uchun boʻlim boshliqlari bilan yana sud idorasida ham tanish bilishlari talaygina. U mikrafonga ogʻzini yaqinroq olib keldi va ovozini tantanali tarzda jaranglatdi.
  - Mamnuniyat va cheksiz extirom bilan, xalqimiz uchun, farzandlarimiz uchun mana shu yangi bolalar shifoxonasini ochiq deb eʼlon qilaman! Klinikamiz bir hafta bemorlarga tekin hizmat koʻrsatadi! Hammaga rahmat!
Sanjar Arslonovga katta bir qaychi keltirdilar. U Klinika eshigi oldidagi qizil lentani ohistalik bilan qirqdi. Qarsaklar chalindi. Sanjar Arslonov mamnun jilmaydi...
  Yigʻilganlarning barchasi klinika ichiga kirishdi. Uni sharoitlari va xizmat turlari bilan tanishish boshlandi. Kimdir Sanjar Arslonovning qulogʻiga bir gapni shipshitib ketdi. Sanjar Arslonov yonidagi tadbirkorlik sheriklariga bir narsalarni bahona qilganicha tashqariga shoshildi. Uni mashinada bir shaxs kutib oʻtirar edi. Sanjar Arslonov oʻzining qora Jeep iga o'tirdi.
  - Shef! Odina oʻldi... Hammasi siz buyurganizdaqa ketyapti.
  - Juda yaxshi. Muommo yoʻqmi?
  - Hozircha yoʻq...
  - Politsiyadagilar nima deyapti?
  - Qiz oʻz joniga qasd qilgan... Har holda birinchi oʻrindagi taxminlari shunaqa boʻldi.
   - Juda yaxshi...
   - Shef... Yusuf qattiq iztirobga tushibdi. Endi bizga qarshi chiqolmasligi tayin...
  - Uni yana bir ukasi bor ekanku, Kamron deganlari...
  - U yaqindagina maktabni bitirgan goʻdak... Qoʻlidan hech narsa kelmaydi...
  - Mayli... Lekin hushyor turinglar. Nazim masalasi nima boʻldi?
  - Sizni buyrugʻizni kutyapmiz.
  - Erta-indin unga ham navbat keladi... Mendan xabar kutinglar.
Sanjar Arslonov mashinadan tushdi. Oʻzining yangi ochgan klinikasida asta-asta odimlab kirib ketdi...

11-QISM TUGADI

23.04.2025.             17:13
👍211