“Badr” hujjatli filmni tomosha qiling…
🌐 Havola: https://youtu.be/QnHzdDMdVCo
P.s. Rasm tadbirdan esdalik…
P.s. Rasm tadbirdan esdalik…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤🔥12🔥11
Sustkashlik
Biz o‘zimiz yoqtirmagan ishlarni doim ortga suramiz. Masalan shu kabi sal uzunroq postlarını o’qishni.
Buning sababi ko‘pincha dangasalik emas.
Og‘riq.
Tibbiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, matematikani yoqtirmaydigan odamlar u haqida o‘ylay boshlashi bilan miyaning og‘riq markazlari faollashadi. Ya’ni muammo ishning o‘zida emas.
Muhim nuqta shu:
ishning o‘zi emas, uni oldindan tasavvur qilish og‘riqli.
Qiziq tomoni shundaki, matematikani yoqtirmaydigan odam masala ishlashni boshlagach, bu og‘riq pasaya boshlaydi.
Sustkashlik bo‘yicha mutaxassis Rita Emmett buni juda aniq ifodalaydi:
“Ishdan qo‘rqish, ishni bajarishdan ko‘ra ko‘proq vaqt va kuch oladi.”
Og‘riqdan qochish tabiiydek tuyuladi. Lekin muammo shundaki, doimiy qochishning uzoq muddatli oqibatlari juda qimmatga tushadi.
Masalan, matematikani ortga surasiz. Natijada u haqda o‘ylash yanada og‘riqli bo‘lib boradi. SAT yoki ACT kabi muhim imtihonlarga tayyorgarlikni paysalga solsangiz, imtihon kuni bo‘g‘ilasiz.
Sababi oddiy: miyangizda yetarli neyron asos qurilmagan bo‘ladi.
Natijada:
- grant imkoniyatlari qo‘ldan ketadi
- rejalashtirilgan karyeradan voz kechiladi
- “men matematika odamimasman” degan yolg‘on bilan o‘zingizni ovutasiz
Aslida esa muammo qobiliyatda emas.
Sustkashlikda.
Bizni chalgʻitadigan omillar juda koʻp. Uyga vazifani bоshlashdan оldin dоim miyamizga “Instagram”, “Telegram”, “Tik-tok” va bosha xabarlrni tekshirishga undaydigan xayollar keladi. Nima boʻlayotganini tushungunimizcha kamida bir sоat oʻtib ketgan boʻladi.
Yana bir muhim haqiqat bor:
inson qo‘lidan kelmayotgan ishdan tezda nafratlanadi.
Lekin bir ishni qanchalik yaxshi o‘rganib olsangiz, undan shunchalik lazzatlanishni boshlaysiz.
Sustkashlik qanday ishlaydi?
Dam olish kuni.
Oldingizda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar bor.
Matematika darsligiga qaraysiz. Ichingizda noaniq bezovtalik paydo bo‘ladi.
Miya bo‘lajak qiyinchilikni oldindan his qilib, og‘riq signallarini yuboradi.
Natijada e’tibor boshqa tomonga og‘adi. Kompyuter. Telefon. Internet.
Bu yerda og‘riq yo‘q. Hatto mayda quvonch bor. Arzon dofamin.
Vaqt o‘tadi.
Ish boshlanmagan.
Sustkashlik aynan shunday ishlaydi. Yo‘qimsiz ish haqida o‘ylash og‘riq uyg‘otadi.
Yoqimli mashg‘ulot esa vaqtinchalik yengillik beradi.
Shu sabab sustkashlik giyohvandlikka o‘xshaydi.
U muammoni hal qilmaydi.
Faqat uni vaqtincha unutdiradi.
Eng xavfli joyi shundaki, sustkashlik o‘ziga oqlov topishni juda yaxshi biladi.
“Keyinroq yaxshiroq bo‘ladi”,
“hozir vaqti emas”,
“baribir esdan chiqib ketadi”…
Semestr oxirida esa haqiqat yuzaga chiqadi:
muammo murakkablikda emas, doimiy paysalga solishda bo‘lgan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sustkashlik vaqt o‘tib:
- stressni oshiradi
- salomatlikni yomonlashtiradi
- o‘ziga bo‘lgan ishonchni yemiradi
Va eng yomoni — odatga aylanadi. Shunda undan chiqish imkonsizdek ko‘rina boshlaydi.
Aslida esa yo‘l bitta:
ishni kutmasdan boshlash.
Og‘riq ishda emas.
Og‘riq — boshlamaslikda.
Sustkashlik dоmiga tushib qоlish juda оsоn. Bundan farqli oʻlarоq, irоdaga kuch tоpish qiyin, chunki u katta miqdоrda asab quvvatini talab qiladi. Demak, sustkashlik bilan kurashda irоdaga tayanish eng оxirgi chоra boʻlishi kerak. Uni duch kelgan jоyga ishlatavermang. Faqat chоrasiz qоlgandagina, irоda kuchiga yuzlaning! Baxtimizga, bunday vaziyatlar kam uchraydi. Bunga oʻzingiz tez оrada ishоnch hоsil qilasiz

🔥49👍31❤🔥12
STRESS
Yengil stress ostida o‘rganish — kuchli stressga chidamlilikni oshiradi.
Masalan, darsda savollarga oldindan ogohlantirilmasdan javob berib o‘rgangan o‘quvchi
sinov yoki imtihonda to‘satdan berilgan savollardan dovdirab qolmaydi.
Yoki uy vazifalarini doim oxirgi kungacha qoldirmay,
vaqti biroz tig‘iz holatda bajarishga o‘rganib yurgan o‘quvchi imtihon kuni vaqt bosimi ostida bo‘g‘ilib qolmaydi.
Chunki u uchun:
- savol kutilmagan holat emas,
- vaqt tig‘izligi falokat emas,
- bosim esa begona emas.
Bu faqat o‘quvchiga emas.
Ustozga ham, ota-onaga ham tegishli.
Ustoz uchun:
Darsda rejalangan usul ishlamay qolishi. Majbur bo‘lasiz: tez fikrlaysiz, moslashasiz, vaziyatni boshqarasiz.Shu kichik bosim sizni katta auditoriya, tekshiruv yoki tanqid oldida sinmaslikka tayyorlaydi.
Ota-ona uchun:
Bolaga javobni darhol aytmaslik. Kutish. Xato qilishiga ruxsat berish.
Bu qiyin. Lekin aynan shu holat farzandni mustaqil, ota-onani esa sovuqqon qiladi.
Xulosa oddiy.
Yengil stressdan qochilgan joyda, katta stress halokatga aylanadi.
Darsda ham, uyda ham maqsad bosim berish emas.
Moslashishni o‘rgatish.

👍25🔥17🤩1
Zamonaviy jamiyat sindromi
Asosiy belgilari:
- Ma’no yo‘qolishi (Existential vacuum)
Inson yashayapti, ishlayapti, lekin “nega?” savoliga javob yo‘q.
- Doimiy ichki bosim (Broken steering)
Raqobat, taqqoslash, “yetarli emasman” hissi.
- Yolg‘izlik paradoksi
Atrofda odam ko‘p, ichkarida aloqalar yo‘q.
- Javobsizlik hissi
Mehnat qilinadi, lekin natija va ta’sir sezilmaydi.
- Haddan tashqari tanlov (Choice overload)
Variant ko‘p, qaror qabul qilish qiyin, pushaymonlik ko‘p.
Nega aynan hozir kuchaydi?
- Texnologiya tezlashdi, inson moslasholmadi
- Ijtimoiy tarmoqlar doimiy taqqoslashni normal qildi
- Individualizm oila va jamoani siqib chiqardi
- Maqsad o‘rnini muvaffaqiyat egalladi
- Qadriyat o‘rnini ko‘rsatkich egalladi
Eng xavfli jihati:
Bu sindrom tashqi tomondan ko‘rinmaydi.
Inson:
- ishlaydi
- kuladi
- ijtimoiy faol
Lekin ichkarida:
- charchoq
- befarqlik
- tez kuyish (burnout)
- depressiyaga moyillik
paydo bo‘ladi.
Shu sabab u o'zini boy ko'rsatishga moyil jamiyatlarda ko‘proq uchraydi.
Nima yechim?
Pul emas.
Dam olish emas.
Motivatsion gaplar ham emas.
Asosiy uch omil:
-Ma’no — nima uchun yashayapman?
- Bog‘lanish — kim uchun kerakman?
- Ta’sir— qilganim nimanidir o‘zgartiryaptimi?
Shular bo‘lmasa, eng qulay hayot ham og‘ir bo‘ladi.
Xulosa:
Jamiyat rivojlanayotganda, insonni unutib qo‘ymaslik kerak.
Aks holda: texnologiya yutadi, inson esa so‘nadi.
Zamonaviy jamiyat sindromi — bu faqat ijtimoiy muammo emas. Bu tizim muammosi.
U jamiyatda qanday ko‘rinsa, kompaniyalarda ham xuddi shunday namoyon bo‘ladi.
Yuqorida aytilgan belgilar makro darajada jamiyatda ko‘rinadi.
Mikro darajada esa aynan shu jarayonlar kompaniyalar ichida takrorlanadi.
Shu sabab bu tahlilni o‘qiyotganda rahbar va managerlar bitta oddiy almashuv qilsin:
“jamiyat” so‘zini “kompaniya” yoki "jamoa" deb o‘qisin.
Mazmun o‘zgarmaydi. Mas’uliyat esa aniqroq ko‘rinadi.
Agar tizim insonni ezsa, u jamiyat bo‘ladimi yoki kompaniya — farqi yo‘q. Natija baribir bir xil bo‘ladi: beqarorlik, kuyish va ichki bo‘shliq.
Texnologiya rivojlanishi mumkin. Jarayonlar tezlashishi mumkin.
Lekin agar inson qadri prioritet bo’lmasa, tizim baribir yutqazadi.

🔥30👍19❤🔥9🎉1🤩1
O'zgarmas yoshlar...
Yoshlarni g‘o‘r yoki mas’uliyatsiz deb ayblash — yangi gap emas. Bu shikoyat ming yillardan beri takrorlanadi.
Hesiod yoshlar haqida noligan. Platon va Ksenofon axloqiy cho‘kishdan xavotirlangan. Rimliklar fazilatlar yo‘qolayapti degan. Viktorianlar esa keyingi avlodning dinga sustkashligidan shikoyat qilgan.
Bugun ham manzara o‘xshash. Faqat zamon boshqa.
Bizda ham kattalar:
“Hurmat qolmadi”,
“Qadriyatlar yo‘qoldi”, deydi.
Har avlod o‘z ko‘targan yukini haqiqiy mezon deb oladi. Keyingisinikini esa yengil, hatto bahona sifatida ko‘radi. Aslida avlodlar o‘rtasidagi ziddiyat ham aynan shu o‘lchov farqidan tug‘iladi.
Shu bois muammo faqat yoshlarda emas.
Muammo — ularni qaysi mezon bilan baholayotganimizda.
Erkin Vohidov ham bu holatni ajoyib sarkazm bilan ifodalagan:
"Yorab, qandoq kunga qoldik, bu nechuk savdo?
Odamlarda na shafqat bor, na mehru vafo.
Yigitlarda odob yo‘qdir, qizlar hayosiz,
Xotin zoti kun o‘tkazmas bir mojarosiz.
Qo‘yib bersa el bir-birin o‘yar ko‘zini,
Ovboshilar esa faqat o‘ylar o‘zini...
Dunyo oxir, birodarlar, yo‘q endi hayot.
Kuni kecha tamom bo‘ldi oxirgi mamont...".

🔥43👍11❤🔥2
Texnika 2: Cold Call (oldindan ogohlantirmay chaqirish)
Muammo:
Darsda faqat bir xil o‘quvchilar javob beradi. Qolganlar esa:
- “Mendan so‘ramaydi” deb o‘ylaydi
- tayyor turmaydi
- darsda yashirinib o‘tiradi
Natijada:
- faol o‘quvchilar yanada kuchayadi
- passiv o‘quvchilar yanada zaiflashadi
Cold Call texnikasida:
- ustoz avval savolni beradi
- keyin qisqa pauza qiladi
- faqat shundan so‘ng o‘quvchi ismini aytadi
Sabab:
hammani fikrlashga majbur qilish uchun ishlatiladi.
Muhim qoida:
ism savoldan oldin emas, savoldan keyin aytiladi.
Misol:
Noto‘g‘ri usul:
— Dilshod, bu formulani qachon ishlatamiz?
Nega bu xato?
- faqat Dilshod o‘ylaydi
- qolgan o‘quvchilar "dam oladi"
- sinf ichida passivlik kuchayadi
- dars sifati tushadi.
To‘g‘ri usul (Cold Call):
— Bu formulani qachon ishlatamiz? (pauza)
— Dilshod.
Endi:
- hamma o‘ylaydi
- javobni bittasi aytdi
Doim shu tartibni saqlang: Savol → pauza → ism
O‘quvchi qiynalsa:
- yordam beriladi
- lekin javob baribir olinadi.
Xulosa:
Fikrlatishga majburlash > O'rgatish
2/63...

👍55❤🔥25🔥13🤩3🥰1
Odob va xulq
Bugun o’quvchilarimdan so’radim:
Bizda ikki so’z bor bir-birini o’rnida almashtirilib ishlatiladi. Xulq va odob.
Xulq nima?
Odob nima?
Bu ikkisi ayni narsalarmi yoki farqlimi?
Bolalar turlicha javob berishdi. Oxiri javobni o’zimdan so’rashdi.
Izohlashni boshladim:
Odob - bu zohiriy sifatdir, ya’ni badandagi holat.
Xulq - bu botiniy sifatdir, ya’ni qalbdagi holat.
O’quvchilarga yana savol bilan murojaat qildim:
- Odam bir paytda ham badxulq, ham odobli bo’lishi mumkinmi, yoki aksincha
yaxshi xulqli bo’lib, ammo odobsiz bo’lishi mumkinmi?
- Mumkin emas deyishdi.
- Yana variantlar bormi, deb so’radim.
- Mumkin, deb qoldi bir o’quvchim.
- Birorta misol keltira olasanmi, deb so’radim.
Biroz o’yladi, ammo javob bera olmadi.
Yana davom ettirdim:
-To’g’ri aytdi.
Misol uchun, sizlar meni hurmat qilasizlar. Ichinglarda menga nisbatan samimiy tuyg’ular bor. Mana shu sizlar yaxshi xulqli ekanligizni bildiradi, ammo meni oldimda nojo’ya harakatlar qilsangizlar, masalan so’kinish, dars vaqtida saqich chaynash, gaplashib o’tirish holatlari yuzaga kelsa bu sizlarni odobsizlik holatiga tushiradi. Buni inson ba’zan e’tiborsizligidan, yoki bexabarligidan qilib qo’yadi. Bu sizni xulqli ekanligizni, ammo odobsiz bo’ladigan holatga misol edi.
Endi odobli bo’lasizku, ammo xulqsiz bo’lishingizga misol.
Kimgadir takalluf qilasiz, qo’lingiz ko’ksingizda salomlashasiz. Tabassum qilib gaplashasiz, ammo qalbingizda o’sha kishiga nisbatan izzat bo’lmaydi. Mensimaysiz. Buni bizni tilda tilyog’lamalik yoki ikkiyuzlmachilik deyiladi. Bu holat odatda noteng munosabatlarda uchraydi, masalan xo’jayin-hodim, amaldor-fuqaro, homiy-faqir…
Shuning uchun, e’tibor jihatdan xulq birinchi o’rinda, odob ikkinchi o’rinda turadi. Aksi bo’lsa yomon.
Yana savol berdim:
- Yaxshi xulqni ta’rifi nima?
Jimlik.
- Yaxshi xulqni ikki sifati bor:
Birovga zarar yetkazmasligi va zararni daf qilish. Misol uchun, birovni haqqini yemaslik yaxshi xulq bo’lganidek, kimdur birovni haqqini yeyotgan bo’lsa, unga qarshi turish ham yaxshi xulq hisoblanadi.
Ustozga nisbatan ham shu holatlar uchrab turadi.
Ba'zan ustozingizni ortidan g'iybat qilib qo'yasiz, yoki do'stingiz shu ishni qilib qo'yadi. SHu payt uni bu ishdan to'xtatishingiz husni xulq bo'ladi.
Endi bilgandirsizlar, nega dinimizni yarmi husni-xulq ekanligini...

🔥47❤🔥20👍11🎉6
O‘zim endi his qila boshlagan bir narsa bor.
Katta tadbirkorlarda ortiqcha pul bo‘lmaydi.
Bekor yotgan pul esa umuman bo‘lmaydi.
Chunki pul aylanmada turmasa — ziyon hisoblanadi.
Ulamolarda vaqt ham xuddi shu prinsipda ishlaydi.
Buni bilamiz.
Lekin nega baribir vaqtimizni yetarlicha qadrlay olmaymiz?
Bu savol meni anchadan beri o‘ylantirardi.
Yaqinda javobini topgandek bo‘ldim.
Agar vaqtimizni:
— qiymat yaratmaydigan mashg‘ulotlarga sarflasak,
— aniq rejasiz ishlatsak,
u baribir qo‘ldan chiqaverar ekan.
Avval menda ham shunday edi. Lekin bu haqda jiddiy o‘ylaganimdan keyin,
xatolarni tuzatish vaqti kelganini tushundim.
Yanvar oyidan boshlab ongli ravishda kirishdim.
Natijalar esa o‘zimga ham yoqa boshladi:
1. Yil boshidan 9 ta kitob tugatildi, yana 2 tasi yarmiga yetdi (18 kun ichida).
2. Kuniga qo‘shimcha 100 rakat namoz.
3. Oila bilan ko‘proq vaqt.
4. Qo‘shimcha loyihalar jonlandi.
5. To‘xtab qolgan kurslar yana harakatga keldi.
Bitta xulosa chiqdi:
Agar ishlaringizni raqamlarga ko‘chirsangiz,
natijalar ko‘rina boshlasa,
ishning o‘zi asta-sekin rohatga aylanadi.
Vaqt ham pulga o‘xshaydi.
Uni aylantirsangiz — ko‘payadi.
Bekor qoldirsangiz — yo‘qoladi.

❤🔥44🔥30👍12🥰6🤩3
Ko‘pchilik so‘ragani uchun yozdim:
yuqoridagi natijalarga qanday reja asosida erishyapman?
1. Ijtimoiy tarmoqlardan to‘liq cheklanish.
2. Bomdoddan 1 soat avval uyg‘onish.
3. Kuniga 40–50 bet kitob o‘qish.
4. Yo‘lda mutolaa tinglash.
5. Vaqtliroq uxlash.
6. Telegram uchun maxsus post yozish vaqti ajratish.
Bu yerda katta sir yo‘q.
Gap motivatsiyada emas.
Gap — vaqtni bekor ketkazmaslik va uni ongli boshqarishda.
Bitta haqiqatni tushunib qolsangiz, shuni o‘zi yetarli:
vaqtini to‘g‘ri boshqarayotganlar sizdan asta-sekin o‘tib ketmoqda,
hatto kecha sizdan ortda bo‘lsa ham. Atrofingizga qarang. His qilasiz.
Masala tezlikda ham, imkoniyatda ham emas.
Masala — vaqtni qanday qadrlab, qanday tartib bilan yurganimizda.
Chunki poygada eng tez yuguruvchi emas,
eng tartibli yurgan odam yutadi.

❤🔥65👍38🔥6🤩6🥰5🎉5
Hamkorlikni boshlashdan oldin eng muhim savol —
kim bilan boshlayapsiz?
Harvard Business Review va McKinsey tadqiqotlariga ko‘ra,
hamkorliklarning 60–70% muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.
Asosiy sabab — bozor yoki strategiya emas, insoniy omillar va qadriyatlar to‘qnashuvi.
( Most partnership failures are rooted in people and culture, not strategy.)
(Harvard Business Review, “Why Partnerships Fail”, hbr.org)
Odam qulay paytda emas, bosim ostida kimligini ko‘rsatadi.
Warren Buffett:
“In looking for people to hire, you look for three qualities: integrity, intelligence, and energy. And if they don’t have the first, the other two will kill you.” (Berkshire Hathaway Annual Meeting)
Halollik bo‘lmasa,
aql — manipulyatsiyaga,
tezlik — xatoga aylanadi.
Elon Musk:
“I’d rather work with someone who learns fast than someone who knows everything.”(Tesla / SpaceX interviews)
Tekshirish usuli:
intervyuda undan oxirgi "xatosini" va undan "nimani o‘rganganini" so‘rang.
Xatosini tan olmaydigan odam hamkorlikka tayyor emas. Tanqidni ham
Agar odam:
hamma aybni boshqalarga yuklasa,
hech qachon o‘z xatosini tan olmasa,
bu odam bilan ishlash — sunnatga zid tavakkal.
“Indeed, Allah commands you to render trusts to whom they are due.”
(4:58)*
“Inson savdoda, safarda va g‘azabda sinaladi.”
Ya’ni:
Safarda — sabri bilinadi
Savdoda — halolligi
G‘azabda — asl xulqi
Agar odam foyda kelganda o‘zgarsa, zarar kelganda buzilsa — bu xavfli sherik.
Bizning qadriyatda shunday gap bor:
“Bir kosadan suv ichib ko‘r, keyin yo‘lga chiq.”
Bugungi tilda:
Kichik ish qilib ko‘r
Kichik pul bilan sinab ko‘r
Kichik majburiyat berib ko‘r
Va’dani kichigida buzadimi?
Mayda narsada aldadimi?
O‘ziga foyda bo‘lmasa ham harakat qiladimi?
Kim kichikda xiyonat qilsa, kattada to‘xtamaydi.
Yaxshi hamkor foyda keltirgani uchun emas,
yo‘qotishda ham odamligicha qolgani uchun tanlanadi.
Pul topiladi.
Imkoniyat keladi.
Ammo ishonch bir marta sinadi — qayta tiklanmaydi.
Hamkor tanlashda shoshilmang.
Bu qaror faqat biznesingizni emas,
vaqtingizni, sog‘lig‘ingizni, obro‘yingizni va oxiratingizni belgilaydi.
Xulosa:
Hamkor tanlanadi, xuddi oila qurish kabi...

👍24🎉9❤🔥5🔥5🤩1
Life hack
Agar mavzularni o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, oddiy, lekin ishlaydigan bitta usul bor.
Sinab ko‘ring.
Men bu usulni yillar davomida o‘quvchilarimda qo‘llab, natijasini ko‘rganman.
Talabalik paytimizda Sanjar degan kursdoshimiz bor edi. Universitetimizdagi eng oldi talabalaridan biri.
Ketma-ket 3 yil *Student of the Year* bo'lgan.
Deyarli barcha fanlari 30/30 yopgan (100% natija).
Magistratura uchun Italiyaga grant,
keyin student exchange orqali AQSh da o'qigan.
Gap Sanjar haqida emas.
Gap — u qanday o‘qigani haqida.
Avval uni “talant” deb o‘ylardim.
Bir kuni darsda yonida o‘tirib qoldim.
Sanjar ustozga savol berdi.
Ustoz javob bermadi va shunday dedi:
“Bu savolni berish uchun mavzuni oldindan bilish kerak.”
Sanjar indamadi, kulib qo‘ydi:
“Mayli, unda kutaman.”
O‘sha joy meni o‘ylantirdi.
Keyin so‘radim.
U siri bilan o‘rtoqlashdi.
U nima qilarkan:
• ertangi dars mavzusini oldindan bilib olar ekan
- YouTube yoki platformalar orqali mavzuni o‘zi ko‘rib chiqarkan
- 30–40% tushunib olar ekan
- tushunmagan joylarini savol qilib yozib qo‘yar ekan
- darsga yarim tayyor holatda kelar ekan
Dars unga:
- yangi mavzu emas,
- mustahkamlash va savollarga javob olish bo‘lar ekan.
Shu oddiy odat uni eng oldi talabaga aylantirgan.
Keyinchalik har bir o‘quvchimga shu usulni aytaman.
Ko‘pchilik amal qilmaydi.
Lekin amal qilganlarning barchasida o‘sish bo‘lgan.
Agar hozirgacha
“darsda tushunaman” deb kutib yurgan bo‘lsangiz,
bir marta shuni sinab ko‘ring.
Farqini o‘zingiz sezib qolasiz.

❤🔥87🔥41👍30🥰3
Shogirdim bilan suhbatdan…
— Qanday qilib bitta narsa kimlargadir ne’mat, kimlargadir sinov bo‘lishi mumkin?
— Bitta hodisa ikki xil ta’sir ko‘rsatadimi?
Men so‘radim:
— Tuxumni suvda qaynatib ko‘rganmisan?
— Ha.
— Kartoshkani-chi?
— Ha.
— Javob shu yerda.
U tushunmay qoldi.
— Qaynoq suv tuxumni qattiqlashtiradi, kartoshkani esa yumshatadi.
Suv bir xil. Harorat bir xil. Sharoit o‘zgarmagan.
O‘zgargan narsa — ichki holat.
Hayot ham xuddi shunday ishlaydi.
Bir xil ne’mat:
— kimnidir kibrga olib boradi,
— boshqasini shukrga.
Bir xil sinov:
— kimnidir sindiradi,
— boshqasini pishitadi.
Bir xil sharoit.
Bir xil imkoniyat.
Farq — ichkarida.
Demak, masala hodisaning o‘zida emas.
Masala — qalb holatida.
Hazrat Ali bu masalaga aniq mezon berganlar:
Agar kelgan narsa seni Allohga yaqin qilsa — ne’mat.
Agar Undan uzoqlashtirsa — sinov.
Hayot senga nima berayotgani muhim emas.
Sen ularni qanday maqsadga sarflayotganing hal qiladi…

❤🔥67🔥38👍14🥰6🤩3
Texnika 3: Wait Time *(kutish vaqti)*
Muammo:
Ustoz savol beradi, lekin:
- darhol o‘zi javobni aytib yuboradi
- yoki 1–2 faol o‘quvchi javob beradi
- qolganlar o‘ylashga ham ulgurmaydi
Natijada:
- fikrlash yuzaki bo‘ladi
- tez javob = chuqur bilim deb o‘ylanadi
- sinfda “tezkorlar” va “jimlar” paydo bo‘ladi
Maqsad:
O‘quvchilarga o‘ylash imkonini berish.
Tezlikni emas, sifatni oshirish.
Wait Time (kutish vaqti) nimani o'rgatadi?
Savol berilgandan keyin ustoz jim turadi.
Ataylab. Ongli ravishda.
Bu pauza:
- noqulaylik emas
- vaqt yo‘qotish emas
Bu — fikr shakllanadigan lahza.
Qanday ishlaydi?
1. Savol beriladi
2. **3–5 soniya sukut**
3. Keyin javob olinadi (Cold Call bilan birga ishlatilsa yanada kuchli)
Muhim qoida:
pauza savoldan keyin bo‘ladi, javobdan oldin emas.
Misol:
Noto‘g‘ri usul:
— Tenglama nimani bildiradi?
— (1 soniya o‘tmay) Demak, bu tenglik degani…
Bu holda:
* o‘quvchilar o‘ylamadi
* ustoz o‘zi iaytadi
To‘g‘ri usul (Wait Time):
— Tenglama nimani bildiradi?
(3–4 soniya sukut)
— …
Endi:
- hammada fikr harakati boshlandi
- javob ongli chiqadi
Keng tarqalgan xato:
Pauzadan qo‘rqish.
Ustozga jimlik:
- noqulay tuyuladi
- “bilishmayapti” degan xavotir tug‘diradi
Aslida esa:
jimlik — fikrlash belgisi.
To‘g‘ri yechim:
Savol berdingizmi —
sukutga chidang.
Agar javob kechiksa:
- savolni yengillashtiring
- ishora bering
- lekin pauzani buzmang
Xulosa:
Wait Time (kutish vaqti) shuni o‘rgatadi:
Tez javob — har doim ham yaxshi javob emas.
Agar o‘quvchi o‘ylashga ulgursa, javob kamroq, tushunish chuqurroq bo‘ladi.
3/63

🔥36👍11🥰8❤🔥2
Taqlid qilma
Hech qachon muhim, mazmunli yoki katta ish taqliddan tug‘ilmaydi. Men tushungan eng qiyin haqiqat shu bo‘ldi. Eng og‘ir qaror esa boshqalarning kutgan mukammal yo‘lidan chiqib, o‘zimniki bilan yurish ekan.
Bu yo‘l oson emas.
Chunki:
- Tayyor ssenariy yo‘q
- Ergashiladigan qolip yo‘q
Men 5 yil chet el universitetida o‘qidim. Odamlar orzu qiladigan kompaniyadagi ishni tashladim. Oddiy o‘qituvchilikni tanladim.
Shunda do‘stlarim:
Sen jinnimisan? deyishdi.
Hatto bitta ham o‘quvchim yo‘q edi.
Savollar yog‘ildi:
- Qayerdan boshlaysan?
- Repetitorlik qilasanmi?
- Shuning uchun shuncha o‘qidingmi?
Bu savollar to‘xtamadi. Lekin vaqt o‘tib bitta nozik narsani angladim: Hammani birdek eshitish shart emas.
Meni yaxshi biladiganlar bilan maslahat qildim. Ustozim bilan. Ota-onam bilan.
Endi har kuni qilayotgan tanlovimga o‘zimdan savol so‘rayman:
Kim uchun?
Vijdonim uchun.
Mas’uliyatim uchun.
Menga ishonib topshirilganlar uchun.
Agar tanlovim tashqaridan chiroyli ko‘rinsa-yu, qadriyatlarimga zid bo‘lsa — bu muvaffaqiyat emas.
Agar yo‘limni hamma tushunmasa-yu, vijdonim xotirjam bo‘lsa, demak, men to‘g‘ri yo‘ldaman.

🔥65👍26❤🔥14
Hayot — sinov versiyasi emas.
Keyin “yana bir bor urinib ko‘raman” degan imkon bo‘lmaydi.
Vaqt juda tez o‘tadi.
Bugun bor narsang ertaga yo‘q bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun seni ichingdan rozi qiladigan ishni qil.
Faqat obro‘, nom yoki boshqalarning kutgani uchun yashama.
Baribir yuz yildan keyin juda kam odam eslanadi.
Ko‘p odamlar yoqtirmagan ishda yillarini o‘tkazib yuboradi.
Yana ko‘p odamlar yoqtirmagan insonlar bilan munosabatni saqlash uchun o‘zini majburlaydi.
Natijada charchoq qoladi.
Ichki bo‘shliq qoladi.
Kunlar uzoqdek tuyuladi.
Ammo yillar juda tez o‘tib ketadi.
Shuning uchun tanlovni kechiktirma.
Yashashni keyinga qoldirma.
p.s.
Hayot qisqa, deyishadi.
Bu rost.
Lekin hayot bir vaqtning o‘zida juda uzun ham.
Chunki sen tanlagan yo‘l bilan har kuni yashaysan.

🔥25❤🔥14👍14🎉1
Head Teacher haqida: qisqa xulosa
Bugun hamkasbim bilan head teacher qanday bo'lishi kerakligi haqida suhbatlashdik. U bir necha ustozdan bu haqda so'ragan. Mendan ham.
Qiziq joyi shunda: ba'zi javoblar takrorlandi, lekin ba'zi muhim fikrlar ham paydo bo'ldi. Asosiysi - umumiy manzara asta-sekin aniq ko'rindi.
Shundan keyin men ilmiy tadqiqotlar, xalqaro tajribalar va amaliy boshqaruv modellariga qaradim.
Head teacher - bu kim?
Head teacher deganda ko'pchilik eng kuchli o'qituvchini yoki qog'oz bilan ishlashni yaxshi ko'radigan odamni tasavvur qiladi.
Yaxshi head teacher:
O‘zi ham dars beradi, lekin kam.
Jarayondan uzilib qolmaslik uchun.
Agar head teacher to'liq dars bersa, u o'z asosiy vazifalarini - o'qituvchilarni kuzatish, qo'llab-quvvatlash, tahlil qilish - bajarishi qiyin bo'ladi.
Ijodkor bo‘lishi shart emas.
Ijodkorlik majburiy emas. Moslashuvchanlik va ochiqlik majburiy.
Ochiq muhit, yangi g'oyalarni qabul qilish va har xil yondashuvlarni rag'batlantirish o'qituvchilarni o'sishda davom etishga undaydi
Natija uchun javobgar bo‘lsa, qaror qabul qilish vakolatiga ega bo‘lishi shart.
Asosiy qoida: mas'uliyat = vakolat
Vakolatsiz mas’uliyat - eng tez kuyishga olib keladi.
Men buni ko‘p ko‘rganman: head teacher javobgar, lekin qaror qila olmaydi.
Natijada:stress, charchoq, ketish.
Undangi ko'nikmalar:
- Talab qo‘ya oladigan, lekin hurmat bilan
- O‘qituvchini qo‘llab-quvvatlaydigan
- Javobgarlikdan qochmaydigan
- Problem solver
Head teacher - bu inson. U xato qilishi mumkin. Lekin u o'rganishga tayyor bo'lishi, fikr-mulohazani qabul qilishi va doimiy rivojlanishi kerak.
Xulosa:
"Head teacher" kim deyilsa, bitta jumlada beradigan javobim:bu ta'lim sifati uchun javob beradigan mutaxassis
P.s. Hallinger va Murphy tadqiqotiga ko'ra, head teacher uchta asosiy yo'nalishda ishlaydi: maktab missiyasini belgilash, ta'lim dasturini boshqarish, va ijobiy o'quv muhitini yaratish.

❤🔥10👍10🔥2🎉2🤩1
Texnika 4: Right Is Right
(faqat to‘liq to‘g‘ri javobni qabul qilish)
Keng tarqalgan xato:
“Bolani ranjitib qo‘ymaslik” uchun
chala javobni qabul qilish.
O'qituvchi so'raydi: "Tenglama nima?"
Bola: "Bu tenglik."
O'qituvchi: "Ha, to'g'ri."
Nima to'g'ri?
Tenglama va tenglik bir xil narsa emasda!
Muammo qayerda:
Bugun chala javobni qabul qilsangiz, ertaga:
- Bola imtihonda adashadi
- Keyingi mavzuni yaxshi tushunmaydi
- "Taxminan bilsam yetadi" deb o'ylaydi
Hayot ham bunday ishlaydi:
shifokor "deyarli shu dori" deyishini, injener "taxminan to'g'ri" deb o'lchashini tasavvur qilib ko'ring.
Nima qilish kerak?
Yomon variant:
Bola: "Tenglama bu tenglik."
Ustoz: "Ha, to'g'ri."
Yaxshi variant:
Bola: "Tenglama bu tenglik."
Ustoz: "Qanday tenglik? Unda nima bor"
Bola: "Noma'lum bor."
Ustoz: "Demak?"
Bola: "Noma'lumi bor tenglik"
Ustoz: "Aniqrog'i: Tenglama bu noma'lum ishtirok etgan tenglik. Endi to'g'ri!"
Bola: "Tushundim"
Qoidasi oddiy:
Javobni rad etmang, uni to'ldirishga yordam bering.
Bola qiynalsa:
- Savol bering
- Yo'naltiring
- To‘g‘ri javobni **oxirigacha ayttiring**
- So‘zlarni aniqlashtiring
- Terminlarni to‘g‘ri ishlating
- Xullas javobni ichidan sug'urib olishga harakat qiling.
Bolaga "yetarli" bo'lguncha, to'xtamang.
Mehr bilan talab qilishda davom eting.
4/63

👍19🔥13❤🔥6🥰6🎉1🤩1
Bu kanal kimlar uchun va nega ochilgan?
Ismim Hasanxo'ja Muhammad Sodiq.
17 yildan beri ta’limdaman (2009-...).
4 yildan beri xususiy maktab boshqaraman (2022-...).
12 yildan beri otaman. (2014-..)
Shu uch joy — sinf, maktab va uy - men uchun real tajriba maydoni.
Bu kanalda men:
Ta’lim haqida yozaman:
Dars, metodika, ustozlik mas’uliyati haqida.
Boshqaruv haqida fikrlarimni bo‘lishaman
Jamoa, qaror, javobgarlik, xatolar va o‘sish haqida.
Farzand tarbiyasi haqida yozaman
Ota sifatida ko‘rganim, tushunganim, qiynalganim haqida.
O‘qigan kitoblarimdan iqtiboslar va xulosalar ulashaman
Quruq sitata emas, hayotga tatbiqi bilan.
Uchrashuvlar, suhbatlar va real keyslar asosida fikr yuritaman
Agar sizga:
• Ta’lim sifati
• Mas’uliyatli rahbarlik
• Ongli tarbiya
demak, bu kanal siz uchun.
O‘qing.
O‘ylang.
Kerak bo‘lsa — bahslashing.

❤🔥54👍29🥰7🤩6🔥2
Hasankhoja Muhammad Sodiq pinned «Bu kanal kimlar uchun va nega ochilgan? Ismim Hasanxo'ja Muhammad Sodiq. 17 yildan beri ta’limdaman (2009-...). 4 yildan beri xususiy maktab boshqaraman (2022-...). 12 yildan beri otaman. (2014-..) Shu uch joy — sinf, maktab va uy - men uchun real tajriba…»
Yangi maktab ochishni rejalayotganda ko‘pchilik bitta savolni beradi:
kelasi yillarda nima o‘zgaradi? Nimalarga ko'proq e'tibor beray?
-Platformami?
- Dasturmi?
- Metodikami?
- Texnologiyami?
Lekin eng to‘g‘ri savol bu emas.
Aslida savol - nima o‘zgarmaydi? bo'lishi kerak
Maktab formatlari o‘zgaradi.
Ota-onalar talabi esa deyarli o‘zgarmaydi.
Harvard Business School tadqiqotlariga ko’ra:
xizmat sohasida muvaffaqiyatli tashkilotlar o‘zgaruvchan texnologiyalarga emas,
o‘zgarmaydigan ehtiyojlarga tayangan holda o‘sadi.
Ta’limda ham xuddi shunday.
Ota-onalar doim asosni kutadi:
- Farzandi xavfsiz bo'lsin
- O'qituvchi befarq bo'lmasin
- Darslar jiddiy o'tilsin
- Natija ko'rinsin
- Baholash adolatli bo'lsin
- Aloqa ochiq va halol bo'lsin
- Farzandiga hurmat bilan qaralsin
- Maktab so'zida tursin
Bu Maslow piramidasidagi kabi:
avval xavfsizlik, keyin munosabat, keyin o‘sish.
Bu ehtiyojlar 5 yilda ham, 10 yilda ham o‘zgarmaydi.
Shuning uchun kuchni trendlarga emas, to'g'ri asosga sarflash kerak.
Platforma almashadi.
Darslik yangilanadi.
Ishonch esa almashmaydi.
O‘zgarmaydigan narsani mustahkam qil.
Shunda hammasi uzoq yashaydi.

👍32🔥17🤩5
Ishonchsizlik
Ichida o'ylaydi:
- Men bunga loyiqman
- Men bunga munosibman
Lekin hech nima qilmaydi. Hayoti o‘zgarmaydi.
Boshqa holat:
- Bu men uchun emas
- Men bunga erisholmayman
Natijada hatto urinib ham ko‘rmaydi.
Imkoniyat eshigi ochiq, lekin yaqinlashmaydi.
Aslida hamma o‘ylaganidan ko‘ra ko‘proq narsaga qodir.
Muammo qobiliyatda emas.
Muammo - o‘ziga qo‘yilgan ichki chegarada.
Ishonchni o‘zi natija bermaydi.
Lekin o‘ziga ishonmaslik boshlashdan ham to‘xtatadi.
Eng ko‘p cheklaydigan narsa - tashqi to‘siqlar emas.
O‘zingga aytib yurgan gaplaring.

🔥32👍11❤🔥6🤩4