Green Card (Visa Support)
2.96K subscribers
109 photos
68 videos
77 links
Green card hizmatlari; royhatga olish va yutuqni rasmiylashtirish hizmatlari.



Tel: 998029699
Bot: @GreenCarduzbekbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Amerika Ovozi telekanalidagi Washington Choyhonasi ko'rsatuvida Green Card 2021 lotareyasi muhokamasi. O'zbek tilida barcha sizga qiziq bo'lgan savollarga javoblar berilgan.
Chet elda yurgan yurtdoshlarimiz qanday qilib Green Card o’ynaydi?
Green Card lotareyasi aslida Internet orqali o’ynaladigan lotareya bo’lib, dunyoning istalgan burchagidan turib o’ynash mumkin. Buning uchun rasm va shaxsiy malumotlar kerak boladi. Habaringiz bor, bu yilgi dasturda zagran passport (qizil passport) talab qilinayapti.
Agar chet elda yurgan fuqoro, avvalgi ko’k passportida amal qilish muddati tugamagan ovir stickeri bo’lsa va O’zbekistonga kelib qizil passport olgunicha 5 Noyabr 2019 yildan kech bo’ladigan bo’lsa, bu fuqaro Ovir stickeri bor yashil passportida ro’yhatdan o’tsa bo’ladi.
Yana bir bor eslatib o’tamiz, ro’yhatdan o’tish uchun passportning ahamiyati yo’q, ammo yutuq chiqsa viza olish jarayonida agar ishtirokchi qizil passport bilan o’ynagan bo’lsa muammo bo’lmaydi. Agar ishtirokchi Ovir stickerili passport bilan o’ynagan bo’lsa tushuntiradi, Viza olishi ham olmasligi ham mumkin. Agagr Ovir stickeri ham bo’lmagan ko’k passport bilan o’ynasa unda aniq Viza olmaydi.

@nuriddinnabiev
Barcha Green Card 2021 lotareyasida ishtirok etishni istayotganlar diqqatiga. Bizning Toshkent shahar Navoiy kochasida joylashgan ofisimiz har kuni hatto Yakshanba kunlari ham ertalab 9:00 dan kechki 21:00 ga qadar ishlaydi. Fursatni boy bermang, Green Card 2021 lotareyasida ishtirok eting va Amerikaga yo'llanmani qo'lga kiriting!!! Ro'yhatdan o'tish narxi 50.000 so'm.

Murojaat uchun telefon: 998029699 yoki telegram orqali yozing @nuriddinnabiev
Green Card lotareysini rasmiylashtirish uchun asosiy litsenziyalangan ofis qayerda?

Yuqoridagi savol juda ham ko’p soraladigan savollar sirasiga kiradi. Bir tomondan bunday savollar tug’ilishi tabiiy, chunki atrofda sohta, aldamchi ofislar bisyor bo’lib, hech kim bir yilda bir marotaba bo’ladigan lotareyada ishtirok etishda aldanib qolishni istamaydi.

Savolning javobiga keladigan bo’lsak,Green Card lotareyasini ro’yhatga olish uchun amerika qo’shma shtatlari tomonidan litsenziyalangan hech qanday ofis mavjud emas. Ha Siz to’g’ri o’qidingiz bunday litsenziya ham ofis ham mavjud emas. Hattoki Green Card lotareyasi ishtirokchilarini saralab ularni malumotlarini yeg’adigan Kentucky Consular Center markazi joylashgan Kentucky shtatiga borib, markazga Green Card lotareyasida ishtirok etishga keldim desangiz, sizga internet orqali www.dvlottery.state.gov web sayti orqali ro’yhatdan o’zingiz o’tishingiz kerakligini aytishadi.

Yana bir ko’pchilik hali ham bilmaydigan “sir” lardan biri lotareyada ishtirok etish uchun to’lovdir. Aslida lotaryada ishtirok etish mutlaqo bepul, hech qanday tolov mavjud emas. Hop unda nima uchun turli joylarda turli miqdorlarda lotareyada ishtirok etish uchun pul talab qilinadi? Gap shundaki Green Card lotareyasi internet orqali o’ynaladigan tekin lotareya bo’lgani bilan, ishtirokchilardan ma’lum qonun qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qonun qoidalar bor yo’g’i 24 varaqdan iborat va O’zbek tilida ham mavjud bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik ularni olib o’qimaydi. Endi kimdir ushbu qoidalarni yaxshi biladi, qoidalardan tashqari turli tuman lotareya bilan bog’liq holatlarga duch kelib ancha tajribaga ega. Endi ana shu odam ofis arendaga olib, fotoaparat, internaet, printer va kompyuter hozirlab lotareyada ro’yhatdan o’tish uchun insonlarga hizmat ko’rsatgani uchun haq olishi kerakku. Demak, ko’rinib turibdiki, turli tuman narxdagi ro’yhatga olishlar, har bir ro’yhatga olib beruvchining o’zidan kleib chiqqan narx bo’lib, bunda hech qanday rasmiy to’lovlar nazarda tutilmagan.
Sohta Green Card ofislari yoki ishonchli ofislar. Buni qanday bilsa bo’ladi?

Biror bir ofisni “bular sohta” yoki “ular aldoqchi” deyishlik bu katta masala bo’lib buning uchun aniq dalilllar talab etiladi. Biroq, shunday ofislar yoki ko’chada yurib Green Card o’ynatayotganlar borki, ularning qilmishi insonda katta shubhalar tug’dirishi aniq. Quyida bir nechta etibor berilishi kerak bo’lgan jihatlar haqida to’xtalib o’tamiz va shunday xolatlarga duch kelsangiz ularga ishonmaslikni tavsiya etamiz.

1. Tasdiqlovchi raqam. Agar siz biror joyda ro’yhatdan o’tsangiz, osha zahotiyoq tasdiqlovchi hujjatni oling. Agar sizga turli bahonalar bilan tasdiqlovchi hujjatni berishdan bosh tortsalar yoki uninig o’rniga turli boshqa qog’ozlarni bersalar bilingki siz aldanish qurboni bo’lishga juda yaqin turibsiz.

2. O’yin muddati. Green Card lotareyasi mana bir necha yillardirki faqat 1 oy (Oktabr va Noyabr) oylarida oynaladi. Agar sizga shu oylardan boshqa oyarda ro’yhatga olish taklif qilinsa aniq bilingki siz ro’yhatga olinmagansiz.

3. Ko’k passport bilan ham ro’yhatga olish. Albatta bu masala juda tortishuvli bo’lib, yangi qizil passportda ro’yhatga olish bu yildan joriy etildi. Ammo joriy yilning Sentabr oyida, Toshkentdagi milliy kutbxonada Amerika qo’shma shtatlarining Uzbekistondagi elchihonasi tomonidan Green Card 2021 uchun kiritilgan yangi qoidalar muhokamasida aniq va ochiq oydin aytildiki agar milliy yashil passportda Ovir stickeri bo’lmasa bunday passport bilan ishtirok etishlik viza berilmasligiga asos bo’la oladi. Bundan tashqari hatto Ovir stickeri bo’lgan taqdirda ham elchixonada ushbu holat izohlanishi va isbotlanishi kerakligi, va qizil (zagran) passport bilan ro’yhatdan o’tilish juda ham qattiq takidlangan. Yashil passportda ro'yhatdan o'tib keyin yutsa qizil qilib olamiz degan gap noto'g'ri. 2019 yil 5 Noyabrda lotareya tugaydi, va unga hech qanday o'zgartirish kiritib bo'lmaydi. Agar siz yashil passport bilan o'ynab yutsangiz, elchihonaga qizil passport olib borasiz va passport seriyalari to'g'ri kelmay viza uchun suhbatdan rad javobini olishingiz aniq bo'ladi.

Fursatdan foydalanib aziz yurtdoshlarga shuni aytamizki, yutuq chiqsa bir gap bo’lar, keyin to’g’irlaymiz degan o’y hayollar bilan lotareyada ishtirok etmang. Yutuq chiqqan taqdirda ham siz Amerikaga viza olishingiz kafolatlanmaydi. Hujjatlardagi hatolik yoki sohta yutuq chiqdi deb aldashlar sizning katta miqdordagi pulni va asabni yo’tishingiz uchun sabab bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, ushbu Green Card kanali admini @nuriddinnabiev sizlarga ishonchli va hamyonbopr ro’yhatga olish hizmatlarini taklif qiladi. Manzil Toshkent shahar Navoiy ko’chasi, 22, mo’ljal Turon Bank. Malumot uchun +998998029699. Ro’yhatdan o’tish narxi 50.000 so’m.
Hurmatli kanalimiz a'zolari!!! Vaqt borgan sari kam qolmoqda, agarda hali ham qizil pasportga topshirmagan bo'lsangiz hali ham kech emas. Bu hafta passport uchun ariza topshirsangiz, lotareya tugagunga qadar ulgurasiz. Eslatib o'tamiz Green Card 2021 lotaryasi 2019 yil 5Noyabrga qadar o'ynaladi.
Agar sizda chaqaloq bo’lsa uni qanday suratga olishni bilmayapsizmi?
Buning uchun oppoq choyshab yoki matoga bolani yotqizib, bosh kiyim va turli yuzni tosadigan sorg’ich yoki shunga oxshash narsalarsiz ko’zlari ochiq holda kameraga qaratib suratga olasiz. Suratga yuqori sifatli telefonda ham olsa bo’ladi. Agar bola hali yangi tug’ilgan bo’lsa va ko’zlari yaxshi ochilmagan bo’lsa u holda boricha suratga olib tashlaysiz.

Eslatib o’tamiz Toshkent shahar Navoiy ko’chasida joylashgan ofisimizda Green Carta uchun suratga tushirish hizmatlari mavjud. Murojaat uchun;

@nuriddinnabiev
+998998029699
Hurmatli kanalimiz a'zolari!!! Green Card 2021 uchun ro'yhatga olish tugab bormoqda, shoshiling, o'z omadingizni biz bilan sinab koring. Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida ofisimiz shanba va oddih kunlari ham ishlaydi.

Manzil: Toshkent Navoiy kochasi, 22. Mo'ljal Turon bank. Agagr siz Toshkentda bo'lmasangiz Internet orqali barcha malumotlarni @nuriddinnabiev ga jo'nating. Tel:+998998029699
Bir yigit bugun ofisga hursand bo’lib keldi. Menga Green Card lotareyasida ishtirok etishni tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatib mendan so’radi:

- “ Ushbu hujjat ro’yhatdan o’tganimni tasdiqlaydimi ? ” dedi,
- Men “ha” dedim.
- “Unday bo’lsa nima uchun qizil (zagran passport) kerak deb aytayapsizlar? Men yashil fuqorolik passportim bilan ro’yhatdan o’tdimku” dedi.
- Men unga “Zagran passport nabodo yutuq chiqsa elchihonadan Viza olish uchun kerak, yashil passportga 2019 yildan buyon hech qanday Viza qo’yilmayapti.” dedim
- Shunda u hursand bo’lib “ ha, agar yutsam qizil (zagran) passport olaman” dedi.
- Ammo mening javobim uni o’ylantirib qo’ydi. Men unga “Sizning yashil passportingizdagi seriya raqam yangi oladigan qizil passportingizdagi raqam bilan to’g’ri kelmaydi, tizimga o’zgartirish ham kiritib bo’lmaydi. Siz endi yutuq chiqsa hursand bo’lmang, chiqmasa hafa bo’lmang. Chunki elchihonada birgina hujjatdagi harf hato bo’lsa, Viza berilmasligi uchun yetarli.

Ushbu suhbat nafaqat lotareyada ishtirok etuvchilar uchun, balki ro’yhatga oluvchilar uchun ham ibrat bo’lsin. Ro’yhatga olishni o’rganish onson, ammo buning ham o’ziga yarasha mas’ulyati bor. Yutuq chiqqandan so’ng hamma ham hujjat yeg’ib elchihonaga taqdim etmagan, ayniqsa ro’yhatga olishni yaqinda boshlaganlar. Elchihonada, to’ldirilgan anketa bilan DS-260 formasidagi Ism sharif, passport ma’lumotlaridagi birgina harfdagi hatolik Viza berilmasligi uchun yetarlicha asosdir. Odamlarni bekorga vaqtini va pulini sariflamang, qoidaga amal qilgan holda ishtirokchilarni ro’yhatga oling va pulingizni HALOLLAB toping!!! Siz aytishingiz mumkin,” o’ynagan ishtirokchilarning hammasi ham yutavermaydi, yashil passport bilan ro’yhatga olaveramiz harna pul topib qolganimiz” deb. Ammo har bir ishtirokchi umid bilan Siz anketani barcha qoidalarga buysungan holda to’ldirayotganingizga ishonib pul beradi. Odamlarni aldamang, ularga bor haqiqatni ayting, bekorga ishtirokchi sonini oshirib sanoqli yutuqli kvotalarni havoga uchurmang!!!
Green Card lotareyasi Sentabr oyida takroriy oyinaladimi?
YO’Q. Hech qanday takroriy tanlash bo’lmaydi. 2019 yil Sentabr oyidadi, Amerika elchixonasi tomonidan o’tkazilgan Green Card 2021 uchun kiritilgan o’zgartirishlarni tushuntirish davomida ham ushbu savol ko’tarildi. Rasmiy elchixona hodimi hech qachon bunday bo’lmaganini takidladi.
Eslatib o’tamiz Green Card 2021 lotareyasi uchun arizalar 5 Noyabr kech soat 22:00 gacha davom etadi. Bizning Toshkent shahar Navoiyko’chasi, 22 da joylashgan ofisimiz har kuni shanba va yakshanba kunlari ham ishlaydi. Murojaat uchun +998998029699, @nuriddinnabiev.
Seshanba kuni 5.11.2019, soat 21:00 da Green Card 2021 lotareyasi yakunlanadi. Topshiruvchilar soni haddan ziyod ko'p bo'lgani tufayli, rasmiy web sahifa tushlikdan so'ng yaxshi ishlamayapti. Shu munosabat bilan, ro'yhatdan o'tishni istaganlar kunning birinchi yarmida kelishlari tavsiya etiladi.

Eslatib o’tamiz Toshkent shahar Navoiyko’chasi, 22 da joylashgan ofisimiz har kuni shanba va yakshanba kunlari ham ishlaydi. Ish vaqti 9:00 dan 21:00 gacha. Ro'yhatdan o'tish narxi 70.000 so'm.

Murojaat uchun +998998029699, @nuriddinnabiev.
Green Card 2021 dasturini ro’yhatga olish rasman yakunlandi. Noyabr oyida qishgi vaqt oralig’iga o’tish munosabati bilan ro’yhatga olish vaqti 1 soatga uzaytirildi. Ya’ni Noyabr oyiga qadar AQSh va O’zbekiston vaqtlari oralig’i 9 soat bo’lgan bo’lsa Noyabr oyidan boshlab 10 soatni tashkil etdi. Boshqacha qilib aytganda Noyabr oyiga qadar New York vaqti bn soat 12:00 O’zbekiston vaqti bilan 21:00 ga teng bo’lgan bo’lsa, Noyabrdan boshlab New York dagi 12:00 O’zbekiston vaqti bilan 22:00 ga teng bo’ladi.

5 Noyabr kuni tarmoqda juda ham ko’p ariza topshiruvchilar bir vaqtning o’zida anketa topshirishga harakat qilganlari sababli tarmoqda jiddiy muammolar yuzaga kelib anketa topshirishningiloji bo’lmadi.
Barcha lotareyada ishtirok etgan yurtdoshlarimizga omadlar tilab qolamiz. Bizdan uzoqlashmang, barcha Green Card haqidagi ishonchli malumotlar bizda. Nasib etsa 5 May, 2020 yilda javoblar elon qilinganda yana siz azizlar bilan habarlashamiz.

Eslatib o’tamiz, Green Card lotareyasi har yili faqat Oktabr oyining birinchi haftasidan Noyabr oyining birinchi haftasigacha oynaladi. Bundan boshqa oylarda ro’yhatdan o’tish imkoni mavjud emas. Aldanib qolmang!!!
Диккат!!!

“Green Card 2022” ариза кабули хали БОШЛАНМАГАН. Умуман “Green Card” лотереяси бир йилда бир маротаба Октябрь ва Ноябрь ойларида булиб утади.

Агар сиз аввалрокдан руйхатдан утмокчи булсангиз, ва ариза берсангиз;
⁃ октябрь ойига кадар сизнинг оилавий холатингиз узгариши (турмуш куриш, уйланиш, фарзандли булиш ва бошкалар) кайта руйхатга олинишни талаб килади:
⁃ Тизим факат октябрь ойида очилганлиги сабаб сиз РОСТДАН ХАМ РУЙХАТГА ОЛИНГАНИНГИЗНИ то октябрь ойига кадар била олмайсиз. Куп холларда сиз октябрь ойида сизни «руйхатга олган» ёрдамчингизни топа олмайсиз.
⁃ “Green Card” лотереясида бирон бир янги коида кушилса (худди утган йилги каби) кайтадан руйхатга олиниш талаб киланади. Аммо сизни аввал руйхатга олган кимсани топа олмайсиз. Утган йили куплаб юртдошларимиз «олдиндан руйхатга» олинишдан азият чекдилар ва тулаган пулларига куйдилар.

Юкоридагиларни инобатга олган холда, “Green Card” лотареяси учун аризани факат ва факат Октябрь ойида топширишингизни маслахат берамиз.

Бундан ташкари, “Green Card” лотореяси гуёки хар йили аник буладигандек туйилади барчамизга. Аммо, хар йили лотареяга ариза топширишдан аввал янги коидалар ва иштирок эта оладиган мамлакатлар руйхати эълон килинади. Агар Узбекистон иштирокчи мамлакатлар каторидан урин олмаса ( сунгги 5 йилда 50.000 узбек мигранти Америкага борган булса), бугунги кунда руйхатдан утаётган ва утказаётганларнинг сай харакатлар бекор булади.

УШБУ ХАБАРНИ ЯКИНЛАРИНГИЗГА ХАМ ТАРКАТИНГ. УЛАРНИ АЛДАНИБ КОЛИШЛАРИДАН ОГОХ ЭТИНГ!!!
Green Card (Visa Support) pinned «Диккат!!! “Green Card 2022” ариза кабули хали БОШЛАНМАГАН. Умуман “Green Card” лотереяси бир йилда бир маротаба Октябрь ва Ноябрь ойларида булиб утади. Агар сиз аввалрокдан руйхатдан утмокчи булсангиз, ва ариза берсангиз; ⁃ октябрь ойига кадар сизнинг…»
Ассалому алайкум!!! Барчангизни кириб келган Рамазон ойи билан муборакбод этамиз.
Маълумки, бугунги кунда дунё буйлаб Covid-19 пандемияси туфайли куплаб тадбирлар уз вактидан кечиктирилмокда. Шу жумладан “Green Card 2021” лотареясининг жавоблари эълон килиниши расман 2020 йил 5 МАЙдан 06 ИЮНЬ санасига кучирилганини маълум киламиз.
Бугун 2020 йил 6 июнь Узбекистон вакти билан соат 21:00 да Green Card 2021 жавоблари эълон килинади!!!

Жавобларни dvlottery.state.gov сайти оркали текширишингиз мумкин.

Иштирокчилар куплиги сабабли жавобларни текшириш бир неча кун талаб этади.

Барча иштирокчиларга омад тилаймиз!!!
Z******VA, P****NA ishtirokchimiz yutuq bilan tabriklaymiz!!! Yosh oila yutuq egasi bo'ldi.
Green Card 2021 dasturi bo’yicha dunyo bo’ylab jami 191 davlat ishtirok etdi va 128512 ta ishtirokchi tanlab olindi.
Eslatib o’tamiz tanlab olinganlarning barchasiga ham viza berilmaydi!!! O’yin qoidalariga ko’ra faqatgina dunyo bo’ylab 55000 odamga viza beriladi, qolgan ishtirokchilar turli sabablarga kora rad javobini oladilar.

Green Card 2021 da yangi bo’lim, horijga chiqish passporti (qizil pasport), joriy etilgani sabab, barcha yashil pasport bilan o’yinda ishtirok etganlar Viza berilishida rad javobini olishlari elchihona tomonidan ham ma’qullandi.

Quyida, dunyo bo’ylab eng ko’p yutuq egalari tanlab olingan mamlakatlar 10 taligini e’lon qilamiz.

🇪🇬 Misr - 6002
🇮🇷 Eron - 6001
🇩🇿 Jazoir - 6001
🇷🇺 Rossiya - 6001
🇸🇩 Sudan - 6001
🇺🇦 Ukraina - 5604
🇺🇿 O’zbekiston - 5319
🇨🇩 Kongo - 4503
🇲🇦 Marokash - 4458
🇦🇱 Albaniya - 3962

O’rta Osiyo boyicha.
🇺🇿 O’zbekiston - 5319
🇰🇿 Qozog’iston - 2406
🇹🇯 Tojikiston - 2332
🇦🇫 Afg’oniston - 2189
🇰🇬 Qirg’iziston - 2130
🇹🇲 Turkmaniston -870

Green Card haqidagi eng so’nggi habarlar kanaliga qo’shiling 👉 https://tttttt.me/green_card_uzbekistan
Green Card 2022 lotareyasi qachon o’ynalishi haqida aniq malumot hali mavjud emas. Lotareya bu yil oynalishi yoki o’ynalmasligi ham hali nomalum. Shu boisdan barchangizga oldindan, turli firmalarga hujjat topshirib ro’yhatdan o’tishga harakat qilmasligingizni tavsiya qilamiz. Shuningdek, o’yinda ishtirok etishni hohlovchilar uchun, horijga chiqish pasportini (qizil pasport) avvalroqdan olishni tavsiya qilamiz.

Eslatib o’tamiz Green Card lotareyasi faqat bir yilda bir marotaba Oktabr oying birinchi haftasi va Noyabr oyining birinchi haftalari oralig’ida o’tkaziladi.

Green Card haqidagi eng so’nggi habarlar kanaliga qo’shiling 👉 https://tttttt.me/green_card_uzbekistan
Rasman!!!
Green Card 2022 dasturi, 2020 yil 7 Oktabr 21:00 (Toshkent) dan 2020 yil 10 Noyabr 22:00 (Toshkent) oraliqlarida bo’lib o’tadi.

Yuqorida ko’rsatilgan muddatlardan tashqari (avval yoki keyin) qilingan registratsiya haqiqiy emas!!!