Grantlar.uz
83.6K subscribers
7.53K photos
45 videos
14 files
6.22K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 2-oʻrin: 250 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 dollardan.

Sheʼrlar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2025-yil 31-martgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
Ijtimoiy himoya milliy agentligidan “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi

Tanlovda Oʻzbekiston hududidagi oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat va magistratura bosqichining oxirgi kursida oʻqiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.

Tanlovga ijtimoiy himoya mavzularidagi bitiruv malakaviy ishlari va dissertatsiyalar qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: Noutbuk
– 2-oʻrin: Plaud
– 3-oʻrin: Planshet

Ishtirok etish uchun arizalar 2025-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ijtimoiy-himoya-milliy-agentligidan-tanlov/

@grantlar
FuSEP Summer Research Program: bakalavr va magistrlar uchun Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur!

Bu dasturga fizika, kimyo, moddashunoslik, hayot haqidagi fanlar, tibbiyot, yer va kosmik fanlar, matematika, muhandislik, kompyuter fanlari, ijtimoiy fanlar kabi yo’nalishlarida oʻqiyotgan bakalavriat va magistratura talabalari ariza berishi mumin.

Ishtirokchilar professorlar rahbarligida tegishli loyihalar boʻyicha tadqiqot olib boradi. Dastur mashgʻulotlari 2025-yil 28-iyundan 31-iyulgacha davom etadi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Xitoyga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va sugʻurta
– Maxsus sertifikat

Arizalar 2025-yil 15-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fusep-summer-research-program/

@grantlar
Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati!

Global Science Course dasturi Tokio universitetining bakalavriat bosqichiga (3-kursga) stipendiya asosida oʻqishni koʻchirish imkonini beradi.

Dastur ingliz tilida, yapon tilini bilish talab qilinmaydi. Bakalavriatning 2, 3 va 4-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Faqat kimyo sohasiga oʻqishni koʻchirish mumkin. Lekin hozirda aynan kimyo sohasi boʻyicha oʻqiyotgan boʻlish talab etilmaydi.

Imkoniyatlari:
– 960 dollar oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Bepul yapon tili kursi
– Doimiy yordam

Arizalar 2025-yil 20-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-utokyo-transfer/

@grantlar
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1523 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
Qabul 24-fevral 01:59 gacha uzaytirildi

Turkiye Burslari: barcha bosqichlar va sohalar uchun toʻliq grantlar, yotoqxona, stipendiya va boshqalar!

Ushbu grant Turkiya universitetlarida barcha bosqichlar (bakalavr, magistr, PhD) va sohalarda, jumladan, tibbiyotga oid sohalarda ham oʻqish uchun beriladi.

Nomzodlar ingliz yoki turk tilida oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin. Har yili butun dunyodan taxminan 5000 kishi ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli qoplanadi.
– Oylik stipendiya.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Bepul turar joy.
– Bepul turk tili kursi.

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2025-yil 24-fevral 01:59 gacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar
Barcha bosqich talabalari, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilariga Latviyadagi yozgi maktablar uchun grantlar!

Latviya hukumati 2025-yilning yozida Latviyada oʻtkaziladigan 6 ta yozgi maktab uchun grantlar taqdim etmoqda. Maktablar ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Grant yutib olganlarga 1000 yevro mablagʻ ajratiladi va bu mablagʻ quyidagilarni toʻliq qoplaydi:
– Maktabga qatnashish haqi
– Turar joy
– Oziq-ovqat
– Seminar va maʼruzalar
– Ekskuriyalar
– Va boshqa madaniy tadbirlar

Arizalar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/talabalar-va-otm-xodimlariga-latviyada-yozgi-kurslar-uchun-711-yevro-grant/

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimizning hujjatlari

@grantlar
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti odatda har yili jami 400-420 nafar talabani (300 nafar magistr, 100-120 nafar PhD) oʻqishga qabul qilishini e'lon qildi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 5.5 yoki TOEFL iBT 72 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (450-840 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2025-yil 7-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2025-yil 1-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
Dunyoning 27-raqamli universitetida tibbiyot sohasida magistratura kurslarini onlayn oʻqish uchun toʻliq grant!

Britaniyadagi Edinburg universiteti onlayn magistratura kurslarida oʻqishni xohlovchilarga Edinburgh Surgery Online Global Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Bu grantlar quyidagi magistrlik kurslarini onlayn tarzda oʻqish uchun ajratiladi:
– MSc in Surgical Sciences
– ChM in General Surgery
– ChM in Trauma & Orthopaedics
– ChM in Urology
– ChM in Vascular & Endovascular

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini (tuition fee) toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2025-yil 5-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/edinburgh-surgery-online-global-scholarships/

@grantlar
Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 10 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 10 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2025-yilgi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2025-yil 3-martdan 24-may, 19:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar
World of 8 Billion: Maktab, kollej va/yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun videolar tanlovi

Tanlovda maktabning 6-sinf va undan yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/akademik litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Videoda belgilangan muammolarga yechim taklif qilish kerak. Videolar ingliz tilida yoki istalgan boshqa tilda (inglizcha subtitir bilan) yaratilishi mumkin.

Mukofotlar

Tanlov gʻoliblari 300 dollardan 1200 dollargacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2025-yil 5-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-of-8-billion-videolar-tanlovi/

@grantlar
AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti!

Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.

Arizalar 2025-yil 25-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

Foydali:

👉 Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

👉 Shu dasturni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar berilgan mavzu boʻyicha ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
Latvian State Scholarships: Latviyada barcha bosqichlarda oʻqish uchun oyiga 700 yevrogacha stipendiya!

Latviya universitetlarida bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Latviya davlat stipendiyalar taklif etilmoqda. Latviya universitetlarida ingliz yoki latv tilida oʻqish mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Bakalavrlarga 500 yevro, magistratura talabalariga 600 yevro, PhD bosqichi talabalariga 700 yevro oylik stipendiya beriladi.
– Baʼzi universitetlar stipendiya sohiblarini yotoqxona bilan taʼminlashi mumkin.

Arizalar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/latvian-state-scholarships-latviyada-barcha-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiyalar/

@grantlar
Juru kompaniyasidan bakalavlar, magistrlar va OTMni yaqinda bitirganlar uchun Toshkentda haq toʻlanadigan amaliyot!

Bu dasturda bakalavriatning 3-4-bosqichida oʻqiyotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, OTMni yaqinda bitirganlar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot oʻtash uchun 20 dan ortiq soha mavjud. Amaliyot davomiyligi – 3 oy.

Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi.

Manfaatli tomonlari:
– Amaliyot davomida haq toʻlanadi
– Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagandan keyin ishda qolish imkoniyati
– Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagandan keyin tavsiyanoma beriladi
– Turli trening va kurslar

Arizalar 2025-yil 3-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/juru-energy-paid-internship/

@grantlar
NSP 2025 mentorlik kursi 2-mavsumi: Ramazon oyi munosabati bilan chegirmalar

Iltimoslarga binoan, NSP dasturiga endi hujjat topshirishni boshlaganlar uchun mentorlik kursimizning navbatdagi mavsumini e'lon qilamiz. Bu safar muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan narxlarga chegirmalar berdik.

Kursimiz kimlar uchun:

3-4-kurs bakalavr, magistratura talabalari uchun guruh darslari; PhD talabalari va tadqiqotchilar uchun individual darslar.
— NSP dasturiga topshirishni endi boshlaganlar, hali qabul xati olmaganlar;
— Universitetdan qabul xati olib bo'lgan va hujjatlarini dasturda g'olib bo'lish uchun yaxshilamoqchi bo'lganlar.

Darslar onlayn tarzda yopiq telegram guruhda Ozodaxon O'ktamova mentorligida bo'lib o'tadi. Quyidagilarni o'z ichiga oladi:
— Dasturga topshirish bosqichlari, ketma-ketligi telegram guruh/kanalda jonli suhbat tarzda o'rgatiladi. Oldindan yozib olingan video yoki ma'lumotlar emas;
— Qabul xati olishda universitetga bog'lanish uchun kontaktlar topish oson usullari o'rgatiladi;
— Muvaffaqiyatli CV, motivatsion xat, o'quv rejasi, tavsiyanomalar o'rgatiladi va har biri 1 martadan tekshirib beriladi, kamchiliklari aytiladi.
— Har bir hujjatga kamida 2 tadan eng muvaffaqiyatli nomzodlar ishlaridan namunalar beriladi;
— Hujjatlarni tayyorlashda AI dan foydalanish mumkin/mumkin emasligi, plagiat oldini olish usullari o'rgatiladi.

Toki dasturga qabul yopilgunga qadar 30-aprelgacha doimiy savollarga javob beriladi.

Individual kursda esa yuqoridagi barcha narsalar shaxsiy o'zingizga o'rgatiladi va doimiy savollarni shaxsiy yozishmalarda so'rashingiz mumkin. Universitet tanlashda kontakt ma'lumotlari topib beriladi.

👉 Xizmatlardan foydalanish uchun @GN_Work hisobiga murojaat qiling.

Kursga qabul 2025-yil 5-martga qadar. Darslar 5-martdan boshlanadi.

@grantlar_namuna
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2000 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2025-yil 12-iyungacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar