Grantlar.uz
83.5K subscribers
7.49K photos
45 videos
14 files
6.17K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 785 yevrodan 17 000 yevrogacha.

Joriy qabul muddati:
- 2025-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
ETH Robotics Student Fellowship: Talabalar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga robototexnika yoki shunga yaqin sohalarda (mashinazoslik, elektrotexnika kabi) oʻqiyotgan magistrlar yoki bakalarviatning oxirgi bosqich talabalari ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot ingliz tilida, 2025-yil 30-iyundan 29-avgustgacha boʻladi.

Imkoniyatlar:
– 4420 dollar stipendiya
– Safar va viza xarajatlari qoplanadi
– Turar joy tashkillashtiriladi

Arizalar 2025-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eth-robotics-student-fellowship-talabalar-uchun-shveytsariyada-2-oylik-amaliyot/

@grantlar
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2025-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil:
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar berilgan mavzu boʻyicha ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
Canada/USA Mathcamp: 13-18 yoshli oʻquvchilar uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud!

Oromgohda ingliz tilini biladigan va matematikaga qiziqadigan 13-18 yoshli maktab, oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Oromgoh mashgʻulotlari 2025-yil 29-iyundan 3-avgustgacha AQSHda boʻlib oʻtadi.

Moliyaviy yordam

Dastur bir necha turdagi toʻliq va qisman grantlarni taklif etadi. Ularning eng katta miqdorlisi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Dasturda qatnashish haqi, jumladan, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Borish va kelish xarajatlari
qoplanadi

Arizalar 2025-yil 26-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/canada-usa-mathcamp-for-13-18-year-olds/

@grantlar
Apple Developer Academy: dasturlashga qiziquvchilar uchun Italiyada 9 oylik bepul dastur

Dasturda maktab yoki kollej/litseyni tamomlagan, 2025-yil 29-sentabrda kamida 18 yosh boʻlgan nomzodlar qanashishi mumkin.

Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Har bir ishtirokchi MacBook va iPhone bilan ta'minlanadi
– Maxsus mashg'ulotlarning kamida 80% qismiga qatnashgan talabalar stipendiya olishi mumkin

Arizalar 2025-yil 21-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/apple-developer-academy/

@grantlar
📚 Ona tilimizda o‘qiymiz: Yandex Books’da O‘zbekiston nashriyotlarining kitoblari paydo bo‘ldi!

Zamonaviy o‘zbek yozuvchilarining asarlari, jahon adabiyoti durdonalari va mashhur kitoblarning tarjimalari, dunyoning turli xalqlari bolalar ertaklarini platformadan topishingiz mumkin.

Hozirda Yandex Books’da Asaxiy Books, Yangi asr avlodi nashriyotlari hamda Bolalik Kunlarimda loyihasi kitoblari taqdim etilgan. Vitrina muntazam ravishda yangilanib, o‘quvchilarga yangi elektron va audio kitoblar taklif etib boriladi.

📖 Yandex Books bilan o‘zbek tilidagi kitoblar olamini yangidan kashf eting!
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1432 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 781 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 1-iyundam 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
Ruminiya hukumatining stipendiya dasturi: bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant!

Dastur Ruminiya universitetlarida toʻliq grant asosida tahsil olish imkonini beradi.

Grantga ingliz, rumin yoki fransuz tilida ariza topshirish mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi, universitetga roʻyxatdan oʻtish va boshqa shu kabi toʻlovlardan toʻliq ozod qilidi.
– 1 yillik rumin tili kursi kontraktidan toʻliq ozod qiladi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi.
– Mahalliy jamoat transportlaridan foydalanishda imtiyozlar beriladi.

Arizalar 2025-yil 12-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/romanian-government-scholarship-ruminiyada-bakalavr-magistratura-va-doktorantura-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Charlz universitetidan grant: Matematika yoʻnalishida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 246) matematika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PMTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-mathematics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
LSHTM Fund Scholarship: Britaniyada tibbiyot sohasida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 27 ming dollar stipendiya!

London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi magistratura tibbiyotga oid 20 dan ortiq soha boʻyicha (veterinariya ham bor) oʻqish uchun LSHMT Fund Scholarship grantini taklif etadi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
– Joylarga borib oʻrganish mashgʻulotlari toʻlovlari qoplanadi.
– Yillik 22 000 funt-sterling (taxminan 27 400 AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Arizalar 2025-yil 6-mart 03:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lshtm-fund-scholarship-medicine/

@grantlar
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
GKS dasturi uchun mentorlik kursi (magistratura)

Ko’pchilik talab va istagiga binoan Koreyada to’liq grant asosida o’qish imkoniyatini beruvchi GKS dasturi bo’yicha mentorlik kursining navbatdagi mavsumini tashkil etmoqdamiz.

Kurs mentorlari:
Kamola Hamidova - GKS granti g’olibasi;
Ozodaxon O’ktamova - xalqaro grantlar bo’yicha mentor.

Kurs kimlar uchun: magistratura bosqichini Koreyada to’liq grant asosida o’qimoqchi bo’lganlar uchun.

Kurs davomida GKS dasturiga topshirish uchun kerakli barcha hujjatlar tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar beriladi, hujjatlar mentorlar tomonidan tekshiriladi.

Kursga qabulning oxirgi kuni: 2025-yil 15-fevral, 23:59.

ESLATMA: dasturda ishtirok etish uchun ingliz tilidan IELTS sertifikati va bakalavr diplom bali 80% dan yuqori bo’lishi kerak.

👉 O'tgan yilgi mentorlik kursimizda qatnashib, GKS 2024 g'olibi bo'lgan talabamiz haqida ma'lumot👈

Kurs to'lovi, kurs haqida qo’shimcha savollar va kursga ro'yxatdan o'tish uchun @Ozodakhon_work hisobiga murojaat qiling

@grantlar_namuna
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2025-yildan o'qishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar