Grantlar.uz
83.7K subscribers
7.5K photos
46 videos
14 files
6.19K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
International Law Fellowship Programme: Xalqaro huquq sohasi vakillari uchun Gaagada 1 oylik malaka oshirish; barcha xarajatlar qoplanadi!

BMT tomonidan tashkil etiladigan bu dastur rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan xalqaro huquq sohasidagi olimlar/oʻqituvchilar, hukumat va nohukmat tashkilotlar vakillari va boshqa malakali huquqshunoslar uchun moʻljallangan.

Dastur fransuz tilida boʻladi va jami 20 nafar aʼzo qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlar:
– Ishtirok etish haqi qoplanadi
– Borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta va turar joy
– Boshqa xarajatlar uchun stipendiya
– Bepul oʻquv materiallari

Arizalar 2025-yil 26-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-law-fellowship-programme-xalqaro-huquq-sohasi-vakillari-uchun-gaagada-1-oylik-malaka-oshirish-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
Bakalavriat va magistraturaga hujjat topshirishda sifatli yordam xizmati

@Grantlar_namuna loyihasi chet el universitetlarining bakalavriat va magistratura bosqichiga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar uchun yordam xizmatlarini taklif qiladi.

Xizmatlar oʻzlari bir qancha grant va dasurlar gʻolibi boʻlgan, va hujjatlarni tayyorlash hamda topshirishda 3 yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladi.

Koʻrsatiladigan xizmatlar va ular qanday koʻrsatilishi haqida BU YERDA batafsil tanishing.
FuSEP Summer Research Program: bakalavr va magistrlar uchun Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur!

Bu dasturga fizika, kimyo, moddashunoslik, hayot haqidagi fanlar, tibbiyot, yer va kosmik fanlar, matematika, muhandislik, kompyuter fanlari, ijtimoiy fanlar kabi yo’nalishlarida oʻqiyotgan bakalavriat va magistratura talabalari ariza berishi mumin.

Ishtirokchilar professorlar rahbarligida tegishli loyihalar boʻyicha tadqiqot olib boradi. Dastur mashgʻulotlari 2025-yil 28-iyundan 31-iyulgacha davom etadi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Xitoyga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va sugʻurta
– Maxsus sertifikat

Arizalar 2025-yil 15-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fusep-summer-research-program/

@grantlar
Vengriya: Qishloq xoʻjaligi muhandisligi sohalari boʻyicha magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

BMTning FAO tashkilot va Vengriya hukumati quyidagi 2 ta magistrlik kursida oʻqish uchun toʻliq grant taklif etmoqda:
– Master in Aquaculture
– Master in Animal Husbandry Engineering

Oʻqish ingliz tilida boʻladi va 2024-yil sentabrdan boshlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Ariza va kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– Kitob va oʻquv materiallari

Arizalar 2025-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/agrosanoat-boyicha-magistraturada-oqishni-xohlovchilar-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega va ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
France Excellence: Magistraturani Fransiyada oʻqimoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar uchun maxsus grant!

France Excellence (sobiq BGF granti) – magistraturani Fransiyada oʻqimoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar uchun ajratildigan Fransiya hukumati grantidir. Grant istalgan soha boʻyicha oʻqish uchun ajratiladi.

Nomzodlar ingliz yoki fransuz tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Dastur imkoniyatlari (1 yil uchun):
– 860 yevro oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Sugʻurta xarajati qoplanadi
– Viza toʻlovi qoplanadi
– Yotoqxonadan joy olishda ustunlik beriladi

Arizalar 2025-yil 30-martgacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL 👈

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimizning grant uchun topshirgan hujjatlari

@grantlar
Einstein Fellowship: Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi!

Bu dasturda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar sohasida kamida bakalavrlik darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan nomzodlar oʻz tadqiqot loyihasi bilan qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Qabul qilingan qatnashchilar 5-6 oy Eynshteynning yozgi uyida (Germaniya) yashab, loyihasi ustida ishlaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– 10 000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/einstein-fellowship-albert-eynshteynning-uyida-6-oylik-tadqiqot-10-000-yevro-stipendiya-beriladi-va-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 785 yevrodan 17 000 yevrogacha.

Joriy qabul muddati:
- 2025-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
ETH Robotics Student Fellowship: Talabalar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga robototexnika yoki shunga yaqin sohalarda (mashinazoslik, elektrotexnika kabi) oʻqiyotgan magistrlar yoki bakalarviatning oxirgi bosqich talabalari ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot ingliz tilida, 2025-yil 30-iyundan 29-avgustgacha boʻladi.

Imkoniyatlar:
– 4420 dollar stipendiya
– Safar va viza xarajatlari qoplanadi
– Turar joy tashkillashtiriladi

Arizalar 2025-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eth-robotics-student-fellowship-talabalar-uchun-shveytsariyada-2-oylik-amaliyot/

@grantlar
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2025-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil:
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar berilgan mavzu boʻyicha ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
Canada/USA Mathcamp: 13-18 yoshli oʻquvchilar uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud!

Oromgohda ingliz tilini biladigan va matematikaga qiziqadigan 13-18 yoshli maktab, oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Oromgoh mashgʻulotlari 2025-yil 29-iyundan 3-avgustgacha AQSHda boʻlib oʻtadi.

Moliyaviy yordam

Dastur bir necha turdagi toʻliq va qisman grantlarni taklif etadi. Ularning eng katta miqdorlisi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Dasturda qatnashish haqi, jumladan, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Borish va kelish xarajatlari
qoplanadi

Arizalar 2025-yil 26-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/canada-usa-mathcamp-for-13-18-year-olds/

@grantlar
Apple Developer Academy: dasturlashga qiziquvchilar uchun Italiyada 9 oylik bepul dastur

Dasturda maktab yoki kollej/litseyni tamomlagan, 2025-yil 29-sentabrda kamida 18 yosh boʻlgan nomzodlar qanashishi mumkin.

Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Har bir ishtirokchi MacBook va iPhone bilan ta'minlanadi
– Maxsus mashg'ulotlarning kamida 80% qismiga qatnashgan talabalar stipendiya olishi mumkin

Arizalar 2025-yil 21-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/apple-developer-academy/

@grantlar
📚 Ona tilimizda o‘qiymiz: Yandex Books’da O‘zbekiston nashriyotlarining kitoblari paydo bo‘ldi!

Zamonaviy o‘zbek yozuvchilarining asarlari, jahon adabiyoti durdonalari va mashhur kitoblarning tarjimalari, dunyoning turli xalqlari bolalar ertaklarini platformadan topishingiz mumkin.

Hozirda Yandex Books’da Asaxiy Books, Yangi asr avlodi nashriyotlari hamda Bolalik Kunlarimda loyihasi kitoblari taqdim etilgan. Vitrina muntazam ravishda yangilanib, o‘quvchilarga yangi elektron va audio kitoblar taklif etib boriladi.

📖 Yandex Books bilan o‘zbek tilidagi kitoblar olamini yangidan kashf eting!