Grantlar.uz
83.4K subscribers
7.48K photos
46 videos
14 files
6.16K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Barcha bosqichlar uchun Vengriya hukumati grantlari

Vengriya hukumatining Vengriya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Oʻzbekistonliklar dastur doirasida quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Bir bosqichli magistratura
– Doktorantura (PhD)
– Yuqoridagi barcha bosqichlar boʻyicha 1 yoki 2 semestrlik talaba lamashinuvi dasturi

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Bepul turar joy beriladi.
– Oylik stipendiya (110-450 yevro).
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vengriya-bakalavriat-magistratura-va-tayyorlov-kurslari-uchun-toliq-grantlar-bepul-turar-joy/

@grantlar
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 28 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 28 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (17 000 yevro emas, 2530 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar
Charlz universitetidan navbatdagi grant: Matematika yoʻnalishida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 246) matematika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PMTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-mathematics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fulbright TEA: Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga ingliz tili, xorijiy til sifatida ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlardan dars beruvchi oʻqituvchilar qatnashishi mumkin. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak, lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza olishda yordam.
– AQSHga borish va kelish, AQSH ichida harakatlanish uchun aviachiptalar.
– Akademik dasturga qatnashish haqlari toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Qoʻshimcha xarajatlar uchun kunlik mablagʻ.
– Kitob/kasbiy rivojlanish uchun mablagʻ.
– Yuk uchun mablagʻ.
– Dastur yakunlangach kichik grantlarga ariza berish imkoniyati.

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-tea/

@grantlar
@Grantlar_namuna loyihasidan Vengriyada toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlarga maxsus yordam dasturi

Kimlar uchun: Bakalavr/Magistratura/Doktoranturani Vengriyada oʻqishni xohlovchilar uchun

Qanday grant va nimalarni qoplaydi?
Hozirda Vengriya hukumati granti Stipendium Hungaricum dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Toʻlov-kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.
– Bakalavr va Magistr uchun 100 dollar oylik stipendiya.
– Doktorantura uchun 350 dollar oylik stipendiya
– Yotoqxonadan bepul turar joy beriladi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Talabaga Schengen vizasi beriladi.

Qanday yordam ko'rsatiladi?

– Kerakli barcha hujjatlarni (motivatsiya xatini ham) tayyorlashda bevosita yordam va maslahat.
– Arizani toʻgʻri, xatolarsiz va tartibli toʻldirish yuzasidan yoʻl-yoʻriq va yordam.
– Universitet va yoʻnalishlarni tanlash va topish yuzasidan yordam.
– Suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtish yuzasidan maslahatlar va yoʻl-yoʻriqlar; berilishi mumkin boʻlgan savollar.
– Grant yutilganda viza olish uchun hujjatlarni tayyorlash va topshirish yuzasidan yordam / maslahat.
– Hujjat topshirish jarayonining boshidan oxirigacha yuzaga kelgan istalgan savolga javob berish va boshqalar.

Yordamni kim koʻrsatadi?

Yordam bevosita shu grant g'olibasi Aziza Akhmedova tomonidan koʻrsatiladi. Aziza Akhmedova hozirda Budapesht Bizness Universiteti 2-bosqich magistratura talabasi. Shu vaqtgacha bir nechta talabalarning grant uchun hujjatlariga yordam berib kelgan.

Maʻlumot uchun: bu yil grantga Oʻzbekiston fuqarolari uchun jami 170 ta oʻrin ajratilgan.

Yordam xizmati pullik.

Xizmat haqi va xizmatdan foydalanish uchun quyidagi akkauntga murojaat qiling: @GN_work

👉 S
tipendium Hungaricum dasturi haqida batafsil

@grantlar_namuna
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi!

Dastur 2025-yil yoz fasli holatiga ko'ra, kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 hafta uchun 4030 dollar stipendiya;
– Yoʻl xarajatlari uchun 1160 dollargacha yordam puli.

Dasturga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi.

Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.

Arizalar qabuli 2025-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
The Border Lab Summer School: Qirgʻizistonda xarajatlari qoplanuvchi yozgi maktab!

Ushbu maktabga chegaraga oid mavzularni oʻrganuvchi/tatdqiq qiluvchi PhD talabalari, postdoktorantlar yoki kichik ilmiy xodimlar, alohida hollarda magistr va bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Mashgʻulotlar 2025-yil 2-6-iyun kunlari Bishkekda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Safar xarajatlari uchun 500 yevrogacha mablagʻ
– Bepul turar joy va tushlik

Arizalar 2025-yil 5-yanvar, 21:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-border-lab-summer-school/

@grantlar
Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Kioto universitetida barcha xarajatlari qoplanuvchi 8 haftalik amaliyot!

Bu dasturda ishtirokchilar tabiiy fanlar (jumladan, tibbiyot) va biotexnologiyaga oid bir qancha sohalar boʻyicha tadqiqotda qatnashadi.

Mashgʻulotlar 2025-yil 6-iyundan 7-avgustgacha Yaponiyaning Kioto universiteti laboratoriyalarida olib boriladi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Borish-kelish xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1140 dollar stipendiya beriladi

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/amgen-scholars-program-kyoto-university/

@grantlar
Janubiy Koreyada bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi 7 haftalik amaliyot dasturi!

Bu amaliyot Koreyaning mashhur KAIST universiteti tomonidan oʻtkaziladi (2025-yil 1-iyul – 16-avgust). Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

3-4-kursda oʻqiydigan bakalavriat talabalar va magistratura talabalari qatnashishi mumkin.

Moddiy imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajari uchun 680 dollargacha mablagʻ
– Yotoqxona uchun mablagʻ
– Yashash xarajatlari uchun 340 dollar mablagʻ

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kai-x-research-internship-program/

@grantlar
International Young Eco-Hero Awards: 8-16 yoshlilar uchun ekologik loyihalar tanlovi; gʻoliblar pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi!

Tanlovda 8-16 yoshli bolalar tabiatni asrash va himoya qilishga oid loyihalari bilan qatnashishi mumkin. Arizalar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 1000 dollargacha pul mukofoti
– Maxsus sertifikat
– Gʻoliblar va ularning loyihalari ommaviy axborot vositalarida yoritiladi
– Facebook maxsus guruhga qoʻshilish imkoniyati

Arizalar 2025-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-young-eco-hero-awards/

@grantlar
Turkiya burslari grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kurs kim uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Mentor kim?

Kurs mashgʻulotlari Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Mentor avval ham bunday kurslar qilganmi?

Ha, Abdulaziz Murtazoyev bir necha yillardan beri har xil grantlar yuzasidan mentorlik qilib keladi. Bunday kurslarga qatnashganlargan bir qanchasi turli toʻliq grantlar, jumladan, Turkiya burslari grantini ham qoʻlga kiritgan.

Dastur mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Kursga qatnashish uchun 2025-yil 10-yanvargacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi.

Kurs, kursning narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 1 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Amaliyot ingliz tilida, 2025-yil 23-iyundan 22-avgustgacha boʻlib oʻtadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma'lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o'zi ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Stipendiya (odatda 4000-4500 dollar).
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– AQSHga borish-kelish uchun mablagʻ.
– Viza olishga yordam.

Arizalar 2025-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rips-bakalavrlar-uchun-kaliforniya-universitetida-1-oylik-amaliyot-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
Niderlandiya: Xalqaro huquq sohasidagi yozgi kurslar uchun grantlar!

Gaaga xalqaro huquq akademiyasi huquqshunoslik sohasi talabalari yoki mutaxasislariga yozgi kurslarda qatnashish uchun grantlar taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kursga qatnashish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Safar xarajatlari uchun 350 yevro kompensatsiya beriladi.
– Turar joy uchun 600 yevro mablagʻ beriladi.

Yozgi kurslar sanalari:
– Public International Law kursi – 2025-yil 7-25-iyul kunlari;
– Private International Law kursi – 2024-yil 28-iyul – 16-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Arizalar 2024-yil 1-noyabrdan 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Kurslarga o'z hisobingizdan qatnashishingiz ham mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/niderlandiya-xalqaro-huquqshunoslik-sohasidagi-yozgi-kurslar-uchun-grantlar-turar-joy-va-safar-xarajatlari-uchun-900/

@grantlar
ISTernship: Avstriyada bakalavr va magistrlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot; joy – 40 tagacha!

Dasturga 2025-yil yozida bakalavriatning 2-kursini tamomlovchi yoki magistraturada oʻqiyotgan, shuningdek, bakalavriat yoki magistraturani butirganiga 1 yildan oshmagan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot 2025-yil yozda boʻlib oʻtadi va 2-3 oy davom etadi. Mashgʻulotlar toʻliq ingliz tilida olib boriladi, lekin til bilish sertifikati talab etilmaydi.

Dasturga har yili 30-40 ta talaba qabul qilinadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1150 yevro stipendiya
– Borish va kelish uchun mablagʻ
– Arzonlashtirilgan turar joy
– Hamyonbop tibbiy sugʻurta
– Viza olish va safarni rejalashtirishda yordam

Arizalar 2025-yil 5-fevral, 19:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ista-isternship-summer-internship-program/

@grantlar
Ko'pchilik talabiga binoan NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun mentorlik kursi

Xabaringiz bor, NSP almashinuv dasturi uchun anchadan buyon ariza topshirishga yordam berib kelmoqdamiz.

O'tgan mavsumda tashkil etgan kursimiz orqali jami 45 nafar o'zbek talaba va tadqiqotchilari NSP dasturi g'olib bo'lib, hozirda Slovakiyada o'z o'qish yoki ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.

Ko'pchilik talabiga binoan ushbu kursning yangi mavsumini e'lon qilamiz. Bu mavsumda xizmat turlari kengaygan.

Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 4-kurs talabalari, magistr, PhD talabalari hamda tadqiqotchilar

Kurs mentori: Ozodaxon Oʻktamova — NSP dasturi 3 marta g'olibi, 3 yildan beri ushbu dastur bo’yicha mentor

Kursimiz afzalliklari:
— Slovakiya universitetga qabul qilinishda umumiy yordam.
— Kerakli hujjatlarni tayyorlash bo’yicha doimiy ko’rsatma.
— Barcha hujjatlarni (CV, motivatsion xat, talabalik haqidagi ma’lumotnoma, tavsiyanomalar va boshqalarni) tekshirib berish.
— Ariza topshirish bosqichi uchun to’liq ko’rsatma.

Ushbu kurs toʻlovi uchun bir nechta tariflar taklif etiladi, ular bilan tanishish uchun quyida koʻrsatilgan telegram akkauntga murojaat qiling.

Kursga qabulning oxirgi sanasi: 2025-yil 15-yanvar

ESLATMA: Avvalroq ushbu kursni bepul tashkil etganmiz. Istovchilar aynan bepul kurs videolarini ko'rishlari va hujjatlarini o'zlari tayyorlashlari mumkin. Ular uchun esa maxsus hujjat tekshirib berish xizmatimizni taklif etamiz.

Alohida xizmat: Kursda qatnashmasdan faqat hujjatlarni tekshirtirishingiz ham mumkin.

Bunda jami 4 ta hujjat tekshiriladi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— Tavsiyanoma 2 ta

Hujjatlarni tekshirib berish xizmati narxi: 300 ming.

Kursga yozilish yoki hujjat tekshirish xizmatidan foydalanish uchun: @GN_Work telegram hisobi

👉 NSP almashinuv dasturi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

👉 NSP dasturi bo'yicha biz tayyorlagan qo'shimcha manbalar barchasi BU YERDA.

@grantlar_namuna
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2024-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
Germaniya: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2025-yil 21-iyuldan 11-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Oylik stipendiya beriladi
– Bepul turar joy taʼminlanadi

Arizalar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2025-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 8 hafta davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik va matematika sohasi boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 104 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2025-yil 26-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2025-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil:
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar