Grantlar.uz
83.5K subscribers
7.49K photos
45 videos
14 files
6.17K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
U.S.-CAEF: American University of Central Asia oliygohida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq!

Ushbu grant Bishkekda (Qirgʻiziston) joylashgan American University of Central Asia oliygohida quyidagi sohalarda oʻqish uchun beriladi:
– biznes boshqaruvi
– iqtisodiyot
– amaliy matematika va informatika
– dasturiy taʼminot muhadisligi

Darslar toʻliq ingliz tilida oʻtiladi.

Imtiyozlar:
– Kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Har yozda haq toʻlanadigan amaliyot
– Professional va shaxsiy rivojlanish tadbirlari
– U.S.-CAEF dasturi bitiruvchilari hamjamiyatiga qoʻshilish imkoni

Arizalar 2025-yil 22-yanvar 16:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/american-university-of-central-asia-bakalavriatda-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

Foydali:

👉 Shu grant g'olibi bilan suhbat

@grantlar
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moliyaviy imkoniyatlari:
– 8056 dollar stipendiya.
– Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 12-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/

@grantlar
HZB International Summer Student Programme: Talabalar uchun Germaniyada 8 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Dastur bakalavriat talabalariga 2025-yil 7-iyuldan 29-avgustgacha HZB kampuslarida tadqiqot (amaliyot) olib borish imkonini beradi (ingliz tilida).

F
izika, kimyo, moddashunoslik, strukturaviy biologiya, matematika, muhandislik, hayot haqidagi yoki atrof-muhit fanlari yoxud shularga aloqador mutaxassisliklar boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi.
– 1900 yevrogacha ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun 800 yevrogacha mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hzb-international-summer-student-programme/

@grantlar
UTRIP: Bakalavrlar uchun Yaponiyaning Tokio universitetida haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Bu dasturga tabiiy fanlar yoki ularga aloqador sohalarda tahsil olayotgan bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot mashgʻulotlari 2025-yil 25-iyundan 5-avgustgacha davom etadi (ingliz tilida). Amaliyot davomida ishtirokchilar tegishli laboratoriyalardagi tadqiqotlarda qatnashadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 1330 dollargacha bir martalik mablagʻ
– Bepul turar joy taʼminlanadi

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrip-amaliyot-dasturi/

@grantlar
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 622 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2025-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
Are you a 9TH GRADER eager to turn your big ideas into real projects?

Not sure how to get started?
No worries—this is your chance!

Join the Oxiana Fellowship! 💻
This amazing 4-month program is designed to help you bring your unique project ideas to life. You’ll gain essential life skills, grow alongside driven peers, and learn from inspiring international mentors who will guide you every step of the way.

Who can apply?
Open to students from all countries
For 9th-grade students
Functional English proficiency

🌟 Don’t miss out on this life-changing opportunity—apply today!

APPLY NOW!

🗓Deadline to apply: 22.12.2024

Learn more about the Oxiana Fellowship.
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2025-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 8 hafta davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik va matematika sohasi boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 104 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2025-yil 26-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
TechWomen: Ayol-qizlar uchun AQSHda 5 haftalik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur kamida bakalavrlik darajasi va STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics) 2 yillik toʻliq stavkali ish tajribasiga ega yetakchi ayol-qizlarga AQSHda malaka oshirish imkonini beradi.

5 haftalik malaka oshirish kursi 2025-yil sentabr-oktabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish hamda AQSHdagi mahalliy parvozlar aviachiptalari olib beriladi.
– San-Fransisko va Vashingtondagi dasturlar davomda bepul turar joy taʼminlanadi.
– Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar taʼminlandi.
– Mezbon kompaniyalar, jamoat tadbirlariga borishda transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/techwomen-xotin-qizlar-uchun-aqshda-5-haftalik-dastur-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
Excellence Master Fellowships: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar!

Bu grantlar quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqish uchun beriladi: Astrophysics, Biochemistry, Biology, Biomedical Sciences, Chemical Biology, Chemistry, Computer Science, Earth Sciences, Environmental Science, Mathematics, Mathematics Computer Science and Numerical Sciences, Neuroscience, Pharmacy, Physics, Prehistoric Archaeology.

Magistrlik dasturlari toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va fransuz tilida oʻtiqiladi.

Grant miqdori: Grantni qoʻlga kiritganlar yiliga 11 200-16 700 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Bu universitetdagi kontrakt summasi miqdori 1 semestr uchun 600 AQSH dollari.

Arizalar qabuli 2025-yilning yanvar oyida boshlanadi va 2025-yil 28-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-geneva-excellence-master-fellowships/

@grantlar
Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyada joylashgan Utrecht universitetida xalqaro magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Utrecht Excellence Scholarship grantini taklif etadi.

Grant gʻoliblari quyidagi imkoniyatlardan birini qoʻlga kiritadi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi hamda yashash ruxsatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrecht-excellence-scholarship-ues-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlat
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

@grantlar
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
Yenching Global Symposium: Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro simpozium!

2025-yilgi simpozium mavzusi: Fortitude: Navigating the Tides of Change.

1994-yil may oyidan keyin tugʻilgan va ingliz tilini yetarlicha biluvchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Jami 100 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Simpozium 2025-yil 17-20-aprel kunlari Pekinda boʻlib oʻtadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Turarjoy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 2-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching_simpozium/

@grantlar
Turkiya burslari grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kurs kim uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Mentor kim?

Kurs mashgʻulotlari Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Mentor avval ham bunday kurslar qilganmi?

Ha, Abdulaziz Murtazoyev bir necha yillardan beri har xil grantlar yuzasidan mentorlik qilib keladi. Bunday kurslarga qatnashganlargan bir qanchasi turli toʻliq grantlar, jumladan, Turkiya burslari grantini ham qoʻlga kiritgan.

Dastur mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Kursga qatnashish uchun 2025-yil 10-yanvargacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi.

Kurs, kursning narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2025-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil:
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriyadagi Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 5-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
Birtaniyada bakalavrlar uchun 8 haftalik yozgi maktab; haftalik stipendiya va bepul turar joy taʼminlanadi!

Britaniyadagi John Innes markazi bakalavriat talabalaridan xalqaro yozgi maktab uchun arizalar qabul qilmoqda.

Birinchi va oxirgi kurs boʻlmagan hamda ingliz tilini yetarli darajada biladigan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Afzalliklar:
- Haftalik stipendiya
- Bepul turar joy
- Dunyodagi yetakchi olimlar bilan tadqiqotlar ustida ishlash imkoniyati
- Seminar, konferensiya, ijtimoiy tadbirlarda qatnashish imkoniyati

Maktab 2025-yil 29-iyundan 22-avgustgacha boʻlib oʻtadi.

Arizalar 2025-yil 16-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/john-innes-centre-birtaniyada-bakalavrlar-uchun-8-haftalik-yozgi-maktab/

@grantlar
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega va ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar