Grantlar.uz
83.7K subscribers
7.5K photos
45 videos
14 files
6.18K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1523 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
Qabul 24-fevral 01:59 gacha uzaytirildi

Turkiye Burslari: barcha bosqichlar va sohalar uchun toʻliq grantlar, yotoqxona, stipendiya va boshqalar!

Ushbu grant Turkiya universitetlarida barcha bosqichlar (bakalavr, magistr, PhD) va sohalarda, jumladan, tibbiyotga oid sohalarda ham oʻqish uchun beriladi.

Nomzodlar ingliz yoki turk tilida oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin. Har yili butun dunyodan taxminan 5000 kishi ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli qoplanadi.
– Oylik stipendiya.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Bepul turar joy.
– Bepul turk tili kursi.

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2025-yil 24-fevral 01:59 gacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar
YEVROPADA 100% GRANT ORQALI O‘QISH IMKONIYATI 🇪🇺

🔹 Bakalavr va magistraturabarcha yo‘nalishlar bo‘yicha.
🔹 Top 300 talik universitetlar – nufuzli diplom.
🔹 Ishlash imkoniyatio‘qish vaqtida 20 soat, ta’tilda 40 soat.
🔹 Eng kam ish haqisoatiga 9-15 yevro.
🔹 35 ta davlatga vizasiz sayohat.
🔹 Avstraliya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniyada o‘qishni davom ettirish imkoniyati.

GRANT NIMALARNI QOPLAYDI?

- Kontrakt summasi to‘liq qoplanadi
- 980 yevrogacha stipendiya
- Jamoat transportiga 50% chegirma
- O‘qishdan keyin 2 yil Yevropada qolish imkoniyati
- Ota-ona yillik daromad talab qilinmaydi
- Atigi 6 oydan keyin oilani chaqirish huquqi

Arizalar 2025-yil 22-martgacha qabul qilinadi

+998712006445

FINO Consulting