Grantlar.uz
81.2K subscribers
8.06K photos
49 videos
14 files
6.78K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Global Peace Photo Award: Bosh sovrin 10 ming yevro va Avstriyaga bepul sayohat boʻlgan fototanlov!

Tanlovga tinch va osuda hayotni aks ettirgan fotosuratlar qabul qilinadi.

Tanlovda 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– Bolalar (15 yoshgacha boʻlganlar)
– Kattalar (15 yosh va undan kattalar)

Mukofotlar:
– Kattalar kategoriyasi gʻolib 10 000 yevro, bolalar kategoriyasi gʻolibi 1000 yevro bilan taqdirlanadi.
– Kuchli 5 talikka kirgan suratlar egalari maxsus medal bilan taqdirlanadi.
– Barcha gʻoliblar 2023-yil 19-sentabrda Avstriya parlamentida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi. Borish-kelish va turar joy xarajatlari qoplanadi.

Suratlar 2023-yil 21-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-peace-photo-award/

@grantlar
👍45🔥195
Bilarmidingiz: deyarli barcha oʻzbek talabalari AQSHning TOP universitetlarida bakalavriatni BEPUL o'qish mumkin

AQSHning koʻplab TOP universitetlarida joriy etilgan moliyaviy yordam tizimi deyarli barcha oʻzbek talabalariga bakalavriatni bepul oʻqish imkonini beradi.

Bugungi postda shunday yordam taklif qiluvchi ayrim universitetlar bilan tanishasiz.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍45🔥10
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki tabiiy fanlar boʻyicha qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2023-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
👍57🔥13
Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 15 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 15 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2023-yilgi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2023-yil 10-martdan 31-may, 13:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar
👍3814🔥7
O'qish bepul universitetlar: Berea kolleji (AQSH)

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– 1-yilda bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar yiliga 2 marta qabul qilinadi:
– 15-oktabrgacha (erta qabul)
– 15-yanvargacha (odatiy qabul)

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍6112
​​❗️DIQQAT: JACAFA dasturiga Oʻzbekistonning istalgan hududida joylashgan OTMda oʻqiyotgan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin!

Joriy yilga qadar JACAFA stipendiya dasturiga faqat Toshkent shahrida joylashdan OTMda oʻqiydigan bakalavriat talabalar ariza berishi mumkin edi.

Lekin dastur Qoʻmitasi bu yildan boshlab Oʻzbekistonning istalgan hududida joylashgan OTM talabalari (bakalavrlar) ariza topshirishi mumkinligini maʼlum qildi (quyidagi rasmga qarang).

Shu sababli, JACAFA stipendiya dasturi boʻyicha mentorlik kursi uchun yangi guruh ochishga qaror qildik. Kurs tafsilotlarini BU YERDAN topasiz.

JACAFA imtiyozlari:
– 2 yilgacha 110 AQSH dollar oylik stipendiya
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish imkoni
– Yaponiyaga bepul sayohat qilish imkoni
– Kichik loyihalar uchun 10 000 dollargacha grant yutish imkoni

JACAFA dasturiga arizalar 2023-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

Qatnashish uchun asosiy talablar:
– Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish
– Oʻzbekistondagi OTMda bakalavriatning 2-bosqichida toʻliq oʻqish (full-time) shaklida oʻqiyotgan boʻlish
– ijtimoiy fanlar, kompyuter muhandisligi, IT muhandisligi va mahalliy qishloq xoʻjaligi rivojlanishi sohalariga yoki shunga aloqador sohalarda oʻqiyotgan boʻlish
– 2023-yil oktabr oyida 23 yoshdan katta boʻlmaslik

👉 JACAFA stipendiya dasturi haqida batafsil

👉 Bu dastur boʻyicha foydali manbalar

@grantlar_namuna
👍40🔥125
Qabul muddati 6-aprelgacha uzaytirildi

Global Youth Convention: Marokashda 4 kunlik yoshlar forumi; 25 ta toʻliq grant oʻrni mavjud!

Forumda 18 yoshdan katta talabalar va istalgan soha mutaxassislari qatnashishi mumkin. Forum 2023-yil 17-20-may kunlari Marokashning Kasablanka shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Ishtirokchilar uchun 25 ta toʻliq grant oʻrni mavjud.

Forumda ayrim barqaror rivojlanish maqsadlari va boshqa mavzular muhokama qilinadi.

Grant quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Forumda bepul qatnashish
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Taklifnoma/viza yordami xati
– Mehmonxonadan xona
– Oziq-ovqat
– Forum materiallari
– Aeroportdan olib ketish va qaytarib olib borish
– Hukumat vakillari bilan tushlik

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 6-aprel, ertalabki soat 9:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-youth-convention-on-un-sustainable-development-goals/

@grantlar
👍66🔥137
Dunyoning 15-raqamli universitetida onlayn magistratura kurslarini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati!

Britaniyadagi Edinburg universiteti onlayn magistratura kurslarida oʻqishni xohlovchilarga Edinburgh Global Online Learning Masters Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Dastur doirasida 20 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini (tuition fee) toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2023-yil 6-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/edinburgh-global-online-learning-masters-scholarships/

@grantlar
👍4918🔥1
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 7500 yevrodan 16 500 yevrogacha.

Arizalar 2023-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍29🔥61
ClimateScience Olympiad 2023: 12-25 yosh boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Dubayga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 12-16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-20 yoshlilar.
– 21-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 dollar
– 2-oʻrin: 3000 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-7-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– 8-10-oʻrinlarning har biri: 500 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– Eng yaxshi 10 ta ishtirokchi Dubayda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi.
– Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.

Qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 2023-yil 20-may.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

@grantlar
👍52🔥1612
Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiya dasturi (NSP) bo'yicha mentorlik kursi darslari videolari

NSP dasturi bo'yicha bepul mentorlik kursi tashkil etgandik. Kurs darslari tugadi va darslarning videolarini kanalga joylayapmiz.

Bu videolar NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.

Quyida darslar xaritasi keltirilgan:

✔️ 1-dars: Universitet tanlash, qabul xatini olish va CV tayyorlash

✔️ 2-dars: O'quv rejasini tayyorlash (asosan bakavr va magistrlar uchun)

✔️ 3-dars: Motivatsiya xatini yozish

✔️ 4-dars: Tavsiyanoma yozish

✔️ 5-dars: Hujjatlarni topshirish va boshqa hujjatlar

Qo'shimcha:

👉 NSP dastur haqida ma'lumot va dasturga oid manbala

Tavsiya:

👉 NSP dasturiga tayyorlangan hujjatlarni tekshirib berish xizmati - xizmat shu dasturni 2 marta yutgan mutaxassis tomonidan ko'rsatiladi

@grantlar_namuna
👍375🔥5
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2023-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍4410
International Merit Postgraduate Scholarship: Britaniyada magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar; joy 125 ta!

Sheffild universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun qisman grantlar taklif etmoqda. Grantlar 2023-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun beriladi.

Grant imtiyozi: Grant kontrakt summasining 25 foizini toʻlashdan ozod qiladi. Jami 125 nafar talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-merit-postgraduate-scholarship-britaniyada-magistraturani-oqish-uchun-qisman-grantlar/

@grantlar
👍179🔥1
OSCE Akademiyasi: Iqtisod sohasida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va boshqa moddiy imtiyozlar!

Qirgʻizistonda OSCE Akademiyasi taklif etuvchi ushbu bakalavriat dasturi 4 yil davom etadi va darslar ingliz tilida boʻladi.

Jami 25 tagacha talaba qabul qilinadi va barchasiga toʻliq grant beriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta xarajati qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Viza xarajati qoplanadi
– Hamkor tashkilotlarda amaliyot imkoniyati

Arizalar 2023-yil 18-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-bachelor-of-arts-programme-in-economics/

@grantlar
👍31🔥121
Vistula University Merit Scholarship: Polshada bakalavriat va magistratura kurslari uchun 100% lik grant; joy - 70 ta!

Gantlar Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavonzlik maktabidagi ingliz tilida oʻqitiladigan istalgan bakalavriat yoki magistratura kursi uchun taqdim etiladi.

2023-2024 oʻquv yili uchun jami 70 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozi: Grantni qoʻlga kiritgan talabalar kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod etiladi.

Qabul muddatlari quyidagicha:
– 2023-yil 1-avgustgacha (2023-yil oktabrdan boshlanadigan oʻqish uchun)
– 2024-yil 15-yanvargacha (2024-yil martdan boshlanadigan oʻqish uchun)

Batafil👇
https://grantlar.uz/vistula-university-merit-scholarship-polsha/

@grantlar
👍4410
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍28🔥42
Germaniyaning Mannheim shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan festival!

Ushbu Internationale Schillertage festivali 2023-yil 22-iyundan 2-iyulgacha boʻlib oʻtadi. Nomzodlar nemis, fransuz va ingliz tillaridan birini yetarli darajada bilishi lozim.

Talabalar, sobiq va faoliyat yuritayotgan sanʼat va madaniyat sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, festivalga qiziquvchi barcha ariza berishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Safar va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Mezbon oila uyidan joy beriladi.

Arizalar 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/internationale-schillertage-festival-in-germany/

@grantlar
👍70🔥109
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2050 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (760 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1140 dollar).

Arizalar 2023-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍418
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud!

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Corporate Sustainability Reporting: Challenges & Opportunities. Yozgi maktab 2023-yil 13-27-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2023-yil 20-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
👍558