Edu.uz
175K subscribers
34.8K photos
6.71K videos
269 files
16.5K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi

🏅 “Yangi Oʻzbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi davom etmoqda

Bugun, 6-iyun kuni musobaqalarning ikkinchi kunida respublikamizning barcha hududlaridan saralangan 2 mingga yaqin talaba-sportchi sportning bir qator turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport majmuasida voleybol (qizlar), Mirzo Ulug‘bek tumani 1-son sport maktabi sport majmuasida voleybol (o‘g‘il bolalar), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida gandbol, Olimpiya shaharchasi Markaziy stadionida yengil atletika hamda Milliy futbol markazida futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174353

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 “Siz sudga chaqirildingiz” — navbatdagi firibgarlik tuzog‘i

⚠️ Telegram foydalanuvchilari yana yangi firibgarlik sxemasiga duch kelmoqda. Kiberjinoyatchilar messenjer orqali fuqarolarga go‘yoki sudga chaqirilgani haqida xabar yuborib, unga APK fayl yoki shubhali havolani ilova qilmoqda.


⚡️ Aslida esa bunday xabarlarning maqsadi — qurilmangizga zararli dastur o‘rnatish, shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish yoki bank kartalaringizga noqonuniy kirish imkoniyatini yaratishdir.

❗️Unutmang:

➡️ Sud organlari rasmiy hujjatlarni tasodifiy Telegram akkauntlari orqali yubormaydi;
➡️ Noma’lum manbalardan kelgan APK fayllarni yuklab olmang;
➡️ Shubhali havolalarga kirmang;
➡️ Har qanday xabarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

🥷 Firibgarlar usullari o‘zgarishi mumkin, ammo ularning maqsadi bitta – sizning ishonchingizdan foydalanish. Hushyor bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍2😱1
Korrupsiya qayerdan boshlanadi?


Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘lsin” degan fikrdan, kichik yon berishlardan paydo bo‘ladi.

Bugun ⚖️ adolatsizlikka ko‘z yumsak, ertaga 🚫 halollik qadrsizlanadi.
Bugun 🎙 sukut saqlasak, ertaga 🚫 ishonch yo‘qoladi.


Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo emas. Bu har bir insonning shaxsiy tanlovi.
halol ishlash;
ochiq gapirish;
qonuniy yo‘lni tanlash
– jamiyatni aynan shu qarorlar o‘zgartiradi.
🙋 Korrupsiyaga qarshi kurash o‘zimizdan boshlanadi.

👍Bugun tanlangan to‘g‘ri yo‘l – ertangi adolatli jamiyatning poydevoridir.


Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍2😁1
#Taʼziya

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos olim, iste’dodli tarjimon, publitsist, ustoz murabbiy va jamoat arbobi Ibrohim G‘afurovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari, safdoshlari hamda minglab shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Ibrohim G‘afurov o‘zining serqirra ilmiy-ijodiy faoliyati davomida o‘zbek adabiyotshunosligi, milliy tarjimachilik maktabi, publitsistika va ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan fidoyi ziyoli sifatida xalqimizning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgan edi.

Ustoz nafaqat yetuk olim va ijodkor, balki ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritib, ko‘plab yosh mutaxassislar, tadqiqotchilar va adabiyotshunos olimlarning kamol topishiga munosib hissa qo‘shdi. Uning ilmiy asarlari, adabiy-tanqidiy qarashlari va boy pedagogik tajribasi bugungi kunda ham talaba-yoshlar, ilm-fan vakillari va keng kitobxonlar jamoatchiligi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Ibrohim G‘afurov jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilib, milliy madaniyatimiz va ta’lim-tarbiya rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi. Uning merosi, ma’rifatparvarlik faoliyati va ustozlik maktabi kelgusi avlodlar uchun ham bebaho ma’naviy boylik bo‘lib qoladi.

Marhumning yorqin xotirasi, xalqimiz ma’naviyati, ilm-fani va ta’lim ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari qalblarda hamisha saqlanib qoladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
28👍5🔥5😱5🥰2
Amerika texnologiyalar universitetining ilk bitiruvchi magistrlariga diplomlar topshirildi

6-iyun kuni Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetining (AUT) ilk magistratura bitiruvchilari uchun tantanali diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, AQSHning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari Hezer Berns, universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, ota-onalar hamda xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Marosimda soʻzga chiqqan vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov bitiruvchilarni ushbu qutlugʻ kun bilan samimiy tabriklab, Amerika Texnologiyalar universiteti qisqa vaqt ichida mamlakatning eng istiqbolli oliy taʼlim tashkilotlaridan biriga aylanganini taʼkidladi.


Batafsil
: https://gov.uz/edu/news/view/174440

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍7🔥5👏2
Farg‘ona davlat universitetida maxsus davlat akkreditatsiyasi amalga oshirildi

Farg‘ona davlat universitetining 10 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilib, 8 tasi muvofiq, 2 tasi muvofiq emas deb topildi.

Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari ro‘yxati:

Bakalavriat (4 ta ta’lim dasturi):
✔️
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
✔️Mexatronika va robototexnika;
✔️Biotexnologiya;
✔️O‘simliklar himoyasi va karantini

Magistratura (4 ta ta’lim dasturi):
✔️
Jahon iqtisodiyoti;
✔️Buxgalteriya hisobi;
✔️O‘zbek tili va adabiyoti;
✔️Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti


Akkreditatsiyadan o‘tmagan ta’lim dasturlari:
✔️Veterinariya meditsinasi;
✔️Biznes huquqi


Maxsus akkreditatsiya tadbirlari 20 nafar, shu jumladan 10 nafar xorijiy ekspert tomonidan amalga oshirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17👍7
Rektorlar va matbuot kotiblari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi


6-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda 2026/2027 oʻquv yili qabul jarayonlarini tashkil etish, tizimda korrupsiyaning oldini olish, axborot siyosati samaradorligini oshirish hamda bitiruvchilar bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Yigʻilishda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va matbuot kotiblari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/174437

#Yigʻilish

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👏7👍3