Edu.uz
175K subscribers
34.8K photos
6.71K videos
269 files
16.5K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Germaniyaning startap ekotizimi va dual taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan tajribasi oʻrganilmoqda


Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida mamlakatning ilgʻor oliy taʼlim muassasalari va innovatsion markazlarida bir qator muhim uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, Potsdam universitetining Startup Service va Potsdam Transfer markazlari, Potsdam amaliy fanlar universiteti hamda Anxalt amaliy fanlar universitetida oʻtkazilgan muloqotlar oliy taʼlim, innovatsiyalar va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish borasidagi xalqaro tajribani chuqur oʻrganish imkonini berdi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174318

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi

🏅 “Yangi Oʻzbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi davom etmoqda

Bugun, 6-iyun kuni musobaqalarning ikkinchi kunida respublikamizning barcha hududlaridan saralangan 2 mingga yaqin talaba-sportchi sportning bir qator turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport majmuasida voleybol (qizlar), Mirzo Ulug‘bek tumani 1-son sport maktabi sport majmuasida voleybol (o‘g‘il bolalar), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida gandbol, Olimpiya shaharchasi Markaziy stadionida yengil atletika hamda Milliy futbol markazida futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174353

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 “Siz sudga chaqirildingiz” — navbatdagi firibgarlik tuzog‘i

⚠️ Telegram foydalanuvchilari yana yangi firibgarlik sxemasiga duch kelmoqda. Kiberjinoyatchilar messenjer orqali fuqarolarga go‘yoki sudga chaqirilgani haqida xabar yuborib, unga APK fayl yoki shubhali havolani ilova qilmoqda.


⚡️ Aslida esa bunday xabarlarning maqsadi — qurilmangizga zararli dastur o‘rnatish, shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish yoki bank kartalaringizga noqonuniy kirish imkoniyatini yaratishdir.

❗️Unutmang:

➡️ Sud organlari rasmiy hujjatlarni tasodifiy Telegram akkauntlari orqali yubormaydi;
➡️ Noma’lum manbalardan kelgan APK fayllarni yuklab olmang;
➡️ Shubhali havolalarga kirmang;
➡️ Har qanday xabarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

🥷 Firibgarlar usullari o‘zgarishi mumkin, ammo ularning maqsadi bitta – sizning ishonchingizdan foydalanish. Hushyor bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍2😱1
Korrupsiya qayerdan boshlanadi?


Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘lsin” degan fikrdan, kichik yon berishlardan paydo bo‘ladi.

Bugun ⚖️ adolatsizlikka ko‘z yumsak, ertaga 🚫 halollik qadrsizlanadi.
Bugun 🎙 sukut saqlasak, ertaga 🚫 ishonch yo‘qoladi.


Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo emas. Bu har bir insonning shaxsiy tanlovi.
halol ishlash;
ochiq gapirish;
qonuniy yo‘lni tanlash
– jamiyatni aynan shu qarorlar o‘zgartiradi.
🙋 Korrupsiyaga qarshi kurash o‘zimizdan boshlanadi.

👍Bugun tanlangan to‘g‘ri yo‘l – ertangi adolatli jamiyatning poydevoridir.


Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍2😁1
#Taʼziya

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos olim, iste’dodli tarjimon, publitsist, ustoz murabbiy va jamoat arbobi Ibrohim G‘afurovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari, safdoshlari hamda minglab shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Ibrohim G‘afurov o‘zining serqirra ilmiy-ijodiy faoliyati davomida o‘zbek adabiyotshunosligi, milliy tarjimachilik maktabi, publitsistika va ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan fidoyi ziyoli sifatida xalqimizning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgan edi.

Ustoz nafaqat yetuk olim va ijodkor, balki ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritib, ko‘plab yosh mutaxassislar, tadqiqotchilar va adabiyotshunos olimlarning kamol topishiga munosib hissa qo‘shdi. Uning ilmiy asarlari, adabiy-tanqidiy qarashlari va boy pedagogik tajribasi bugungi kunda ham talaba-yoshlar, ilm-fan vakillari va keng kitobxonlar jamoatchiligi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Ibrohim G‘afurov jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilib, milliy madaniyatimiz va ta’lim-tarbiya rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi. Uning merosi, ma’rifatparvarlik faoliyati va ustozlik maktabi kelgusi avlodlar uchun ham bebaho ma’naviy boylik bo‘lib qoladi.

Marhumning yorqin xotirasi, xalqimiz ma’naviyati, ilm-fani va ta’lim ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari qalblarda hamisha saqlanib qoladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
28👍5🔥5😱5🥰2
Amerika texnologiyalar universitetining ilk bitiruvchi magistrlariga diplomlar topshirildi

6-iyun kuni Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetining (AUT) ilk magistratura bitiruvchilari uchun tantanali diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, AQSHning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari Hezer Berns, universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, ota-onalar hamda xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Marosimda soʻzga chiqqan vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov bitiruvchilarni ushbu qutlugʻ kun bilan samimiy tabriklab, Amerika Texnologiyalar universiteti qisqa vaqt ichida mamlakatning eng istiqbolli oliy taʼlim tashkilotlaridan biriga aylanganini taʼkidladi.


Batafsil
: https://gov.uz/edu/news/view/174440

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍7🔥5👏2