Edu.uz
175K subscribers
34.7K photos
6.71K videos
269 files
16.5K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Germaniyaning startap ekotizimi va dual taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan tajribasi oʻrganilmoqda


Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida mamlakatning ilgʻor oliy taʼlim muassasalari va innovatsion markazlarida bir qator muhim uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, Potsdam universitetining Startup Service va Potsdam Transfer markazlari, Potsdam amaliy fanlar universiteti hamda Anxalt amaliy fanlar universitetida oʻtkazilgan muloqotlar oliy taʼlim, innovatsiyalar va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish borasidagi xalqaro tajribani chuqur oʻrganish imkonini berdi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174318

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi

🏅 “Yangi Oʻzbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi davom etmoqda

Bugun, 6-iyun kuni musobaqalarning ikkinchi kunida respublikamizning barcha hududlaridan saralangan 2 mingga yaqin talaba-sportchi sportning bir qator turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport majmuasida voleybol (qizlar), Mirzo Ulug‘bek tumani 1-son sport maktabi sport majmuasida voleybol (o‘g‘il bolalar), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida gandbol, Olimpiya shaharchasi Markaziy stadionida yengil atletika hamda Milliy futbol markazida futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174353

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 “Siz sudga chaqirildingiz” — navbatdagi firibgarlik tuzog‘i

⚠️ Telegram foydalanuvchilari yana yangi firibgarlik sxemasiga duch kelmoqda. Kiberjinoyatchilar messenjer orqali fuqarolarga go‘yoki sudga chaqirilgani haqida xabar yuborib, unga APK fayl yoki shubhali havolani ilova qilmoqda.


⚡️ Aslida esa bunday xabarlarning maqsadi — qurilmangizga zararli dastur o‘rnatish, shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish yoki bank kartalaringizga noqonuniy kirish imkoniyatini yaratishdir.

❗️Unutmang:

➡️ Sud organlari rasmiy hujjatlarni tasodifiy Telegram akkauntlari orqali yubormaydi;
➡️ Noma’lum manbalardan kelgan APK fayllarni yuklab olmang;
➡️ Shubhali havolalarga kirmang;
➡️ Har qanday xabarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

🥷 Firibgarlar usullari o‘zgarishi mumkin, ammo ularning maqsadi bitta – sizning ishonchingizdan foydalanish. Hushyor bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍2😱1