Edu.uz
175K subscribers
34.8K photos
6.71K videos
269 files
16.5K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_konferensiya

Namangan davlat universitetida “Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta’minlashda hududlar iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlari”mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi


Anjuman davomida milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashda hududlar iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar hududlarning mavjud imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish hamda bu boradagi dolzarb muammolarga ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.


Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Xitoy, Pokiston, Misr, Eron va Turkiya davlatlaridan kelgan olimlar hamda mutaxassislar, shuningdek, mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari ishtirok etdilar.

Batafsil: https://namdu.uz/post=1342

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7🔥6
#xalqaro_reyting

Oʻzbekiston tibbiy taʼlimi xalqaro maydonda yetakchilikni qoʻlga kiritdi

 
Hindistonning Tibbiyot fanlari milliy imtihonlar kengashi (NBEMS) tomonidan Hindistonning tibbiyot sohasidagi eng muhim litsenziyalash imtihonlaridan biri hisoblangan Foreign Medical Graduate Examination (FMGE)ning 2025-yil natijalari eʼlon qilindi.

Unga koʻra, tibbiyot sohasi boʻyicha chet ellik talabalarni tayyorlaydigan davlatlar orasida Oʻzbekiston 40,37 foizlik muvaffaqiyat koʻrsatkichi bilan dunyoda toʻrtinchi, MDH va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari oʻrtasida  birinchi oʻrinni egalladi. Hindiston fuqarolari tibbiy diplom olgan xorijiy mamlakatlar orasida Oʻzbekiston yetakchilikni qoʻlga kiritdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174352

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
6👍4
#xalqaro_hamkorlik

Germaniyaning startap ekotizimi va dual taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan tajribasi oʻrganilmoqda


Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida mamlakatning ilgʻor oliy taʼlim muassasalari va innovatsion markazlarida bir qator muhim uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, Potsdam universitetining Startup Service va Potsdam Transfer markazlari, Potsdam amaliy fanlar universiteti hamda Anxalt amaliy fanlar universitetida oʻtkazilgan muloqotlar oliy taʼlim, innovatsiyalar va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish borasidagi xalqaro tajribani chuqur oʻrganish imkonini berdi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174318

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi

🏅 “Yangi Oʻzbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi davom etmoqda

Bugun, 6-iyun kuni musobaqalarning ikkinchi kunida respublikamizning barcha hududlaridan saralangan 2 mingga yaqin talaba-sportchi sportning bir qator turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport majmuasida voleybol (qizlar), Mirzo Ulug‘bek tumani 1-son sport maktabi sport majmuasida voleybol (o‘g‘il bolalar), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida gandbol, Olimpiya shaharchasi Markaziy stadionida yengil atletika hamda Milliy futbol markazida futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174353

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍1