Снова сериалы...
Нашел возможность и уже четыре дня подряд смотрю сериал «Лучше звоните Солу» (Better Call Saul). До 3 сезона 6 серии я не знал, в чем смысл названия. Теперь всё стало на свои места.
Я заинтересовался этим сериалом почти 6 лет назад, когда посмотрел сериал «Во все тяжкие» (Breaking Bad), где была запоминающаяся сцена с этим адвокатом. Недавно вспомнив этот сериал я понял, что за этим персонажем скрывается гораздо больше, чем кажется на первый взгляд.
Сериалы — это возможность глубже погружаться в историю, наблюдать за развитием персонажей и поглощать атмосферу сюжета, чего не хватит в рилсах или коротких видео на YouTube. За короткое время невозможно передать весь эмоциональный спектр, показать сложные связи и мотивы героев. Сравнивая «Лучше звоните Солу» и «Во все тяжкие», я осознал, насколько затягивающим и увлекательным может быть этот формат, оставляющий время на осмысление и полное погружение в мир, который сложно отпустить.
Хочу напомнить, что сериал «Во все тяжкие» занимает первое место в рейтинге IMDB, что лишь подтверждает его выдающееся качество и глубокую проработку сюжета и персонажей, а «Лучше звоните Солу» — 20-ое место.
Кстати, одновременно погружался в одну увлекательную книгу, и обязательно поделюсь впечатлениями о ней позже...
#кино
@dev_story

🔥3👍2
Forwarded from REVO Global LLC
🤔Yangiligimiz bor...
🚀REVO Global jamoasidan yaqin kunlarda siz uchun ajoyib yangilik bor...
Tez kunda e'lon qilmiz, bexabar qolib ketmang!
@RevolutionGlobalLLC
🚀REVO Global jamoasidan yaqin kunlarda siz uchun ajoyib yangilik bor...
@RevolutionGlobalLLC
🔥7⚡2🤩2👍1🎉1🏆1👨💻1
Forwarded from REVO Global LLC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
REVO DAY’da choylashamiz 🫖
🚀 REVO Global kompaniyasi faoliyatining 5 yilligi munosabati IT yo‘nalishi vakillari va biznes egalari uchun REVO DAY tadbiri tashkil qilinmoqda.
💡 Ushbu tadbirda siz:
Barchangizni REVO DAY tadbirida kutib qolamiz!
🕛 5-aprel, soat 09:00 da
📍 Manzil: Urganch shahar IT park binosi
📃Ro'yxatdan o'tishni unutmang👇
➡️ RO'YXATDAN O'TISH ⬅️
@RevolutionGlobalLLC
- Mutaxassislar bilan MeetUp’larda
- 80 mln so‘mdan ortiq mukofot belgilangan REVO CUP musobaqasida hamda millionlab foydalanuvchi yig‘a olgan IT mahsulotlar va yangi loyihalar taqdimotlarida qatnashishingiz mumkin.
Barchangizni REVO DAY tadbirida kutib qolamiz!
🕛 5-aprel, soat 09:00 da
📃Ro'yxatdan o'tishni unutmang
@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤩2🔥1🎉1
Forwarded from REVO Global LLC
🏆 80 MLN so‘mdan ortiq mukofot belgilangan "REVO CUP" dasturlash musobaqasiga marhamat! 🎉
🚀 REVO Global kompaniyasi faoliyatining 5 yilligi munosabati REVO CUP - Sport dasturlash va Kiberxavfsizlik yo'nalishi bo'yicha musobaqa tashkillashtirmoqda.
Musobaqa tartibi:
Sport dasturlash: 2025-yil 29-mart, soat 20:00
Kiberxavfsizlik: 2025-yil 30-mart, soat 20:00
Sana: 2025-yil 5-aprel, soat 9:00
P.s Finalchilar har ikki yo‘nalishda ham ishtirok etishlari mumkin.
🏆 Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar:
🥇 1-o‘rin — 12 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 9 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 6 000 000 so‘m
⭐️ 4-10-o'rinlar 1 000 000 so'm
🎁 Shuningdek, ishtirokchilar uchun qo'shimcha sovg'alar va sertifikatlar mavjud.
⚠️ Ro'yxatdan o'tish 29-mart, soat 19:00da yakunlanadi!
REVO CUP'da qatnashib o'z imkoniyatlaringizni sinab ko'ring va go'liblar safidan joy olib sovrinlarga ega bo'ling!
🔗 Musobaqada qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting!
"REVO CUP" kompaniyaning 5 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilyotgan "REVO DAY" tadbiri doirasida bo'lib o'tadi.
@RevolutionGlobalLLC
Musobaqa tartibi:
🗂 Saralash bosqichi (onlayn, kep.uz platformasida):
Sport dasturlash: 2025-yil 29-mart, soat 20:00
Kiberxavfsizlik: 2025-yil 30-mart, soat 20:00
🏁 Final bosqichi (oflayn, Urganch shahri, IT park binosi):
Sana: 2025-yil 5-aprel, soat 9:00
P.s Finalchilar har ikki yo‘nalishda ham ishtirok etishlari mumkin.
🥇 1-o‘rin — 12 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 9 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 6 000 000 so‘m
🎁 Shuningdek, ishtirokchilar uchun qo'shimcha sovg'alar va sertifikatlar mavjud.
⚠️ Ro'yxatdan o'tish 29-mart, soat 19:00da yakunlanadi!
REVO CUP'da qatnashib o'z imkoniyatlaringizni sinab ko'ring va go'liblar safidan joy olib sovrinlarga ega bo'ling!
🔗 Musobaqada qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting!
"REVO CUP" kompaniyaning 5 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilyotgan "REVO DAY" tadbiri doirasida bo'lib o'tadi.
@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4⚡2🎉2🔥1🥰1
REVO DAY 2025: Jamoa kuchi, qadriyatlar va texnologiyalar bayrami
5-6 aprel kunlari Urganch shahridagi bo‘lib o‘tgan REVO DAY 2025 tadbirini muvaffaqiyatli yakunladik! Ushbu tadbir kompaniyamizning 5 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi va, ishonch bilan aytishim mumkinki, O‘zbekiston IT hamjamiyatidagi xususiy sektor tashabbusi asosida o‘tkazilgan eng yirik texno-uchrashuvlardan biriga aylandi.
REVO DAY 2025 doirasida:
- Mutaxassislar bilan MeetUp sessiyalari: IT sohasining faol vakillari — loyiha boshqaruvi, startup rivoji, texnik yetakchilik, dizayn va boshqa yo‘nalishlardagi tajribali mutaxassislar o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishishdi.. Azimjon, G'ayratbek, Zafar, Shavkatbek, Abdusamad, Abduqodir — sizlarga alohida rahmat! O'ylaymanki tashrif buyurgan har bir mehmon uchun bu chiqishlar nafaqat bilim, balki yangi fikrlar va motivatsiya manbaiga aylandi.
- REVO CUP 2025 IT musobaqalari: Sport dasturlash (Competitive Programming) va kiberxavfsizlik (CTF) yo‘nalishlarida qizg‘in va kuchli raqobatga boy musobaqalar tashkil qilindi. 80 million so‘mdan ortiq mukofot jamg‘armasi g‘olib va sovrindorlarga topshirildi. Nazarbek, Husayn va Ilhomjon — sizlar qilgan tashkiliy ishlar musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazishga imkon berdi. Tashakkur!
- REVO CUP 2025 futbol musobaqasi: IT va fintech kompaniyalari o‘rtasidagi futbol turniri bo'lib o'tdi. Musobaqada yetakchi kompaniyalar jamoalari ishtirok etib, sog‘lom raqobat va do‘stona aloqalarni mustahkamlashdi. Uzoq-yaqindan kelgan barcha jamoalarga — sizlarning ishtirokingiz bu tadbirga jon, harakat va bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Rahmat!
Xususiy sektor kompaniyalari orasida bunday keng ko‘lamli va mazmunli tadbirni birinchilardan bo‘lib tashkil etganimizdan faxrlanamiz. Bu orqali biz nafaqat REVO jamoasining salohiyatini, balki mamlakatimizdagi IT madaniyatiga bo‘lgan e’tiborimizni, sadoqatimizni va unga hissa qo‘shishga tayyor ekanligimizni ko‘rsatdik.
Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida yelkadosh bo‘lgan hamkorlarimiz — TezPay, Asaxiy va IT Park Xorazm filialiga alohida minnatdorchilik bildiraman.
Eng katta tashakkur esa, albatta, REVO jamoasiga! Sizlarning tashkilotchilik, jamoaviy mas’uliyat va yurakdan ishlangan mehnat tufayli tadbir rejamizdan ham ortiq bo‘ldi! Biz faqat texnologiya emas, jamoa bilan yutamiz!
Bu faqat boshlanishi — oldinda bizni yanada katta rejalar, yangi g‘oyalar va tarix yozishga arzigulik imkoniyatlar kutmoqda!
#REVO
@dev_story
Barqaror rivojlanish – kuchli jamoa, mustahkam qadriyatlar va ulkan g‘oyalar bilan boshlanadi. REVO DAY 2025 aynan shu tamoyillarning yorqin namunasidir.

🔥16🎉8❤6⚡3🍾3👍2
Forwarded from Mobilchi Uz
Xorazm viloyati IT Park binosida bo'lib o'tgan REVO DAY musobaqasi ajoyib bo'ldi.
Musobaqa kun davomida turli xildagi qiziqarli suxbatlarga boy bo'lib o'tdi.
Mutaxasislar tomonidan soxa yuzasidan zo'r mavzularda ma'lumotlar berildi.
REVO DAY men kutganimdanda a'lo bo'ldi. Tadbirda kamina ham "Mobil ilovalar ishlab chiqishda xavsizlik" mavzusida nutq so'zladi.
Kun tavfsilotlari bilan @RevolutionGlobalLLC rasmiy telegram kanalida tanishishingiz mumkin.
Tadbirda biz jamoamiz bilan tashkilotchi sifatida qatnashdik. Tadbir baxonasida Urganch shahrida 4 kun bo'ldik va Xorazm xalqining samimiy mexmondo'st xalq ekaniga guvoh bo'ldik.
Tadbirdan olgan xulosam shuki siz qaysi ishxonada va qayerda ishlashingizdan qa'tiy nazar jamoani birlashtirib turuvchi narsa o'zaro bir birini tushunib ishlashdan tashqari ana shunday eventlar ham bo'lib turishi nihoyatda kerakli ekan.

❤8👍6🔥2
Forwarded from REVO Global LLC
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5-6 aprel kunlari Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan REVO DAY 2025 tadbirini muvaffaqiyatli yakunlandi! Ushbu tadbir REVO Global kompaniyasining 5 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi.
📌REVO DAY tadbiri davomida:
- Mutaxassislar bilan MeetUp’lar;
- Millionlab foydalanuvchilarni jalb qila olgan IT mahsulotlardagi foydali keyslar tahlili ;
- 80 000 000 so‘m mukofotga ega REVO CUP dasturlash musobaqasi;
- REVO CUP 2025 futbol musobaqalari tashkil etilib, jamoalar va ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stona aloqalar mustahkamlandi.
REVO DAY 2025 tadbiridan foto suratlarni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin 👇
______
Ushbu tadbirni tashkil etishda yaqindan moliyaviy va amaliy yordam bergan homiylarga, TezPay, Asaxiy, KEP.uz va IT Park Xorazm filialiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!
@RevolutionGlobalLLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍5❤4
Hozir Budapeshtdan Vena tomon ketayapman. Yo‘l bo‘yi faqat klassik musiqa eshitayapman - Vivaldi, Debussy, Rachmaninov, Schumann, Chopin… Ushbu 3 soat vaqt ichida Yevropada emas, o’z ichki olamimda sayohatda yurdim desam ham bo’ladi. Har bir klassik musiqa - his-tuyg‘ular, voqealar va xotiralar tilida yozilgan hayotning o‘zi men uchun.
Venaga yaqinlashayapman. U yerda musiqa tug‘ilgan, Mozart va Bethoven kabi legendalar ushbu shaxarda yashab ijod qilgan, shu shaxarda jon bergan. O’ziga xos kun bo’lyapti…
#thoughts

👍17🔥8❤4⚡3🍾3👨💻1
Yevropaning aynan shu jihatini yaxshi ko‘raman: Rossiyadagidek ko‘chada “проверка документов” degan gap yo‘q. Hatto aeroportda ham hech kim hujjatingni so‘ramaydi. Biletni olding, online check-in qilding, ryukzakingni rentgenga qo‘yding - tamom, yo‘l ochiq!
Hozir Vena shahridan Venetsiyaga uchish uchun aeroportdaman. Vena o‘zi menga birgina kartoshka salati tufayli “keldi-ketdi” joydek tuyulgandi. O’tgan safar ham birrovga salay yeyishga kirib o’tgandim holos ;) Boshida biroz zerikarli ko‘ringan bo‘lsa-da, “yana kelarmiding?” deyishsa, hech ikkilanmasdan “ha” deyman. Avstriya poytaxti xotiramda rassomchilik, musiqa va teatrning betakror markazi sifatida qoldi.
O‘tgan safar Yevropaga sayohatimda Venetsiyaga mashina bilan borib bo’lmasligi sabab uni o‘tkazib yuborgandim. Bu safar esa - nasib qilsa - u yerda meni ko‘plab yangi hissiyotlar kutyapti…
Ps: bu safar instagramga story qo’yishni ilojisi yo’q, biletim elektron ko’rinishda 🙂

🔥15👍3😁3⚡1👨💻1
Va nihoyat, yana bir yilni yakunladik.
Shunday gap bor: “нельзя верить чувствам - цифрам нужно”. Aynan shu tamoyilga tayanib yilni shu kunga kelibgina (post 15-yanvar kuni yozilishni boshlagan) yakunladik. Chunki haqiqiy yakun - bu his-tuyg‘ular emas, balki hisobotlar, soliqlar, xarajatlar va aniq raqamlar orqali ko‘rinadi va shundan keyingina yilni qanday o‘tkazganimizni real baholash mumkin.
2025 yil REVO jamoasi uchun boy berilmagan imkoniyatlar, sinovlar va muhim qarorlar yili bo‘ldi. Yilni kompaniyamizning 5 yilligini nishonlash bilan boshladik. Yil davomida jamoamiz taxminan 40% ga kengaydi. Oldimizga qo‘yilgan asosiy maqsadlardan biri - ish jarayonlarini yanada tizimlashtirish edi va bu borada bir nechta muhim bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tdik.
Ko‘pdan beri ishlab chiqilayotgan avtomato.uz startapini nihoyat ishga tushirdik va yil oxiriga kelib loyiha oylik daromadi deyarli shu oy xarajatlarini qoplaydigan darajaga yetdi. Bundan tashqari, yil davomida yana 3 ta turli yo‘nalishdagi loyihalarga start berdik va ulardan 2 tasini yil yakuniga qadar deyarli MVP bosqichiga olib chiqdik (ularni 2026 yilning 1-chi va 2-chi kvartalida ommaga taqdim etish rejalashtirilgan).
2025 yil davomida Toshkent va Urganch shaharlaridagi ofislarimizni kattaroq, qulayroq va jamoa uchun yanada shinam bo‘lgan yangi ofislarga ko‘chirdik. Eng muhim qadamlardan biri esa - global miqyosga chiqish yo‘lida Qatarda RevoTech LLC kompaniyasini ochganimiz bo‘ldi. Ishonamizki, aynan shu yangi “challenge” orqali xalqaro bozorda ham yangi loyihalar bilan o‘z o‘rnimizni topa olamiz.
Umuman olganda, 2025 yil yomon o‘tmadi. Ammo mendan “2025 yilni bir so‘z bilan ifodalab ber” deb so‘rashsa, hech ikkilanmay hamma sohada “remont” yili bo‘ldi, deb javob berardim 🙂. Haqiqiy “remont”lardan tashqari ichki jarayonlar, tizimlar, jamoa va fikrlash tarzini qayta yig‘ish, mustahkamlash bilan o‘tdi.
2026 yil boshlanishi bilan jamoamiz yana kengaya boshladi. Yanvar oyining o‘zidayoq 2 nafar yangi jamoa a’zosi REVO safiga qo‘shildi (2 si ham ICPC olimpiadalari o'z davri legendasi). Bu yilga rejalarimiz yanada katta: jamoa ish uslubini yanada yaxshilash, jarayonlarni chuqurroq tizimlashtirish, yangi mahsulot va startaplarni ishga tushirish, mavjud loyihalarni esa keyingi bosqichga olib chiqish.
2026 yil biz uchun o‘sish, masshtablash va global fikrlash yili bo‘lishi kerak. Kamroq shovqin, ko‘proq natija. Kamroq gap, ko‘proq bajarilgan ishlar. Oldinda qilinadigan ishlar ko‘p, yo‘nalish aniq. Har bir yangi qadam - kechagi tajribaga tayanib, bugungi imkoniyatlardan foydalanib, ertangi natija uchun tashlanadi.
Yangi yilga katta umidlar, aniq rejalar va kuchli jamoa bilan kirib kelyapmiz. Oldinda yanada qiziqarli yo‘l bor 🚀🚀🚀

🔥16❤9🏆7👏3⚡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biznesda har doim hisob-kitob va optimizatsiya muhim. Lekin oila masalasida buxgalteriya ojiz…
Ish, loyihalar va biznes kutib turadi. Lekin bolalarning bolaligi kutmaydi. Ular dengizni sog'inganda, narxlar va jadvallar ikkinchi darajaga tushar ekan. Ish jarayonidan kichik tanaffus olib, quvvat yig'ib kelamiz. 🔋
Ps: video hazil tariqasida olindi…

😁11❤7👍6🤣4🔥2💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zan strategik rejalashtirish mana shunday ko'rinadi. 🗺️😎
Yaxshi ishlash uchun — yaxshi dam ham kerak.
Keyingi bekat: Langkawi, Malayziya 🇲🇾
Ps: video hazil tariqasida olindi…
@dev_story
Yaxshi ishlash uchun — yaxshi dam ham kerak.
Keyingi bekat: Langkawi, Malayziya 🇲🇾
Ps: video hazil tariqasida olindi…
@dev_story
👍6😁6🔥5🕊4❤2🤣2
Pingvin bo‘lmang!
Ijtimoiy tarmoqlarda podasidan ajralib, yolg‘iz ketayotgan pingvin videosi katta trendga aylandi. Ko'pchilik buni o‘ziga xoslik va kuchli xarakter deb o‘ylab, o‘zlariga namuna qilishmoqda.
Lekin mening fikrimcha, "yolg‘iz pingvin" trendi – bu shunchaki qochish. Bu muammolardan berkinish va kurash maydonini tark etishdir.
Haqiqiy va hozirgi davr uchun zarur xarakter – bu Medoyed (Asalxo‘r bo‘rsiq) yoki Rosomaxa xarakteridir. Ular o‘zidan 10 barobar katta dushmanga ham tik boqadilar. Arilar talaydimi, ilon zaharlaydimi – farqi yo‘q. Ular og‘riqni yengib, baribir yana jangga kirishadilar. Ularning terisi qalin, ruhi esa sinmas.
Biznesda, ishda va hayotda ham xuddi shunday "qalin teri" va so’nmas “dux” kerak. Tanqidlar, qiyinchiliklar va inqirozlar – bularning barchasi xuddi ari chaqishi kabi: og‘riqli, lekin o‘ldirmaydi. Qiyinchilik kelganda pingvin kabi muzlikka qochmang. Medoyed va rosomaxa kabi muammoga tik boring va o‘z haqqingizni oling!
Medoyed haqida: https://www.youtube.com/watch?v=p1G8sE09VGo
Rosomaxa haqida: https://www.youtube.com/watch?v=74KGQEBQ61c
#имхо

🔥13❤4👏4🤣1