O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
21.4K subscribers
41.9K photos
8.85K videos
82 files
14.4K links
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook.com/UZDBQ
Download Telegram
Farg'onada aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlari qizg'in davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 15-yanvardan Fargʻonada aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayon aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati, demografik koʻrsatkichlari hamda qishloq xoʻjaligi resurslari haqida aniq va ishonchli maʼlumotlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ushbu jarayonlarning borishi hamda hududlarda tashkil etilgan shtablar faoliyatini oʻrganish maqsadida Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari O.Ibragimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshloq tumanidagi “Axshak” mahallasida hamda tuman hokimligida tashkil etilgan shtabda, shuningdek Quva tumanidagi mahallalarda roʻyxatga olish jarayonlarining borishi, shtablar faoliyati oʻrganilib, tadbirlarning sifatli oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish natijalarining haqqoniy va ishonchli bo‘lishi bevosita ma’lumotlarni yig‘ish hamda tizimga kiritish jarayonining sifatiga bog‘liqligi tushuntirildi. Fuqarolarga savolnomalarni to‘ldirishda amaliy ko‘mak berish, yuzaga kelayotgan savollarga tezkor javob qaytarish hamda texnik muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, ro‘yxatga olish ishlari sust kechayotgan hamda ma’lumotlar kiritilishida muammolar kuzatilayotgan ayrim mahallalarda ishlarni jadallashtirish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi. Mas’ul shaxslarga mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, xonadonma-xonadon tushuntirish ishlarini kuchaytirish, targ‘ibot tadbirlarini faollashtirish hamda jarayon ustidan doimiy monitoring olib borish vazifalari yuklatildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda xorijiy investorlarning loyihalari bilan tanishdi, yangi loyihalarning faoliyati va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с выставкой продукции Сурхандарьинской области и проектами иностранных инвесторов, а также принял участие в церемонии ввода в строй и запуска строительства новых проектов.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #loyihalar

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
#yoshlar_kuni

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i F.Artikov Zomin tumanidagi “Beshkubi” va “Yuksalish” mahallalarida og‘ir toifadagi yoshlar bilan
uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 24-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi e’lon qilindi. Ushbu tashabbus yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va ularning muammolarini joyida hal etishga xizmat qiladi.

Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i F. Artikov boshchiligidagi ishchi guruhga Zomin tumanidagi “Beshkubi” va “Yuksalish” mahallalarida yashovchi 20 nafar og‘ir toifadagi ishsiz yoshlar biriktirildi. Bugungi kunda “Beshkubi” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mazkur yoshlarning asosiy muammosi ish bilan ta’minlanmagani, kasb-hunarga ega emasligi yoki mavjud ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyati cheklangani aniqlandi. Ayrim yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan bo‘lsa-da, moliyaviy manbalar va imtiyozlar haqida yetarli ma’lumotga ega emasligi ma’lum bo‘ldi.

Har bir yosh bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, ularni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlari tushuntirildi.


Mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, tadbirkorlikka qiziqish bildirgan yoshlarga davlat tomonidan yaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.