O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
21.3K subscribers
40.9K photos
8.64K videos
81 files
14.2K links
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook.com/UZDBQ
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar. Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Премьер-министр Исламской Республики Пакистан Шахбаз Шариф подписали Совместную декларацию. В присутствии лидеров состоялся обмен двусторонними документами.

#Mirziyoyev #tashrif #Pokiston #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvonlarini berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Состоялась церемония присвоения Президенту Республики Узбекистан Шавкату Мирзиёеву почетных званий доктора и профессора Национального университета науки и технологий Пакистана.

#Mirziyoyev #tashrif #Pokiston #unvon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Samimiylik va adolat har qanday fazilatning asosidir.

Konfutsiy
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

2001-yil 6-fevral –
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha kiritildi. Hujjat 2016-yil 21-aprelda kuchini yoʻqotdi.

2013-yil 6-fevral – Eksport-import yuklarini bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar vakolatli organlar va bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis tomonidan “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish hamda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali bojxona organiga elektron shaklda taqdim etilishi mumkinligi belgilandi.

2014-yil 6-fevral – 2014-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi faqat biometrik pasportlar boʻyicha amalga oshirilishi belgilandi.

2018-yil 6-fevral – Jismoniy shaxs tomonidan respublikaga olib kiriladigan, bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan tovarlarning chegaralangan normalari tasdiqlandi. Normalar 2025-yil 3-mayga qadar amal qildi.

2018-yil 6-fevral – Respublikaning tarixiy shaharlarida bojsiz savdo doʻkonlar (Duty Free) faoliyatini tashkil etish hamda xalqaro aeroportlarda sotib olingan “Tax Free” tizimi isteʼmol tovarlariga qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi qaytarish mexanizmini joriy etish belgilandi.

2020-yil 6-fevral – Samarqand viloyatida murakkab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish investitsiyaviy loyihani amalga oshirish doirasida 2023-yil 1-fevralga qadar bojxona imtiyozlari taqdim etildi.

2023-yil 6-fevral – Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida imtiyozli savdo toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi va Bojxona qoʻmitasi ham ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilandi.

2025-yil 6-fevral – Oldindan haqi toʻlanmasdan, akkreditiv ochilmasdan, bank kafolati rasmiylashtirilmasdan va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan xorijiy valyutaga eksport qilish boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar roʻyxatidan neft xom ashyosi, gaz kondensati, neft mahsulotlari chiqarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori

Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 690-летия со дня рождения великого государственного деятеля и полководца, покровителя науки, культуры и искусства Сахибкирана Амира Темура"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bundan roppa rosa bir yil avval ushbu sanada O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tasdiqlangan edi.

Kecha esa Islomobodda mazkur bitimga yangi tovarlar ro‘yxatini kiritish haqida bayonnoma imzolandi.