O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
21.3K subscribers
40.9K photos
8.63K videos
81 files
14.2K links
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook.com/UZDBQ
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Пекин шаҳрига расмий ташриф доирасида Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тантанали тадбирда иштирок этди.

В рамках программы официального визита в город Пекин Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественном мероприятии в честь 80-й годовщины Победы во Второй мировой войне.

#Mirziyoyev #tashrif #marosim #Galaba

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Diqqat, e’lon!

Hurmatli fuqarolar, tashuvchilar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari!

Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo'mitasining ma'lum qilishicha, “Tajen” (O‘zbekiston Respublikasining “Dovut-ota” chegara bojxona postiga tutash) chegara o‘tkazish punkti orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati bo‘yicha joriy yil 1 fevral sanasidan kiritilgan cheklovlar 2025-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi.

Cheklov muddatining uzaytirilishi mazkur oʻtkazish punktlarida ikkinchi bosqich qurilish ishlari, xususan, ma’muriy binolarda kapital ta’mirlash hamda yoʻl qoplamalarida betonlash ishlari olib borilayotganligi sababli Qozog‘iston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy etilmoqda.

Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari “Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovut ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti orqali harakatni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun "Qoraqalpog‘iston" temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali “Nukus-Beyneu” yoʻnalishida qoʻshimcha yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilganligini ma'lum qilamiz.
Внимание, объявление!

Уважаемые граждане, перевозчики и участники внешнеэкономической деятельности!

По сообщению Комитета государственных доходов Министерства финансов Республики Казахстан, ограничения на перемещение физических лиц, легковых автомобилей, автобусов и грузовых автомобилей с разрешенной максимальной массой не более 3,5 тонн через пограничный пункт пропуска "Тажен" (прилегающий к приграничному таможенному посту Республики Узбекистан "Даут-ата") продлены с 1 февраля текущего года до 31 декабря 2025 года.

Продление срока ограничения вводится Республикой Казахстан в целях обеспечения безопасности физических лиц и транспортных средств, ускорения строительных и реконструкционных работ в связи с проведением второго этапа строительных работ в данных пунктах пропуска, в частности, капитального ремонта административных зданий и бетонирования дорожных покрытий.

Грузовые автомобили с разрешенной максимальной массой более 3,5 тонн могут осуществлять движение через пограничный пункт пропуска "Тажен" (Казахстан) - "Даут-ата" (Узбекистан).

Также сообщаем, что для физических лиц налажено движение дополнительных пассажирских поездов по маршруту "Нукус-Бейнеу" через железнодорожный пункт пропуска "Каракалпакстан".
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bojxonachilar keksalar holidan xabar olishdi

12:00 03.09.2025

#Samarqand viloyati

😎 Telegram 😎 Instagram ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentyabrdagi “Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashni yanada soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 555-son qarori tasdiqlandi.


✔️ Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

➡️"Bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizom;

➡️ Bojxona hududida va hududidan tashqarida qayta ishlash taqiqlangan tovarlar ro‘yxati (tranzit olib o‘tilishi va olib chiqilishi ta’qiqlangan tovarlar, uran va boshqa radioaktiv moddalar, kaolin va kvars qumi);

✔️Hujjatga ko‘ra:

➡️olib kelinadigan chet el tovarlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish obyektiga olib ketishga ruxsat berildi;

➡️ "Bojxona hududida qayta ishlash" rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan “kooperatsiya tartibida” chuqurroq qayta ishlash uchun "bojxona hududida qayta ishlash" rejimiga joylashtirishga ruxsat berildi;

➡️ birinchi mahalliy qayta ishlovchiga chet eldan xomashyo sotib olib, qayta ishlangan mahsulotlarni kooperatsiya tartibida chuqurroq qayta ishlash maqsadida ikkinchi mahalliy qayta ishlovchiga hisob-faktura asosida sotish huquqi berildi.

@customschannel
Hududlardan xabarlar

Buxoro viloyatidagi korxonalardan biri "bojxona hududida qayta ishlash” rejimidan foydalangan holda 700 ming AQSh dollari qiymatidagi mahsulotlarni eksport qildi.

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida joylashgan tekstil korxonasi 350 nafardan ortiq mahalliy aholini ish bilan taʼminlab kelmoqda.

Samarqand viloyatida tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi Ishchi guruhi Kegeyli tumanida quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrgandi. Shuningdek, bojxona masʼullari Toʻrtko'l tumanidagi shisha idishlarini ishlab chiqaruvchi korxonada boʻlishdi.

Jizzaxda investitsion loyihalar asosida olib kelingan texnologik asbob-uskunalarni ishga tushirish jarayonlari muntazam oʻrganib borilmoqda.

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi tektil korxonasida navbatdagi targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi.

Andijon viloyati bojxonachilari har xil turdagi poyabzallar ishlab chiqaruvchi korxonada sayyor uchrashuv oʻtkazishdi.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashdi.

Surxondaryoda yengil atletika sport turlari boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.