O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
21.3K subscribers
40.9K photos
8.64K videos
81 files
14.2K links
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook.com/UZDBQ
Download Telegram
#ijtimoiyfaol
Bojxona institutida yangi oʻquv yili “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

Institutning Maʼnaviyat va yoshlar tarbiyasi markazi boshligʻi B.Mardonov tomonidan olib borilgan darsda mustaqillikning tarixiy mohiyati, unga erishish uchun mardonavor kurashgan, ozod va obod vatanda farovon hayot kechirishni orzu qilgan ota-bobolarimiz hamda buyuk shaxslarimizning fidokorona mehnatlariga alohida to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, oʻtgan 34 yillik tariximiz davomida qoʻlga kiritilgan yutuqlar, tarixiy natijalar va amalga oshirilgan islohotlar haqida o'zaro fikr-mulohazalar bildirildi.

Ushbu jarayonda kursantlarga Vatanimizning har bir goʻshasidagi yangilanish, yuksalish, milliy tiklanish va maʼnaviy uygʻonish jarayonlari – bu Uchinchi Renessansning amaldagi yorqin ifodasi ekanligi ta’kidlandi.
Hududlardan xabarlar

Bugun respublikamiz boʻylab yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilgan "Birinchi qoʻngʻiroq" tadbirlarida bojxona xodimlari ham faol ishtirok etishdi.


Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ixtisoslashtirilgan ijod maktabining bir guruh faol oʻquvchilari taqdirlandi.

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasiga biriktirilgan 13-sonli maktabda ham “Bilimlar kuni” va yangi oʻquv yili tantanali nishonlandi.

Buxoro viloyati bojxonachilari 30-sonli maktabda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida boʻlib oʻtgan tadbirda ishtirok etib, oʻquvchilarni yangi oʻquv yili bilan tabriklashdi.

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yana bir maktab “Bilimlar kuni” va yangi oʻquv yilida oʻquvchilar uchun oʻz eshiklarini ochdi.

Andijon shahridagi yangi 57-sonli yangi maktab ham tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Bojxona institutining harbiy orkestr jamoasi Chilonzor tumanidagi 200-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi oʻquvchilariga bayramona kayfiyat ulashishdi.
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Munosib xulqli kishi so‘zlarni shoshilmasdan so‘ylagani ma’qul va ishlarni jadal ado etmog‘i afzal.

Konfutsiy
#bojxonada_kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

2009-yil 3-sentyabr - O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning cheklangan normalariga o‘zgartirish kiritildi. Hujjatga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirishning cheklangan meyorlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidan jismoniy shaxslar manziliga keladigan tovarlardan (xalqaro pochta jo‘natmalari bundan mustasno) hamda jismoniy shaxslar tomonidan chegaradosh davlatlar hududidan olib kiriladigan import iste’mol tovarlaridan tashqari barcha tovarlarga nisbatan tatbiq etilishi belgilandi. Hujjat 2018-yil 13-aperlga qadar amal qildi.

2014-yil 3-sentyabr - Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Hujjatga ko‘ra, tovarlar elektron shaklda deklaratsiya qilinganda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, bojxona organlari tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasi (BUD) qog‘ozda chop etilmasligi va uning qog‘oz shaklidagi nusxalari tasdiqlanmasligi belgilandi. Hujjat 2016-yil 21-aprelga qadar amal qildi.

2023-yil 3-sentyabr - Bojxona xodimi Sardor Akbarov Malayziyada taekvando bo‘yicha musobaqada 80 kg vazn toifasida Jahon kubogini qo‘lga kiritdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга Пекин шаҳрида ўтаётган Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тантанали тадбирларда иштирок этмоқда.

Президент Шавкат Мирзиёев вместе с супругой участвует в торжественных мероприятиях в честь 80-летия Победы во Второй мировой войне, проходящих в Пекине.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Пекин шаҳрига расмий ташриф доирасида Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тантанали тадбирда иштирок этди.

В рамках программы официального визита в город Пекин Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественном мероприятии в честь 80-й годовщины Победы во Второй мировой войне.

#Mirziyoyev #tashrif #marosim #Galaba

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Diqqat, e’lon!

Hurmatli fuqarolar, tashuvchilar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari!

Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo'mitasining ma'lum qilishicha, “Tajen” (O‘zbekiston Respublikasining “Dovut-ota” chegara bojxona postiga tutash) chegara o‘tkazish punkti orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati bo‘yicha joriy yil 1 fevral sanasidan kiritilgan cheklovlar 2025-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi.

Cheklov muddatining uzaytirilishi mazkur oʻtkazish punktlarida ikkinchi bosqich qurilish ishlari, xususan, ma’muriy binolarda kapital ta’mirlash hamda yoʻl qoplamalarida betonlash ishlari olib borilayotganligi sababli Qozog‘iston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy etilmoqda.

Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari “Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovut ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti orqali harakatni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun "Qoraqalpog‘iston" temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali “Nukus-Beyneu” yoʻnalishida qoʻshimcha yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilganligini ma'lum qilamiz.