Atributiv hato amalda....
A’rof surasining 131-oyatini o‘qir ekanman, beixtiyor psixologiyadagi “atributiv xato” tushunchasi yodimga tushdi. Qanchalik hayratlanarliki, Alloh inson tafakkuridagi bu mexanizmni psixologlar uni ilmiy tushuncha sifatida shakllantirishidan ancha oldin tasvirlab bergan.
Alloh shunday kishilar haqida aytadiki, ularga biror yaxshilik yetib kelganda: «Biz bunga haqdormiz», deydilar, ya’ni muvaffaqiyatni o‘zlariga va o‘zlarining “to’g’ri qarorlariga” bog‘laydilar. Ammo ularga biror musibat yetganda, uni Muso (alayhissalom) va uning yonidagilar bilan bog‘laydilar, ya’ni barcha mas’uliyatni boshqalarga yuklaydilar.
Bu aynan bugun atributiv xato deb ataladigan holatdir. Biz muvaffaqiyatni o‘z fazilatlarimiz, aqlimiz, strategiyamiz va uzoqni ko‘ra bilishimiz bilan izohlashga moyilmiz. Ammo muvaffaqiyatsizliklar va salbiyliklarni tashqi omillar, atrofdagilar, rahbar yoki xodimlar, noqulay sharoit yoki vaqt bilan tushuntiramiz. Bu mantiq tabiiydek tuyuladi, ammo aynan u insonni tafakkur qilish, o‘rganish va xulosa chiqarish qobiliyatidan mahrum qiladi.
Hayotda va biznesda bu holat ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Ishlar yaxshi ketayotganida, rahbar hamma narsa uning qarashi va tasavvuri tufayli bo‘layotganiga ishonadi. Ammo pasayish yoki zararlar boshlanganda, u aybdor izlaydi: jamoa sust bo‘lib chiqdi, bozor o‘zgardi, qoidalar qat’iylashdi. Juda kam hollarda inson o‘ziga nisbatan xolis savol beradi: mening biznes strategiya va modelim barqarormi, risklarni hisobga oldimmi, tizimni va biznes jarayonlarini to‘g‘ri qurdimmi va hkz ?
Bu oyat faqat o‘tmishdagi odamlarning xatosini eslatib qolmaydi. U yetakchilik va mas’uliyatdagi chuqur muammoni ochib beradi. Inson yaxshilikni o‘ziga yozib, sinov va qyinchiliklarni tashqi omillar bilan izohlasa, u sabab–oqibat bog‘liqligini yo‘qotadi. Haqiqiy sabablarni ko‘rmagan odam qarorlarini qayta ko‘rib chiqmaydi, va holatni tuzatmaydi. Natijada u harakatda bo‘lgandek ko‘rinsa-da, aslida bir joyda qolib ketaveradi.
Shu bois, bu oyat ustida tafakkur qilar ekanmiz, beixtiyor paydo bo‘ladigan fikr: agar sizga atrofingizdagilar (masalan xodimlaringiz, yaqinlaringiz) “ergashishni bilmaydi”dek tuyulsa, demak muammo faqat ularda emas. Ko‘pincha bu siz yetakchilik qila olmayotganingizni anglatadi.
Alloh bizni chuqurroq tafakkurga chorlaydi. Yaxshilik ham, sinov ham Undan keladi (keyingi oyatlar aynan shuni ta’kidlaydi). Insonning vazifasi esa qulay bahonalar izlash emas, balki o‘z amallarini, qarorlarini va mas’uliyatini ochiq ko’z bilan tahlil qilishdir. O‘sish aynan shu yerda boshlanadi - hayotda ham, biznesda ham, jamiyatda ham.
@chiroylimoliya Firaun va atributivv hato...

1👍19🔥13
Daromad shov-shuvdan emas, to‘g‘ri aktiv tanlovi va diversifikatsiyadan keladi.
2025-yil boshida $10,000 kiritilganida turli aktivlar qanday natija berganini ko‘ring:
Agar 2025-yil boshida har bir aktivga $10,000 sarmoya kiritilganida, hozirgi qiymat:
Kumush - $24,000 bo'lar edi
Oltin - $16,800
Nvidia aksiyalari - $13,550
Halol investitsion depozit - $12,900 (UZS 8% mustahkamlanishini hisobga olgan holda)
Nasdaq - $12,000
S&P 500 - $11,600
BTC - $9,400
Xulosa
Bir xil kapital, mutlaqo turli natijalar.
@chiroylimoliya daromad his-tuyg‘ular emas, balki aktiv turi, tuzilma va investitsion strategiya orqali belgilanadi.
Sizning kapitalingiz qanchaga (nechi %-ga) o'zgardi 2025-yilda?

👍16🔥15🤔1
Assalomu alaykum,
2025 yilda dollar so‘mga nisbatan zaiflashdi: yil boshida ≈12 950 atrofida bo‘lgan kurs yil oxiriga kelib ≈12 000 ga tushdi. Shunga o‘xshash harakatlar boshqa ayrim valyutalarda ham kuzatildi. Shu fon ortidan “dollar vaqti tugadi” degan gaplar paydo bo‘ldi. Ammo bu xulosa noto‘g‘ri.
Dollar tizim sifatida emas, balki boshqa fiat valyutalarga nisbatan zaiflashdi. Hali ham dollarga to‘liq o‘rinbosar yo‘q. Sabablari quyidagicha:
1️⃣ Jahon savdosining katta qismi hali ham dollarda amalga oshadi: xomashyo, logistika, moliya. "Zaxira valyuta" maqomini yo'q qilish bayonotlar bilan emas, o‘n yillab vaqt oladi.
2️⃣ AQSh kapital va moliyaviy bozorining chuqurligi va likvidligi noyob. Na yevro, na yuan bunga tenglasha olmaydi.
3️⃣ Dunyoning eng yirik korporatsiyalari narxlarni dollarda belgilaydi. Global tranzaksiyalar zanjiri USDga bog‘langan.
4️⃣ Yuan muqobil bo‘la olmaydi. U erkin konvertatsiya qilinmaydi, kapital harakati cheklangan, qolaversa Xitoyga kuchli yuan kerak emas: eksport modeli valyutani nazorat qilishni talab qiladi.
Xalqaro zaxiralarda dollar ulushi sekin, ammo barqaror ravishda kamaymoqda. Markaziy banklar oltinni faolroq jamlamoqda, qarz instrumentlariga (AQSh g‘aznachilik qog‘ozlariga) bog‘liqlikni qisqartirmoqda.
Xulosa oddiy:
• dollar asosiy to‘lov valyutasi bo‘lib qoladi,
• ammo uning xarid quvvati va zaxiradagi monopoliyasi asta-sekin susayadi.
@chiroylimoliya $$$ haliham biz bilan…

2👍24🔥7👎3
Forwarded from Ислом молияси | Islom moliyasi
#маълумот
Ассалому алайкум!
Кеча, 14 январь куни, Тошкент шаҳрида «Islamic Bunisness and Finance» [IsBF] компанияси томонидан Ўзбекистондаги молия муассасалари вакиллари ва ходимлари учун «ИСЛОМ БАНК-МОЛИЯ ТИЗИМИ ФАОЛИЯТИ: АМАЛИЙ ТАҲЛИЛ» мавзусида ташкил қилинган мастер-класс якунига етди.
Аввалроқ хабар берганимиздек мастер-класснинг асосий спикери — соҳанинг халқаро даражадаги эксперти, катта тўртлик деб аталувчи аудит компанияларида, AAOIFI да ҳамда Ислом тараққиёт банкида фаолияти давомида бой иш тажрибаси орттирган Хондамир Нусратхўжаев бўлди.
Мамнуният билан ният қайд этамиз, бу сафарги тадбиримиз ҳам ўтган йили май ойида ташкил қилинган мастер классимиз каби муваффаққиятли ўтди. Тренингда иштирок этган тижорат банклар, лизинг компаниялари, микромолия ташкилотлари ҳамда жуда қувонарлиси (буни алоҳида таъкидлаш ўринли деб биламиз) Ўзбекистон Республикаси Марказий банки вакиллари тадбир савияси, иштирокчилар таркиби, умумий ташкилий ишлар сифатини юқори баҳолашди. 2 кун давом этган мастер классда барча иштирокчилар жуда фаол бўлишганлиги уларнинг соҳага қизиқишларини, мавзунинг ўта долзарблигини ҳамда уларнинг соҳа ривожига ҳисса қўшишга бўлган юқори иштиёқларидан далолат берди берди. Айнан шуни Марказий банк вакиллари ҳам алоҳида таъкидлашди ва бу йўналишда жуда жиддий тайёргарлик кўрилаётганлиги ҳақида хабар беришди.
Мастер класс давомида иштирокчилар ўзларини қийнаётган саволларга батафсил жавоб олиш имкониятига эга бўлишди.
Тадбир якунида иштирокчиларга сертификатлар топширилди.
✈️ @IslomMoliyasi

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥24👍17
Investitsiya platformalari asoschilari va xususiy investorlarga murojaatim
Shaffoflik, ishonch va o‘zgalar mablag‘i uchun mas’uliyat haqida
Men bu mavzuni nazariyadan kelib chiqib ko‘tarmayapman. Yaqinda bir og'aynim mendan uning investitsiya platformasini e'lon qilishimni so‘radi. Men bundan bosh tortdim. Investitsiyalarga yoki tadbirkorlikka qarshi bo‘lganim uchun emas, balki platforma egasini shaxsan tanishim odamlarga ular nazorat qila olmaydigan, tekshira olmaydigan va tushuna olmaydigan narsalarga investitsiya kiritishga undashni nohaqlik deb bilganim uchundir.
Bugun biz davlat tomonidan ulushli qurilish sohasida sekin-asta, ammo izchil ravishda tartib o‘rnatilayotganini kuzatmoqdamiz. Yaqingina “normal amaliyot” deb qaralgan narsa endi jinoiy javobgarlik predmetiga aylanmoqda. Bu mantiqan to‘g‘ri: aholi mablag‘i jalb qilinadigan joylarda noaniq va shubhali holatlar bo‘lmasligi kerak.
Ammo bu jarayon fonida yonma-yon yana bir xavfli risk zonasi shakllanmoqda - jamoaviy investitsiyalar, shu jumladan investitsiya platformalari va halol muddatli to‘lov tizimlari. Bu yerda odamlarning mablag‘lari shaffofliksiz, mustaqil nazorat va tartibga solinishsiz jalb etilmoqda.
Rasman bu xususiy tashabbus yoki investitsion sherikchilik sifatida taqdim etiladi. Aslida esa, bu Markaziy bank tomonidan nazorat qilinmaydigan, moliyaviy hisobotlarni oshkor etmaydigan va to‘liq mustaqil auditdan o‘tmaydigan boshqaruviga topshirilgan investorlarning mablag‘laridir. Bunday tizimda investor o‘z mablag‘lari qayerda joylashganini, qanday ishlatilayotganini va qanday haqiqiy xatarlarga duch kelishini tushunmaydi. Bu endi oddiy investitsiya xatari emas. Bu himoyasiz ishonchga qurilgan tizimning tavakkalchiligidir.
Investorlar mablag‘larining segregatsiyasi (alohida ajratilishi) haqida alohida gapirmoqchiman. Yetuk va xavfsiz modellarda investorning pullari qonuniy ravishda va amalda boshqaruvchining pullaridan ajratilgan bo‘ladi. Ular uning hisobida bo‘lmaydi, uning operatsion ehtiyojlari uchun ishlatilmaydi va uning joriy moliyaviy holatiga bog‘liq emas. Agar bunday bo‘linish bo‘lmasa, investor to‘liq ma’lum bir odamlarning “ko‘r-ko‘rona ishonchi” garovida qoladi. Bu investitsiya qilish emas, balki pulni tavakkalchilikka topshirib qo‘yishdir.
Endi audit haqida. Men Big4’da 15 yildan ortiq ishlaganman va “mahalliy audit” va haqiqiy mustaqil audit o‘rtasidagi farqni yaxshi tushunaman. Bunday loyihalarda mahalliy audit ishonch muammosini hal qilmaydi. Bu yerda aynan xalqaro standartlar va mustaqillikka ega EY, Deloitte, PwC yoki KPMG darajasidagi audit zarur. Agar platforma bunday auditga tayyor bo‘lmasa, u qaysi brend yoki halollik tushunchasi ostida taqdim etilishidan qat’i nazar, boshqalarning pullarini boshqarishga obyektiv ravishda tayyor emas.
Bozorlar tarixi har doim bir xil ssenariy bo‘yicha rivojlanadi: avval “kulrang” zonada o‘sish, keyin investorlarning ommaviy yo‘qotishlari va shundan keyingina davlatning qattiq aralashuvi. Qurilishda shunday bo‘lyapti. Jamoaviy investitsiyalar ham shunday bo‘ladi. Bu taxminlar emas, balki vaqt masalasidir.
Endi investitsiya platformalari asoschilariga murojaatim.
Agar siz chindan ham vaqtinchalik sxemani emas, balki uzoq muddatli biznesni qurayotgan bo‘lsangiz, ixtiyoriy ravishda mablag‘larning segregatsiyasini joriy eting, “Katta to‘rtlik” auditdan o‘ting, investorlarga tushunarli moliyaviy hisobotlarni ochib bering. Nazoratni marketing bilan almashtirishni to‘xtating. Bu albatta qimmatroq va qiyinroq, lekin ishonchni, biznesni va obro‘ni saqlab qolishning yagona yo‘li. Agar siz shaffoflikka tayyor bo‘lmasangiz, to‘g‘risini tan olish kerak: siz odamlarning pullari bilan ishlashga tayyor emassiz.
Va investorlarga murojaat.
Shaffofliksiz investitsion foyda bu imkoniyat emas, balki siz nazorat qila olmaydigan xatardir. Agar siz hisobotni ko‘rmasangiz, pulingiz qayerdaligini bilmasangiz, unga kim va qanday javob berishini bilmasangiz, siz investor emassiz, natijasi noaniq bo‘lgan tajriba ishtirokchisiz.
Hondamir Nusrat @chiroylimoliya

1👍38🔥4😱2
• Agar siz ta’sischi bo‘lsangiz, buni ogohlantirish sifatida o‘qing.
• Agar siz investor bo‘lsangiz, to‘xtang va o‘ylab ko‘ring.
• Agar siz bunday platformalarning egalarini bilsangiz, iltimos, ularga bu murojaatni birinchi shov-shuvli holatlardan keyin emas, balki hozir yuboring.
Hondamir Nusrat @chiroylimoliya
• Agar siz investor bo‘lsangiz, to‘xtang va o‘ylab ko‘ring.
• Agar siz bunday platformalarning egalarini bilsangiz, iltimos, ularga bu murojaatni birinchi shov-shuvli holatlardan keyin emas, balki hozir yuboring.
Hondamir Nusrat @chiroylimoliya
🔥14👍11
Onglilik...
Agar inson ongsiz holatda yashasa, u kompyuter dasturi yoki robotdan deyarli farq qilmaydi. Robot qanday qilib unga yozilgan dastur asosida harakat qilsa, inson ham ko‘pincha boshqalarning dasturi bo‘yicha yoki o‘zi sezmasdan ichiga singdirib olgan odatlar, qo‘rquvlar va ijtimoiy bosimlar asosida, avtopilotda yashaydi.
U ishga boradi, vazifalarni bajaradi, pul topadi, kunlar o‘tadi. Lekin u to‘xtab o‘zidan so‘ramaydi: men nega buni qilyapman, bu hayot meni qayerga olib boryapti, bu yo‘lning oxiri bormi?
Shu yerda onglilik boshlanadi.
Ongli inson esa o‘ziga savollar beredi. U ikkinchi turdagi odam. U har kuni yoki muhim qarorlar oldidan o‘zidan so‘raydi: bu ish meni kattaroq maqsadlarim va missiyam tomon olib boryaptimi? Jamiyatga foyda keltiryaptimi? Men bu orqali faqat pul topyapmanmi yoki haqiqiy qiymat ham yaratyapmanmi? Va eng muhim savol: Alloh bu ishdan rozi bo‘ladimi?
Agar bu savollarga aniq javob bo‘lmasa, u yo‘lni qayta ko‘rib chiqadi. Ba’zan kasbini o‘zgartiradi, ba’zan ayni ishining ichida ma’noni chuqurlashtiradi, ba’zan esa yo‘q deyishni o‘rganadi. Chunki u hayotini tasodifga emas, ongli tanlovlarga topshiradi.
Natijada birinchi odam yillar davomida bir joyda qoladi, charchaydi, ichki bo‘shliqni his qiladi, lekin nimani o‘zgartirishni bilmaydi. Ikkinchisi esa sekin bo‘lsa ham, aniq yo‘nalishda harakat qiladi. Uning hayotida ichki tayanch bor.
Farq bilimda emas. Farq aqlda yoki iste’dodda ham emas. Farq onglilikda.
@chiroylimoliya Aynan shu onglilik insonni dasturdan ajratadi. Aynan shu onglilik hayotni ma’noli qiladi.

2👍22🔥10
Boylik va boylik etikasi haqida bir nechta mulohazalar
Ko‘pchilik uchun pul bu maqsad. Aslida esa u faqat vositadir. Pulni maqsadga aylantirish orqali biz nafaqat o‘zimizni, balki biz bilan aloqada bo‘lgan odamlarni ham xor qilamiz.
Ko‘pchilik pulni qanday to‘g‘ri sarflash kerak deb so‘rashadi. Aslida bu savol noto‘g‘ri qo‘yilgan. Chunki bizning sarflarimiz hayotga bo'lgan qarashimizning oqibatidir. Afsuski, biz hayot haqida ko‘pincha noto‘g‘ri, egri tasavvurga egamiz. Agar biz Alloh bizdan xohlayotgan hayot tarziga intilganimizda edi, biz pulni ham boshqacha sarflagan bo‘lardik (ko‘pincha boshqacha topgan ham bo‘lardik). Masalaning mohiyati aynan shunda. Demak, muammo pulni qanday sarflashda emas, balki hayotdan aslida nimani xohlayotganimizni va nima uchun rizq izlayotganimizni to'g'ri anglashdadir.
Boylik murakkab investitsion strategiyalar orqali qurilmaydi. U to‘g‘ri dunyoqarash va asosiy axloqiy tamoyillar ustiga barpo bo‘ladi. Bu tamoyillarsiz hech qanday raqamlar uzoq muddatda ishlamaydi. Ularni yana bir bor eslatmoqchiman, chunki hayotda biz ularni tez-tez e’tibordan chetda qoldiramiz (ko‘pincha ongli ravishda, boylikka bo‘lgan muhabbat sabab va aynan shu orqali barakaning ketayotganini anglamaymiz).
Shunday qilib boylikning eng muhim omillardan:
• har qanday ishda rostgo'ylik;
• barcha munosabatlarda adolat;
• har bir ishda sifat va mukammallikka intilish;
• jamiyat oldidagi ijtimoiy mas’uliyat.
Bulardan tashqari:
• baxillik qilmaslik, isrofgarchilikka berilmaslik;
• pulga strategik yondashish, daromad oshgani sari investitsiya qilish;
• zakotni to‘liq ado etish va muntazam sadaqa berisi;
• jamiyatdagi eng zaif qatlamlarga amalda g‘amxo‘rlik qilish.
Investitsiyalar masalasiga kelganda, bitta muhim kognitiv xatoga e’tibor qaratmoqchiman. Ko‘pchilik investitsiya daromadliligiga haddan tashqari yopishib oladi. Amalda esa jamg‘arish darajangiz, ya’ni daromadingizning nechi foizini jamg'arma qilishingiz muhimroqdir. Eng yuqori daromaddorlik ortidan quvish shart emas. To‘g‘ri diversifikatsiya va izchil investitsiya qilish ancha muhim.
Endi ko‘pchilik e’tibordan chetda qoldiradigan asosiy fikriy burilish haqida.
Daromad oshgani sari, avvalo investitsiya ulushingizni oshiring, shundan keyingina turmush darajangizni ko‘tarish haqida o‘ylang, albatta agar bazaviy maishiy qulayliklar ta’minlangan bo‘lsa. O‘rta qatlam vakillari ko‘pincha aynan shu joyda xato qiladi. Odamlar hayot tarzi uchun qarzga botadi va oxir-oqibat o‘z boyligini o‘zi yemirib yuboradi.
Shu bilan birga, o‘z intellektual kapitalingizga ham sarmoya kiriting: bilim, ko‘nikma, mahorat va intizomga. Vaqt o‘tishi bilan bu deyarli muqarrar tarzda moliyaviy kapitalga aylanadi va sizni haqiqiy moliyaviy erkinlikka yaqinlashtiradi.
Va nihoyat, haqiqatni qabul qilish muhim. Yo‘qotishlar va zararlar bo‘ladi. Bu tabiiy. Faqat qarz bo‘yicha foizlar kafolatli ravishda o‘sadi, qolgan barcha narsa esa ba’zan o‘sadi, ba’zan kamayadi. Muhimi, uzoq muddatda boyligingizni o‘sishi yo‘qotishlardan ustun bo‘lsin.
Shaxsiy moliya bu ayyorlik yoki daholik haqida emas. Bu izchillik, intizom va tamoyillarga sodiqlik haqida.
@chiroylimoliya Tafakkur reallikni shakllantiradi. Ulashing, birgalikda qotib qolgan fikriy xatolarni silkitaylik ))

👍22🔥16
Oltin bo‘yicha "90 kunlik master-klass"
Atigi uch oy ichida oltin $4 000 dan $5 000 gacha o'sdi!
25% o‘sish bu barcha boshqa investitsiya turlaridan yuqori natija.
Ammo oltin narxi bu shunchaki grafik yoki daromadlilik haqidagi hikoya emas. Bu mavjud global tartibga bo‘lgan ishonchsizlik indikatori.
Oltin qimmatlashganda, bozor “foyda uchun” ovoz bermaydi. U global beqarorlikka, haddan tashqari qarzlarga, deglobalizatsiyaga
va kutilayotgan jiddiy geosiyosiy silkinishlarga qarshi ovoz beradi.
Bugungi oltin narxining o‘sishi eski moliyaviy va globalistik arxitekturani buzishga bo‘lgan urinishning aksidir.
Tarix shuni ko‘rsatadiki, bu jarayon tez emas, u o‘ta beqaror va juda og‘riqli bo‘ladi.
Shu sababli “90 kunlik master-klass” oltin uchun qisqa muddatli hodisa bo‘lmasligi mumkin. Bu qadriyatlar, ishonch va “xavfsizlik” tushunchasining uzoq muddatli qayta baholanish davri bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Bunday davrlarda oltin shunchaki yaxshiroq bo‘lib qolgani uchun emas, balki qolgan hamma narsa kamroq ishonchli va ancha oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib qolgani uchun o‘sadi.
@chiroylimoliya bu uzoq muddatli ishonch masalasi

👍26🔥10👎2
Daromadning o‘sishi nega investorlarni chalg‘itishi mumkin?
Daromad faqat kompaniya qancha sotayotganini ko‘rsatadi. U quyidagilarni ko‘rsatmaydi:
- qancha real sof foyda olinganligini
- real pul oqimini,
- biznesning barqarorligini.
Daromad bu shunchaki sotuvlar.
Daromadni oshirish uchun kompaniyalar ko‘pincha katta mablag‘ sarflaydi:
- reklama,
- chegirmalar,
- assortiment va zaxiralarni kengaytirishga.
Agar xarajatlar sotuvlardan tezroq o‘ssa, bunday o‘sish xavfli bo‘ladi. Ko‘proq sotuv, ko‘proq xarajat, kamroq marja.
@chiroylimoliya sotuv bu panatseya emas - 1

👍19🔥8
MM "MUFEED MOLIYA"
Oltin bo‘yicha "90 kunlik master-klass" Atigi uch oy ichida oltin $4 000 dan $5 000 gacha o'sdi! 25% o‘sish bu barcha boshqa investitsiya turlaridan yuqori natija. Ammo oltin narxi bu shunchaki grafik yoki daromadlilik haqidagi hikoya emas. Bu mavjud global…
Daromadning o‘sishi nega investorlarni chalg‘itishi mumkin (davomi)?
Ba’zi kompaniyalar daromadni juda arzon sotish hisobiga oshiradi.
Agressiv chegirmalar bugun daromadni shishiradi, ammo ertaga foydani yemiradi.
Yoki kompaniyalar sotuv ortidan quvib, oqibatlarini o‘ylamasdan nasiyaga yoki bo‘lib-bo‘lib sotadi.
Bu esa likvidlikka (real pul) bosim keltirib chiqaradi.
Natijada, daromad chiroyli ko‘rinadi, lekin pul oqimlari yomonlashadi.
Ba’zi investorlar katta daromad raqamlariga uchib qoladi. Aqlli investorlar esa quyidagilarga qaraydi:
- marjinallik,
- real pul oqimi,
- kiritilgan kapital rentabelligi.
Faqat daromad o‘sishiga emas.
Shuning uchun yodda tuting:
daromadning o‘sishi bu boshlang‘ich nuqta, maqsad emas.
Kuchli biznes va yaxshi investorlar uchun
o‘sish + foyda + real pul zarur.
@chiroylimoliya sotuv bu panatseya emas - 2

🔥15👍6
Avval himoya, daromadlilik keyin
(post real voqeaga asoslangan)
Ko‘pchilik odamlar zarar allaqachon yetkazilgandan keyin harakat qila boshlaydi. Juda kam odamlar xavf hali namoyon bo‘lishidan oldin tayyorgarlik ko‘radi. Aynan shu bo‘shliqda boylik va kapital yo‘q qilinadi.
Hamma narsa barqaror ko‘ringan paytda, xavf xayoliydek tuyuladi. Demak, himoya ham keraksizdek ko‘rinadi. Aynan shu lahzada kelajakdagi xatolar ko'rinishni boshlaydi.
Oddiy investorlar avval qanday qilib ko‘proq daromad topsam bo‘ladi degan savol beradi.
To‘g‘ri investorlar esa bu yerda zaif nuqta qayerda deb so'raydi.
Real misol.
Quruvchi kompaniya bilan tuzilgan, “investorlik shartnomasi” deb ataladigan real holat. Qurilish bosqichidagi loyihadan kvartira sotib olinadi. Bir qarashda hammasi joyida: narx belgilangan, to‘lov jadvali tushunarli. Ammo shartnoma ichida quruvchiga narxni bir tomonlama o‘zgartirish huquqini beruvchi band bor. Vaqt o‘tadi va aynan shunday bo‘ladi. Narx keskin oshiriladi. Xaridor allaqachon mablag‘ kiritgan, obyekt hali bitmagan, zararsiz chiqib ketishning iloji yo‘q. Huquqiy jihatdan u hech narsa qila olmaydi.
Aytgancha, ko‘pchilik bunday band islomiy fiqh tamoyillariga zid ekanini ham bilmaydi, chunki unda noaniqlik va shartlarning bir tomonlama nomutanosibligi mavjud (zulm).
Yo‘qotish narx oshirilgan paytda boshlanmagan. U aynan shu band e’tiborsiz qoldirilgan kunda boshlangan.
Kuchli biznesmenlar va investorlar qarorlarini hissiyotlarga moslab qabul qilmaydi. Ular qarorlarini xavflarni nazorat qilish asosida optimallashtiradi.
Avval kapitalni himoya qilish. Daromadlilik uning oqibati.
@chiroylimoliya
Omon qolish ehtiyotkorlik emas
Omon qolish bu strategiya

👍18🔥7
Biznes qachon qarzdan foydalanishi kerak, qachon esa o‘z mablag‘laridan?
(tadbirkorlar uchun amaliy tavsiyalar)
Bu savol ko‘plab tadbirkorlarni butun biznes davomida kuzatib boradi: «Qaysi biri yaxshiroq: o‘sishni qarz hisobidan moliyalashmi yoki o‘z mablag‘lari hisobidanmi?»
Moliyachi sifatida aytaman (va umuman olganda, bu mavzularda yozish menga ayniqsa yoqadi): bu noto‘g‘ri savol. To‘g‘ri savol boshqacha qo'yilish kerak:
Bu biznesga aynan hozirgi vaziyatda nima ko‘proq kerak: tezlikmi yoki barqarorlikmi? Buni nazariya bilan emas, tajriba asosida tushuntiraman. Ikki biznesni tasavvur qiling.
A biznes quyidagilarga ega:
• barqaror pul oqimlari;
• kelajakdagi daromadlar bo‘yicha aniq ko‘rinish;
• daromadliligi tashqi moliyalashtirish xarajatlaridan ancha yuqori bo‘lgan loyihalar.
Bunday holatda qarzdan foydalanish ko‘pincha o‘zini oqlaydi. Nima uchun?
Chunki:
• biznes qarzni xavfsiz tarzda xizmat qila oladi;
• loyihalarning daromadliligi qarzning "narxidan" ancha yuqori;
• qarz o‘sishni tezlashtiradi va biznes egalar uchun daromadlilikni oshiradi.
Bu yerda qarz xavf emas. Bu tezlik va masshtablash vositasi.
B biznes, aksincha, butunlay boshqacha ko‘rinadi. Unda:
• o‘zgaruvchan yoki mavsumiy pul oqimlari;
• mablag‘lar tushish vaqti bo‘yicha noaniqlik;
• yomon bo‘lmagan, ammo tashqi pulni narxidan uncha ham ustun bo‘lmagan loyihalar mavjud.
Bunday vaziyatda agressiv qarz olish xavfli. Biznes yomon bo‘lgani uchun emas. Balki kichik silkinishlar ham katta muammolarga aylanishi mumkinligi sababli.
Bu yerda yanada oqilona tanlov:
• ko‘proq o‘z mablag‘laridan foydalanish;
• mustahkam zaxiraga (likvidlikka) ega bo‘lish;
• bir zumda|bittada emas, balki bosqichma-bosqich o‘sish.
Bu ortiqcha konservatizm haqida emas. Bu biznesni mo‘rt qilib qo‘ymaslik haqida.
Men juda tez-tez ko‘radigan xato - ko‘plab biznes egalari yoki top-menejerlar kapital tuzilmasiga (moliyaviy tilda aytganda) "e'tiqodiy" tarzda qarashadi. Ya'ni:
«Qarz har doim yomon». Yoki: «Agar qarz arzon bo‘lsa, imkon qadar ko‘proq olish kerak».
Ikkala yondashuv ham to‘liq emas. Tashqi qarz o‘zidan-o‘zi qiymat yaratmaydi. U faqat qarorlaringiz sifatini kuchaytiradi. Agar loyiha kuchli va biznes barqaror bo‘lsa, qarz yordam beradi. Agar loyiha “chegaraviy” bo‘lsa yoki biznes beqaror bo‘lsa, qarz faqat zarar keltiradi.
Shuning uchun mening maslahatim: o‘zingizdan «Qarz ishlataymi yoki o‘z pulimni?» deb so‘ramang.
Buning o‘rniga quyidigilarni so‘rang:
• mening pul oqimlarim qanchalik barqaror;
• daromadliligim bilan tashqi mablag‘lar narxi o‘rtasidagi farq qanchalik katta;
• agar hammasi reja bo‘yicha 20% yomonroq ketsa, nima bo‘ladi;
• shunday holatda men xotirjam uxlay olamanmi?
Bu savollarga javoblar, odatda, qarorni juda aniq qilib beradi. Ba’zan to‘g‘ri javob qarz olib, tez harakat qilish. Ba’zan esa o‘z mablag‘laridan foydalanib, bosqichma-bosqich o‘sish va barqarorlikni saqlash.
@ichiroylimoliya Haqiqiy mahorat tomon tanlashda emas, balki biznesni mo‘rt qilmasdan o‘stira oladigan yo‘lni tanlashdadir

👍11🔥7
Men bu postni ko‘rib o‘yladim…
Deyarli har bir kishi sizni manipulyatsiya qilishga urinadi. Hatto men ham. Ba’zan buni to'g'ri ma'noda qilishadi, lekin ko‘pincha, o'zining g'arazli maqsadlarida...
Hatto o'zingizni maqsadlaringiz va orzularingiz ham aksariyat hollarda aslida sizniki emas.
Sizni manipulyatsiya qilayotganlar sizni chinakam erkin bo‘lishingizni xohlamaydi. Chunki agar siz erkin bo‘lsangiz, ularning ko‘plab loyihalari shunchaki qulab tushardi.
Shuning uchun o‘zingizga chin dildan javob bering: hayotda qanchalik samimiysiz, qanchalik maqsadlaringiz va amallaringiz ixlosli? Va agar pul, mavqe, ko‘z-ko‘z qilish va nafs ahamiyatga ega bo‘lmaganida, siz o‘zingni qanday tutardingiz?
Va haqiqatni aytaman: faqat Allohgina bizni haqiqiy voqelikka qaytarishni istaydi. Biz esa bir kun kelib u bilan yuzma-yuz kelmaguncha, undan qochib yuramiz.
@chiroylimoliya (57:20)

👍18🔥17
Forwarded from UPLIFT | Javlon Otaqulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15,000$ ga Gentra yoki $AMAT, qaysi birini tanlagan bo’lardingiz?
Offline seminarimizga quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting:
👉 RO’YXATDAN O’TISH
↗️ @upliftuz
Offline seminarimizga quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍10
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!
Ислом молияси тамойилларига мувофиқ молиялаштириш билан шуғулланувчи молия муассасасига малакали бош ҳисобчи (бош бухгалтер) керак!|
Мутахассисга қўйиладиган талаблар:
- Молия/иқтисодиёт йўналишида олий маълумотга эга бўлиш;
- Иқтисодиёт/молия соҳасини яхши тушуниш;
- Компьютердаги турли дастурлар (MS Excel, Word, PowerPoint…) билан ишлашни билиш;
- Бухгалтерияга оид махсус дастурлардан эркин фойдаланиш (1С ва бошқалар);
- Умумий молия/бухгалтерия соҳасида камида 5 йиллик иш тажрибаси бўлиши;
- Бош бухгалтер лавозимида камида 2 йил иш тажрибасига ёки бош бухгалтер муовини сифатида камида 3 йиллик иш тажрибасига эга бўлиш (тижорат банкларида, лизинг компанияларида ёки микромолия ташкилотлари бухгалтериясида иш таржрибасига эга бўлиш номзодга устунлик беради).
Шунингдек:
- Ислом молияси асосларини билиши (AAOIFI халқаро сертификатига эга бўлиш номзодга устунлик беради);
- Топширилган ишларни пухта қилишга ҳаракат қиладиган бўлиши;
- Руҳияти барқарор бўлиши;
- Тошкент шаҳрида истиқомат қилиши
талаб қилинади.
Номзоднинг ёши ва жинсининг аҳамияти йўқ.
Ўзингиз ҳақингиздаги маълумотлар (CV ва/ёки маълумотнома)ни ijmm@mail.ru га 15.02.2026 йилгача юборишингизни сўраймиз.

👍15🔥3👎2