Fibroadenoma bez va biriktiruvchi toʻqimadan rivojlanadigan xavfsiz oʻsma. Sekin oʻsadi, qobiqqa oʻralgan boʻlib, atrofidagi toʻqimalardan chegaralanib turadi. Bezning sut yoʻli ichiga oʻsgani — ichki fibroadenoma, sut yoʻli atrofidagisi — tashqi fibroadenoma, aralash oʻsgani ulkan fibroadenoma (yaproqsimon), unda koʻpincha teri bilan birikib ketgan yaproqsimon shakldagi yarali tugunlar paydo boʻladi. Sut bezi fibroadenomasida ogʻriq kuzatiladi. Baʼzan xavfli oʻsmaga aylanishi mumkin.
Davosi: jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi.
|telegram | sayt | instagram
Davosi: jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi.
|telegram | sayt | instagram