🇺🇿 TIV matbuot kotibi
5.25K subscribers
997 photos
235 videos
1 file
588 links
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Murojaat uchun: @mfa_press_bot
Download Telegram
Eron va Isroilda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari DIQQATIGA!

Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi va Eron hamda Isroilda raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan sizlardan xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni so‘rab qolamiz.

Zaruratga qarab Eronda istiqomat qiluvchilar bomba boshpanalariga tezlik bilan kirish, Isroilda esa front orti qo‘mondonligi ogohlantirishlariga amal qilish lozim.

Har ikki davlatdagi fuqarolarimiz rasmiy xabarlarni muntazam kuzatib boring, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va elchixona aloqa ma’lumotlarini doimo yoningizda saqlang.

Erondagi Elchixonamiz aloqa ma’lumotlari:
Telefon: 22299780, 22832025
El. pochta: iri.uzembassy@mfa.uz

Isroildagi Elchixonamiz aloqa ma’lumotlari:
Telefon: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076
Shoshilinch xabarlar uchun: 054 485 1397
El. pochta: il.uzembassy@mfa.uz
❤5😢5🔥4
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.

Barcha tomonlarni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqiramiz.

Keng ko‘lamli to‘qnashuvga olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy Vaziyatning yanada keskinlashuvi xavotir uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga ko‘maklashishga tayyorligini bildiradi.


@TIVmatbuot
⚡9👍6🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida.

@TIVmatbuot
🔥7
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
"Moody’s" xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bo‘yicha prognozini "barqaror"dan "ijobiy"ga o‘zgartirganini ma’lum qilishdan xursandman.

Bu Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar dasturiga berilgan ijobiy baho, shuningdek, tanlangan yo‘l to‘g‘riligining tasdig‘i bo‘ldi.

Bugungi kunda O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sishga qodirligini namoyon etayotgan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda. Bu sa’y-harakatlarning barchasi IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilganida o‘z aksini topdi.

Prognozning yaxshilanishi 2030-yilga borib O‘zbekistonning kredit reytingini ishonchli investitsion darajaga ko‘tarish bo‘yicha qo‘yilgan maqsad sari birinchi qadamdir.

Shu bilan birga, ko‘zlangan maqsadga faqat umumiy sa’y-harakatlar bilangina, iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish orqali erishish mumkinligini anglash muhim.

—

Рада сообщить, что Международное рейтинговое агентство Moody’s улучшило прогноз по суверенному кредитному рейтингу Узбекистана со «стабильного» до «позитивного».

Это решение стало отражением положительной оценки программы реформ, проводимой нашим Президентом, а также подтверждением правильности выбранного курса.

Сегодня Узбекистан воспринимается иностранными инвесторами как надёжный партнёр, демонстрирующий способность к устойчивому росту даже в условиях глобальной нестабильности. Все эти усилия отразились в успешном проведении IV Ташкентского международного инвестиционного форума. 

Улучшение прогноза является первым шагом к поставленной цели поднятия кредитного рейтинга Узбекистана до надёжного инвестиционного уровня к 2030 году. 

При этом важно осознавать, что достичь поставленной цели можно только общими усилиями за счёт повышения конкурентоспособности нашей экономики и сохранения макроэкономической устойчивости.
❤4👍4🔥2
Ҳурматли фуқаролар!!

Ҳозирги мураккаб ҳарбий-сиёсий вазият туфайли Исроил ҳаво фазоси вақтинча ёпилганлигини яна бир бор эслатамиз.

Сизнинг шахсий хавфсизлигингизни таъминлаш мақсадида, Элчихонага жиддий ва зарур эҳтиёжсиз келишдан тийилиб туришингизни қатъий тавсия қиламиз. Ҳар қандай вақтда ракета ҳужумлари бошланиши мумкин, шунинг учун хавфсиз жойларда қолиш жуда муҳим.

Сизнинг қулайлигингиз учун Элчихона консуллик бўлими ишонч телефонлари доимий равишда (24/7) фаолият кўрсатмоқда:

03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076

Фавқулодда ҳолатларда ва шошилинч хабарлар учун:

+972 54 485 1397

Юртдошларимизни яна бир бор хавфсизлик қоидаларига қатъий риоя қилишга, мамлакатда бўлиш вақтида эҳтиёткорликни оширишга ва ракета отишмалари пайтида бошпаналарни тарк этмасликка чақирамиз.

Илтимос, расмий маълумотлардан хабардор бўлиб боринг.

Ўзбекистон Республикасининг Исроилдаги Элчихонаси
🙏9❤5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi va “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasiga tashrif buyurishdi.

@TIVmatbuot
❤4👍3
OAV vakillaridan kelayotgan savollarga izoh:

16-iyun holatiga ko‘ra, 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilinib, mamlakatimizga yetkazildi.

Mazkur jarayonda yaqindan ko‘mak bergan Turkmaniston, Ozarbayjon va Eronlik hamkasblarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Eron va Isroildagi elchixonalarimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda.

Ayni paytda ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolarimizga xavfsiz joylarda bo‘lish, rasmiy axborotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va elchixonalarimiz bilan aloqada bo‘lish tavsiya etiladi.

Erondagi Elchixonamiz aloqa ma’lumotlari:
Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025
Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz

Isroildagi Elchixonamiz aloqa ma’lumotlari:
Telefon: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076
Shoshilinch xabarlar uchun: +972 (54) 485-1397
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
❤5👏4🔥2👌2
Ҳурматли Ўзбекистон фуқаролар!

Бугун Исроил ҳудудига кучли ракета ҳужумлари кузатилиши кутилмоқда.

Шу муносабат билан ўз хавфсизлигингизни таъминлаш мақсадида эҳтиёт чораларини кўришингизни ва Исроил Фронт орти буйруғи томонидан берилган кўрсатмаларга қатъий амал қилишингизни сўраймиз.

_________________________________


Уважаемые граждане Узбекистана!

Сегодня на территорию Израиля ожидается интенсивный ракетный обстрел.

В связи с этим настоятельно просим вас принять все возможные меры личной безопасности и строго следовать указаниям Командования тыла Израиля.
❤4🙏2
Eron va Isroil hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Yaqin Sharqda tobora keskinlashayotgan harbiy-siyosiy vaziyat munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni qat’iy tavsiya qiladi:

• Harbiy va boshqa davlat obyektlariga yaqinlashmaslik, ularni foto va video suratga olmaslik;
• Odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroqda bo‘lish;
• Mahalliy hukumat organlari tomonidan berilayotgan ko‘rsatmalarga so‘zsiz rioya qilish, zarurat tug‘ilganda maxsus boshpanalarga yoki xavfsiz joylarga yo‘l olish.

Aziz fuqarolar, zarurat tug‘ilganda mamlakatimizning Eron va Isroildagi diplomatik vakolatxonalari bilan bog‘lanishingiz so‘raladi.

Erondagi O‘zbekiston Elchixonasi bilan aloqa ma’lumotlari:
📞 Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025
📧 Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz

Isroildagi O‘zbekiston Elchixonasi bilan aloqa ma’lumotlari:
📞 Telefon: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076
📞 Shoshilinch murojaatlar uchun: +972 (54) 485-1397
📧 Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi holatni doimiy ravishda monitoring qilib boradi hamda zaruratga qarab qo‘shimcha axborot taqdim etadi.

@TIVmatbuot
😢25👍5❤3🙏2🔥1
Forwarded from Tashqi ishlar vazirligi
Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat

So‘nggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida, xususan, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchayib, qurolli to‘qnashuvlarga aylandi. Bu esa nafaqat mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Mojaroning avj olishi butun mintaqa barqarorligi va tinchligiga tahdid solayotgani shubhasiz. Bu jarayonlar, avvalo, oddiy fuqarolar – tinch aholi, ayniqsa bolalar va ayollar uchun og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi urushni muammolarni hal etish vositasi deb emas, balki inson hayoti, barqarorlik va taraqqiyotga jiddiy xavf soluvchi holat sifatida baholaydi. Urushda g‘olib bo‘lmaydi. Eng katta yo‘qotishni doim oddiy insonlar tortgan va bugun ham shunday bo‘lmoqda.

O‘zbekiston har doim tinchlikparvar siyosat yuritib kelgan va shunday davom etadi. Mamlakatimiz barcha davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirib kelmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston fuqarolarini tinchlikparvarlik, bag‘rikenglik va masʼuliyatli fuqarolik pozitsiyasini saqlashga chaqirib qolamiz. Mojarolarga nisbatan diniy, irqiy yoki boshqa shaxsiy mansubliklar asosida munosabat bildirmaslik, har qanday nafrat va ziddiyat targ‘ibiga qarshi turish barchamizning umumiy burchimizdir.

Shuningdek, fuqarolarimizni turli provokatsiya va haqoratomuz chaqiriqlarga uchmaslikka, holatlarga nisbatan hissiyot emas, balki vazmin munosabatni saqlab qolishga daʼvat etamiz. Jamiyatimizda milliy va diniy totuvlikni saqlash – umumiy barqarorlik va xavfsizlikning muhim kafolati ekanligini eslatamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi barcha mojarolar xalqaro huquq normalari va diplomatik muloqot asosida tinch yo‘l bilan hal etilishi tarafdori ekanini yana bir bor taʼkidlaydi. Tinchlik va o‘zaro hurmat asosidagi munosabatlar har doim yurtimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.


Facebook |YouTube | Instagram | X
❤11👍5
Ijtimoiy tarmoqlarda Eron va Isroil davlatlari o‘rtasida kuzatilayotgan ziddiyatli vaziyat atrofida turli munosabatlar bildirilmoqda. Ayrim foydalanuvchilar insonlarning muqaddas eʼtiqodi bilan bog‘liq tuyg‘ulari bilan o‘ynashib, turli postlar va izohlar joylamoqda.

Qayd etish kerakki, mazkur mojaro yuzasidan davlatimiz rasmiy munosabat bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi ikki tomonni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi.

O‘zbekiston ikki davlat bilan ham o‘zaro mustahkam diplomatik aloqalarga ega. Eron – Isroil mojarosi mamlakatimizning ham manfaatlariga javob bermaydi.

Insonlarning halokatiga sabab bo‘luvchi mazkur ziddiyatli vaziyat yuzasidan munosabat bildirishda aholimiz vahimaga berilishi, ehtiros va his-hayajonlarga tayanib fikrlashi turgan gap.

Bu kabi holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini quyida eslatib o‘tishni zarur deb topdik:

❗️ 1-eslatma: Sovuqqon, mulohazali va bag‘rikeng bo‘ling.

❗️ 2-eslatma: Harbiy mojaroga din va eʼtiqodlar to‘qnashuvi rakursida qaramang.

❗️ 3-eslatma: Vazmin pozitsiyada bo‘ling.

❗️ 4-eslatma: Tekshirilgan, ishonchli axborot manbalaridan foydalaning.

❗️ 5-eslatma: Din, mazhab yoki eʼtiqod asosida shaxsiy yoki umumiy xulosalar chiqarmang. Chunki bu jamiyatda bo‘linish, qarama-qarshilik va radikal kayfiyat shakllanishiga sabab bo‘ladi.

❗️ 6-eslatma: Davlat organlari matbuot xizmatlari va boshqa rasmiy mutaxassislar fikrlarini kuzating.

❗️ 7-eslatma: Fikr bildirishda va axborot tarqatishda jamiyat barqarorligi va shaxsiy masʼuliyatni unutmang.

@TIVmatbuot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤4😢1
📌 ИСРОИЛ ҲУДУДИДАГИ ЎЗБЕКИСТОН ФУҚАРОЛАРИГА МАЪЛУМОТ УЧУН!

Ҳозирги хавфсизлик вазияти муносабати билан Исроилни мустақил равишда тарк этиш истагида бўлган Ўзбекистон фуқаролари қуйидаги назорат-ўтказиш пунктлари орқали мамлакатни тарк этишлари мумкин:

• “Менахем Бегин” / “Таба” — Исроил-Миср чегарасида жойлашган (Исроилнинг Эйлат ва Мисрнинг Таба шаҳарлари ўртасида);
• “Шайх Хусайн” — Исроил-Иордания шимолий чегарасида жойлашган (Исроилнинг Байт-Шеан ва Иорданиянинг Ирбит шаҳарлари ўртасида);
• “Ицхак Рабин” / “Вади Арава” — Исроил-Иордания жанубий чегарасида жойлашган (Исроилнинг Эйлат ва Иорданиянинг Акаба шаҳарлари ўртасида).

Барча кўрсатилган чегара пунктлари ҳозирда одатий тартибда (24 соат) фаолият кўрсатмоқда.

1️⃣ Миср орқали:

📍 "Менахем Бегин"/“Таба” назорат-ўтказиш пункти (Эйлат ш.)

- Ўзбекистон фуқаролари ушбу пунктни кесиб ўтиб, Мисрга визасиз («Синай кириш муҳри» орқали) кира оладилар. «Синай кириш муҳри» - 14 кунгача фақат Синай ярим ороли ҳудудида бўлиш ҳуқуқини беради (Қоҳира ва бошқа шаҳарларга сафар қилиш мумкин эмас).

- 21 ёшга тўлмаган фуқароларга ота ёки оналаридан бири ҳамроҳлик қилиши шарт.

- "Таба"дан Шарм аш-Шайхгача (270 км) автобус ёки автомобилларда ҳаракатланиш имконияти мавжуд.

✈️ Авиақатновлар (Шарм аш-Шайх аэропортидан):

- «UzAirways»: Ҳафтасига 3 марта (сешанба, чоршанба, шанба, соат 12:35) Тошкентга.
- «Turkish Airlines»: Ҳар куни 1 ёки 2 марта Истанбулга (Истанбул халқаро аэропортига) (Тошкентга транзит).
- «Pegasus Airlines»: Ҳар куни 1 ёки 2 марта Истанбулга («Сабиха Гёкчен» аэропортига) (Тошкентга транзит).

2️⃣ Иордания орқали:

📍 “Шайх Хусайн” (Байт-Шеан ш.) ёки "Ицхак Рабин"/“Вади Арава” (Эйлат ш.) назорат-ўтказиш пунктлари:

Ушбу пункт орқали Иордания пойтаҳтигача бориб, кейин қуйидаги авиайўналишлардан фойдаланиш мумкин:
• «Уммон – Истанбул – Тошкент»
• «Уммон – Дубай – Тошкент»

Эслатма: Иорданияга кириш учун мамлакат ИИВ сайти орқали виза олиш зарур:
https://www.moi.gov.jo
https://moi.gov.jo/EN/Pages/Visa_E_Applications
https://www.eservices.moi.gov.jo.

☎️ Зарур ҳолларда Ўзбекистон Элчихоналарининг фавқулодда телефон рақамларига мурожаат қилишингиз мумкин:

- Мисрда (+202 333-617-23; +20 128 666-1441, eg.uzembassy@mfa.uz);
- Саудия Арабистонида, ўриндошлик асосида Иорданияда (+966 11 263-5223, +966 56 721-7731, uzbembriyadh@gmail.com);
- Исроилда (+972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz).

*Исроил ҳудудини тарк этаётганда шахсий хавфсизлик эҳтиёт чораларини кўришни ва Фронт орти буйруғи томонидан берилган кўрсатмаларга қатъий амал қилишни сўраймиз.
👍6❤3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CNN jurnalisti Richard Kvest Geosiyosiy taranglik Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qanday taʼsir qilishi haqida batafsil maʼlumot berdi.

O‘zbekiston kelajagi: O‘zbekiston keskinliklardan dushman orttirmasdan o‘tishni maqsad qilgan.


https://edition.cnn.com/2025/06/16/Tv/video/richard-quest-details-how-geopolitical-tensions-could-impact-uzbekistans-economy

@TIVmatbuot
👍9🔥3👏2😍2😢1
Yana bir yutuq!

Oliy
ta’lim sohasidagi islohotlarimiz xalqaro maydonda tobora keng tan olinmoqda.

O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi - “QS World University Rankings 2026”.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5 ta universitetga ortib, O‘zbekiston ushbu reytingda ilk bor ishtirok etgan universitetlar soni bo‘yicha jahonning 9 ta mamlakati qatoridan joy oldi.

Reytingga kiritilgan O‘zbekiston OTMlari:

👩‍🎓 “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti — 469-o‘rin (2025-yilda =547)

👩‍🎓 O‘zbekiston Milliy universiteti — 721–730 (2025-yilda 781-790)

👩‍🎓 Toshkent davlat texnika universiteti — 901–950 (ilk bor)

👩‍🎓 Samarqand davlat universiteti — 1001–1200 (ilk bor)

👩‍🎓 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1001–1200 (ilk bor)

👩‍🎓 Toshkent davlat transport universiteti — 1201–1400 (ilk bor)

👩‍🎓 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1401+ (ilk bor)

@TIVmatbuot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍4🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasining Vashington shahridagi elchixonasi vakillari Kanadaning Toronto shahrida sayyor konsullik xizmati tashkil etdi.

Sayyor konsullik qabuli O‘zbekiston fuqarolari uchun konsullik xizmatlarini osonlashtirish, masalan, pasport berish, hujjatlar tasdiqlash va boshqa notarial xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida o‘tkaziladi.

Kanadada o‘zbek diasporasi soni nisbatan kichik bo‘lsa-da, ular faol hamjamiyat sifatida tanilgan, turli madaniy tadbirlar, bayramlar va ijtimoiy yig‘inlarda ishtirok etishadi.

Sayyor konsullik qabullari diasporaga nafaqat hujjatlar bilan ishlashda yordam beradi, balki o‘zbek madaniyatini targ‘ib qilish va fuqarolar o‘rtasida birlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston hukumati so‘nggi yillarda chet eldagi fuqarolar bilan aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Sayyor konsullik qabullari dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, AQSh, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqa mamlakatlarda muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

@TIVmatbuot
❤4👍3⚡1🔥1
Bugun Tashqi ishlar vazirligida ikki karra Emmi mukofoti sovrindori, Amerikaning Next Field International telekompaniyasining ijrochi prodyuseri Robert Mora bilan mazmunli va samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston haqida hujjatli hamda badiiy filmlar suratga olish, bu jarayonga Hollywood kinostudiyalarini jalb etish masalalarini hamkasblarimiz bilan atroflicha muhokama qildik. Ushbu yo‘nalishda bir qancha aniq kelishuvlarga erishdik.

Mamlakatimizning boy tarixi, jahon sivilizatsiyasidagi betakror o‘rni va hozirgi davrdagi jadal taraqqiyoti xorijiy auditoriya uchun tobora ortib borayotgan qiziqish manbaiga aylanmoqda.

@TIVmatbuot
👍7🔥3❤2
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 21-22-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘ladi.

Tashrif davomida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasi yig‘ilishida ishtirok etish va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

@TIVmatbuot
❤8⚡2👍1🔥1