Strategic Focus: Central Asia
17.5K subscribers
811 photos
152 videos
61 files
1.82K links
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Download Telegram
Forwarded from Otabek Akromov
Қўшни давлатларга нисбатан ташқи сиёсат қанчалик тажовузкор, босимга асосланган ва таҳдидли бўлса, уларнинг сендан узоқлашиши шунчалик тез бўлади. Бундай мантиқни назарий жиҳатини мана бу 👉🏿 мақоламда таҳлил қилганман.

Арманистон ва АҚШ ўртасида атом энергетикаси бўйича имзоланган келишув шунинг яққол мисоли. Илгари бундай сценарийни ҳатто тасаввур қилиш қийин эди: Арманистон энергетикаси деярли тўлиқ Россия таъсир доирасида эди. Бугун эса Вашингтон $9 млрд инвестиция билан кириб келяпти.

Бу “Арманистон Ғарбни танлади” деган оддий ҳикоя эмас. Бу — Россиянинг сўнгги йилларда олиб борган ташқи сиёсати натижаси. Қўшниларни иттифоқчи сифатида ушлаб туриш ўрнига, уларни доимий қўрқув, босим ва жазо орқали назорат қилишга уриниш — акс/реверсив таъсир беради.

Натижа эса аниқ: ҳатто энг яқин ва анъанавий шериклар ҳам альтернатив шериклар қидира бошлайди. Илгари мумкин бўлмаган қарорлар — реалликка айланади.

🌟 Otabek Akromov | PhD Bio ANU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯28👍107😁2
Forwarded from Diplomat (Sobirov)
Aftidan Tashiyev o‘z ambitsiyalari qurboni bo‘lgan. Oxirgi kunlarda Qirg‘izistonda Prezidentning vakolat muddati haqida savollar paydo bo‘lgandi. Ya’ni, Japarov 2021-yil yanvarda eski Konstitutsiya bo‘yicha 6 yillik muddatga Prezidentlikka saylangan. 2021-yil oxirida qabul qilingan yangi Konstitutsiyada esa Prezident muddati 5 yilga tushirilgan. Yuristlar yangi Konstitutsiya bo‘yicha 2026-yil yanvarda muddatidan oldingi Prezident saylovlari o‘tkazish kerakligini aytgan.

Eng qizig‘i, 75 kishi bu haqida Prezident va parlament raisiga rasmiy xat yuborgan. Ular orasida akademiklar, sobiq deputat va amaldorlar borligiga qaraganda ushbu 75 talik kimgadir ishonib, Prezidentga chaqiruv tashlagan. Ayrimlar bunda Tashiyev qo‘li borligi haqida gapirgan.

Japarov va uning atrofidagilar yangi huquqiy vakuum fonida Tashiyevda xavf ko‘rgan ehtimol. O‘zi davlat rahbaridan keyingi o‘rinda turadigan odamni eng ta’sirli kuch tuzilmasiga boshliq qilish xato baribir.

Ammo Japarov Tashiyevdan xavfsirab, uni bo‘shatganiga ham hali ishonish qiyin. Tajribali siyosatchilar bunday shoshilinch qaror qabul qilmaydi. Yoki yopiq eshiklar ortida nimalardir yuz bergan. Katta ehtimol bilan u kuch tuzilmasidan uzoqroq mansabga tayinlanadi.

Tashiyev rostan ham o‘ta ambitsiyali, og‘ir xarakterli odam, masalan, u parlament binosida deputatlarni so‘kishdan, haqorat qilishdan qaytmaydi. Hududlarni ham xuddi prezidentdek aylanib, monitoring qiladi.

Baribir oxiri qiziq. Prezidentning atrofida, shubhasiz, Tashiyevning mutlaq vakolatlaridan norozilar bor va ular davlat rahbariga bu haqda muntazam axborot yetkazadi. Hokimiyat shunday narsa, u to‘la ishonchni yoqtirmaydi, hech kimga ishonmaslikni o‘rgatadi.

Putin-Medvedov, Nazarboyev-To‘qayev keyslari buni tasdiqlagan. Japarov muddatidan oldingi saylovlar bo‘lgan taqdirda jiddiy raqibdan xalos bo‘lmoqchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

@pan_diplomat
👍106🔥3🤔3
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
🇰🇬 Ташиевнинг ўрнига Жумгалбек Шабданбеков Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси раиси вазифасини бажарувчи этиб тайинланди.

Қирғизистон президенти Садир Жапаров бугун тегишли фармонни имзолади.

Маьлумот учун, Жумгалбек Кумарович Шабданбеков Қирғизистон Республикаси Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси раисининг ўринбосари - Қирғизистон Республикаси Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси 9-хизмати бошлиғи лавозимида ишлаб келган.

Strategic Focus: LIVE
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida jonli uchrashuv

🗓 2026-yil 15-fevral
⏱️ Soat 14:00

🎙 Jonli ilmiy-ma’rifiy uchrashuv

📌 Mavzu:

💡 Tarix qachon siyosat quroliga aylanadi?

👥 Ishtirok etuvchi ekspertlar:

Hamid Sodiq — siyosatshunos

Kamoliddin Rabbimov — siyosatshunos

G‘aybulla Boboyorov — tarixchi

🔹 Tadbir davomida:

Tomoshabinlar bevosita savollar berish va fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ilmiy va ma’rifiy kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Mualliflardan dastxat olish imkoniyati bo'ladi.

📩 Bog‘lanish uchun:
👉 @nurbekgofurov
11
Ekstremizmga qarshi kurash: jazo yetarlimi yoki yondashuvni o‘zgartirish kerakmi?

Ekstremizm ko‘pincha faqat diniy xavf sifatida qabul qilinadi. Amalda esa, u ancha keng tushuncha: milliy, etnik, irqiy va ijtimoiy adovatga asoslangan shakllarini ham jamiyat uchun xavfi kam emas. Muammo shundaki, qonunchilik va amaliyot bu xilma-xillikni doim ham hisobga olmaydi.

Asosiy xatar qayerda? Ekstremizm odamlarni “biz” va “ular”ga ajratadi. Bu bo‘linish qaysi g‘oya bilan niqoblanishidan qat’i nazar, jamiyat barqarorligiga zarba beradi. Agar javobgarlik faqat bir shaklga qaratilsa, qolganlari boshqa nom ostida erkin tarqalayotgan bo‘ladi.

Jazo masalasi ham oddiy emas. Tashkil etuvchi va rahbar bilan ta’sir ostida qolib qo‘shilgan ishtirokchini bir xil javobgarlikka tortish - adolat tamoyiliga to‘liq mos kelmaydi. Xavf darajasi ham, javobgarlik yuki ham farqli bo‘lishi kerak.

Faqat jazo yechim bo‘la oladimi? Amaliyot shuni ko‘rsatyaptiki, ekstremizm - faqat jinoiy harakat emas, balki mafkuraviy muammo. Demak, unga qarshi kurash ham faqat jazo emas, profilaktika, axborot xavfsizligi va huquqiy aniqlikka tayanishi lozim.

Ekstremizmga qarshi samarali kurash uchun uning barcha shakllari ochiq ta’riflanishi, javobgarlik adolatli ajratilishi va jazo bilan bir qatorda ongli profilaktika yo‘lga qo‘yilishi shart. Aks holda, xavf yo‘qolmaydi - faqat shakl o‘zgartiradi.

Strategic Focus: Central Asia
11
Nega AQSh Yaqin Sharqdan ketolmayapti: Eronning yadroviy omili

J.Xakimov, Strategic Focus kuzatuvchisi

AQShning Eron yadroviy dasturiga bo‘lgan e’tibori Vashingtonning global strategiyasida ma’lum darajada paradoks yaratadi. Klassik geosiyosiy nuqtai nazardan qaraganda, Eron AQSh uchun global raqib emas. Biroq yadroviy omil Tehronni oddiy mintaqaviy muammo darajasidan chiqarib, global xavfsizlik kun tartibidagi ustuvor masalaga aylantiradi.

AQShning Yaqin Sharqdagi ishtirokini kamaytirishga qaratilgan strategik yo‘nalish asosan Barak Obama davrida shakllandi. “Osiyoga burilish” (Pivot to Asia) deb atalgan bu strategiya resurslarni Yaqin Sharqdan qisman boshqa hududlarga, xususan Xitoy bilan strategik raqobatga yo‘naltirishni ko‘zda tutgan edi. Shunga qaramay, Eronning yadroviy dasturi ushbu umumiy chekinish logikasiga to‘liq mos kelmaydigan istisno sifatida qolmoqda.

AQSh siyosatining muhim psixologik va strategik fonida 11-sentabr voqealarining ta’siri hanuz seziladi. O‘zini qurbon qilishga tayyor bo‘lgan aktorlar, qurolli kuchlar bilan to‘qnashuv Amerika siyosiy elitasi orasida “o‘zaro kafolatlangan yo‘q qilish” (Mutual Assured Destruction - MAD) tamoyilining universalligiga nisbatan shubhalarni kuchaytirdi. Davlatlar o‘rtasida yadroviy tiyib turish mexanizmi samarali bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, Vashington proksi kuchlar bilan murakkab aloqalarga ega davlatlarga nisbatan bu modelning ishlashiga to‘liq ishonmaydi.

Shu kontekstda Eron irratsional aktor sifatida emas, balki yadroviy tarqalish xavfi manbai sifatida ko‘riladi. Tehronning mintaqadagi proksi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashi yadroviy texnologiyalar yoki muhim komponentlar klassik davlat nazoratidan chiqib ketishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytiradi. Bundan tashqari, Eron ichidagi elitalar va kuch markazlari o‘rtasidagi murakkab muvozanat qaror qabul qilish jarayonida noaniqlikni oshiradi.

Shu sababli AQSh Eron yadroviy dasturini oddiy muzokara masalasi sifatida emas, balki mavjudlik darajasidagi tahdid sifatida baholaydi. Tehron bilan diplomatik muloqot majburiy bo‘lsa-da, bu AQShning Yaqin Sharqdan bosqichma-bosqich uzoqlashish strategiyasiga qisman zid keladi. Vashington uchun murosa faqat Eronning yadroviy salohiyatni qayta tiklash ehtimolini yo‘qqa chiqaradigan sharoitdagina maqbul bo‘lishi mumkin.

Tehron uchun esa yadroviy dastur asosiy strategik “richag” va siyosiy omon qolish kafolati sifatida qaraladi. Bu vosita orqali Eron tashqi bosimni kamaytirish, hududiga qarshi hujumlarning oldini olish hamda xalqaro sanksiyalarni yumshatishga intiladi. Shu bois, yadroviy imkoniyatlardan voz kechish faqat AQSh tomonidan ham muhim yon berishlar amalga oshirilgandagina mumkin, bu esa muzokaralarni tuzilma jihatidan nomutanosib va murakkab qiladi.

Diplomatik yo‘l muvaffaqiyatsiz bo‘lgan taqdirda, harbiy ssenariy AQSh uchun istalmagan bo‘lsa-da, qabul qilinadigan variant sifatida saqlanib qoladi. Bunday holatda ehtimoliy zarbalar maqsadi rejimni almashtirish emas, balki klassik tiyib turish doirasidan tashqarida deb hisoblangan aniq tahdidni yo‘q qilish bo‘ladi.

Shunday qilib, Eronning yadroviy masalasi AQShning Yaqin Sharqdagi manfaatlariga global o‘lcham beradigan asosiy nuqta bo‘lib qolmoqda. Bu esa murosani bir vaqtning o‘zida ham zarur, ham murakkab qiladi va mojaroni tez hal qilish ehtimolini past darajada saqlaydi.

📨 O‘z tahliliy maqolangizni kanalda chiqarishni istasangiz, materialni @sfca_admin ga yuboring. Barcha maqolalar jamoamiz tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Strategic Focus: Atlantic
7🔥5👍1
Ассалому алайкум қадрли дўстлар!

Мен катта хурсандчилик билан, янги китоб нашри ҳақида билдирмоқчиман. Бу китобни ёзиш учун анча вақт ишладим, кўп ўйландим, изландим, таҳрир қилдим. Ва ниҳоят, китобни чиқаришга муваффақ бўлдим. Бу китоб – менинг сиёсатшунос сифатидаги бир неча ўн йиллик қарашларимнинг ҳосиласи бўлди дейиш мумкин.

Китоб – Ўзбекистон жамияти ва давлати ҳақида, жамиятимиз қарашлари, зеҳнияти, сиёсий маданияти ҳақида. Давлатнинг тафаккур тарзи, яқин ўтмиши ва бугунги эволюцияси, бу жараёнлардаги шахслар ҳамда шахсиятларнинг аҳамияти ҳақида. Китобда қадриятлар призмаси алоҳида ўрин тутади.


Эркинлик, ҳуқуқий давлатчилик, сиёсий плюрализм, миллатнинг бирлашув қобилияти, янги даврда янги зеҳният, янги сиёсий маданият шакллантира олиш қобилияти каби қадриятлар ва кўникмаларини таҳлил қилишга ҳаракат қилдим.

Бу китоб Ўзбекистон жамияти ва давлатчилиги учун, яъни, миллатнинг ривожи учун озми-кўпми ижобий ҳисса қўшади деб умид қиламан.

Китобни ёзишдан мақсадим ва ўз олдимга қўйган вазифаларим, асосий хулосаларим ҳақида, батафсил ўз фикрларим билан бўлишиб бораман.

Самимий ҳурмат-эҳтиром билан

Камолиддин Раббимов

Расмий саҳифалар:

🌐Тelegram |🌐Instagram |🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥3115👏10👎3😁2
Germaniya Tashqi ishlar vazirining bayonoti yuzasidan Strategic Focus eskpertlari munosabati

M.Imomov: Markaziy Osiyo davlatlariga sanksiya masalasida “tomon tanlash”ni buyurish suverenitetga nisbatan hurmatsizlikdir. Biz hech bir mojaroning ishtirokchisi emasmiz va o‘zimizga zarar keltiradigan qarorlarni tashqi bosim ostida qabul qilmaymiz. Qolaversa, hozirgi kunda Germaniya AQSh yarim mustamlakasi rolida va aynan shu davlatning bizga aql o‘rgatishi juda kulgili. Avval o‘zingni suveren qaror qabul qilish qobiliyatingni tikla, keyin boshqalarga maslahat berasan.

A.Fayzullozoda: Sanksiyalarni faol ilgari surayotgan Germaniya hozirgi kunda jiddiy iqtisodiy yo‘qotishlarga uchragan. Masalan, Rossiyaga qarshi sanksiyalar boshlanganidan beri Berlin faqatgina neft xaridida 39,8 mlrd yevro! ortiqcha mablag‘ sarflagan. Shunday ekan, iqtisodiy jihatdan o‘zi shuncha zarar ko‘rayotgan davlat nima sababdan boshqalardan ham aynan shu yo‘lni tanlashni talab qilmoqda?

K.Akopyan: Markaziy Osiyo iqtisodiy barqarorlik, savdo aloqalari va energetik xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Biz uchun millionlab ish o‘rinlari, eksport yo‘llari va investitsiyalar real ahamiyatga ega. Geosiyosiy shiorlardan ko‘ra real, amaliy manfaatlar har doim ustun turadi.

B.Alimov: Agar Yevropa o‘z xavfsizlik arxitekturasini mustahkamlashni istasa, bu masalani o‘zi hal qilishi kerak. Markaziy Osiyoni katta kuchlar qarama-qarshiligiga tortish konstruktiv diplomatiya emas. Har kim o‘z muammosini o‘zi hal qilgani ma’qul.

Strategic Focus: Central Asia
👍26💯7🔥5👏21
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
Qirg‘iz sayyohlik kompaniyalari O‘zbekistonni qanday reklama qilishmoqda?

Strategic Focus: LIVE
👍8224🔥20🤝4