Pokiston bilan hamkorlik - oldindan o‘ylangan strategiya
K.Akopyan, Strategic Focus eksperti
O‘zbekistonning Pokiston bilan harbiy-texnik hamkorligi tasodifiy yoki vaziyatga moslashuv emas. Bu - Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan pragmatik va oldindan ko‘ra bilishga asoslangan siyosatning mantiqiy natijasidir. Bugun yuz berayotgan global beqarorlik 2021-yildayoq anglangan edi. Aynan o‘sha davrda Mirziyoyev Markaziy va Janubiy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi konsepsiyasini faol ilgari surdi - tashqi tomondan iqtisodiy va transport mantiqi bilan, ammo ichki mazmunida aniq xavfsizlik hisob-kitobi mujassam edi. Ya’ni janub barqaror bo‘lmasa, markaz ham barqaror bo‘la olmaydi.
Bugungi voqelik ushbu yondashuvning to‘g‘riligini tasdiqladi. Rossiyaning agressiv siyosati va “Tramp effekti” (ya’ni global xavfsizlik tizimining yemirilishi) middle powersni mustaqil qarorlar qabul qilishga majbur qildi. O‘zbekiston bu yo‘lga kecha emas, ancha oldin chiqdi. Pokiston bilan hamkorlik aynan shu strategiyaning amaliy davomidir. Pokiston Markaziy Osiyoga yaqin, real harbiy salohiyatga ega va Afg‘oniston yo‘nalishida bevosita manfaatdor bo‘lgan davlat sifatida mantiqiy tanlov bo‘ldi.
Islomobodning tanlanishi asoslari raqamlarda ham yaqqol ko‘rinadi. 2026-yilgi Global Firepower ma’lumotlariga ko‘ra, Pokiston armiyasi dunyoda 14-o‘rinda turadi. Mamlakat 600 mingdan ortiq harbiy xizmatchiga ega bo‘lib (100 mln kishilik potensial harbiy kuch), zamonaviy quruqlik qo‘shinlari, kuchli havo kuchlari va faol dengiz floti bilan ajralib turadi. Eng muhim jihat - Pokiston yagona musulmon yadroviy davlati hisoblanadi. U qisqa va o‘rta masofali ballistik raketalar (4 450 km gacha), shuningdek, quruqlik, havo va dengiz platformalaridan uchiriladigan zamonaviy qanotli raketalar arsenaliga ega. Ushbu salohiyat mintaqada strategik tiyib turish imkonini beradi va Pokistonni oddiy sherik emas, balki xavfsizlik arxitekturasining tayanch elementi sifatida ko‘rsatadi.
Shuningdek, Pokiston Saudiya Arabistoni, Turkiya va Ozarbayjon bilan yaqin harbiy-siyosiy aloqalarga ega. Bu holat musulmon middle powers asosida funksional koalitsiya shakllanishi uchun mustahkam zamin yaratadi. O‘zbekiston aynan shunday muvozanatli va pragmatik tarmoqqa ulanmoqda.
Ayrim rossiyalik propagandistlarning keskin, hatto asabiy reaksiyasi esa boshqa narsani ko‘rsatmoqda. Bu - O‘zbekiston “kimlargadir qarshi chiqayotgani” emas, balki Rossiyaning mintaqadagi ta’siri kamayib borayotganini bilvosita tan olishidir. Ilgari tabiiy qabul qilingan mustaqil tashqi siyosat bugun Moskva tomonidan “xavf” sifatida talqin qilinmoqda. Bunday asabiylik kuchdan emas, aynan zaiflashuvdan dalolat beradi.
Toshkent esa bunday bahslarga kirishmaydi. U bema’ni bayonotlar bilan musobaqalashmaydi va hech kimni ochiqcha tanqid qilmaydi. O‘zbekistonning uslubi boshqacha: jim, sokin va aniq harakat. Kim bilan mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash mumkin bo‘lsa - hamkorlik qilinadi. Kim bilan muloqot foydali bo‘lsa - muloqot davom ettiriladi.
Shu ma’noda, Pokiston bilan harbiy-texnik hamkorlik bugungi vaziyatga berilgan javob emas, balki bir necha yil avval boshlangan strategik yo‘lning navbatdagi bosqichidir. Bu yo‘l kimlargadir qarshi emas, balki O‘zbekistonning suveren qaror qabul qilish qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan. Beqaror dunyoda aynan shunday - shovqinsiz, ammo puxta o‘ylangan siyosat eng samarali bo‘lib chiqmoqda.
Strategic Focus: Central Asia

❤31👍26🔥10🤔2
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
AQSHning Eronga nisbatan siyosatidagi strategik burilish
I. Ekspertlar AQSHning Eronga nisbatan siyosati, garchi bu hali rasmiy doktrina sifatida e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, de-fakto o‘zgargani haqidagi yakdil fikrga tobora ko‘proq qo‘shilmoqdalar. "Yon berishlar evaziga muzokaralar" formulasi o‘z dolzarbligini yo‘qotib, o‘rnini asta-sekin majburlash mantiqi va rejimning ichidan tizimli ravishda parchalanishini kutish strategiyasiga bo‘shatib bermoqda.
II. Vashingtonning strategik yondashuvidagi o‘zgarishlar bir qator muhim omillar bilan izohlanadi.
Birinchidan, rejim daxlsizligi haqidagi narrativning parchalanishi. Isroil va AQSHning Eron yadro hamda harbiy infratuzilmasiga 2025-yil yozida bergan ketma-ket zarbalari rejimning naqadar zaif ekanligini fosh qildi: uning havo hujumidan mudofaa tizimi, razvedka apparati va qo‘mondonlik tuzilmalari osonlik bilan yorib o‘tilishi ma’lum bo‘ldi. Natijada Tehron ilgari surib kelgan “qarshilikning daxlsizligi” haqidagi konsepsiya o‘z ahamiyatini yo‘qotdi va kelishuvlar endi tomonlar o‘rtasidagi teng muzokara sifatida emas, balki kuchlar nisbatiga asoslangan jarayon sifatida ko‘rilmoqda.
Ikkinchidan, Eronning ichkarisidagi inqilobiy siljishlar. Minglab odamlar xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilgan qishki namoyishlar siyosiy kontekstni tubdan o‘zgartirdi. D.Trampning ommaviy qatag‘onlar sodir bo‘lgan taqdirda “aralashishga” tayyor ekani haqidagi bayonotlaridan so‘ng, sanksiyalarni yumshatishga qaratilgan har qanday qadam avval berilgan va’dalardan chekinish va namoyishchilarga xiyonat sifatida qabul qilinmoqda. Natijada murosaga kelish imkoniyatlari keskin darajada toraydi.
Uchinchidan, AQSHning harbiy-strategik tayyorgarligi. Mintaqaga Patriot va THAAD tizimlarining joylashtirilishi, dengiz va havo kuchlarining kuchaytirilishi Vashington uzoq muddatli mudofaa va hujum ustunligini barpo etayotganidan dalolat beradi. Hech shubhasiz, bunday resurslar "quruq muzokaralar" uchun safarbar etilmaydi, balki ular uzoq muddatli bosim va tiyib turish infratuzilmasini tashkil etadi. Bunday sharoitda AQSH maxsus vakillarining tashriflari va yangi muzokara raundlari haqidagi bayonotlar yadro kelishuvini qayta tiklashga qaratilgan real urinish emas, balki ko‘proq diplomatik niqob vazifasini bajarmoqda. Eronning raketa dasturini cheklash yoki proksi-guruhlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish haqidagi har qanday va’dalari Vashingtonda shunchaki ritorika, amalda esa bajarilishi deyarli imkonsiz majburiyatlar sifatida baholanmoqda. Natijada rejimga bo‘lgan ishonch deyarli butunlay yo‘qolgan.
III. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi taxminlarni ilgari surish mumkin.
Qisqa muddatda: AQSH hech qanday jiddiy yon bermasdan va sanksiyalar bosimini saqlab qolgan holda muzokaralarga ochiqlik o‘yinini simulyatsiya qiladi.
O‘rta muddatda: Vashington rejimni ichki inqirozga olib kelish maqsadida uni iqtisodiy, harbiy va siyosiy jihatdan yanada zaiflashtirishga e’tibor qaratadi.
Shuningdek, Eron ichidagi norozilik kayfiyatini qo‘llab-quvvatlash (hatto bu doim ham ochiq bo‘lmasa-da) AQSH strategiyasining o‘zagiga aylanadi. Har qanday ehtimoliy "kelishuv" esa o‘zaro murosa emas, balki faqat taslim bo‘lish (kapitulyatsiya) shartlari asosidagina amalga oshishi mumkin.
Umuman olganda, ko‘plab belgilar AQSHning asl maqsadi yangi yadroviy bitim emas, balki rejimning xatti-harakatini yoki rejimning o‘zini o‘zgartirish ekanligidan dalolat bermoqda. Vashington savdolashish davri o‘tganini va Tehronni tiz cho‘ktirish uchun imkoniyatlar oynasi aynan hozir ochilganini anglagan holda, qat’iy kuch ishlatish va tiyib turish tafakkuriga qaytmoqda.
Strategic Focus: Middle East and North Africa

🔥6❤5👍2💩1
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
Нашр маълумотларига кўра, Россиянинг давлатга қарашли банки тўрт ой давомида умумий қиймати қарийб 2,5 миллиард доллар бўлган нақд пул етказиб беришни амалга оширган. Трампнинг биринчи президентлик муддатида Теҳронга қарши янги санкциялар жорий этганидан сўнг, деярли беш тонна банкнот 34 та партия кўринишида Россиядан Эронга жўнатилган.
Қўлга киритилган ҳужжатларда ёзилишича, ҳар бир партиянинг қиймати 57 миллиондан 115 миллион долларгача бўлган ва улар Москвадан Теҳрондаги Эрон Марказий банкига юборилган.
Биринчи жўнатма 2018 йил 13 августда, яъни АҚШнинг Эронга қарши санкциялари тўғрисидаги фармон имзоланганидан бир ҳафта ўтиб амалга оширилган. У 57,3 миллион доллар қийматидаги 110 килограмм нақд пулдан иборат бўлган.
Нашр маълумотига кўра, юк темир йўл орқали Астраханга етказилган, сўнг Каспий денгизи орқали Эроннинг Амиробод портига олиб борилган ва у ердан яна темир йўл орқали Теҳронга юборилган бўлиши мумкин.
Шу тариқа Москва ва Теҳрон санкциялар ҳамда анъанавий молиявий каналларни четлаб ўтган. Бу эса икки давлат ўртасидаги ҳамкорлик илгари тахмин қилингандан анча чуқурроқ эканини кўрсатади.
Strategic Focus: LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍12👎7😁3
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Yaqin Sharqda yangi raqobat: Ar-Riyod va Abu-Dabi qarama-qarshiligi
Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi kelishmovchilik endi yashirin bosqichdan chiqib, ochiq maydonga ko‘chdi. Yillar davomida yopiq eshiklar ortida va sukut bilan boshqarib kelingan nizolar endilikda to‘laqonli strategik qarama-qarshilikka aylanib, Fors ko‘rfazi hududidan ancha tashqariga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hozirgi inqirozni ajratib turadigan jihat - uning tizimli (strukturaviy) xarakterga ega ekanidir. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Ar-Riyod va Abu-Dabi endi alohida siyosiy masalalar yuzasidan emas, balki Yaqin Sharqdagi mintaqaviy tartib va yetakchilik haqidagi tubdan farqli qarashlar sabab ajralmoqda. Bu esa nizoni jilovlashni ancha murakkablashtirib, xavf darajasini sezilarli oshirmoqda.
Ushbu qarashlarning eng yaqqol ko‘rinishi Yamandagi vaziyatda namoyon bo'ldi. Dekabr oyida BAA tomonidan qo‘llab-quvvatlangan separatist kuchlarning Janubiy Yamanni egallashga qaratilgan muvaffaqiyatsiz hujumi burilish nuqtasi bo‘ldi. Saudiya Arabistoni keskin javob qaytarib, hududdagi ta’sirini tikladi hamda Yaman kelajagini aynan qirollik belgilashini qayd etdi. Riyod uchun bu voqea muhim xulosani mustahkamladi: Abu-Dabiga bo‘lgan ishonch deyarli tugagan.
Mazkur ixtilofning asoratlari butun mintaqaga tarqalmoqda. Sudandagi shafqatsiz fuqarolar urushida Saudiya va BAA qarama-qarshi tomonlarni qo‘llab-quvvatlab, parchalanishni yanada kuchaytirmoqda va mojaroni uzaytirmoqda. Somalida esa Ar-Riyod markaziy hukumatni dastaklayotgan bir paytda, Abu-Dabi mustaqillik da’vo qilayotgan Somalilend hududi bilan yaqin aloqalar o‘rnatmoqda. Bu esa keskinlik va davlat institutlarining zaiflashishiga olib kelmoqda. Ikki qudratli davlat qarama-qarshi tomonlarni qo‘llab-quvvatlayotgan joyda beqarorlik kuchayishi aniq.
Geosiyosiy to‘qnashuv bilan birga iqtisodiy va siyosiy raqobat ham kuchaymoqda. Saudiya Arabistoni Amirliklar ta’sirini cheklash uchun faol choralar ko‘ra boshlagan, Amirliklar elitalari esa Ar-Riyodni haddan tashqari hukmronlik qiluvchi “katta aka” sifatida tasvirlamoqda. Bu raqobat axborot maydoniga ham ko‘chib, har ikki tomonga aloqador OAV va sharhlovchilar mintaqadagi tartibsizliklar, proksi kuchlar va inson huquqlari buzilishlari bo‘yicha o‘zaro ayblovlar bilan chiqmoqda.
AQSh hozircha tomon tanlashdan tiyilmoqda. Ar-Riyod ham, Abu-Dabi ham Vashingtonning Yaqin Sharq strategiyasida muhim o‘rin tutadi, va AQShning vositachi sifatida faol rol o‘ynamasligi strategik bo‘shliq hissini yanada kuchaytirdi. Bu bo‘shliq ichida ikki davlat tobora mustaqil harakat qilib, raqobatini Afrika shoxi va Janubiy Osiyogacha kengaytirmoqda.
2017-yildagi Qatar inqirozi bilan taqqoslashlar tabiiy, biroq hozirgi yorilish yanada xavfliroq bo‘lishi mumkin. Aniq talablar ro‘yxati yo‘q, chiqish strategiyasi ko‘rinmaydi va keskinlikni kamaytirish mexanizmlari aniqlanmagan. Noaniqlik ustun bo‘lib, noto‘g‘ri hisob-kitoblar va uzoq muddatli zarar xavfini oshirmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Saudiya-Amirliklar ixtilofi endi shunchaki ikki yaqin hamkor o‘rtasidagi o‘zaro nizo emas. U Yamandan tortib Afrikagacha bo‘lgan hududlardagi mojarolar, ittifoqlar va kuchlar muvozanatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy beqarorlik omiliga aylandi. Kelajakda siyosiy aloqalar biroz yumshagan taqdirda ham, ushbu to‘qnashuv qoldirgan asoratlar uzoq vaqt saqlanib qolishi ehtimoli yuqori.

❤6🔥5🤮5🤔2
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
Йиғилиш 19 феврал куни бўлиб ўтиши режалаштирилган, бироқ сана ўзгариши мумкин.
Нашрнинг ёзишича, ушбу йиғилиш Ғазодаги сулҳнинг иккинчи босқичини бошлаш, сектор бўйича таклифларни кўриб чиқиш ва ҳудудни қайта тиклаш учун маблағ йиғишга қаратилади. Учрашув Исроил бош вазири Бинямин Нетаняҳунинг АҚШ президенти Доналд Трамп билан бўлиб ўтадиган учрашувидан кейин режалаштирилган.
Агар Нетаняҳу мазкур йиғилишда қатнашса, бу унинг 2023 йил 7 октябрдан бери араб ва мусулмон давлатлари вакиллари билан илк мулоқоти бўлади. Оқ уй ва АҚШ Давлат департаменти мазкур хабарга ҳозирча изоҳ бермади.
Strategic Focus: LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3🔥2😢2🤔1😭1
Strategic Focus: LIVE
S.Pinxasova: Agar Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sammitda qatnashsa, bu Rossiyaning postsovet hududiga nisbatan tobora kuchayib borayotgan tarixiy va siyosiy da’volariga navbatdagi aniq geosiyosiy signal bo‘ladi. Bu qadam O‘zbekiston tashqi siyosati Moskvadagi “ta’sir zonalari” konsepsiyasiga bo‘ysunmasligini va strategik qarorlar mustaqil qabul qilinishini ochiq namoyon etadi. Shu bilan birga, AQSh tashabbusidagi platformada ishtirok etish Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka kirmagan holda, undan mustaqil va muqobil geosiyosiy yo‘nalish mavjudligini yaqqol ko‘rsatadi.
Strategic Focus: Central Asia
Strategic Focus: Central Asia
🔥44👍34❤18👏10💯10😁2😢1
Yangi bloklar, eski qo‘rquvlar: Yevrosiyo katta geosiyosiy to‘qnashuv sari ketmoqda
Ismoil Aliyev, Strategic Focus kuzatuvchisi
Yevrosiyo tez sur’atlarda “ko‘p qutbli dunyo” haqidagi illyuziyalardan voz kechib, qattiq kuch va bloklar davriga kirmoqda. Amaldagi jahon tartibi endi xavfsizlik kafolati sifatida qabul qilinmayapti. Shu sabab davlatlar oddiy mantiq bilan harakat qilmoqda: yoki sen o‘zingning xavfsizlik konturingni oldindan qurib olasan, yoki boshqalarning o‘yin maydoniga aylanasan. Bugun aynan shu mantiq asosida ikkita qarama-qarshi geosiyosiy konfiguratsiya shakllanmoqda.
Bir tomonda Turkiya - Pokiston - Saudiya Arabistoni - O‘zbekistondan iborat yirik islomiy geosiyosiy koalitsiya paydo bo‘lmoqda. Bu diniy ittifoq ham, rasmiy harbiy blok ham emas. Bu - mavjud jahon tartibotidan ko‘ngli qolgan davlatlarning manfaatlar uyg‘unligidir. Turkiya NATO doirasidagi ikkinchi darajali rolni ortda qoldirib, mustaqil harbiy-siyosiy markaz sifatida harakat qilmoqda. Pokiston - yadro quroliga ega, real urush tajribasiga ega armiya va razvedka maktabiga tayanadi. Saudiya Arabistoni AQSh xavfsizlik kafolatlariga ishonchini yo‘qotib, muqobil tayanchlar izlamoqda va buning uchun moliyaviy resurslarni safarbar qilishga tayyor. O‘zbekiston esa Markaziy Osiyoning demografik, transport va siyosiy tayanch nuqtasiga aylanmoqda. Ularni birlashtirayotgan omil o‘zaro mafkuralar simpatiyasi emas, balki umumiy bir xulosa: yirik inqiroz paytida hech kim tashqaridan yordam bermaydi, demak, kelajak mojarolarini oldindan jilovlaydigan real mexanizmni yaratish kerak.
Bunga javoban Rossiya mutlaqo boshqa modelni shakllantirmoqda - bosim va beqarorlik o‘qi. Bu guruh Rossiya - BAA - Suriya - Afg‘oniston chizig‘ida ko‘rinish olmoqda. An’anaviy ta’sir vositalarining qisqarishi va sanksiyalar sharoitida Moskva eski, sinovdan o‘tgan yondashuvga qaytmoqda: hududni hamkorlik orqali emas, balki beqarorlik orqali nazorat qilish. Suriya bu yerda kadrlar va kuch manbai sifatida xizmat qilmoqda. Urush yillari davomida u yerda etnik o‘zbek, uyg‘ur va tojiklardan iborat jangovar tajribaga ega, kuch tuzilmalariga integratsiyalashgan va transmilliy aloqalarni saqlab qolgan komandirlar qatlami shakllandi. Bu tasodifiy omil emas, balki mintaqaga bosim o‘tkazish uchun qulay instrumentdir. Afg‘onistonning rasmiy tan olinishi mafkuraviy yaqinlikdan emas, balki sovuq hisob-kitobdan kelib chiqadi: u xavflarni eksport qilish, yo‘laklarni nazorat qilish va Markaziy Osiyoga doimiy “xavfsizlik mo‘rt” degan signal yuborish vositasidir. BAA esa ushbu konstruktsiyada moliyaviy va logistika xabi vazifasini bajaradi - sanksiyalarni aylanib o‘tish, operatsiyalarni shovqinsiz moliyalashtirish va vositachilar orqali harakat qilish imkonini beradi.
Rossiyaning maqsadi bu yerda ochiq va pragmatik: janubiy chegaralarida mustaqil, o‘z xavfsizlik konturiga ega yangi kuch paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Agar Markaziy Osiyo Turkiya, Pokiston va arab dunyosi bilan birgalikda alohida strategik makon sifatida shakllansa, bu Moskva uchun uzoq muddatli strategik mag‘lubiyat bo‘ladi. Shu sababli asosiy stavka hamkorlikka emas, balki assimmetrik bosimga, radikal omilga va doimiy beqarorlik hissini saqlab turishga qo‘yilmoqda.
Natijada gap sivilizatsiyalar yoki mafkuralar to‘qnashuvi haqida emas, balki ikki xil omon qolish strategiyasi haqida bormoqda. Biri kelajak urushlarini oldindan muvozanat va muvofiqlashtirish orqali bartaraf etishga urinmoqda. Ikkinchisi esa ta’sirni saqlab qolish uchun betartiblik va qo‘rquvdan foydalanmoqda. Yevrosiyo tobora tashqi markazlar nazoratidan chiqib bormoqda va oldindan zarba berish, kuch bilan majburlash hamda beqarorlik orqali ustunlikka erishishga asoslangan maydonga aylanmoqda. Kim mintaqani birinchi bo‘lib o‘ziga bog‘lab olsa, kelgusi o‘n yilliklarda qoidalarni ham aynan o‘sha belgilaydi.
📨 O‘z tahliliy maqolangizni kanalda chiqarishni istasangiz, materialni @sfca_admin ga yuboring. Barcha maqolalar jamoamiz tomonidan ko‘rib chiqiladi.

👍21❤10💯4🤔2
🔹 Markaziy Osiyo: https://xn--r1a.website/StratFocusCAchat
🔹 Yaqin Sharq: https://xn--r1a.website/stratfocusmenachat
🔹 AQSh va Yevropa: https://xn--r1a.website/stratfocusatlanticchat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3❤1
Forwarded from Fikrat
Tomosha qiling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
🟡“Yangi ittifoqlar, eski qarama-qarshiliklar” - HAMID SODIQ #fikratuz
Ekspertimiz: Fikrat tahlilchisi, siyosatshunos Hamid Sodiq
Kanalga obuna bo'lish: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ?sub_confirmation=1
Loyihani qo'llab-quvvatlash: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ/join
www.fikratonline.uz…

👍5
Epshteyn hujjatlari: G‘arbcha “ochiqlik” qanday qilib javobgarlikdan qochish vositasiga aylandi
Yahyo Karimov, Strategic Focus kuzatuvchisi
Epshteyn hujjatlarining e’lon qilinishi zamonaviy G‘arb siyosiy tizimidagi bir chuqur muammoni ochib berdi. Xususan, rasmiy shaffoflik haqiqiy javobgarlik o‘rnini egallab bormoqda. Ya’ni, hujjatlar ochildi, ammo bu jamiyatni haqiqatga yaqinlashtirmadi - aksincha, uni yanada chalkashtirdi.
G‘arb demokratiyalari uzoq yillar davomida axborot ochiqligi avtomatik ravishda adolatni ta’minlaydi, degan da’voni ilgari surib keldi. Epshteyn ishi esa buning aksini ko‘rsatdi. Millionlab sahifalar izohsiz, tizimsiz va tahliliy vositalarsiz e’lon qilindi. Natijada asosiy savollar javobsiz qoldi: 1) jinoyat tarmog‘ini kim tashkil etgan, 2) uni kimlar himoya qilgan va 3) nega nufuzli shaxslar hanuzgacha javobgarlikka tortilmadi?
AQSh davlat institutlari rasmiy jihatdan “o‘z vazifasini bajargan”: hujjatlar ochildi va xalqqa taqdim etildi. Ammo asosiy ish (mazmunni ajratib ko‘rsatish va tizimli tushuntirish) bajarilmadi. Shu tariqa javobgarlik jamiyat zimmasiga yuklandi: “hujjatlar mana, o‘zingiz tahlil qiling”. Bu esa ta’sirli siyosiy va moliyaviy elitalarni himoyalovchi qulay pozitsiyadir.
Tizimli tergov o‘rniga axborot shovqini yuzaga keldi. Tasodifiy ism-shariflar, ahamiyatsiz elektron xatlar, fitna nazariyalari muhokama markaziga chiqdi. O‘zbek segmentida ham ko‘plab qizlar va keraksiz narsalar qizg‘in muhokama qilinmoqda. Asosiy masala - tashkillashtirilgan jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosi - esa ikkinchi planga surildi. Natijada betartiblik senzura bilan bir xil vazifani bajarmoqda, faqat u “demokratik” va “ochiq” ko‘rinishda bo‘lmoqda.
G‘arb davlatlari ko‘pincha boshqa mamlakatlarni “yopiqlik” va “axborotni yashirish”da ayblab keladilar. Epshteyn ishi esa boshqa mexanizmni ko‘rsatdi: faktlarni yashirmay, aksincha ularni haddan tashqari ko‘p ma’lumot ichida cho‘ktirib yuborish chorasi ko‘rildi. Bu usul tizimning o‘zini saqlab qolishiga, elitalarni zarbadan himoya qilishga va siyosiy barqarorlikni buzmaslikka xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytsak, Epshteyn keysi bu shunchaki jinoiy ish yoki navbatdagi media shov-shuv emas. Bu G‘arb boshqaruv modelidagi tizimli inqiroz belgisidir. Unda axborot erkinligi javobgarlikni ta’minlamaydi, institutlar jabrlanuvchilardan ko‘ra o‘zini ko‘proq himoya qiladi, demokratiya esa tobora haqiqatni topish emas, balki keskinlikni pasaytirish texnologiyasiga aylanmoqda.

👍19❤8🔥4
Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokistonni birlashtirgan “sunniy harbiy blok” hozirgi tektonik geosiyosiy o‘zgarishlar fonida qanchalik mustaqil kuch markazi bo‘la oladi?
Farid Jabborov, Strategic Focus kuzatuvchisi
So‘nggi vaqtlarda dunyo bo‘ylab siyosiy ekspertlar sahna ortidan kelayotgan manbalarga tayanib Turkiya jumhuriyati Saudiya Arabistoni va Pokiston harbiy paktiga qo‘shilish uchun final kelishuvlar bo‘sag‘asida turgani haqida yozishmoqda. Siyosatshunoslar buni qisqa qilib “sunniy blok” deb atashdi. Xo‘sh, pirovardida Isroilning yozgi Qatar poytaxti Dohada XAMAS yetakchilariga qarshi qiruvchi samolyotlar bilan harbiy operatsiya o‘tkazishi ortidan Saudiya Arabistonining AQSh harbiy zontigi - himoyasidan xafsalasi pir bo‘lib yadroviy qurolga ega yagona musulmon davlati - Pokiston bilan harbiy pakt tuzishiga undagan bu “sunniy blok” kelajakda mustaqil kuch markazi bo‘la oladimi?
Bu blokning paydo bo‘lishi avvalo AQSh va Xitoy qarama-qarshiligi prizmasidan qaraydigan bo‘lsak Xitoy manfaatiga qo‘l keladi desak mubolag‘a bo‘lmas, chunki Turkiya va Saudiya Arabistoni doim AQShning Yaqin Sharq mintaqasidagi ittifoqdoshlari bo‘lib kelgan. Bu ikki davlatning mustaqil harbiy blok sari dreyf qilishi albatta AQSH taʼsir orbitasidan uzoqlashuvni anglatadi. Agar bu dreyf Pokiston sari bo‘lsa bu Xitoy uchun yanayam asqotadi. Pokiston va Xitoy aloqalari oddiy qo‘shnichilikdan har sohada strategik ittifoqchilikka chiqqaniga ancha yillar bo‘ldi. Shuning uchun bu blokning paydo bo‘lishi albatta AQSHga yoqmasligi aniq. Donald Tramp maʼmuriyatining tashqi siyosatdagi xatti-harakatlarini qandayligini bilsak, ular bu harbiy blokning kengaymasligi uchun nimalar qilishini taxmin etish oson.
Keyingi qarshilik esa Isroil va uning Yaqin Sharqdagi ittifoqchisi Birlashgan Arab Amirliklaridan keladi, chunki Isroil bu “sunniy blok”ni avvalo mintaqadagi kuch muvozanatini tubdan o‘zgartirib yuboradigan kuch deb o‘ylaydi va bu o‘zgarish aslo Isroil foydasiga bo‘lmasligini yaxshi biladi. Shuning uchun Isroil bu blokning rasmiy paydo bo‘lmasligi va kengaymasligi uchun butun salohiyati bilan qarshilik qiladi. Bu qarshilikning namunasi o‘laroq yaqinda BAA va Hindiston o‘rtasida imzolangan o‘zaro chuqur harbiy hamkorlik va ittifoqchilik shartnomasini keltirish mumkin. Tahlilchilar bu ikki davlatning uchinchi o‘zani Isroilga borib taqalishini va bu uchlik shartnomasi Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston uchligiga qarshi ekanini taʼkidlaydilar.
Xo‘sh bunday murakkab vaziyatda yangi shakllanayotgan “sunniy harbiy blok” mustaqil kuch markazi bo‘la oladimi? Bu savolning javobi bu uchlikdagi davlat rahbarlari va siyosiy elitaning bu mustaqillikka ne chog‘lik tayyor ekani, tashqi va ichki bosimlarga dosh bera olishi va siyosiy iroda ko‘rsatishiga bog‘liq. Agar shunday mustaqil kuch paydo bo‘lsa, bu albatta O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari uchun boshqa mustaqil kuch markazlariga nisbatan tarixiy birlik, jug‘rofiy yaqinlik, madaniy va diniy hamohanglikdan kelib chiqib jozibaliroq, ishonchliroq ko‘rinishi tabiiy hol. Kuzatishda davom etamiz.

👍16❤5🔥4🤔1
Forwarded from Fikrat
Mavzu: Navoiy asarlarida siyosiy g‘oya va davlat falsafasi
Ekspertlarimiz: professor Muzaffar Ortiqov (f.f.n) va professor Bahtiyor Karimov
Tomosha qiling
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
G‘arb mediasi hatto yagona narrativni ham yarata olmayaptilar. BBC bir tomondan Epshteynni Rossiyaga ishlagan deydi, boshqa tomondan esa u Rossiyaga hatto viza olishda qiynalganini qayd etmoqda.
Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
🤡17😇5
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
Epshteynning do‘stlari pedofil - senator Ted Kruz va sionist jurnalist Ben Shapiro esa amerikaning chirigan elitasini himoya qilib, Rossiya va Shimoliy Koreyani (!) ayblamoqda.
Strategic Focus: Atlantic
Strategic Focus: Atlantic
🤣47💩14👎6🤔2
Strategic Focus: Central Asia
O‘zbekiston Tolibonning “o‘yinlariga” nuqta qo‘ydi M.Imomov, Strategic Focus eksperti Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston yillar davomida eng vazmin va muvozanatli yondashuvni saqlab kelayotgan kam sonli davlatlardan biri bo‘ldi. Rasmiy Toshkent mamlakat…
YouTube
"Toshkent muloqotga tayyor, lekin sabrning ham chegarasi bor" #fikratuz
Ekspertimiz:
Kanalga obuna bo'lish: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ?sub_confirmation=1
Loyihani qo'llab-quvvatlash: https://www.youtube.com/channel/UCjGq37oV_ZBz1xVDz-sZkMQ/join
www.fikratonline.uz
Video: telegram.me/fikrat
Audio:…

👏8👍3❤1🔥1
Forwarded from Otabek Akromov
Қўшни давлатларга нисбатан ташқи сиёсат қанчалик тажовузкор, босимга асосланган ва таҳдидли бўлса, уларнинг сендан узоқлашиши шунчалик тез бўлади. Бундай мантиқни назарий жиҳатини мана бу 👉🏿 мақоламда таҳлил қилганман.
Арманистон ва АҚШ ўртасида атом энергетикаси бўйича имзоланган келишув шунинг яққол мисоли. Илгари бундай сценарийни ҳатто тасаввур қилиш қийин эди: Арманистон энергетикаси деярли тўлиқ Россия таъсир доирасида эди. Бугун эса Вашингтон $9 млрд инвестиция билан кириб келяпти.
Бу “Арманистон Ғарбни танлади” деган оддий ҳикоя эмас. Бу — Россиянинг сўнгги йилларда олиб борган ташқи сиёсати натижаси. Қўшниларни иттифоқчи сифатида ушлаб туриш ўрнига, уларни доимий қўрқув, босим ва жазо орқали назорат қилишга уриниш — акс/реверсив таъсир беради.
Натижа эса аниқ: ҳатто энг яқин ва анъанавий шериклар ҳам альтернатив шериклар қидира бошлайди. Илгари мумкин бўлмаган қарорлар — реалликка айланади.
🌟 Otabek Akromov | PhD Bio ANU

💯28👍10❤7😁2
Forwarded from Diplomat (Sobirov)
Aftidan Tashiyev o‘z ambitsiyalari qurboni bo‘lgan. Oxirgi kunlarda Qirg‘izistonda Prezidentning vakolat muddati haqida savollar paydo bo‘lgandi. Ya’ni, Japarov 2021-yil yanvarda eski Konstitutsiya bo‘yicha 6 yillik muddatga Prezidentlikka saylangan. 2021-yil oxirida qabul qilingan yangi Konstitutsiyada esa Prezident muddati 5 yilga tushirilgan. Yuristlar yangi Konstitutsiya bo‘yicha 2026-yil yanvarda muddatidan oldingi Prezident saylovlari o‘tkazish kerakligini aytgan.
Eng qizig‘i, 75 kishi bu haqida Prezident va parlament raisiga rasmiy xat yuborgan. Ular orasida akademiklar, sobiq deputat va amaldorlar borligiga qaraganda ushbu 75 talik kimgadir ishonib, Prezidentga chaqiruv tashlagan. Ayrimlar bunda Tashiyev qo‘li borligi haqida gapirgan.
Japarov va uning atrofidagilar yangi huquqiy vakuum fonida Tashiyevda xavf ko‘rgan ehtimol. O‘zi davlat rahbaridan keyingi o‘rinda turadigan odamni eng ta’sirli kuch tuzilmasiga boshliq qilish xato baribir.
Ammo Japarov Tashiyevdan xavfsirab, uni bo‘shatganiga ham hali ishonish qiyin. Tajribali siyosatchilar bunday shoshilinch qaror qabul qilmaydi. Yoki yopiq eshiklar ortida nimalardir yuz bergan. Katta ehtimol bilan u kuch tuzilmasidan uzoqroq mansabga tayinlanadi.
Tashiyev rostan ham o‘ta ambitsiyali, og‘ir xarakterli odam, masalan, u parlament binosida deputatlarni so‘kishdan, haqorat qilishdan qaytmaydi. Hududlarni ham xuddi prezidentdek aylanib, monitoring qiladi.
Baribir oxiri qiziq. Prezidentning atrofida, shubhasiz, Tashiyevning mutlaq vakolatlaridan norozilar bor va ular davlat rahbariga bu haqda muntazam axborot yetkazadi. Hokimiyat shunday narsa, u to‘la ishonchni yoqtirmaydi, hech kimga ishonmaslikni o‘rgatadi.
Putin-Medvedov, Nazarboyev-To‘qayev keyslari buni tasdiqlagan. Japarov muddatidan oldingi saylovlar bo‘lgan taqdirda jiddiy raqibdan xalos bo‘lmoqchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
@pan_diplomat

👍10❤6🔥3🤔3
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
🇰🇬 Ташиевнинг ўрнига Жумгалбек Шабданбеков Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси раиси вазифасини бажарувчи этиб тайинланди.
Қирғизистон президенти Садир Жапаров бугун тегишли фармонни имзолади.
Маьлумот учун, Жумгалбек Кумарович Шабданбеков Қирғизистон Республикаси Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси раисининг ўринбосари - Қирғизистон Республикаси Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси 9-хизмати бошлиғи лавозимида ишлаб келган.

🔥3
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
Strategic Focus: LIVE
🇰🇬 Ташиевнинг ўрнига Жумгалбек Шабданбеков Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси раиси вазифасини бажарувчи этиб тайинланди. Қирғизистон президенти Садир Жапаров бугун тегишли фармонни имзолади. Маьлумот учун, Жумгалбек Кумарович Шабданбеков Қирғизистон Республикаси…
55 ёшли Жумгалбек Шабданбеков аввал президент, олий мансабдор шахслар ва собиқ давлат раҳбарларини қўриқлаш билан шуғулланувчи 9-хизмат раҳбари лавозимида ишлаб келган.
Strategic Focus: LIVE
Strategic Focus: LIVE
Forwarded from Hamid Sodiq | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida jonli uchrashuv
🗓 2026-yil 15-fevral
⏱️ Soat 14:00
🎙 Jonli ilmiy-ma’rifiy uchrashuv
📌 Mavzu:
💡 Tarix qachon siyosat quroliga aylanadi?
👥 Ishtirok etuvchi ekspertlar:
Hamid Sodiq — siyosatshunos
Kamoliddin Rabbimov — siyosatshunos
G‘aybulla Boboyorov — tarixchi
🔹 Tadbir davomida:
Tomoshabinlar bevosita savollar berish va fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ilmiy va ma’rifiy kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Mualliflardan dastxat olish imkoniyati bo'ladi.
📩 Bog‘lanish uchun:
👉 @nurbekgofurov

❤11
Ekstremizmga qarshi kurash: jazo yetarlimi yoki yondashuvni o‘zgartirish kerakmi?
Ekstremizm ko‘pincha faqat diniy xavf sifatida qabul qilinadi. Amalda esa, u ancha keng tushuncha: milliy, etnik, irqiy va ijtimoiy adovatga asoslangan shakllarini ham jamiyat uchun xavfi kam emas. Muammo shundaki, qonunchilik va amaliyot bu xilma-xillikni doim ham hisobga olmaydi.
Asosiy xatar qayerda? Ekstremizm odamlarni “biz” va “ular”ga ajratadi. Bu bo‘linish qaysi g‘oya bilan niqoblanishidan qat’i nazar, jamiyat barqarorligiga zarba beradi. Agar javobgarlik faqat bir shaklga qaratilsa, qolganlari boshqa nom ostida erkin tarqalayotgan bo‘ladi.
Jazo masalasi ham oddiy emas. Tashkil etuvchi va rahbar bilan ta’sir ostida qolib qo‘shilgan ishtirokchini bir xil javobgarlikka tortish - adolat tamoyiliga to‘liq mos kelmaydi. Xavf darajasi ham, javobgarlik yuki ham farqli bo‘lishi kerak.
Faqat jazo yechim bo‘la oladimi? Amaliyot shuni ko‘rsatyaptiki, ekstremizm - faqat jinoiy harakat emas, balki mafkuraviy muammo. Demak, unga qarshi kurash ham faqat jazo emas, profilaktika, axborot xavfsizligi va huquqiy aniqlikka tayanishi lozim.
Ekstremizmga qarshi samarali kurash uchun uning barcha shakllari ochiq ta’riflanishi, javobgarlik adolatli ajratilishi va jazo bilan bir qatorda ongli profilaktika yo‘lga qo‘yilishi shart. Aks holda, xavf yo‘qolmaydi - faqat shakl o‘zgartiradi.