Strategic Focus: Central Asia
18.1K subscribers
736 photos
146 videos
60 files
1.75K links
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib

Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Download Telegram
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Bugun tinch osmon ostida yashayotgan bo‘lsak, bu - Vatan himoyachilarining fidokorona xizmati samarasidir. Hozirgi murakkab va beqaror xalqaro sharoitda tinchlik o‘z-o‘zidan saqlanib qolmaydi - u doimiy hushyorlik, mas’uliyat va fidoyilik bilan ta’minlanadi. Aynan shu vazifani Vatan himoyachilari har kuni, jim va qat’iyat bilan bajarib kelmoqda.

Vatan himoyachisi bo‘lish bugun nafaqat kasb, balki katta strategik mas’uliyatdir. Mintaqada va dunyoda yuz berayotgan ziddiyatlar fonida ular davlat suvereniteti, jamiyat barqarorligi va xalq osoyishtaligini himoya qiluvchi asosiy tayanch hisoblanadi. Bu yo‘l matonat, sadoqat va Vatanga bo‘lgan chin muhabbatni talab qiladi.

Aynan shu fazilatlar jamiyatimizda ishonchni mustahkamlaydi, odamlarni birlashtiradi va ertangi kunga ishonch bilan qarashga undaydi. Zero, bugungi dunyoda eng katta boylik - bu tinchlik va uni asray oladigan mas’uliyatli insonlardir. Bugun yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan barchaga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Vatan himoyachilari kuni muborak! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va ma’suliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Strategic Focus: Central Asia
🫡7🔥4👍2
G‘arb ommaviy axborot vositalari va akademik muhitida hukmron bo‘lgan asosiy narrativ bugungi global qarama-qarshilikni “liberal demokratiyalar”ning Rossiya “avtoritarizmi”ga qarshi kurashi sifatida talqin qiladi. Biroq siyosiy tizimlarning real ishlash mexanizmlarini tahlil qilganda, bu sxema tobora sun’iy ko‘rina boshlaydi. Muammo qarama-qarshi tomonlarda emas, balki “demokratiya” tushunchasining o‘zida.

“Liberal demokratiya” modelida “liberal” komponent tarixan ozchiliklarni himoya qilish vazifasini bajargan. Ammo bugungi G‘arbda bu mexanizm ko‘pchilik manfaatlari hisobiga ishlay boshladi. Siyosiy qarorlar tobora keng ijtimoiy qatlamlar emas, balki tor iqtisodiy elita ehtiyojlariga moslashtirilmoqda. Natijada saylovlar saqlanib qolgan bo‘lsa-da, real hokimiyat jamiyatdan uzoqlashmoqda. Shu ma’noda G‘arb tizimi tobora “liberal oligarxiya” belgilari bilan tavsiflanmoqda.

Rossiya misolida esa vaziyat boshqa yo‘sinda shakllangan. Saylovlar va ommaviy legitimatsiya mavjud, biroq ozchiliklarning siyosiy ta’siri keskin cheklangan. Bu modelni klassik avtokratiya emas, balki “avtoritar demokratiya” sifatida ta’riflash mantiqiyroq. Demak, G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi asosiy farq demokratiya va avtoritarizm o‘rtasida emas, balki liberal oligarxiya bilan avtoritar demokratiya o‘rtasidagi tizimli ziddiyatda namoyon bo‘lmoqda.

Shu nuqtadan boshlab urushning ideologik mazmuni ham o‘zgaradi. U endi “liberal demokratiyalar”ning “avtokratiya”ga qarshi kurashi emas, balki G‘arb liberal oligarxiyalari bilan Rossiya avtoritar demokratiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuv sifatida ko‘rinadi. Bu yondashuv G‘arbning real strategik maqsadlarini, uning kuchli va ayniqsa zaif tomonlarini aniqroq tushunishga imkon beradi.

Past ijtimoiy qatlamlarni ifodalovchi siyosiy kuchlarning Rossiyaga nisbatan nisbatan iliq munosabati ham aynan shu kontekstda tushuntiriladi. G‘arb elitalari jamiyatning quyi qatlamlari Rossiya modelidagi “tartibli suverenitet” va populistik unsurlarga moyil bo‘lishidan xavfsiraydi. Shu sababli iqtisodiy sanksiyalar asosiy siyosiy qurolga aylandi - chunki inflyatsiya va turmush darajasining pasayishi eng avvalo aynan shu qatlamlarga zarba beradi.

Liberal oligarxiyalarning yana bir muammosi - chuqur institutsional disfunktsiya. Siyosiy elitalar doimiy saylov kampaniyalari va ichki siyosiy teatr bilan band bo‘lib, tashqi siyosat va geosiyosiy strategiyaga yetarli e’tibor ajrata olmayapti. Natijada Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarda xatolar ko‘paymoqda, diplomatik salohiyat esa tizimli ravishda yemirilmoqda.

Shu fonda G‘arb yetakchilarining intellektual va boshqa zaifliklari tobora ravshanlashmoqda. D.Tramp yoki E.Makron kabi rahbarlar real geosiyosiy raqobatda V.Putin va Si Szinpin bilan yuzma-yuz kelganda, bu tafovut yanada aniq seziladi. Bu shaxsiy qobiliyat masalasi emas, balki ularni yetishtirayotgan siyosiy tizimlarning ustuvorliklari va ichki mantiqi bilan bog‘liq.

Xulosa shuki, bugungi global qarama-qarshilikni tushunish uchun an’anaviy “demokratiya–avtoritarizm” dixotomiyasidan chiqish zarur. Aks holda, G‘arbning o‘z ichidagi struktur muammolari va ularning xalqaro xavfsizlikka ko‘rsatayotgan real ta’siri ko‘r-ko‘rona e’tibordan chetda qolishda davom etadi.

Strategic Focus: Atlantic
5👍4🔥3👎1🫡1
Yevropa urushni tanladi va suverenitetdan voz kechdi!

NATO soyasida yo‘qolgan suverenitet, sanksiyalar ortidagi o‘zini-o‘zi yemirish va tashqi boshqaruvning ko‘rinmas mexanizmlari - bu materialda Yevropaning bugungi geosiyosiy holati ochiq va sovuqqon ko‘rib chiqiladi.

Batafsil: https://xn--r1a.website/stratfocusatlantic/1985
👍75🔥2👎1🫡1
Markaziy Osiyo uchun Yevropaning bugungi holati jiddiy ogohlantiruvchi misoldir. Strategik suverenitet shiorlar, integratsion formulalar yoki ittifoqlarga ko‘r-ko‘rona tayanish orqali emas, balki real manfaatlar, mustaqil qaror qabul qilish va manevr erkinligi orqali saqlanadi. Yevropa tajribasi shuni ko‘rsatdiki, geosiyosiy iroda zaiflashgan joyda hatto eng rivojlangan iqtisodiy hudud ham tashqi kun tartibining ijrochisiga aylanib qolishi mumkin.

Aynan shu nuqtada Markaziy Osiyoda shakllanayotgan yondashuv, xususan O‘zbekiston tanlagan yo‘l, muhim alternativ sifatida namoyon bo‘lmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev siyosiy qarashlarining markazida ideologik bloklashuv emas, balki pragmatizm, suverenitet va mintaqaviy barqarorlik turadi. Bu yondashuv tashqi siyosatda keskin tanlovlardan qochib, davlat manfaatlarini vaziyatga mos va moslashuvchan tarzda himoya qilishni nazarda tutadi.

Mintaqa davlatlari uchun asosiy saboq shundaki, yirik kuchlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikda axloqiy ritorika emas, sovuqqon hisob-kitob ustun bo‘lishi kerak. Mojarolarning iqtisodiy, energetik va xavfsizlik oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish - ideologik pozitsiyadan ko‘ra muhimroq. Yevropa sanksiyalar orqali o‘z sanoati va ijtimoiy barqarorligiga zarba berdi; Markaziy Osiyo esa aynan shunday o‘zini-o‘zi jazolovchi qarorlardan ehtiyot bo‘lishi lozim.

Shu ma’noda ko‘p vektorli tashqi siyosat mintaqa uchun diplomatik hiyla yoki vaqtinchalik taktika emas, balki omon qolish va rivojlanish strategiyasidir. Rossiya, Xitoy, G‘arb va Global Janub bilan munosabatlar ideologiya asosida emas, balki manfaatlar muvozanati asosida qurilgandagina Markaziy Osiyo subyekt bo‘lib qoladi, obyektga aylanmaydi. Bu aynan Mirziyoyev doktrinasining amaliy mohiyatidir.

Yevropa bugun tashqi mojaro orqali ichki bo‘shliqlarini yopishga urinmoqda. Markaziy Osiyo esa buning teskarisini qilishi kerak: ichki barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish va xavfsizlikni bosqichma-bosqich kuchaytirish orqali tashqi bosimlarga bardoshli bo‘lish. Zamonaviy xalqaro tizim sharoitida eng jiddiy strategik xatolardan biri - begona geosiyosiy to‘qnashuvlarning mafkuraviy va siyosiy yukini o‘z zimmasiga olishdir. Barqaror va uzoq muddatli rivojlanish esa faqat milliy manfaatlarga tayangan holda, mustaqil qaror qabul qilish va o‘z taraqqiyot modelini ongli ravishda shakllantirish orqali ta’minlanadi.

Strategic Focus: Central Asia
💯10👍94🫡2
Eronga qarshi axborot urushi

M.Imomov, Strategic Focus eksperti

I. Ekspertlar hamjamiyati Eron atrofida shakllanayotgan axborot foniga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Rasmiy bayonotlar, mustaqil tuzilmalar va G‘arb OAVlari keltirayotgan ma’lumotlar o‘rtasidagi keskin tafovut real jarayonlar va ularning talqini o‘rtasidagi ziddiyatni ochib bermoqda.

II. Ekspertlar voqealar rivojidagi muhim signallarni qayd etmoqda.

Birinchidan, qurbonlar soni bo‘yicha tarqatilayotgan raqamlar o‘ta nomutanosib. Rasmiy manbalar yuzlab qurbonlar haqida gapirsa, ayrim huquqni himoya qiluvchi tuzilmalar bu ko‘rsatkichni bir necha baravar oshirmoqda, G‘arb OAVlari esa minglab va hatto o‘n minglab qurbonlar narrativini ilgari surmoqda. Ya’ni gap statistik aniqlikda emas, balki axborot eskalatsiyasida ketmoqda.

Ma’lumot uchun. Human Rights Activist News Agency hisob-kitoblariga ko‘ra, namoyishlarda 648 eronlik halok bo‘lgan; Reuters - 2 ming; The New York Times - 3 ming; Iran International - 12 ming; CBS News - 20 ming eronlik o‘ldirilgani haqida xabar bergan.


Ikkinchidan, bunday mexanizm ilgari ham qo‘llangan. Iroqdagi “kimyoviy qurol”, Liviyadagi Beng‘ozi voqealari yoki Suriyadagi “hisobsiz qurbonlar” haqidagi kampaniyalar bir xil mantiq asosida ishlagan: avval maksimal raqamlar, keyin hissiy bosim, so‘ng “tezkor choralar” talabi. Faktlar esa ko‘pincha vaqt o‘tgach va faqat cheklangan auditoriya e’tiboriga havola etilgan.

Uchinchidan, bugungi vaziyatda raqamlarning aynan hozir keskin oshirilishi tasodifiy emas. Tezkor ichki beqarorlashtirish ssenariysi ishlamagach, bosim axborot maydoniga ko‘chirilmoqda. Amalda esa maqsad voqealarni aniqlashtirish emas, balki tashqi auditoriyani bo‘lajak intervensiyaga psixologik jihatdan tayyorlashdir.

III. Ekspertlar mavjud dinamika yaqin muddatdagi ssenariyni belgilashini ta’kidlamoqda.

Yaqin istiqbolda axborot bosimi saqlanib qoladi va raqamlar siyosiy konyunkturaga mos ravishda o‘zgarishda davom etadi. Noaniqlik holati ataylab cho‘zilmoqda, bu esa siyosiy va diplomatik manevrlar uchun qulay fon yaratadi. Amalda esa vaziyatni aniqlashtirish emas, balki ta’sir o‘tkazish ustuvor bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, asosiy savol ochiq qolmoqda: harbiy eskalatsiya real ssenariymi yoki axborot bosimi bilan cheklanish rejalashtirilganmi. Bu noaniqlikning o‘zi jarayonning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.

IV. Asosiy xavf - Eronni Iroq yoki Liviya bilan qiyoslashdir. G‘arbiy media tarqatayotgan narrativ mamlakatni tez parchalanadigan tizim sifatida ko‘rsatishga urinadi, biroq bu yondashuv Eron institutlarining saqlanib qolganini, uzoq yillik sanksiyalar sharoitida moslashuv shakllanganini va mintaqaviy ta’sir mexanizmlarini hisobga olmaydi.

V. Bugungi axborot manzarasi gumanitar vaziyatni xolis tahlil qilishdan ko‘ra, tashqi bosimni asoslashga qaratilgan axborot-psixologik tayyorgarlikni ko‘proq eslatmoqda. Raqamlar va sarlavhalar tez-tez almashadi, biroq strategik haqiqat o‘zgarmaydi: bu jarayonda hissiyotlar emas, balki sovuqqon hisob-kitob hal qiluvchi ahamiyatga ega. Savol shuki, axborot shovqini ortidan haqiqatan ham muvozanatli va oqilona qarorlar qabul qilinadimi?

Strategic Focus: Central Asia
12👍4🔥4
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tashqi ishlar vazirligi faoliyatiga bag‘ishlangan majlisiga Strategic Focus ekspertlari munosabati

M.Imomov: O‘zbekiston hissiyot yoki bosimlarga berilmasdan, o‘z manfaatidan kelib chiqib, muvozanatli va ehtiyotkor siyosat yuritmoqda

Bugungi kunda dunyo aniq bir necha yirik geosiyosiy bloklarga bo‘linib bormoqda. Bir tomonda AQSh va Yevropa Ittifoqi atrofida shakllangan G‘arb bloki, ikkinchi tomonda Rossiya va Xitoy yetakchiligidagi alternativ markazlar, uchinchi tomonda esa o‘z manfaatini mustaqil himoya qilishga urinayotgan rivojlanayotgan davlatlar guruhi bor. Aynan shu bloklar o‘rtasidagi raqobat sanksiyalar, savdo urushlari va mintaqaviy mojarolarni kuchaytirmoqda.

Ana shunday murakkab vaziyatda O‘zbekistonning tashqi siyosati alohida ajralib turibdi. Prezident Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “jahonda keskin geosiyosiy o‘zgarishlar bo‘layotgan, davlatlarning suverenitetiga xavf-xatarlar kuchayib borayotgan murakkab payt”da mamlakatimiz biror blok tomoniga ko‘r-ko‘rona og‘mayapti. Aksincha, Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekiston hissiyot yoki bosimlarga berilmasdan, o‘z manfaatidan kelib chiqib, muvozanatli va ehtiyotkor siyosat yuritmoqda.

Bu yondashuv O‘zbekistonni yirik kuchlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik maydoniga aylantirib yubormayapti. Aksincha, mamlakatga turli yo‘nalishlar bilan bir vaqtning o‘zida hamkorlik qilish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va barqaror rivojlanish yo‘lini saqlab qolish imkonini bermoqda.

Strategic Focus: Central Asia
👍87🔥40💯20👏1915😁1
Strategic Focus: Central Asia
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tashqi ishlar vazirligi faoliyatiga bag‘ishlangan majlisiga Strategic Focus ekspertlari munosabati M.Imomov: O‘zbekiston hissiyot yoki bosimlarga berilmasdan, o‘z manfaatidan kelib chiqib, muvozanatli va ehtiyotkor siyosat…
K.Ametov: O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi sezilarli darajada oshdi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi sezilarli darajada oshdi va bu jarayon tasodifiy emas. Faqatgina 2025-yilning o‘zida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 26 ta xorijiy davlatga oliy darajadagi tashriflar amalga oshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tarixida ilk bor Bolgariya, Finlyandiya, Slovakiya, Serbiya, Iordaniya va Paragvay rahbarlari mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu faktlarning o‘ziyoq O‘zbekiston bilan hamkorlikka bo‘lgan xalqaro qiziqish qanchalik oshganini ko‘rsatadi.

So‘nggi yillarda 11 ta davlat bilan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 19 taga yetdi, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Tojikiston bilan esa ittifoqchilik munosabatlari yo‘lga qo‘yildi. Bugun O‘zbekistonning diplomatik aloqalari 165 ta davlatni qamrab olgan, xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari soni esa 60 taga yetgan. Bu ko‘rsatkichlar mamlakat tashqi siyosatining tizimli va uzoq muddatli strategiya asosida olib borilayotganidan dalolat beradi.

Bu natijalar, shubhasiz, Prezident Mirziyoyevning shaxsiy tashabbusi va faol diplomatik pozitsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Davlat rahbari o‘z nutqida bejiz ta’kidlamadi: “ochiq, pragmatik, puxta o‘ylangan va tashabbuskor tashqi siyosatimiz natijasida O‘zbekiston global tinchlik va diplomatiya markazlaridan biriga aylanib boryapti”. Bugun O‘zbekiston nafaqat mintaqaviy, balki kengroq xalqaro maydonda ham ishonchli hamkor, muloqot uchun ochiq va barqaror davlat sifatida qabul qilinmoqda.

Eng muhimi, bu faollik siyosiy uchrashuvlar bilangina cheklanib qolmayapti. Oliy darajadagi tashriflar natijasida 2025-yilda umumiy qiymati 160 milliard dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolandi, tashqi savdo aylanmasi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi, eksport hajmi esa 33,5 milliard dollarga yetdi. Bu raqamlar tashqi siyosatning real iqtisodiy samara berayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

Shu ma’noda, O‘zbekistonning bugungi tashqi siyosiy faolligi - bu shunchaki diplomatik faollik emas, balki Prezident Mirziyoyev rahbarligida shakllangan, aniq natijaga yo‘naltirilgan va mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyotiga xizmat qilayotgan ongli strategiyadir.

Strategic Focus: Central Asia
👍101🔥47👏20💯1810
S.Zokirova: Iqtisodiy diplomatiyani tashqi siyosatning markaziga qo‘yish strategik jihatdan mutlaqo to‘g‘ri qaror

Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti tobora parchalanib bormoqda: global savdo zanjirlari uzilmoqda, proteksionizm kuchaymoqda, sanksiyalar va mintaqaviy inqirozlar iqtisodiy aloqalarga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ana shunday murakkab sharoitda O‘zbekistonning iqtisodiy diplomatiyani tashqi siyosatning markaziga qo‘yishi strategik jihatdan mutlaqo to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilingan qaror hisoblanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “iqtisodiy xavfsizlik - davlat xavfsizligining asosiy poydevori”. Bu fikr tashqi siyosat endi faqat siyosiy muloqot emas, balki ichki barqarorlik, aholi bandligi va daromadlari bilan bevosita bog‘liq ekanini anglatadi. Ya’ni, tashqi siyosatdagi har bir qaror oxir-oqibat mamlakat ichidagi iqtisodiy holatga ta’sir qiladi.

Amaliy natijalar ham bu yondashuvning to‘g‘riligini tasdiqlamoqda. Masalan, 2025-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi, eksport hajmi esa 33,5 milliard dollarga yetdi. Xorijiy investitsiyalar oqimi ham keskin ko‘payib, 43 milliard dollardan oshdi. Eng e’tiborlisi, o‘tgan yili 75 ta davlatga eksport hajmi qariyb 4,5 milliard dollarga oshgani, O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarni keng geografiyada yo‘lga qo‘yayotganini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, Prezident rahbarligida olib borilgan iqtisodiy diplomatiya natijasida ikki va ko‘p tomonlama tashriflar doirasida umumiy qiymati 160 milliard dollarlik investitsiya loyihalari va savdo shartnomalari bo‘yicha bitimlar imzolandi. Bu shunchaki raqamlar emas - bu minglab yangi ish o‘rinlari, yangi texnologiyalar va sanoat tarmoqlarining rivojlanishi demakdir.

O‘zbekiston bugungi global iqtisodiy xatarlarni passiv tarzda qabul qilmayapti. Aksincha, eksportni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va yangi bozorlarni ochish orqali ularni ichki rivojlanish manbaiga aylantirmoqda. Bu esa iqtisodiy diplomatiya O‘zbekiston tashqi siyosatining eng muhim ustunlaridan biriga aylanganini yaqqol ko‘rsatadi.

Strategic Focus: Central Asia
👍8
A. Fayzullozoda: Tashqi savdoda bitta yoki ikki yo‘nalishga haddan tashqari bog‘lanib qolish xatarli

Bugungi global vaziyat shuni aniq ko‘rsatmoqdaki, tashqi savdoda bitta yoki ikki yo‘nalishga haddan tashqari bog‘lanib qolish katta xatar tug‘diradi. Sanksiyalar, transport yo‘laklarining uzilishi, yuk tashish narxlarining keskin oshishi ko‘plab davlatlar uchun og‘riqli saboq bo‘ldi. Shu ma’noda, O‘zbekiston tashqi siyosatida bozorlarni kengaytirish va diversifikatsiya qilish masalasi endi tanlov emas, balki zaruratga aylangan.

Prezident Mirziyoyev nutqida Shimoliy Yevropa, Afrika va Yaqin Sharq bozorlariga alohida urg‘u berilishi bejiz emas. Bu hududlar bugun tez o‘sayotgan, importga yuqori ehtiyoj sezayotgan va yangi hamkorlarga ochiq bo‘lgan bozorlardir. Ayniqsa, Afrika qit’asining 50 dan ortiq davlatni birlashtirgani, umumiy iqtisodiy hajmi 3 trillion dollardan oshishi, kelgusi yillarda esa iste’mol bozori yanada kengayishi kutilayotgani O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlar ochadi.

Prezident keltirgan Iroq misoli esa bu siyosatning naqadar aniq hisob-kitoblarga asoslanayotganini ko‘rsatadi. Bugungi kunda Iroq ichki ishlab chiqarish yetarli bo‘lmagani sababli yiliga qariyb 100 milliard dollarlik mahsulotni import qiladi. Shu bois bu mamlakat O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari uchun nihoyatda istiqbolli bozor hisoblanadi. Bevosita olib borilgan muzokaralar natijasida Iroqdan 150 ta yirik kompaniya O‘zbekistonga olib kelindi, ular mahalliy korxonalar salohiyatini o‘rganib, o‘zbek mahsulotlarini Yaqin Sharq bozorlariga olib chiqish bo‘yicha aniq rejalarga kirishdi.

Natijada, allaqachon Iroqqa yuzlab million dollarlik mahsulot yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu esa tashqi siyosatda “tasodifiy bozor qidirish” emas, balki oldindan puxta o‘ylangan, raqamlar va real ehtiyojlarga tayangan strategiya amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.

Shu ma’noda, Shimoliy Yevropa, Afrika va Yaqin Sharq yo‘nalishlariga chiqish O‘zbekiston uchun nafaqat yangi savdo imkoniyatlari, balki sanksiyalar va logistika xatarlarini kamaytirish, eksport barqarorligini ta’minlash va iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lidir. Bu yondashuv Prezident Mirziyoyev olib borayotgan tashqi siyosatning eng muhim va uzoqni ko‘zlagan jihatlaridan biridir.

Strategic Focus: Central Asia
👍95🤝2
A.Qodirov: Prezident Mirziyoyevning migratsiya bo‘yicha yondashuvi tashqi siyosatda inson omili birinchi o‘ringa qo‘yilayotganini ko‘rsatadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqida mehnat migratsiyasiga mutlaqo yangicha va tizimli qarash yaqqol namoyon bo‘ldi. Endi migratsiya faqat ijtimoiy muammo yoki majburiy choraga tenglashtirilmayapti. Aksincha, u davlat tomonidan boshqarilsa va qonuniy yo‘lga qo‘yilsa, katta iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyat sifatida ko‘rilmoqda. Prezidentning “elchi bu - qonuniy mehnat migratsiyasi uchun sharoit yaratadigan davlat vakilidir” degan fikri aynan shu falsafani ifodalaydi.

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari tashkiliy mehnat migratsiyasi asosida 30 dan ortiq davlatda ishlayotgani qayd etildi. Avvallari bu ko‘rsatkich atigi 2–3 ta davlat bilan cheklangan edi. Masalan, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya kompaniyalari mutaxassislar yetishmasligi sababli bevosita O‘zbekistonda o‘quv markazlarini ochib, fuqarolarni ishga tayyorlashni boshladi. Yaponiya bilan hamkorlikda 10 ming nafar o‘zbek mutaxassisini jalb qilish loyihasi yo‘lga qo‘yilgani buning yaqqol misolidir. Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishchilar yuborish amaliyoti ham tizimli tus oldi.

Bu yondashuv migratsiyani “tasodifiy ketish”dan yuqori daromadli, malakali va qonuniy bandlik modeliga aylantirishni ko‘zlaydi. Ya’ni, fuqarolarimiz xorijga ketib, hujjatsiz va himoyasiz qolmasdan, oldindan tayyorgarlik ko‘rib, til va kasb o‘rganib, aniq shartnoma asosida ishlashi kerak.

Shu bilan birga, Prezident nutqida migratsiyaning yana bir muhim jihati - fuqarolar huquqlarini himoya qilish masalasi keskin ko‘tarildi. Bugun ko‘plab davlatlarda migrantlarga nisbatan talablar kuchayib, reydlar va tekshiruvlar ko‘payib borayotgan bir paytda bu masala ayniqsa dolzarb. Prezident ochiq aytdi: “elchi va konsullar har bir holat yuzasidan malakali yuridik yordam ko‘rsatib, xorijdagi fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishi shart”.

Bu talab shuni anglatadiki, davlat o‘z fuqarosini xorijda yolg‘iz qoldirmaydi. Endi elchilar “kabinet diplomatiyasi” bilan cheklanib qolmasdan, qurilish maydonlariga, yotoqxonalarga, talabalar auditoriyalariga borib, odamlarning real muammosini joyida o‘rganishi kerak. Bundan tashqari, xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolar uchun bepul koll-markazlar tashkil etilishi ham davlatning mas’uliyatini yanada kuchaytiradi.

Umuman olganda, Prezident Mirziyoyevning migratsiya bo‘yicha yondashuvi tashqi siyosatda inson omili birinchi o‘ringa qo‘yilayotganini ko‘rsatadi. Migratsiya endi faqat statistik raqam emas, balki fuqarolarning taqdiri, daromadi va kelajagi bilan bog‘liq masala sifatida ko‘rilmoqda. Bu esa O‘zbekiston tashqi siyosatining ijtimoiy va insonparvarlik qirrasini yaqqol namoyon etadi.

Strategic Focus: Central Asia
👍83🔥68👏1813💯10😁2
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
🇺🇸🇮🇷🇵🇰 Трамп Теҳронга АҚШ Эронга зарба бермаслиги ҳақида хабар берди, деб маълум қилди республиканинг Покистондаги элчиси

Эроннинг Покистондаги элчиси Трамп Теҳронни мамлакатга зарба беришдан бош тортгани ҳақида хабардор қилганини ва кескинликка жавобан Эронни ўзини тутишга чақирганини айтди. Дипломатнинг сўзларига кўра, Трамп шунингдек, ҳарбий можаролардан қочишга умид билдирган ва урушни хоҳламаслигини таъкидлаган.

Strategic Focus: LIVE
7🔥3🤔2
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
🇺🇸🇮🇷 Трампнинг Эронга зарба бериш режаси йўқлиги ҳақидаги хабарларга жавобан, АҚШ сенатори Линдси Грем шундай деди:

"Ёвуз Эрон режимига қарши қатъий чоралар кўриш қарори Президент Трампнинг шахсий иродаси ёки қатъиятига боғлиқ эмас. Воқеаларнинг бу версияси бутунлай ёлғон. Аслида, бунинг акси ҳақиқат. Бизни кузатиб боринг."

Strategic Focus: LIVE
👍43🔥2
Forwarded from Otabek Akromov
Агар йирик давлатлар ўзбошимчалик билан кичик давлатларга тағдид қилишни ва ҳудудларини босиб олишни давом эттирса, уларда ядро қуролга эга бўлиш истаги ошиб боради.

🌟 Отабек Акромов
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥83🤝2
Forwarded from Otabek Akromov
Қизиғи, Ўзбекистоннинг амалдаги Ташқи сиёсат концепцияси 2012 йилда тасдиқланган, лекин ҳали ҳам оммага очиқланмаган.

Аслида эса бу ҳужжат — дунёга юборилган сигнал. Унда давлатнинг асосий позицияси, «қизил чизиқлари» ва ташқи дунёга нисбатан ёндашуви очиқ-ойдин кўрсатилиши керак. Ҳужжатнинг ошкоралиги орқали ташқи шериклар ҳам, рақобатчилар ҳам Ўзбекистоннинг у ёки бу масалага нисбатан қатъий позициясини билиб туради.

2012 йилги концепциядан эса биз фақатгина битта позицияни билганмиз: Ўзбекистон сиёсий ва ҳарбий блокларга қўшилмайди. Тамом. Қолган қисмлари очиқ манбаларда йўқ. Бу эса ўзига хос парадокс: ташқи сиёсатнинг асосий концептуал рамкаси бор, лекин жамоатчилик ундан бехабар.

Кеча Президент ташқи сиёсат концепцияси янгиланиши ҳақида маълум қилди. Янгиланган ҳужжат албатта оммага очиқ эълон қилиниши керак. Чунки ташқи сиёсат фақат дипломатлар учунгина эмас — у жамият, экспертлар, хорижий шериклар ва ҳатто рақиблар учун ҳам очиқ мессеж вазифасини бажаради.

🌟 Отабек Акромов
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍79💯12🔥9👌4👏1🤔1
“Улар тўхтамаяпти”: Соловьёвдан кейин Дугин. Москва сукутда, Тошкент эса жим турмоқчи эмас

Россия ахборот майдонида Марказий Осиё давлатлари суверенитетига қарши қаратилган тажовузкор риторика тўхташ ўрнига, янги ва янада хавфли тус олмоқда. Ҳали Владимир Соловьёвнинг минтақа давлатларига қарши “махсус ҳарбий операция” ўтказиш ҳақидаги таҳдидлари жамоатчилик хотирасидан ўчмасдан туриб, саҳнага “рус дунёси”нинг асосий мафкурачиларидан бири ҳисобланган Александр Дугин чиқди. Унинг сўнгги чиқишлари шунчаки ҳиссиётли журналистнинг гапи эмас, балки мустақил давлатчилик асосларини инкор этувчи мафкуравий ҳужум сифатида баҳоланмоқда.

Z-пропаганданинг “отаси” саналган файласуф Дугин яқинда берган интервьюсида постсовет ҳудудидаги мустақил давлатларнинг келажагини очиқчасига рад этди. Унинг “уч қутбли дунё” назариясига кўра, миллий давлатлар даври тугаган ва эндиликда суверен Ўзбекистон, Қозоғистон, Арманистон ёки Грузия каби тушунчалар мавжуд бўлиши мумкин эмас. Дугиннинг фикрича, Россия назоратида бўлмаган ҳар қандай ҳудуд автоматик равишда Ғарб ёки Хитойнинг «плацдарми»га айланади, шу боис “нейтрал ва тинч Швейцария” бўлиб қолиш имконияти энди йўқ. Унинг мустақил давлатларни “ўтмиш қолдиғи” деб аташи нафақат дипломатик одобга, балки халқаро ҳуқуқнинг барча нормаларига тупуриш билан баробардир.

Вазиятнинг хавотирли жиҳати шундаки, бу якка ҳолат эмас, балки тизимли тенденцияга ўхшаб бормоқда. Бундан аввалроқ Россия давлат телевидениесининг юзи бўлган Владимир Соловьёв ҳам халқаро ҳуқуқни четга суриб, Марказий Осиёда куч ишлатиш зарурлигини таъкидлаган эди. Бундай чақириқлар минтақа экспертлари томонидан Россия ташқи сиёсатидаги “нео-империалистик” кайфиятнинг юзага қалқиб чиқиши сифатида кўрилмоқда. Foreign Policy томонидан дунёнинг энг нуфузли мутафаккирлари қаторига киритилган, аммо радикал қарашлари учун Қозоғистонда “персона нон-грата” деб эълон қилинган Дугиннинг сўзлари оддий провокациядан кўра, Кремлдаги айрим кучларнинг яширин орзулари ифодаси бўлиши мумкин деган шубҳаларни уйғотади.

Аммо энг таассуфланарлиси – расмий Москванинг реакциясидир. Россия Ташқи ишлар вазирлиги бу каби оғриқли чиқишларга нисбатан нафақат узр сўрамади, балки вазиятни юмшатиш ўрнига, айбни жамоатчиликка юклаш йўлини танлади. Мария Захарова Соловьёвнинг сўзларини “шахсий фикр” деб атаб, буни муҳокама қилганларни “диван таҳлилчилари” деб камситди. Ваҳоланки, давлат бюджетидан молиялаштирилувчи асосий телеканалларда ва мафкуравий платформаларда чиқиш қиладиган бундай шахсларнинг таҳдидлари шунчаки “шахсий фикр” бўлиши мумкин эмас. Расмий Москванинг сукути ёки мавҳум жавоблари, афсуски, бундай қарашларни билвосита маъқуллаш ёки камида “ҳароратни ўлчаб кўриш” сифатида қабул қилинмоқда.

Ўзбекистон ва қўшни давлатлар жамоатчилиги бу сигналларни тўғри ўқий олди. Фаолларнинг “бундай провокациялар қўшниларни душманга айлантириши” ва Ўзбекистоннинг ўз суверенитетини ҳимоя қилиш учун “иродаси ҳам, ресурси ҳам етарли” экани ҳақидаги кескин жавоби Тошкентнинг позициясини аниқ ифодалайди. Дугин ва Соловьёв каби фигураларнинг чиқишлари Марказий Осиё давлатларини Россиядан янада узоқлашишга ва ташқи сиёсатни жадал диверсификация қилишга ундамоқда, холос.

Хулоса қилиб айтганда, шимолдан келаётган бундай “совуқ шамоллар” бир ҳақиқатни яна бир бор эслатмоқда: Мустақиллик – бу “совға” эмас, балки ҳар куни, ҳар соатда ҳимоя қилиниши керак бўлган олий қадриятдир. Россия пропаганда машинасининг бугунги ҳужумлари эртанги реал хавфга айланмаслиги учун минтақа давлатлари нафақат огоҳ бўлиши, балки ўз суверенитети масаласида қатъий ва якдил позицияда туриши шарт. Зеро, ўзлигини ҳимоя қила олмаган давлатлар, Дугин айтмоқчи бўлганидек, тарих архивига улоқтирилиш хавфи остида қолади – аммо Ўзбекистон бу сценарийни аллақачон рад этган.

📱 Каналга обуна бўлинг: @gayratkhodjasaydaliev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯4111👍8🤝4🔥2🤔1
Forwarded from Strategic Focus: LIVE
🇺🇿🇺🇸Ўзбекистон Дональд Трампнинг Тинчлик кенгашига таъсисчи давлат сифатида қўшилади

Шавкат Мирзиёев номига Доналд Трампдан Яқин Шарқда тинчликни мустаҳкамлаш ва можароларни ҳал этиш бўйича халқаро ташаббусга қўшилиш ҳақида расмий таклиф келиб тушди.

Ташаббуснинг асосий мақсади янги халқаро тузилма — Тинчлик кенгашини тузишдан иборат.

Ўзбекистон Республикасига Тинчлик кенгашига таъсисчи давлат сифатида қўшилиш таклиф этилди. Ўзбекистон раҳбари америкалик ҳамкасбига жавоб мактубини йўллаб, унда Ўзбекистон Тинчлик кенгашига таъсисчи давлат сифатида қўшилишга тайёрлигини билдирди.

Strategic Focus: LIVE
👍150🔥10617💯17👏14👎5🤣4🎉1🕊1
O‘zbekistonning Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishiga Strategic Focus ekspertlari munosabati:
 
M.Imomov: D.Tramp tomonidan yo‘llangan taklif va O‘zbekistonning ijobiy javobi Toshkent va Vashington o‘rtasidagi siyosiy ishonch yangi bosqichga chiqqanining yaqqol belgisidir. So‘nggi yillarda AQSh O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng barqaror va mas’uliyatli hamkor sifatida ko‘ra boshlagani sir emas. Tinchlik kengashiga ta’sischi sifatida taklif etilishi aynan shu ishonchning institutsional ifodasidir.
 
Biroq bu jarayonni faqat ikki tomonlama munosabatlar doirasida emas, balki kengroq geosiyosiy raqobat kontekstida ko‘rish lozim. Bugungi kunda Markaziy Osiyo Rossiya va Xitoy manfaatlari kesishgan strategik hudud bo‘lib qolmoqda. Moskva mintaqani an’anaviy ta’sir zonasi sifatida saqlab qolishga intilayotgan bir paytda, Pekin iqtisodiy va infratuzilmaviy bog‘liqlik orqali uzoq muddatli qaramlik modelini shakllantirmoqda. Shu sharoitda O‘zbekiston uchun muqobil geosiyosiy tayanchlarning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Tinchlik kengashiga qo‘shilish Toshkentga aynan shunday imkoniyatni beradi: u bir tomonlama bloklarga qo‘shilmasdan, lekin AQSh boshchiligidagi global siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etish orqali strategik muvozanatni mustahkamlaydi. Bu Rossiya yoki Xitoyga qarshi ochiq konfrontatsiya emas, balki O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyili – ko‘pvektorlikni real mazmun bilan to‘ldirishdir.
 
A.Fayzullozoda: Tinchlik kengashi doirasidagi faoliyat faqat tashqi siyosiy bayonotlar bilan cheklanmaydi. Bu O‘zbekiston diplomatiyasi uchun yuqori darajadagi muzokaralar, murakkab inqirozlarni boshqarish va xalqaro konsensus ishlab chiqish bo‘yicha noyob tajriba maktabi bo‘lishi mumkin.
 
Amaliy jihatdan bu tashabbus orqali o‘zbekistonlik diplomatlar global darajadagi ekspertlar, maxsus vakillar va vositachilar bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Natijada mamlakat institutsional bilim va inson kapitalini oshiradi, bu esa kelajakda boshqa mintaqaviy va global masalalarda ham Toshkentning muzokaraviy salohiyatini kuchaytiradi.
 
A.Qodirov: Tinchlik kengashi faqat siyosiy platforma emas, balki vaqt o‘tishi bilan xalqaro gumanitar, tiklanish va barqarorlik jamg‘armalarini muvofiqlashtiruvchi markazga aylanishi mumkin. Ta’sischi maqomdagi davlatlar bunday mexanizmlarda odatda kun tartibini belgilash va resurslarni taqsimlashda ustuvor ovozga ega bo‘ladi.
Bu O‘zbekiston uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinmasa-da, strategik jihatdan muhim va uzoq muddatli foyda keltiradi: xalqaro moliyaviy institutlar va donorlar bilan aloqalar chuqurlashadi, mamlakatning “mas’uliyatli global hamkor” imiji mustahkamlanadi. Natijada Toshkent nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va gumanitar diplomatiyada ham qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘lga kiritadi.
 
Strategic Focus: Central Asia
👍83🔥2
O‘zbekistonning Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishiga Strategic Focus ekspertlari munosabati - 2 qism:

Z.Muhammadiyeva:
Tinchlik kengashiga ta’sischi sifatida qo‘shilish O‘zbekistonga eng muhim afzallikni beradi: global qarorlar shakllanadigan stol atrofida bevosita ishtirok etish. Bugungi xalqaro tizimda ko‘plab davlatlar jarayonlarga keyinroq moslashishga majbur bo‘ladi, O‘zbekiston esa bu tashabbus orqali qarorlar shakllanish bosqichidayoq o‘z pozitsiyasini ilgari surish imkoniga ega bo‘ladi.
 
Bu, ayniqsa, Yaqin Sharq masalasida muhim: mintaqadagi beqarorlik migratsiya oqimlari, energetika bozorlari va global xavfsizlik orqali bilvosita Markaziy Osiyoga ham ta’sir ko‘rsatadi. Kengashdagi ishtirok Toshkentga ushbu jarayonlarni erta bosqichda tushunish va ularga moslashish imkonini beradi.

S.Pinxasova
: Tinchlik kengashiga a’zolik masalasi faqat siyosiy niyatlar bilan emas, balki real iqtisodiy yuk nuqtai nazaridan ham baholanishi lozim. Agar ushbu tuzilmaga a’zolik badali 1 milliard AQSh dollari atrofida bo‘lishi inobatga olinsa, keskin va ochiq savol qo‘yilishi kerak: bu mablag‘ evaziga qanday aniq siyosiy yoki gumanitar natija olinadi? Aks holda, gap tinchlikni ta’minlashdan ko‘ra, qimmat, ammo samarasiz xalqaro mexanizmni moliyalashtirish haqida ketayotgandek taassurot uyg‘otadi.
 
Bugungi kunda G‘azodagi inqirozning ildizlari chuqur harbiy-siyosiy qarama-qarshiliklar, veto huquqlariga ega kuch markazlari va mintaqaviy ittifoqlar bilan bog‘liq. Shunday sharoitda ijro mexanizmlari zaif bo‘lgan yangi xalqaro kengash real ta’sir o‘tkaza olmasligi ehtimoli yuqori. Natijada, katta moliyaviy mablag‘lar tinchlikni emas, balki institutsional byurokratiyani moliyalashtirishga xizmat qilib qolishi mumkin.
 
K.Ametov: Yana bir ehtimoliy xavf – Tinchlik kengashining siyosiy ramziyatchilik darajasida qolib ketishidir. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, yangi tuzilmalar ko‘pincha kuchli ijro mexanizmlariga ega bo‘lmasa, deklarativ bayonotlar va diplomatik uchrashuvlar bilan cheklanadi. Bunday holatda kengash real mojarolarni hal etuvchi institut emas, balki siyosiy imijni mustahkamlash vositasiga aylanadi.
 
Agar jarayon aynan shu yo‘sinda davom etsa, O‘zbekiston kabi mas’uliyatli va ehtiyotkor tashqi siyosat yuritayotgan davlat uchun jiddiy reputatsion xavf paydo bo‘ladi: ya’ni mamlakat nomi real natija bermagan, samarasiz tashabbus bilan bog‘lanib qolishi mumkin. Shuning uchun Toshkent uchun bu ishtirok shunchaki siyosiy ramz yoki diplomatik ishoradan iborat bo‘lmasligi, balki aniq, o‘lchanadigan va amaliy natija beradigan mexanizmlar bilan mustahkamlanishi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Strategic Focus: Central Asia
🔥9👍32
Yangi “katta o‘yin”: O‘zbekiston suvereniteti atrofidagi mafkuraviy bosim va global ishonch

Jaxongir Xakimov, mustaqil ekspert

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston atrofida kechayotgan geosiyosiy jarayonlar diqqat bilan qarashlikni talab qiladi. Bir tomondan, Rossiya axborot maydonida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekistonning mustaqil siyosatiga nisbatan ochiqdan-ochiq yoki bilvosita shubha bilan qaralayotgan bayonotlar ko‘paymoqda. Xususan, rossiyalik siyosiy sharhlovchi Vladimir Solovyov bir necha bor Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlariga nisbatan kuch ishlatish ehtimolini ochiq tilga oldi. Uning chiqishlarida bu hududlarda ham Ukrainadagiga o‘xshash ssenariy takrorlanishi mumkinligi haqida gapirildi.

Shu bilan birga, “rus dunyosi” mafkurasining asosiy ideologlaridan biri sanaladigan Aleksander Dugin bundan ham keskinroq pozitsiyani ilgari surdi. Uning bayonotlarida sobiq SSSR hududidagi davlatlar, jumladan O‘zbekiston kabi mamlakatlar to‘laqonli mustaqil subyekt sifatida mavjud bo‘la olmasligi, ular baribir Rossiya geosiyosiy nazorati doirasida qolishi kerakligi ta’kidlanadi. Bu fikrlar mazmunan O‘zbekistonning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini inkor etishga qaratilgan.

Bu kabi bayonotlarni oddiy shaxsiy fikr sifatida baholash qiyin. Chunki ular davlat mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritayotgan axborot platformalarida muntazam ravishda takrorlanmoqda. Bu esa mazkur ritorika tasodifiy emas, balki muayyan mafkuraviy yo‘nalishga asoslangan bosim ekanini ko‘rsatadi. Avval jamoatchilik ongida suverenitet g‘oyasi zaiflashtiriladi, keyin esa bosim yoki kuch ishlatish “geosiyosiy zarurat” sifatida ko‘rsatilishi mumkin. Bunday usul ilgari Ukraina misolida qo‘llangani ma’lum.

Ayni paytda, mutlaqo teskari jarayon ham kuzatilmoqda. O‘zbekiston xalqaro maydonda tobora ko‘proq ishonch qozonayotgan, mustaqil qaror qabul qila oladigan davlat sifatida qabul qilinmoqda. Buni AQSH tomonidan berilgan takliflar ham yaqqol tasdiqlaydi. Xususan, Donald Tramp tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etishga qaratilgan xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklif yuborildi. Ushbu tashabbus doirasida O‘zbekistonga yangi xalqaro tuzilma – Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklif etildi.

Bundan tashqari, bundan avval O‘zbekiston G20 formatidagi tadbirlarga mehmon sifatida taklif qilingani ham mamlakatimizning xalqaro nufuzi oshib borayotganidan dalolat beradi. Bu kabi takliflar O‘zbekistonga “kimningdir ta’sir doirasidagi hudud” emas, balki teng huquqli, mustaqil siyosiy ishtirokchi sifatida qaralayotganini ko‘rsatadi.

Shu tariqa, bir vaqtning o‘zida ikki qarama-qarshi jarayon kechmoqda: bir tomondan suverenitetni shubha ostiga oluvchi va inkor etuvchi mafkuraviy bosim, ikkinchi tomondan esa O‘zbekistonning xalqaro maydondagi legitimligi va nufuzini mustahkamlovchi qadamlar. Bu holat yangi geosiyosiy raqobat, ya’ni zamonaviy “katta o‘yin” boshlanganini anglatadi.

Bugungi “katta o‘yin” avvalgilaridan farqli ravishda davlatlarning xaritadagi chiziqlari uchun emas, balki ularning qaror qabul qilish markazini nazorat qilishga qaratilgan. Endi harbiy kuchdan ko‘ra axborot, ishonch, obro‘ va siyosiy barqarorlik muhim ahamiyat kasb etapti.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston aynan shu jarayonlar markazida turibdi. Shu sababli bu davrda eng muhim vazifa – pragmatik siyosatni saqlash, milliy manfaatlarni aniq belgilash va hech qaysi kuch markaziga qaram bo‘lmasdan, barcha bilan manfaatli va muvozanatli muloqot olib borishdir. Mustaqillik bu bir marta qo‘lga kiritilib, keyin o‘z-o‘zidan saqlanib qoladigan holat emas. U har kuni oqilona siyosat, qat’iyat va mas’uliyat bilan himoya qilib boriladigan strategik qadriyatdir.

Strategic Focus: Central Asia
🔥32👍87👏4💯2🏆1