Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Eron hududida og‘ir ballistik raketalar harakati aniqlangani haqida xabar berildi.
Isroil OAVlariga ko‘ra, Eron tomonidan Isroil tomonga 50 ta ballistik raketalar uchirilmoqda.
12-15 daqiqa.
@erontahlili

❤50👍9👎5😢1
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Eronning Pokiston bilan chegaradosh Belujiston viloyatida joylashgan Zahedan shahri yaqinida 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu hodisa yer ostida o‘tkazilgan yadro quroli sinovi bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

🤔45👍10🤯10😢6🤬2❤1👎1
Shuningdek, turkmanlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlatlarning taxminan 120 nafar fuqarosini ham qabul qildi.
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, xorijiy fuqarolar transport, oziq-ovqat, turar joy va zaruriy birlamchi vositalar bilan ta’minlandi.
Strategic Focus: Central Asia
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤93👍50🔥14👏4👎2
Forwarded from 🇺🇿 TIV matbuot kotibi Axror Burxanov
Ijtimoiy tarmoqlarda Eron va Isroil davlatlari o‘rtasida kuzatilayotgan ziddiyatli vaziyat atrofida turli munosabatlar bildirilmoqda. Ayrim foydalanuvchilar insonlarning muqaddas eʼtiqodi bilan bog‘liq tuyg‘ulari bilan o‘ynashib, turli postlar va izohlar joylamoqda.
Qayd etish kerakki, mazkur mojaro yuzasidan davlatimiz rasmiy munosabat bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi ikki tomonni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi.
O‘zbekiston ikki davlat bilan ham o‘zaro mustahkam diplomatik aloqalarga ega. Eron – Isroil mojarosi mamlakatimizning ham manfaatlariga javob bermaydi.
Insonlarning halokatiga sabab bo‘luvchi mazkur ziddiyatli vaziyat yuzasidan munosabat bildirishda aholimiz vahimaga berilishi, ehtiros va his-hayajonlarga tayanib fikrlashi turgan gap.
Bu kabi holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini quyida eslatib o‘tishni zarur deb topdik:
❗️ 1-eslatma: Sovuqqon, mulohazali va bag‘rikeng bo‘ling.
❗️ 2-eslatma: Harbiy mojaroga din va eʼtiqodlar to‘qnashuvi rakursida qaramang.
❗️ 3-eslatma: Vazmin pozitsiyada bo‘ling.
❗️ 4-eslatma: Tekshirilgan, ishonchli axborot manbalaridan foydalaning.
❗️ 5-eslatma: Din, mazhab yoki eʼtiqod asosida shaxsiy yoki umumiy xulosalar chiqarmang. Chunki bu jamiyatda bo‘linish, qarama-qarshilik va radikal kayfiyat shakllanishiga sabab bo‘ladi.
❗️ 6-eslatma: Davlat organlari matbuot xizmatlari va boshqa rasmiy mutaxassislar fikrlarini kuzating.
❗️ 7-eslatma: Fikr bildirishda va axborot tarqatishda jamiyat barqarorligi va shaxsiy masʼuliyatni unutmang.
@TIVmatbuot
Qayd etish kerakki, mazkur mojaro yuzasidan davlatimiz rasmiy munosabat bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi ikki tomonni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi.
O‘zbekiston ikki davlat bilan ham o‘zaro mustahkam diplomatik aloqalarga ega. Eron – Isroil mojarosi mamlakatimizning ham manfaatlariga javob bermaydi.
Insonlarning halokatiga sabab bo‘luvchi mazkur ziddiyatli vaziyat yuzasidan munosabat bildirishda aholimiz vahimaga berilishi, ehtiros va his-hayajonlarga tayanib fikrlashi turgan gap.
Bu kabi holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini quyida eslatib o‘tishni zarur deb topdik:
@TIVmatbuot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👎14❤13👏4🔥2😁2
Eron va Isroil mojarosi kimga foyda keltiradi?
K.Abdullayev, mustaqil ekspert
Eron - Isroil mojarosi global o‘yinchilar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Urush ortida jahon manfaatlarining yangi konfiguratsiyasi qayta shakllanmoqda. Bu borada raqiblarning e’tiborini o‘z foydasiga burishni bilgan tomon g’olib bo’lishi taxmin qilinmoqda.
Xitoyning manfaatlari: bevosita ishtiroksiz foyda olish
Xitoy AQSHni Yaqin Sharqda uzoq davom etadigan inqirozga tortishni istaydi. Bunday vaziyat: a) AQSHning Osiyodagi e’tiborini chalg‘itadi, ayniqsa Tayvan muammosidan; b) AQSHning global siyosiy mavjudligi zaiflashadi; d) Pekinga Tinch okeani mintaqasida bosimni oshirish imkonini beradi.
Bu fonda Pekin ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda. Xitoyliklar mojaroga to’g’ridan-to’g’ri aralashishdan tiyilib, Eron atrofida norasmiy ittifoq yaratishga harakat qilyaptilar. Yangi koalitsiyaga Afg‘oniston, KXDR va Pokiston kirishi rejalashtirilgan. E’tiborlisi, oxirgi ikki davlat yadro texnologiyalariga ega bo‘lib, Tehronning ta’sirini sezilarli kuchaytirishga imkon berishmoqda.
Tahdidlar muvozanati: kuchlar nisbatining o‘zgarishi
Yadro texnologiyasiga ega davlatlarning Eronni qo‘llab-quvvatlashi mojaroning mintaqadan tashqariga chiqish ehtimolini kuchaytiradi. Bu esa 1) AQSH va Isroil uchun xavf darajasini oshiradi; 2) beqarorlikning global darajada yoyilish xavfini yuzaga keltiradi; 3) AQSHning bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda nazoratni saqlab qolish salohiyatini shubha ostiga qo‘yadi.
Bu sharoitda AQSH bir vaqtning o‘zida bir nechta inqirozlarga javob berishga majbur: Yaqin Sharq (Eron – Isroil), Sharqiy Yevropa (Ukraina) va Sharqiy Osiyo (Tayvan).
Bu katta miqdorda resurslar va diplomatik kuchlarning sarflanishiga olib keladi va tashqi siyosat samaradorligini pasaytiradi. Strategik zo’riqish xavfi paydo bo‘ladi, ya’ni hech bir mojaroni to‘liq nazorat ostida ushlab bo‘lmaydi.
Ayni vaqtda, Rossiya ham taktik ustunlikka ega bo‘lishi mumkin. Xususan, AQSH bilan o‘z shartlarida muzokara o‘tkazish imkoniyati; G‘arb sanksiyalarini yumshatishga umid; Moskvaning global muqobil ittifoqlarda pozitsiyasi kuchayishi.
Shuningdek, Vashingtonning Eronga qaratilgan e’tiboridan Rossiya Ukrainadagi muzokaralarda bosim vositasi sifatida foydalanishi mumkin.
Xulosa qilib aytsak, Eron va Isroil o‘rtasidagi to‘qnashuv — bu faqat mintaqaviy nizoga emas, balki global kuchlar taqsimotiga oid masaladir. Har bir ishtirokchining harakati ortida uzoq muddatli geosiyosiy hisob-kitoblar yotadi: AQSH uchun — ko‘p qutbli dunyoda chidamlilik sinovi; Xitoy — urushsiz kuchlar nisbatini o‘zgartirish imkoniyati; Rossiya — ta’sir vositalarini qaytarish uchun imkon.
Mazkur mojaro yana bir muhim narsani ko‘rsatmoqda: bugungi xalqaro tizim bir nechta inqirozni bir vaqtda boshqarishga bardoshli emas. Bu esa o‘yin qoidalarini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan kuchlar uchun qulay sharoit yaratmoqda.

🔥16❤11👍10⚡2
Ukrainaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasi urushdan jabr koʻrgan oilalarning 97 nafar ukrainalik bolasi uchun tashkil etilgan unutilmas taʼtil uchun chin dildan minnatdorchilik bildiradi. 5-iyundan 17-iyungacha ikki hafta davomida Oʻzbekiston ular uchun gʻamxoʻrlikka toʻla haqiqiy uyga aylandi.
Oʻzbekiston tomonining tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu taʼsirli tashabbus xalqlarimiz oʻrtasidagi chuqur doʻstlik va birdamlikning yorqin dalilidir. Biz ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga benuqson muvofiqlashtirish uchun, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har tomonlama yordam uchun hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga qiziqarli va mazmunli dastur uchun minnatdorchimiz.
Shuningdek, saxovatli gumanitar yuk – boʻlajak maktab oʻquvchilarimiz uchun ajoyib sovgʻa boʻladigan 2000 ta "birinchi sinf oʻquvchisi toʻplami" uchun alohida tashakkur. Bunday yordam Ukraina uchun bebaho boʻlib, qoʻllab-quvvatlashga muhtoj bolalarga umid va tabassumlar hadya etadi. Biz sizning insonparvarligingiz va ochiqligingizni chuqur qadrlaymiz! Birgalikda biz mustahkam kelajak quramiz!
Ukrainaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasi

👏50❤24🔥10👍3🥰1
📚 Асанов формати – Тил, тарих ва инсон ҳақида теран мулоҳазалар.
13 000+ фаол обуначи танлаган танлов – бу шунчаки канал эмас, бу билимга интилишнинг манзили!
Бу ерда:
🗣 Тиллар тарихи ва ривожи ҳақида қизиқарли маълумотлар
📜 Ўзбек ва жаҳон тарихига замонавий ва таҳлилий ёндашув
🌍 Антропология, маданиятлар ривожи ва инсон табиатига доир оммабоп таҳлиллар
Биз мураккаб масалаларни содда ва тушунарли қилиб етказамиз. Фикрлашни яхши кўрасизми? Демак, Асанов формати – айнан сиз учун!
🔍 Илмга қизиқсангиз, саволларингиз кўп бўлса ва жавобни стандарт манбалардан эмас, таҳлилий мантиқ орқали топмоқчи бўлсангиз – хуш келибсиз!
📲 Аъзо бўлинг, дўстларингизга улашинг, керакли билимлар билан бирга ҳаётга кенгроқ қаранг.
Асанов формати – Фикрлашни ўргатадиган формат.
Каналга уланиш:
https://xn--r1a.website/AsanovEldar

👍10🤮10❤7💩2🤡1
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
NYT: Eron Yaqin Sharqdagi AQSh bazolariga zarba berish uchun raketalarni tayyorlab qo‘ygan
The New York Times nashrining yozishicha, agar Vashington Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga qo‘shilsa, Eron mintaqadagi AQSh harbiy bazolariga hujum qilish uchun allaqachon raketalarini tayyorlab qo‘ygan. Shu sababli AQSh harbiylari yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilgan.
AQSh Yevropaga 30 ga yaqin yoqilg‘i quyuvchi harbiy samolyot yuborgan. Ular AQSh bazalarini himoya qilayotgan qiruvchi samolyotlarga yordam berishi yoki Eron yadro obyektlariga ehtimoliy zarbalar vaqtida bombardimonchi samolyotlarning parvoz masofasini oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, agar AQSh Isroil hujumiga qo‘shilib, Eronning yadro obyektlaridan biri — Fordoga zarba bersa, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan husiylar Qizil dengizdagi kemalarga hujumlarni boshlaydi. Shuningdek, Eronga moyil kuchlar Iroq va Suriyada joylashgan AQSh harbiy bazalariga ham hujum qilishga urinishi mumkin.
Bundan tashqari, agar mojaro boshlansa, Eron Hoʻrmuz boʻgʻozini minalashtirishga urinadi — bu AQSh harbiy kemalarini Fors ko‘rfazida harakatlanishdan to‘sish taktikasidir.
Eronlik ikki rasmiy mansabdor shaxsning bayonotiga ko‘ra, agar AQSh urushga qo‘shilsa, Eron hujumni Iroqdagi AQSh bazalaridan boshlaydi va arab davlatlaridagi AQShga tegishli har qanday harbiy obyektlar ham nishonga olinadi.
AQSh rasmiylari ta’kidlashicha, Eronga AQSh bazalariga hujum qilish uchun maxsus tayyorgarlik kerak emas. Chunki Eron harbiylari Birlashgan Arab Amirliklari, Qatardagi va Bahrayndagi AQSh obyektlarini osongina nishonga oladigan raketa bazalariga ega.

❤22⚡10👏8👍2👎1
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
Tramp AQShning Isroildagi elchisi unga yuborgan maktubni e’lon qildi. Biz esa uni tahlil qildik:
AQShning Isroildagi elchisi Maykl Hakabi tomonidan Donald Trampga yuborilgan maktub bir qarashda sodiq tarafdorning shaxsiy fikridek tuyuladi. Ammo diqqat bilan qaralganda, bu oddiy fikr emas, balki AQSh siyosatidagi chuqur muammoning aksidir.
Maktubda Tramp shunchaki yaxshi prezident sifatida emas, balki xuddi Xudoning tanlangan vakili sifatida tasvirlanadi. Hakabi yozishicha, faqat Tramp hal qiluvchi qarorlarni qabul qila oladi, chunki uni go‘yoki “Xudoning ovozi” boshqaradi. Bu gap saylovlar, qonunlar yoki diplomatiya haqida emas. Bu — dinga asoslangan qarash bo‘lib, unda prezident deyarli payg‘ambar rolini o‘ynaydi.
Elchi aytishicha, u Isroilga AQSh bayrog‘i elchixonada hilpirab turishini kuzatish va Trampning “ko‘zi, qulog’i va og’zi” bo‘lish uchun yuborilgan. Biz AQShning Yaqin Sharqdagi tashqi siyosati tobora ko‘proq davlat manfaatlariga emas, balki tor doiradagi dindor guruhlarning e’tiqodlariga asoslanayotganining guvoh bo’lyapmiz. Masalan, AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishi mantiqiy emas, balki ramziy qaror bo‘lgan: xristian-sionistlar uchun bu voqea Muqaddas kitobdagi bashoratlarning amalga oshirishdagi qadamlardan biridir.
Maktubdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda AQSh siyosatini tobora ko‘proq professional amaldorlar emas, balki radikal diniy guruhlar, eng avvalo xristian-sionistlar boshqarayapti degan xulosaga kelish mumkin. Ular Amerikaning Isroilni qo’llab-quvvatlashi siyosiy pragmatizm emas, balki ilohiy missiyani bajarishga qaratilganiga ishonishadi. Bu mafkura hozirning o‘zida sudyalarni tayinlashdan tortib, urushlar olib borish va xalqaro shartnomalar tuzishgacha bo‘lgan muhim qarorlarga ta’sir qilmoqda.
Oddiyroq qilib aytganda, AQSh asta-sekin tafakkur va qonunga asoslangan davlat emas, balki diniy g‘oyalar hukmron bo‘lgan tizimga aylanmoqda. Hakabining maktubi bunga yorqin dalildir. Bu yerda endi demokratiyaga joy yo‘q — bu yerda “yuqoridan kelgan ovoz” hukmronlik qilmoqda.
G’arbiy alyans

💯26❤10🤡10🔥4👎2😁2🥴2👍1🤔1
@erontahlili tomonidan @stratfocusca uchun maxsus
So‘nggi kunlarda Isroil harbiy aviatsiyasi asosiy bosimni Eronning g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy hududlariga qaratmoqda. Ularning zarbalari Tehron tomon asta-sekin siljimoqda, to’g’ri Tehron ham bir necha bor hujumga uchradi. Shu bilan birga, markaziy Eron, ayniqsa poytaxtdan janubroq hududlar ancha kam hujumga uchramoqda, sharqiy hududlar va Eronning dengizbo‘yi esa deyarli butunlay urushdan chetda qolmoqda. Qiziq tomoni shundaki, TankerTrackers ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy harakatlarga qaramay, Eronning neft eksporti oshmoqda.
Bugungi vaziyatda Eron oldida ikki asosiy muammo mavjud. Birinchisi – Tehronga qarshi muntazam aviazarbalar. Bu faqat poytaxt emas, balki davlat obro‘siga ham zarba bo‘lmoqda. Ikkinchisi – g‘arbiy hududlardagi muhim yerosti raketa bazalarining harakati jiddiy cheklangan. Gap Tabriz, Kermonshoh va Horremobod yaqinidagi inshootlar haqida bormoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron atrofida ham shunday baza mavjud. Doimiy havo hujumlari sababli ushbu bazalar ommaviy raketa otishmalarida to‘liq ishlay olmayapti. Shuning uchun hozircha Eron faqat kichik guruhli raketa zarbalari bilan cheklanmoqda. Katta hajmdagi hujumlar, taxminan, mamlakat markazidagi hali nisbatan xavfsiz bo‘lgan bazalardan amalga oshirilmoqda.
Janubiy qirg‘oqqa yaqin joylashgan yerosti bazalariga kelsak, u yerdagi raketalar ham Isroilga yetib borishi mumkin. Biroq bu bazalar aslida Fors ko‘rfazidagi arab monarxiyalari va ulardagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun Eron AQSh urushga qo‘shilib ketishi mumkinligini hisobga olib hozircha bu bazalarni ishga tushirmayapti.
Boshqa tomondan, Isroil aviatsiyasi g‘arbdagi raketa bazalarning yerusti infratuzilmasini jiddiy zararlagan bo‘lsa-da, ularning yerosti tunnellari, omborlari va u yerdagi raketa zaxiralarini butunlay yo‘q qilishga hali muvaffaq bo‘lmadi. Natijada, Isroil harbiylari qayta-qayta bazalarning kirish joylariga zarba berishga, mobil qurilmalarni ovlashga majbur bo‘lmoqda. Bu esa katta resurslar va uzluksiz faollikni talab qiladi, lekin strategik ustunlikni kafolatlamaydi.
Xulosa qilib aytganda, front hozircha barqaror: Eron bosimga qaramay mudofaa imkoniyatlarini saqlab qolmoqda, Isroil esa aniqlik bilan urmoqda, lekin hal qiluvchi zarba bera olmayapti.

❤11💯10
Forwarded from MAXFIY DAFTAR
Eronga qarshi zarba — bu shunchaki tahdidga javob emas. Bu — murakkab va ko‘p bosqichli operatsiyaning bir qismi bo‘lib, bu yerda harbiy harakatlar aslida ancha chuqurroq jarayonlarni yashirish uchun xizmat qiladi. Tashqaridan qaralganda hamma narsa odatdagidek ko‘rinadi: Isroil hujum qilmoqda, Eron tahdidlar bilan chiqmoqda, AQSh kuzatmoqda, Tramp esa tushunarsiz bayonotlar bermoqda. Ammo bu oddiy manzara ortida maxsus ishlab chiqilgan ssenariy yashiringan.
Ssenariydagi asosiy maqsad — Yaqin Sharq emas. Maqsad — Amerika. Eron esa faqat bahona, trigger. Aslida butun tizim qayta sozlanmoqda — va bu jarayonning asosiy vazifasi — belgilangan algoritmdan har qanday chekinishni yo‘q qilish. Agar Eron — mintaqaviy, lekin nomaqbul o‘yinchi bo‘lsa, uni urush va izolyatsiya orqali zaiflashtirish mumkin. Ammo Tramp — AQSh ichidagi tahdid. Chunki u tashqi siyosatda intervensiyalarga va global nazoratga asoslangan yondashuvga alternativ yo‘l taklif qilmoqda.
Hozir operatsiya ikki asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda:
1. Harbiy — Eronga bosim o‘tkazish, uning subyektligini yo‘qotish va cheksiz to‘qnashuvga tortish.
2. Siyosiy — Trampni provokatsion ssenariyga jalb qilish. U bu ssenariyda yo “tinchlikparvar” imijini yo‘qotadi, yoki “qat’iy yetakchi” sifatida sinovdan o‘ta olmaydi.
Bu tuzoq ssenariy. Agar Tramp hujumni qo‘llab-quvvatlasa — u o‘zi yo‘q qilishga va’da bergan tizimga qaytadi. Agar reaksiya bildirmasa — an’anaviy saylovchilari unga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Shu tariqa, uni yo “eski Amerika”ga qaytarishadi, yoki u muqobil variant ramzi sifatida yo‘q qilinadi.
Keyingi bosqichda esa yana bir haqiqat ochilmoqda: qaror qabul qilish markazi endi Vashingtondan Londonga ko‘chdi. Buyuk Britaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki proksi tuzilmalar va axborotli konstruktsiyalar orqali harakat qilmoqda. Bu yerda Fiona Hill obrazining paydo bo‘lishi — bu yangi ta’sir arxitekturasi belgisi. Bu tizimda razvedka, narrativ va siyosat yagona tashqi boshqaruv tizimiga aylangan.
Bu jarayon — “ma’no imperializmi” deb ataluvchi sxemaning bir qismidir. Gap hududni nazorat qilishda emas — narrativni (talqin) nazorat qilishda. Suverenitet — endi norma emas, balki istisnodir. Mustaqillik tahdid sifatida qabul qilinadi. Yadroviy qurol faqat “o‘zimizniki”larda bo‘lishi mumkin. Ittifoqlar faqat g‘arbcha modelda. Har qanday o’zgacha shaxs / harakatlar obro‘sizlantirilishi, zaiflashtirilishi yoki yo‘q qilinishi kerak.
Bu sxemada Isroil — asosiy o‘yinchi emas. U jarayonlarning “tezlatuvchisi”. Uning zarbalari siyosatni emas, kerakli voqealarni boshlab beradi. Barcha tizim shunday qurilganki, har bir inqiroz ortidan yangi tartib vujudga keladi — va u yerda savol “kim yutdi?” emas, balki “kim narrativni (ma’noni) belgilaydi?” bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, operatsiyaning uch asosiy maqsadi mavjud: a) Eronga zarba berish — mintaqaviy alternativani yo‘qotish; b) Trampni mojaroga tortish — tashqi siyosiy kursdagi chekinishni bartaraf etish; d) Rossiya va Xitoyni siqib chiqarish — Yevroosiyo logistika va ta’sir maydonini nazoratga olish.
Beshikdan qabrgacha ilm izla!

❤25⚡10🔥8👎3💯2🖕1
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Eron: rejim almashinuvi yoki davlat parchalanishi
N.Smagin, sharqshunos jurnalist
Eron xavfli burilish nuqtasida turibdi — u zo‘ravonlik orqali hokimiyat almashinuvi va “failed state” holatiga tushib qolish ssenariylari o‘rtasida muvozanat saqlamoqda. Ko‘rinib turibdiki, Isroil Eron bo‘yicha o‘z strategiyasini ikki yo‘nalishda qurmoqda.
Kichik strategik vazifa — Eronning yadro quroli ishlab chiqarish imkoniyatini yaqin istiqbolda butunlay yo‘q qilish. Bu vazifani Isroil, katta ehtimol bilan, allaqachon bajargan yoki muvaffaqiyatga juda yaqin.
Ammo Isroil uchun asosiy tahdid — bu faqat yadro salohiyati emas, balki Eronning «katta Yaman»ga aylanishi (zaiflashgan, ammo yanada tajovuzkor). Bunday holatda mintaqa doimiy keskinlik va zarba almashinuvlari rejimida yashaydi.
Shu sababli kun tartibida asosiy maqsad — rejimni almashtirish masalasi paydo bo‘lmoqda. Islomiy Respublika mavjud ekan, u Isroilga qarshi kurashni davom ettiradi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan hujum esa bu qarshilikka motivatsiya qo’shmoqda.
Isroil ichkaridan bosim o‘tkazish uchun resurslarga ega: Eron ichida ayg’oqchilarning keng tarmog‘i, shuningdek separatist harakatlar — belujlar, kurdlar, arablar bilan ishlash imkoniyati bor. Siyosiy rahbariyatni jismonan yo‘q qilish ssenariysi ham istisno qilinmaydi. Ammo bunday yondashuv faqat iroda emas, balki yaxshi muvofiqlashtirilgan tizimni talab qiladi (faqat armiya yoki maxsus xizmatlar darajasidagina emas).
Agar rejimni almashtirish imkonsiz bo‘lsa, boshqa yo‘l qoladi — Eronni ichki beqarorlik orqali asta-sekin zaiflashtirish. Infratuzilmalarni vayron qilish, harbiy boshqaruv markazlariga zarbalar va ichki bosimning oshishi natijasida mamlakat boshqaruv qobiliyatini yo‘qotishi va parchalanish jarayoni boshlanishi mumkin.
“Parchalanish” ssenariysi to‘liq inqilobdan ko‘ra osonroq amalga oshadi. U kamroq resurs talab qiladi, ammo xuddi shunday natijaga olib keladi — Eron qudrat markazi mavqeini yo’qotib, o’z ichki muammolari bilan qolib ketadi.

🤬15❤11🔥5🖕1
Aytishlaricha, joriy yil iyul oyida Rossiyaning hukumatga yaqin, millatchi, islamofob va migrantlarga qarshi bo‘lgan “Rus jamoasi” (Русская община) tashkiloti faoliyati taqiqlanishi kutilmoqda.
Qizig’i shundaki, ushbu fashistik tuzilmani yopish masalasi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Tojikiston Milliy Majlisi raisi Rustam Emomalining Rossiyaga amalga oshirgan tashrifidan so‘ng kun tartibiga chiqdi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, aynan ushbu tashriflar davomida Markaziy Osiyo davlatlari vakillari Rossiyada ko‘payib borayotgan ksenofob va millatchilik holatlariga nisbatan qat’iy e’tiroz bildirgan. Bu esa rasmiy Moskva uchun jiddiy diplomatik signal bo‘lib xizmat qilgan.
Bundan tashqari, “Rus jamoasi” faoliyatini to‘xtatishga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va qator nufuzli etnik oligarxlar ham faol tarzda da’vat qilgan. Ularning fikricha, tashkilot Rossiya jamiyatidagi barqarorlikka hamda federatsiyadagi millatlar o‘rtasidagi ishonchga ham tahdid solmoqda.

🔥41👍31❤22⚡9💯5
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤬22❤14👍8⚡1
Eron boshidan beri muzokaralar tarafdori bo’lganini ham eslatish kerak.
👍12❤7
Forwarded from Diplomat (Sobirov)
Albatta, Eron tez orada muzokaralar so‘raydi. Oliy rahnamo bunkerda o‘tirgani haqida xabarlar bor. Eron Isroilga ham qarshilik qilolmayotgandi, AQSH aralashuvi masalani yakunlaydi.
Qizig‘i, o‘zbek segmentidagi ko‘plab “ekspert” va kanallar Eronning ojiz raketa hujumlarini ko‘pirtirib, auditoriyada “Eron yorib tashayapti” degan tushuncha shakllantirgan. Bo‘lmasa Eron nechta Isroil generalini o‘ldirdi-yu, Isroil qancha Eron generallarni yo‘q qildi. Lekin bu ekspertlar Eron bor kuchidan foydalanmayotgani va AQSH aralashsa amerikaliklarni ham chochib tashashiga ishontirgan. Rossiya propagandonlarini eslatyaptimi?
Bunga sabab ularning diniy hissiyotga berilishi va Isroilga nafrati. Shubhasiz, Isroil nafratga loyiq davlat, ammo bu haqiqatni buzishga imkon degani emas. Kuchli raqibni kuchsiz ko‘rsatib, odamlarda illuziya yaratish qanday oqibatlarga olib kelishini Rossiya ko‘rdi.
Eron AQSHga jiddiy javob bera olmaydi. Bu arining inini yanada qo‘zg‘ash bo‘ladi. Javob zarbalari juda ramziy bo‘ladi.
@pan_diplomat

👎50👍27❤10💩10🔥2⚡1
Biz – O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning, Turkistonning, Turonning markazidagi, yuragidagi davlatmiz, xalqmiz, millatmiz. Markaziy Osiyodagi to‘rtta (Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston) birodar, qo‘shni davlat va xalqlardan keyin, biz uchun qadrli, qimmatli bo‘lgan yana to‘rtta janubiy davlatlar borki, bu bizning xavfsizligimiz uchun, tinchligimiz va taraqqiyotimiz uchun eng muhim davlatlardir.
Bular – Turkiya, Eron, Afg‘oniston va Pokiston. Bu davlatlar – bizning tarixiy birodarlarimiz, qon-qardoshlarimiz. Tarixan, bu davlatlar va xalqlar bilan bitta madaniy makonda bo‘lganmiz. Bugungi global raqobatlar davrida, bitta sivilizatsion guruhdamiz. Bularning birontasining yiqilishi – biz uchun ham muammo yoki tahdid keltiradi. Bugun Eronning boshiga katta imtihonlar kelmoqda. G‘arb Eronni yiqitib, Isroil uchun qulay bo‘lgan katta koridor ochmoqchi.
Bundan keyin biz janubdagi to‘rtta qo‘shni davlatlarga g‘arb stereotiplari orqali qarashni to‘xtatishimiz kerak. Jamoatchilik fikrini ko‘p kuzatdim, O‘zbekiston jamoatchiligining 90% yoki undan ko‘prog‘i Eronni qo‘llab-quvvatlamoqda. Chunki xalqimiz Isroil–Eron to‘qnashuvlarida kim kim ekanligini yaxshi tushunib bo‘ldi. Dunya hamjamiyati ham kim jinoyatchi, kim genotsid qilayotgan davlat ekanligini yaxshi tushunib bo‘ldi. Xudodan Eronga nusrat so‘raymiz!
K.Rabbimov, siyosatshunos olim

👍81❤25🔥15⚡5👎5😁2
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
👍61❤10🔥7⚡2👎1
AQSH Eronga qarshi hujumiga aralashmaslik evaziga boshqa yirik davlatlarga nima va’da qilgan?
Strategic Focus: Central Asia
Strategic Focus: Central Asia
🤔25👎8⚡4
Forwarded from Muhrim / Муҳрим
Trampning Eronni bombardimon qilish haqidagi qarori, menimcha, Putinning Ukrainaga bostirib kirish haqidagi qaroridan ham yomonroq narsa bo‘ldi. Trampning bu qarori endi Putin va unga o‘xshash (yoki o‘xshagisi keladigan) boshqa prinsipsiz qonxo‘rlarning yanada avjiga chiqishiga bir bahonai sabab, o‘z razil xatti-harakatlarini oqlash uchun zo‘r vosita bo‘ladi.
Ha, Tramp boshqarayotgan mamlakat xalqaro huquqni birinchi marta oyoqosti qilmayapti. Dunyo siyosatining bugungidek boshi berk ko‘chaga kirib qolishi ibtidosi 1999-yilgi Yugoslaviya bombardimonlari yoki 2003-yilgi Iroqqa bosqindan boshlanadi, deganlar, ehtimol, bugun haqdir ham. Lekin shundan beri qandaydir bir muvozanat bor edi-da, go‘yo. Endi shu ham yo‘q.
Huquq ishlamayapti, madaniy qonun-qoidalar ishlamayapti. Dunyo odam qiyofasidagi maymunlar boshqaruvida qolib ketgan qandaydir jungliga aylanib qolgandek. Bu maymunlar odam tilini tushunmaydi, faqat kuchni tan oladi. Va bu aql kuchi emas, qurol kuchi. Endi, qanchalik g‘alati eshitilmasin, sen ham huv anavi Shimoliy Koreyadek “kuchli” bo‘lishga majbursan.
To‘g‘risi-da - hozir juda ko‘pchilikda bir xil xulosa: shunday bo‘lib chiqyaptiki, hozir Eronning “yagona aybi” shu vaqtgacha bitta bo‘lsa-da yadro quroliga ega bo‘lib ulgurmagani. Bitta bo‘lsa ham shunday quroli bo‘lganida, Isroil ham, AQSh ham Eronga nisbatan hozirgidek bezbetlik qila olmagan bo‘lardi.
O‘z-o‘zidan, Ukraina ham 1991-yildan keyin o‘z ixtiyorida qolgan ulkan yadroviy zaxiradan hech yo‘g‘i bitta bombani saqlab qo‘yganida, ehtimol, 2022-yildan beri davom etayotgan urush ham boshlanmagan bo‘lardi, Rossiyaning haddi sig‘masdi Ukrainaga bostirib kirishga. Axir Rossiyaning boshida o‘tirgan jinni ham baribir g‘irt jinni emas (degan umid bor).
Xullas, hozir dunyoning eng tinch mamlakati - bu Shimoliy Koreya. U shuncha sanksiyalar ostida qolib-da xalqaro maydonda bilgan rasvogarchiligini qilishi mumkin - imkoni boricha qirg‘in qurollari, kerak bo‘lsa, 15 minglab askarini ham sotadi. Birov bir narsa qila olmaydi. Aksincha, kerak bo‘lsa, AQSh prezidenti Kim Chen In bilan yana kulishib ko‘rishishi mumkin.
Shimoliy Koreyadek tinch yashashni xohlasang, Shimoliy Koreyadek kuchli bo‘l. Rossiyaga qo‘shni bo‘lishdek bebaxtlik chekingga tushgan bo‘lsayu, Ukrainadek kuymaslikni xohlasang, Shimoliy Koreyadek kuchli bo‘l. AQSh seni bombardimon qilishini xohlamasang, Shimoliy Koreyadek kuchli bo‘l. Kuchli bo‘lishga Shimoliy Koreyadek ulgurib qol.
2025-yilning 22-iyunigacha ham bunaqa fikr, bunday xulosa yo‘q edi. Afsus.
PS. Bo‘layotgan rasvo ishlar mana shunaqa rasvo fikrlarni uyg‘otadi. Yana bir rasvo fikr: O‘zbekiston ham o‘z yadroviy quroliga ega bo‘lishga intilsa, endi bu borada Rossiyadan yordam ololmasa kerak. Har holda, Rossiya o‘zi bosib olishga intiladigan mamlakatlarning yadro quroliga ega bo‘lishini xohlamasa kerak.
PPS. Qani endi hamma atom bombalar bir kechada yo‘q bo‘lib qolsa. Urushlar tugasin, urushlar bo‘lmasin!
#DivandagiXayollar

🔥29❤11💯9👍2