SANGZOR.uz | Расмий Канал
1.54K subscribers
20.3K photos
6.57K videos
29 files
21.2K links
Sangzor.uz - O'zbekistondagi voqealar, yangiliklar va joriy hodisalarga doir eng so'nggi ma'lumotlar

Barcha sahifalarimiz uchun havola:
http://myurls.co/sangzoruz

https://tttttt.me/sangzoruz_video

https://tttttt.me/SangzoruzBot Мурожаат боти
Download Telegram
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda 9-may — “Xotira va qadrlash” kunida oʻtganlar xotirlandi

Jizzax shahrida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xotira maydonida Ikkinchi jahon urushida va mustaqillik yillarida Vatanimiz mustaqilligini taʼminlashda halok boʻlgan yurt posbonlarining porloq xotirasini yod etilib, Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻyildi.

Xotira maydonida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etdi.

Bugun viloyatimizda qirq mingga yaqin ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan 3 nafari faxriylar el-yurt ardogʻida istiqomat qilmoqdalar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 7-maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan urush qatnashchilari va nogironlari ragʻbatlantirilmoqda.

Jumladan, uch nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadoniga borib, tantanali tarzda Yurtboshimizning tabriklari, bir martalik yigirma million soʻm miqdoridagi pul mukofoti, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbirda jamoatchilik vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyishdi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlar saroyida “Central Asia – 2024. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.

Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev konferensiya ishtirokchilarini qutladi va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so’ng, viloyat hokimi o’rinbosari Akmal Savurbayev so’zga chiqdi.

Shuningdek, ochilish marosimida Rossiya Davlat kutubxonasi Bosh direktori, Yevroosiyo Kutubxonalar Assambleyasi prezidenti, Rossiya kutubxonalari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti V.Duda, Armaniston Milliy kutubxonasi direktori, Yevroosiyo Kutubxonalar Assambleyasi vitse-prezidenti Anna Chulyan, Belarus Milliy kutubxonasi Bosh direktori Vadim Gigin, Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi Bosh direktori, Qozog‘iston kutubxonalar uyushmasi raisi Bakitjamal Ospanovalar so‘zga chiqib, axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi zamonda kitob, mutolaa, nashriyot va kutubxonalarning o‘rni, uning jahon tamadduniga qo‘shayotgan xissasini e'tirof etdilar.

"Central Asia-2024" doirasida "Axborot kutubxona a'lochisi" ko'krak nishoni - taqdirlash marosimi ham o'tkazildi.

"Axborot kutubxona a'lochisi" ko'krak nishoni Respublika bo'ylab kutubxonachilik sohasiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan eng munosib nomzodlarga topshirildi.


📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat |X|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax