SANGZOR.uz | Фойдали маълумотлар
1.76K subscribers
24.2K photos
8.17K videos
41 files
25K links
Sangzor.uz'dan - Har soatda bir yangilik...

Barcha sahifalarimiz uchun havola:
http://myurls.co/sangzoruz

https://tttttt.me/sangzoruz_video

https://tttttt.me/SangzoruzBot Мурожаат боти
Download Telegram
MediaTek o‘zining yangi flagman protsessorining texnik xususiyatlarini taqdim etdi

Dimensity 8450 4 nanometrli zamonaviy chip, “All Big Core” (faqat kuchli yadrolar) arxitekturasi asosida qurilgan bo‘lib, maksimal chastotasi 3,25 GHz gacha yetadi. Chip Mali-G720 MC7 grafik tizimi, NPU 880 yaxshilangan neyroprotsessori va sun’iy intellekt uchun mo’ljallangan yangi Agentic AI Engine dvigateli bilan jihozlangan.

Dimensity 8450 yuqori resurs talab qiluvchi vazifalar uchun mo‘ljallangan: 4K 60 fps HDR video yozish (ikki tomonlama stabilizatsiya bilan), 320 MP gacha bo‘lgan suratlarni qayta ishlash, 144 Hz yangilanish chastotali WQHD+ ekranli o‘yinlarni qo’llab-quvvatlash.

Bundan tashqari, protsessor energiyani tejamli ishlatadi, UFS 4.0 va LPDDR5X’ni qo‘llab-quvvatlaydi, 5G tarmog‘ida 5,17 Gbit/s tezlikka chiqadi. AnTuTu test natijasi — 1,67 milliondan ortiq ball!

Yangi chipga ega ilk qurilmalar, jumladan OPPO Reno 14 Pro, yaqin oylarda bozorda paydo bo‘ladi. MediaTek bu modelni Qualcomm va Samsung flagman protsessorlariga munosib raqib sifatida ko‘rsatmoqda.
OGOHLIKKA CHORLOV!

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda kadastr muhandisi noqonuniy yer maydonini rasmiylashtirish evaziga pul talab qilgani va tezkor tadbirda qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

🔹 Kadastr agentligi fuqarolarni ogohlikka chaqiradi! Halol yashayotgan yurtdoshlarimiz ko‘p, ammo bu jarayondan foydalanib, firibgarlik qilmoqchi bo‘lgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Eslatib o‘tamiz:

1. Mahallalar reja asosida xatlovdan o‘tkaziladi — “tezlashtirib bo‘lmaydi!”

2. Har bir holat 15 dan ortiq idoralar tomonidan tahlil qilinadi — “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”

3. Faqat qonuniy 8 ta toifa o‘rganiladi — “tanish-bilish o‘tmaydi!”

‼️Firibgarlik yoki ta’magirlik holatlariga duch kelsangiz, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.

🔗 Rasmiy murojaat: kadastr.uz
🔗 E’tirof dasturi: etirof.kadastr.uz
MrBeast videoroliklar uchun klikbeyt prevyu (muqova) yaratishga mo‘ljallangan maxsus AI vositasini ishga tushirdi

AI Thumbnails Tool — bu sun’iy intellekt asosida ishlovchi tizim bo‘lib, u MrBeast va ko’plab mashhur blogerlar uslubidagi prevyularni yaratadi.

Ushbu vosita mashhur YouTube kanallar uslubida prevyu yaratish, tayyor rasmda yuz almashtirish (face swap); “raqobatchi” kanallarni tahlil qilish, Discord’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiquvchilar bilan bog‘lanish kabi funksiyalarga ega va MrBeast’ga tegishli Viewstats platformasi tarkibida ishlaydi va oylik 69 yevrolik Pro obuna orqali ochiladi.
Google o‘z neyron tarmoqlarini YouTube videolari orqali o‘qitmoqda

Google kompaniyasi o‘zining Veo 3 kabi yangi sun’iy intellekt modellarini YouTube’dagi videolar asosida o‘rgatmoqda. Bu model nihoyatda realistik videolar yaratishga qodir, va buning sababi — so‘nggi 20 yilda platformaga yuklangan videolardan iborat ulkan ma’lumotlar bazasi bo‘lishi mumkin.

CNBC’ga anonim manbaning xabar berishicha, Google 2020-yilgacha yuklangan videolar katalogidan foydalanmoqda. Rasmiy dalillar yo’qligiga qaramasdan, ekspertlarning hisob-kitobiga ko’ra: agar kompaniya YouTube’dagi videolarning atigi 1 foizini ishlatsa (bu 2020-yilgacha 20 milliarddan ortiq videoni anglatadi), bu boshqa AI kompaniyalarining ma’lumotlar bazasidan 40 barobar katta bo‘ladi.

Google vakillari YouTube’dan “barcha mahsulotlarni yaxshilash uchun” foydalanilishini tasdiqlashgan, lekin aniq tafsilot berishmagan. Shuningdek, ular kontent mualliflari huquqlarini himoya qiluvchi vositalarga sarmoya kiritayotganini ham eslatib o‘tishgan.

E’tiborli tomoni, YouTube litsenziyasi kompaniyaga yuklangan videolardan keng miqyosda foydalanish huquqini beradi.
Яқин Шарқда ҳарбий кескинлик: Эрон ядровий объектларига зарба, нефть нархи ошди, АҚШда урушга қарши намойишлар

Исроил ва АҚШнинг Эрон ҳудудидаги ядровий объектларга ҳаводан зарба бериши Яқин Шарқда кескин ҳарбий эскалацияга сабаб бўлди. Ормуз бўғозининг ёпилиши ва нефть нархининг кўтарилиши билан можаро глобал миқёсда хавотир уйғотмоқда. АҚШда эса урушга қарши намойишлар бошланди....

Batafsil o'qish: https://sangzor.uz/23911-jain-sharda-arbij-keskinlik-jeron-jadrovij-obektlariga-zarba-neft-narhi-oshdi-ashda-urushga-arshi-namojishlar.html

@SANGZORUZ1
Ўзбекистонда сунъий чегирмаларга чек қўйилади: 2026 йилдан янги қоидалар кучга киради

Ўзбекистонда харидорлар манфаатларини ҳимоя қилиш ва чакана савдода инсофсиз амалиётларга барҳам бериш мақсадида акциялар ва чегирмаларни тартибга солувчи янги қоидалар жорий этилиши режалаштирилмоқда....

Batafsil o'qish: https://sangzor.uz/23912-zbekistonda-sunij-chegirmalarga-chek-jiladi-2026-jildan-jangi-oidalar-kuchga-kiradi.html

@SANGZORUZ1
BMB HOLDING: Бизнес ва ижтимоий масъулият уйғунлиги

Замонавий бизнес юритиш нафақат иқтисодий самарадорликка, балки фаолият олиб борилаётган ҳудуднинг ижтимоий ривожланишига ҳам масъулликни тақозо этади....

Batafsil o'qish: https://sangzor.uz/23909-bmb-holding-biznes-va-izhtimoij-masulijat-ujunligi.html

@SANGZORUZ1
🎥 Shoxruxbek Ergashev - Sevgimni olardim bozorlaringdan | Севгимни олардим бозорларингдан

https://www.youtube.com/watch?v=FEo_xXZ44iI

@SANGZORUZ1
Bugun, 24 iyun
☀️ +41°...+28°, Ochiq havo

Hozir: ☀️ +28°, ↙️ 3.1 m/s

Tong: ☀️ +34°
Kun: ☀️ +40°
Oqshom: ☀️ +39°
Namlik: 8%
Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 6.5 m/s
Bosim: 752 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 04:50
Quyosh botishi: 19:59
#MATCHDAY 🔥
🏆 Oʻzbekiston kubogi
1/8 final
Soʻgʻdiyona 🆚 Qizilqum
🏟 Soʻgʻdiyona markaziy stadioni, Jizzax
🗓 24 - iyun
🕕 19:30
Meta va Oakley hamkorligida yangi aqlli ko‘zoynaklar — Oakley Meta HSTN taqdim etildi

Yangi model Oakley’ning allaqachon mavjud HSTN ramkasi asosida yaratilgan, ammo endi u sun’iy intellekt bilan boyitilgan aqlli funksiyalar bilan to‘ldirilgan:

• 3K formatda video yozuvchi kamera — ko‘zoynakning old qismiga joylashtirilgan.
• Meta AI yordamida ishlovchi ovozli sun’iy intellekt assistenti.
• Kuchli, ochiq turdagi dinamiklar — ular orqali siz nafaqat AI-assistentdan javob olasiz, balki musiqa yoki podkastlarni ham tinglashingiz mumkin.
• 8 soatgacha aralash rejimda, 19 soatgacha kutish rejimida ishlaydi.
• Zaryadlovchi futlyar orqali qo‘shimcha 48 soatgacha vaqt olish mumkin. Tez zaryadlash funksiyasi mavjud: atigi 20 daqiqada 50% quvvat oladi.
• IPX4 darajadagi namlikdan himoya — yomg‘ir yoki chayqalishga bardoshli.

Cheklangan seriyadagi Desert 24k Prizm Polar modeli 11-iyuldan boshlab $499 narxda sotuvga chiqadi. Qolgan kolleksiya esa yoz oxirlarida $399 narxda taqdim etiladi.
Apple sun’iy intellektga ixtisoslashgan Perplexity startapini sotib olishga qiziqmoqda

Taniqli tahlilchi Mark Gurman’ning xabar berishicha, Apple rahbariyati Perplexity AI startapini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, kompaniya kamroq xarajatli variantni ham o‘ylamoqda — ya’ni, Perplexity AI texnologiyasini Siri va Safari qidiruv tizimiga integratsiya qilish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.

Apple vakillari Perplexity jamoasi bilan bir necha bor uchrashib, ularning sun’iy intellektga asoslangan qidiruv texnologiyasini baholashgan.

Biroq bu jarayonda asosiy to‘siq bor: Perplexity kompaniyasi allaqachon Samsung bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular sun’iy intellektga asoslangan operatsion tizim va assistentni barcha Samsung qurilmalariga integratsiya qilish bo‘yicha bitimga yaqin turibdi.

Hozirda Perplexity’ning bozordagi qiymati 14 milliard dollarga baholanmoqda. Agar Apple bu startapni xarid qilsa, bu kompaniya tarixidagi eng yirik xarid bo‘ladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eng yupqa Galaxy Fold: Samsung Galaxy Z Fold7 prototipi avvalgi modellar bilan taqqoslandi

Yangi Galaxy Z Fold7 modelining prototipi videoda avvalgi avlod Fold modellari bilan solishtirildi va uning yupqaligi alohida e’tiborni tortdi.

Qurilma ochilgan holatda atigi 4,5 mm qalinlikka ega. Bu hali ham bozordagi rekordchi — Oppo Find N5 (4,2 mm) ko‘rsatkichidan biroz qalinroq, ammo Galaxy Z Fold6 (5,6 mm) va Z Fold SE (4,9 mm) bilan solishtirganda ancha yupqaroq.

Yopilgan holatda esa Z Fold7’ning qalinligi bor-yo‘g‘i 9 mm - bu oddiy smartfonlar darajasiga yaqin. Masalan, Galaxy S25 Ultra — 8,2 mm, iPhone 16 Pro Max esa — 8,25 mm qalinlikga ega.

Samsung Galaxy Z Fold7’ning rasmiy taqdimoti 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Shu tadbirda yana Galaxy Z Flip7 va Galaxy Watch8 soatlarining yangi lineykasi ham namoyish etiladi.