SANGZOR.uz | Фойдали маълумотлар
1.77K subscribers
24.2K photos
8.17K videos
41 files
25K links
Sangzor.uz'dan - Har soatda bir yangilik...

Barcha sahifalarimiz uchun havola:
http://myurls.co/sangzoruz

https://tttttt.me/sangzoruz_video

https://tttttt.me/SangzoruzBot Мурожаат боти
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellekt ASMR yaratishni o'rgandi 😎

Mumkin bo'lmagan materiallarni kesish bilan bog'liq videoroliklar millionlab ko'rishlarni yig'moqda – Veo 3 neyrotarmoq nafaqat mukammal tasvir, balki yoqimli tovush ham yaratadi.
Телефонингизни горизонтал ҳолатга буриб кўринг. Энди яна бир бор буринг. Яна бир марта. Сеҳргарлик, тўғрими?

Бу 1992 йилда мексикалик рассом Октавио Окампо томонидан яратилган “Тенглик” номли тасвирдир. Лотин Америкаси адабиётида фантастик реализм мавжуд бўлса, тасвирий санъатда — мажозий (магик) реализм бор. Шунақа гаплар.

@SANGZORUZ1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кондиционердан расход ошиб кетди деяётган бўлсангиз

@SANGZORUZ1
Bugun, 23 iyun
☀️ +39°...+26°, Ochiq havo

Hozir: ☀️ +27°, ↙️ 3.1 m/s

Tong: ☀️ +31°
Kun: ☀️ +37°
Oqshom: ☀️ +38°
Namlik: 10%
Shamol: Shimoliy, 6.5 m/s
Bosim: 755 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 04:50
Quyosh botishi: 19:59
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024 йил йилнинг бошидан охирига қадар дунёда айланма ҳаво оқимларининг анимацион ҳаракат визуализацияси.

Унда сиз нам ҳаво оқимларининг Эрон ҳудудларидан бизнинг ҳудудларга кириб келиши мумкинлигини кўришингиз мумкин.

Ундан ташқари, карта анимацион тасвирда сиз ўтга йилдаги айрим тропик циклонларнинг босиб ўтшан маршрутини ҳам кўрасиз.

Замбия ва Малавини йил давомида булутлар оқими деярли четлаб ўтгани сабаб, у мамлакатларда кучли қурғоқчилик рўй берганини тахмин қилиш мумкин.

@SANGZORUZ1
Samsung Galaxy S25 FE — ilk renderlar taqdim etildi

Mashhur insayder Onleaks yangi Samsung Galaxy S25 FE smartfonining ilk rasmiy renderlarini e’lon qildi. Bu model kompaniyaning oxirgi qurilmalariga xos dizayn uslubida yaratilgan.

Hozircha to‘liq texnik tavsiflar berilmagan, ammo telefon o‘lchamlari allaqachon ma’lum: 161,4 × 76,6 × 7,4 mm — ya’ni, avvalgi modelga nisbatan biroz ixchamroq bo‘ladi.

Yana bir tasdiqlangan fakt — qurilma 6,7 dyuymli Super AMOLED displey bilan jihozlanadi.

@SANGZORUZ1
🚨 Poraga qo‘l urgan shaxs jinoyat ustida ushlandi

Jizzax shahrida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan X.N. noqonuniy ravishda yer maydonini rasmiylashtirib berish va evaziga pora olishga uringan vaqtida qo‘lga olindi.

U fuqaro S.I.ga Sh.Rashidov tumanida joylashgan, hujjatlari mavjud bo‘lmagan 8 sotix yer maydonini uning nomiga o‘tkazib berish, shuningdek, tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 130 million so‘m olgan vaqtida huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlangan.

🔍 Ayni paytda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

📌 Shuni unutmaslik kerakki, qonun oldida barchamiz tengmiz. Yer — davlat mulki, uni rasmiy tartiblarsiz egallash yoki sotish harakati og‘ir oqibatlarga olib keladi.
🚨 Haydovchilik guvohnomasini “pul evaziga” va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax shahrida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan N.T. jinoyat ustida ushlandi.

U tanishi — 1990-yilda tug‘ilgan G.I.ga haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 1 500 AQSh dollari talab qilgan va 700 dollarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

🔍 Hozirda ushbu holat yuzasidan N.T.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

📌 Esda tuting: qonuniy yo‘lni chetlab o‘tishga urinish ham, yordam berganlik ham javobgarlikka sabab bo‘ladi. Haydovchilik guvohnomasi – mas’uliyatli hujjat, uni olish ham halol bo‘lishi kerak.

@SANGZORUZ1
🚨 50 nafar o‘qituvchini attestatsiyadan “o‘tkazib berishni” va’da qilgan shaxs jinoyat ustida ushlandi

Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Andijon viloyati, Shahrixon tumanida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan I.A. qo‘lga olindi.

U Sh.Rashidov tumanidagi maktab o‘qituvchisi G.U.ga Davlat test markazidagi tanishlari orqali 50 nafar pedagogni attestatsiyadan o‘tkazishga yordam berishini va’da qilgan. Buning evaziga u 25 ming AQSh dollari va 30 million so‘m pul mablag‘larini olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

🔍 Hozirda ushbu holat yuzasidan I.A.ga nisbatan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

📌 Ta’lim – muqaddas soha. O‘qituvchining mehnati va bilimi sinovdan o‘tishi kerak, sotuvdan emas. Har qanday noqonuniy vositachilik og‘ir oqibatlarga olib keladi.

@SANGZORUZ1
#Тезкор

⚡️Сешанба куни соат 14:00 да бухороликлар айни ўша пайтда Покистон, Афғонистон ва Эронликлар каби иссиқ ҳароратни бир хил ҳис этадилар 🥵

Бу ҳудудларда қуёш тик тушадиган вақт бўлиб, ҳаво ҳарорати +44°C гача етиши кутиляпти.

Самарқанд, Қашқадарё, Навоий ва Сурхондарё вилоятларида ҳам шундай иссиқлик кузатилади.
Биоиқлимий индексга кўра, бу фақат ҳарорат эмас, балки намлик, шамол ва қуёш таъсирини ҳам ифода этади.
Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўйинг!

@SANGZORUZ1
🚨 Davlat zaxirasidagi yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sh.Rashidov tumanida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro H.A. jinoyat ustida qo‘lga olindi.

U Jizzax shahrida yashovchi fuqaro E.Z. ga davlat zaxirasida bo‘lgan 0,6 gektar yer maydonini 48 million so‘m evaziga sotmoqchi bo‘lgan va ushbu harakati paytida ushlangan.

🔍 Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

📌 Davlat yerlarining taqsimoti qat’iy qonunlar asosida amalga oshiriladi. Uni o‘zboshimchalik bilan sotish yoki xarid qilishga urinish nafaqat noqonuniy, balki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

@SANGZORUZ1
🚔 Giyohvand moddalar bilan ushlangan shaxsga nisbatan surishtiruv harakatlari boshlandi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan O.T. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina G‘allaorol tumanidagi “Sangzor-15” YPX maskanida to‘xtatilib, tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasida uning yonidan quyidagilar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi:

* 1,39 gramm “marixuana” giyohvand modda,
* 1,74 gramm “mefedron” sintetik narkotik vositasi,
* 1 dona “zardeks” psixotrop modda,
* 21 dona turli nomdagi dori vositalari.

🔍 Ayni paytda fuqaro O.T. ga nisbatan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

📌 Yodda tuting: giyohvand moddalar nafaqat shaxs, balki jamiyat hayoti uchun xavfli. Ular bilan bog‘liq har qanday noqonuniy harakat qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

@SANGZORUZ1
🚨 8,8 kg giyohvand modda savdosiga uringan shaxs jinoyat ustida ushlandi

Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Zarbdor tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan X.Z. katta miqdordagi giyohvand moddani sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

U 8,8 kilogramm “marixuana” giyohvandlik vositasini fuqaro N.J. ga 900 AQSh dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan u jinoyat ustida ushlangan.

🔍 Hozirda Zarbdor tuman IIB tomonidan X.Z. ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

📌 Giyohvand moddalar bilan muomala qilish nafaqat sog‘liq, balki hayotni xavf ostiga qo‘yadi. Bunday og‘ir jinoyatlar uchun qonunda qat’iy javobgarlik belgilangan.

@SANGZORUZ1
🚨 Uyida 383 tup “kannabis” yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Jizzax viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida G‘allaorol tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro L.Sh.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv natijasida uning hovlisida 383 tup “kannabis” (köknori) giyohvandlik o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlandi va ushbu holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

🔍 Hozirda fuqaro L.Sh.ga nisbatan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

📌 Yodda tuting: giyohvandlik vositalarini yetishtirish ham jinoyat hisoblanadi. Bu nafaqat shaxsiy hayotni, balki atrofdagilar xavfsizligini ham xavf ostiga qo‘yadi.

@SANGZORUZ1
Ko’pchilik mashina baki qanchaga mo’ljallanganligi yuzasidan tortishib, gap talashib yurishadi. Avtomobilning baki standart bo’yicha 500 km yurishga mo’ljjallanadi.

@SANGZORUZ1
#Диққат
Ишсиз фуқароларга субсидия (қайтарилмайдиган маблағ) ва ссуда (фоизсиз қарз) ажратиш бўйича аризалар қабул қилинмоқда.

Субсидия ва ссуда аризалари жисмоний шахслардан тест режимда қуйидаги 3 та йўналишда қабул қилинмоқда.

1. Уруғлик ва кўчатлар сотиб олиш учун субсидия (1 125 000).
2. Миграциядан келган шахсларга қишлоқ хўжалиги кооперативларига устав фонди киритиш учун субсидия (3 750 000).
3. Камбағал оила аъзоларига зарур асбоб ускуналар учун ссуда (18 750 000).

Мазкур маблағлардан фойдаланиш учун асосий талаблар:
- Ижтимоий ҳимоя реестри ёки камбағал оила реестрига киритилган оила эгаси ёки аъзоси бўлиш;
- "Ишсизлар реестрида" ишсиз деб эътироф этилган бўлиш.

онлайн ариза бериш

@SANGZORUZ1
MediaTek o‘zining yangi flagman protsessorining texnik xususiyatlarini taqdim etdi

Dimensity 8450 4 nanometrli zamonaviy chip, “All Big Core” (faqat kuchli yadrolar) arxitekturasi asosida qurilgan bo‘lib, maksimal chastotasi 3,25 GHz gacha yetadi. Chip Mali-G720 MC7 grafik tizimi, NPU 880 yaxshilangan neyroprotsessori va sun’iy intellekt uchun mo’ljallangan yangi Agentic AI Engine dvigateli bilan jihozlangan.

Dimensity 8450 yuqori resurs talab qiluvchi vazifalar uchun mo‘ljallangan: 4K 60 fps HDR video yozish (ikki tomonlama stabilizatsiya bilan), 320 MP gacha bo‘lgan suratlarni qayta ishlash, 144 Hz yangilanish chastotali WQHD+ ekranli o‘yinlarni qo’llab-quvvatlash.

Bundan tashqari, protsessor energiyani tejamli ishlatadi, UFS 4.0 va LPDDR5X’ni qo‘llab-quvvatlaydi, 5G tarmog‘ida 5,17 Gbit/s tezlikka chiqadi. AnTuTu test natijasi — 1,67 milliondan ortiq ball!

Yangi chipga ega ilk qurilmalar, jumladan OPPO Reno 14 Pro, yaqin oylarda bozorda paydo bo‘ladi. MediaTek bu modelni Qualcomm va Samsung flagman protsessorlariga munosib raqib sifatida ko‘rsatmoqda.
OGOHLIKKA CHORLOV!

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda kadastr muhandisi noqonuniy yer maydonini rasmiylashtirish evaziga pul talab qilgani va tezkor tadbirda qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

🔹 Kadastr agentligi fuqarolarni ogohlikka chaqiradi! Halol yashayotgan yurtdoshlarimiz ko‘p, ammo bu jarayondan foydalanib, firibgarlik qilmoqchi bo‘lgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Eslatib o‘tamiz:

1. Mahallalar reja asosida xatlovdan o‘tkaziladi — “tezlashtirib bo‘lmaydi!”

2. Har bir holat 15 dan ortiq idoralar tomonidan tahlil qilinadi — “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”

3. Faqat qonuniy 8 ta toifa o‘rganiladi — “tanish-bilish o‘tmaydi!”

‼️Firibgarlik yoki ta’magirlik holatlariga duch kelsangiz, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.

🔗 Rasmiy murojaat: kadastr.uz
🔗 E’tirof dasturi: etirof.kadastr.uz
MrBeast videoroliklar uchun klikbeyt prevyu (muqova) yaratishga mo‘ljallangan maxsus AI vositasini ishga tushirdi

AI Thumbnails Tool — bu sun’iy intellekt asosida ishlovchi tizim bo‘lib, u MrBeast va ko’plab mashhur blogerlar uslubidagi prevyularni yaratadi.

Ushbu vosita mashhur YouTube kanallar uslubida prevyu yaratish, tayyor rasmda yuz almashtirish (face swap); “raqobatchi” kanallarni tahlil qilish, Discord’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiquvchilar bilan bog‘lanish kabi funksiyalarga ega va MrBeast’ga tegishli Viewstats platformasi tarkibida ishlaydi va oylik 69 yevrolik Pro obuna orqali ochiladi.
Google o‘z neyron tarmoqlarini YouTube videolari orqali o‘qitmoqda

Google kompaniyasi o‘zining Veo 3 kabi yangi sun’iy intellekt modellarini YouTube’dagi videolar asosida o‘rgatmoqda. Bu model nihoyatda realistik videolar yaratishga qodir, va buning sababi — so‘nggi 20 yilda platformaga yuklangan videolardan iborat ulkan ma’lumotlar bazasi bo‘lishi mumkin.

CNBC’ga anonim manbaning xabar berishicha, Google 2020-yilgacha yuklangan videolar katalogidan foydalanmoqda. Rasmiy dalillar yo’qligiga qaramasdan, ekspertlarning hisob-kitobiga ko’ra: agar kompaniya YouTube’dagi videolarning atigi 1 foizini ishlatsa (bu 2020-yilgacha 20 milliarddan ortiq videoni anglatadi), bu boshqa AI kompaniyalarining ma’lumotlar bazasidan 40 barobar katta bo‘ladi.

Google vakillari YouTube’dan “barcha mahsulotlarni yaxshilash uchun” foydalanilishini tasdiqlashgan, lekin aniq tafsilot berishmagan. Shuningdek, ular kontent mualliflari huquqlarini himoya qiluvchi vositalarga sarmoya kiritayotganini ham eslatib o‘tishgan.

E’tiborli tomoni, YouTube litsenziyasi kompaniyaga yuklangan videolardan keng miqyosda foydalanish huquqini beradi.