SANGZOR.uz | Фойдали маълумотлар
1.81K subscribers
24.1K photos
8.13K videos
40 files
24.9K links
Sangzor.uz'dan - Har soatda bir yangilik...

Barcha sahifalarimiz uchun havola:
http://myurls.co/sangzoruz

https://tttttt.me/sangzoruz_video

https://tttttt.me/SangzoruzBot Мурожаат боти
Download Telegram
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati hokimining navbatdagi ommaviy  qabuli Yangiobod tumanida oʻtkazildi

“Yangiobod” SHFYda  tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari  14 ta guruhga boʻlingan holda viloyat hokimi, viloyat korxona va tashkilotlari rahbarlari tomonidan qabul qilindi.

Sayyor qabulni Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov kirish soʻzi bilan ochdi.

Viloyat hokimi Ergash Saliyev sayyor qabulda soʻzga chiqib, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat doimiy eʼtiborda va nazoratda ekanligini taʼkidlab oʻtdi. 

Yangiobod tumanida  boʻlib oʻtgan viloyat hokimining sayyor qabulida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagidagilar yer va kredit, pensiya taʼminoti, uy-joy taʼmiri, moddiy yordam, kommunal xizmat sohasiga taalluqli 25 nafar murojaatchining  30 ta masalasi tinglandi.

Murojaatlarni qonun doirasida belgilangan muddatlarda oʻrganib ijobiy hal etish boʻyicha viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda tumanlar  hokimlariga vazifalar belgilab berildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda 8 –mart Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi

Jizzax viloyat hokimligi Anjumanlar saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etdi va “Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun Jonajon Jizzaximizning xotin-qizlarini 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Barchangizga oʻzimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman” deb barchani samimiy muborakbod etdi.

Batafsil👉https://goo.su/SEwu

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM