SANGZOR.uz | Расмий Канал
1.52K subscribers
20.5K photos
6.69K videos
30 files
21.4K links
Sangzor.uz - O'zbekistondagi voqealar, yangiliklar va joriy hodisalarga doir eng so'nggi ma'lumotlar

Barcha sahifalarimiz uchun havola:
http://myurls.co/sangzoruz

https://tttttt.me/sangzoruz_video

https://tttttt.me/SangzoruzBot Мурожаат боти
Download Telegram
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda Afgʻonistondagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan faxriylar uchun xotira va hayriya tadbiri boʻlib oʻtdi

Bugun, Afgʻonistonda harbiy harakatlarning toʻxtatilganligiga 35 yil toʻlishi munosabati bilan viloyat hokimligi hamda Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi viloyat boʻlimi tomonidan viloyatda xotira va hayriya tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etdi.


Maʼlumki, Afgʻonistondagi xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi harbiy harakatlarda Jizzax viloyatidan 1956 nafar jangchilar ishtirok etgan.

Ulardan 35 nafari mardlarcha halok boʻlgan, 318 nafari olgan tan jarohati tufayli nogiron boʻlib qaytgan, 186 nafari olgan tan jarohatlari tufayli Vatanga qaytib kelib vafot etgan.

Afgʻonistonda harbiy harakatlarning toʻxtatilganligiga 35 yil toʻlishi munosabati bilan vafot etgan oilalarni hamda nogiron jangchi faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xotira sport tadbirlarini tashkil etildi.

Shuningdek, shahrimizning “Asr” tantalanalar majmuasida bayram dasturxoni yozildi hamda 400 nafar jangchi-faxriylar uchun sovgʻalar topshirildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM