Sof Islom
4 subscribers
كَبُرَ عَلَى الْمُشْرِكِينَ مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ

«...Мушрикларга сен уларни даъват қилган нарса оғир келди...» 42/Шуро:13
🔎🔗
tavhidsahifasi.com
Download Telegram
Channel created
Forwarded from Tavhid sahifasi
Xalq orasida tarqalgan shirk turlari.

Bugungi o'zini musulmon ataydigan xalqlar orasida mushrik qavmlardan, misol g'arbdan kirib kelgan bir qancha shirk turlari (so'zlar) odat tusiga aylanib, singib ketgan. Ular ichida kishini katta shirkka tushiradigan va mushrik qiladigan (agar avvaldan mushrik bo'lsa shirkini ziyodalashtiradigan)lari ham ko'p. Lekin johil insonlar bu kalimalarni talaffuz qilib, shuningdek ma'nosini bag'oyat yaxshi tushunib turib ham, baribir shirk keltirayotganlarini idrok qilmaydilar. Idrok qilmasliklarining sababi esa tavhiddan mahrum-johil ekanliklari ya'ni Allohni ibodatda yakkalash xususida johil bo'lganliklari uchundir. Bu kabi jaholat turi esa Islom dinida bilittifoq kufriy jaholat bo'lib, inson musulmon bo'lish uchun bu tur jaholatdan poklanishi shart hisoblanadi. Allohga iymonning sharti Allohga shirk yoki kufr keltirishga olib boruvchi jaholatdan poklanishlikdir. Kishi to bu jaholatni o'zidan aritmas ekan, uning shahodat kalimasini zikr qilishi ham, namozi ham, zakoti ham, ro'zasi ham, haj qilmoqligi ham habata bo'ladi. Ya'ni Alloh nazdida qabul bo'lmaydi.

ٱلَّذِينَ ضَلَّ سَعۡيُهُمۡ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَهُمۡ يَحۡسَبُونَ أَنَّهُمۡ يُحۡسِنُونَ صُنۡعًا

«Ular bu dunyo hayotidayoq say'i-harakatlari botil (shirk-kufrdan iborat) bo'lgan, o'zlari esa, go'zal ish qilyapmiz, deb hisoblaydiganlardir». (Kahf:104)

Ibn Abbos aytadi: «Qiyomat kuni Alloh ta'olo qodariylarni jahannamga amr qiladi. Shunda ular aytishadiki: "Ey Robbimiz! Nega biz jahannamga amr qilindik? Allohga shirk keltirmaganmiz, ayni paytda bir ahli-tavhid bo'lgan qavm ma'siyat qilgan bo'lsalar, biz ularni jahannamga amr qilinishini, bizlar esa qoldirilishimiz kerak deb o'ylaymiz. Ammo aksincha biz jahannamga amr qilinib, ular esa qoldirilmoqdalar. Allohga qasam, axir biz biror narsani Allohga sherik qilmaganmiz". Shunda ularga aytiladi:

إِنَّكُمْ أَشْرَكْتُمْ مِنْ حَيْثُ لَا تَعْلَمُونَ

«O'zlaringiz bilmagan hollaringizda shirk keltirgansizlar». (Ibn Batto "al-Ibana al-Kubro", 1541da va "al-Mardavayh" tafsirida. Abu Is'hoq as-Sala'biy "al-Kafsh val-Bayan", 9/263. as-Sirjoniy "al-Juz", 5. al-Maltiy "at-Tanbih fiy Rodd a'la ahlil-ahvo val-bid'a", 172)

Islom dini "iymon keltirdim" deyishlik bilan musulmon bo'lib qolinadigan din emas. Shartlar topilib iymon keltirgan bo'lsa ham, agarda kishi tiliga, amallariga diqqat bilan e'tiborli bo'lmas ekan, har soniyada shirkka yoki kufrga tushishi muqarrardir.

Bugungi kunimizdagi kufriy-shirkiy so'zlarga keladigan bo'lsak, ular siz hozirgacha ham talaffuz qilib kelganingiz yoki jaholat davrida so'z orasida gapirib o'tadiganingiz shirklardandir. Masalan, "omadi bor ekan". Musulmon kishi Allohning bandalarga bitib qo'yilgan qadarga, rizqga bayyinot ustida iymon keltirgan bo'ladi. Biror bir muvaffaqiyat unga yetganida "albatta bu Allohning marhamati, avvaldan menga bitilgan rizqidir" deydi. "Omadim kelib qoldi" deyish esa bu tasodifga iymonni taqozo qiladi. Vaholanki tasodif degan narsa mavjud emas. Inson uchun biror bir voqea bexos bo'lganligi ya'ni kutmaganligi uchun fahmida tasodif bo'lishi mumkin. Ammo voqeaning o'zi (asli) tasodif bo'lmaydi balki qadarda avvaldan bitilgan bo'ladi. Muvaffaqiyat ham shunday, rizqning bir turidir. Omad degan narsa esa Alloh bitgan qadarga kufr keltirish hisoblanadi. Shunday ekan bir musulmon "omad yor bo'lsin" emas balki "Alloh rizqinga baraka bersin" kabi mazmunda Allohga duo qiladi. "Omad" degan safsata esa umuman mavjud emasdir.
Forwarded from Tavhid sahifasi
"Yangi yil sizga baxt olib kelsin".
Yangi yil yoki yangi oy, hafta, kun, soatlar insonga na baxt, na muvaffaqiyat va na boshqa biror yaxshilik yoki yomonlik keltirolmaydi. Shu bilan birga boylik ham yoki biror boshqa narsalar ham baxt yoki baxtsizlik olib kelmaydi. Yuqorida keltirganimiz oyatda aytilgani kabi, yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdandir. Taqvodor bo'lishimiz yaxshilikka, fasodga kirishimiz yomonlikka sabab bo'lishi mumkin. Biror muvaffaqiyat yoki musibatni yangi yil yoki yangi fasl va hokazo kabi maxluqotlardan bo'lishiga yoki bo'lganiga ishonish yoki bu kabi so'zlarni so'zlash (tilak bildirish) Allohga shirk keltirish hisoblanadi.

وَمَا بِكُم مِّن نِّعۡمَةٖ فَمِنَ ٱللَّهِۖ

«Sizga berilgan qaysiki ne'mat bo'lsa, Allohdandir». (Nahl:53)

وَأَنَّهُۥ هُوَ أَضۡحَكَ وَأَبۡكَىٰ

«Darhaqiqat, kuldirgan ham, yig'latgan ham Uning O'zidir». (Najm:43)
Forwarded from Tavhid sahifasi
"Nonni tepaga olib qo'ying".
Isrof bu Allohning barcha ne'matlariga ta'luqlidir. Isrofni nonga xoslash yoki yerga tushgan nonni olib o'pib, peshonaga surishlik bid'atdir. Xalq orasida "nonni yerga tashlaganni non uradi" deydiganlar ham topiladi. Albatta bu ham bandani dindan chiqaradigan katta shirk hisoblanadi. Iste'molga yaroqli nonni isrof qilish bilan iste'molga yaroqli (misol) mevalarni isrof qilishni orasida farq yo'qdir. Iste'molga yaroqsiz (chirigan) mevalar qanday chiqindiga chiqarilsa, iste'molga yaroqsiz (mog'orlagan) nonlar ham shunday chiqindiga chiqarilishi mumkin. Nonga ikromda bo'lish (hurmat ko'rsatish) haqidagi Taboroniy va Ibn Mojada kelgan rivoyatlar esa isnodi zaif hadislardir. Allohning bizga in'om etgani har qaysi ne'matini isrof qilmaslik doimiy vazifamiz hisoblanadi. Chunki Alloh ta'olo isrofni yomon ko'radi.

وَكُلُوا وَاشْرَبُوا وَلَا تُسْرِفُواۚ اِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْمُسْرِف۪ينَ۟

«Yeb-iching va isrof qilmang! Chunki Alloh isrof qiluvchilarni sevmas». (A'rof:31)
Forwarded from Tavhid sahifasi
"Vaqt ko'rsatadi" yoki "vaqt tarbiyalaydi". Bu va bu kabi so'zlar bilan ham kishi Allohga shirk keltirgan bo'ladi. Chunki vaqt hech narsani ko'rsatmaydi balki Alloh agar iroda qilsa vaqtdan qat'iy nazar guvoh bo'lamiz, agar Alloh iroda qilmasa g'ofil qolamiz. Vaqt bizni tarbiyalamaydi balki Alloh bandalaridan xohlaganini hidoyat qiladi, xohlaganini zalolatga giriftor qiladi. Shuningdek vaqt bizni o'ldirmaydi ham, balki Allohdan qadarimizda bitilgan kun o'lamiz, bizga yozib-bitilgan miqdorda yashaymiz. Va buni na bir soniya orqaga va na bir soniya oldinga surib o'zgartirolmaymiz. Inson tug'ilib bir necha daqiqa yashab o'lishi ham mumkin, bir necha yillar yashab o'lishi ham mumkin. Shunday ekan dahriylar misoli vaqt bizni qaritadi, vaqt bizni tarbiyalaydi yoki vaqt bizga ko'rsatadi deyishimiz Allohga kufr keltirish hisoblanadi.

أَفَرَءَيۡتَ مَنِ ٱتَّخَذَ إِلَٰهَهُۥ هَوَىٰهُ وَأَضَلَّهُ ٱللَّهُ عَلَىٰ عِلۡمٖ وَخَتَمَ عَلَىٰ سَمۡعِهِۦ وَقَلۡبِهِۦ وَجَعَلَ عَلَىٰ بَصَرِهِۦ غِشَٰوَةٗ فَمَن يَهۡدِيهِ مِنۢ بَعۡدِ ٱللَّهِۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ
وَقَالُواْ مَا هِيَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنۡيَا نَمُوتُ وَنَحۡيَا وَمَا يُهۡلِكُنَآ إِلَّا ٱلدَّهۡرُۚ وَمَا لَهُم بِذَٰلِكَ مِنۡ عِلۡمٍۖ إِنۡ هُمۡ إِلَّا يَظُنُّونَ

«Havoi nafsini iloh qilib olgan, Alloh ilm ustida zalolatga solgan va qulog'iga hamda qalbiga muhr bosib, ko'ziga parda tortib qo'ygan kimsani ko'rdingmi?! Alloh (uni zalolatga solgandan) so'ngra kim uni hidoyat qila oladi?! Eslamaysizlarmi?!
Dedilarki: "(Barchasi) faqatgina bu dunyo hayotimizdan iboratdir. O'lamiz va tirilamiz. Bizni faqat zamon halok qiladi". Ularning bu haqda ilmlari yo'qdir (ya'ni johildirlar). Albatta faqatgina shunday o'ylamoqdalar xolos».
(Jasiya:24-25)
Forwarded from Tavhid sahifasi
Shuningdek, "hayot tarbiyalaydi", "hayot beshavqatdir", "hayot imtihon qildi" kabi so'zlar ham shirkdir. Bandani Alloh imtihon qiladi, yaxshilik ham yomonlik ham Allohdandir. Alloh Qahhordir, Alloh Rohman va Rohiymdir. Ya'ni Alloh kimniki nafsi ifsod bo'lsa qahri bilan azoblaydi, jazolaydi. Kimki Allohga taqvo qilsa rohmati bilan mukofatlaydi.

وَاِنْ تُصِبْهُمْ حَسَنَةٌ يَقُولُوا هٰذِه۪ مِنْ عِنْدِ اللّٰهِۚ وَاِنْ تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَقُولُوا هٰذِه۪ مِنْ عِنْدِكَۜ قُلْ كُلٌّ مِنْ عِنْدِ اللّٰهِۜ فَمَا لِ‌هٰٓؤُ۬لَٓاءِ الْقَوْمِ لَا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ حَد۪يثًا
مَٓا اَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّٰهِۘ وَمَٓا اَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَۜ

«Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan derlar. "Hammasi Allohdandir" deb ayt! Anavi qavmga nima bo'ldiki, gapni tushunay demaydilar?!
Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik o'zingdandir».
(Niso:78-79)
Forwarded from Tavhid sahifasi
"Taqdir o'yin qildi" kabi gaplar ham insonni dindan chiqaradigan so'zlardandir. Allohdan yozib-bitib qo'yilgan qadarimiz o'yin emas, balki har bir sodir bo'lgan ishlar Allohning hikmatidir.

وَمَا خَلَقۡنَا ٱلسَّمَآءَ وَٱلۡأَرۡضَ وَمَا بَيۡنَهُمَا لَٰعِبِينَ

«Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o'yin uchun yaratganimiz yo'q». (Anbiya:16)

وَمَا تَشَٓاؤُ۫نَ اِلَّٓا اَنْ يَشَٓاءَ اللّٰهُۜ اِنَّ اللّٰهَ كَانَ عَل۪يمًا حَك۪يمًاۗ

«Sizlar faqat Alloh xohlagandagina xohlarsizlar. Darhaqiqat Alloh, (barcha narsani biluvchi) A'liym, (hukm va hikmat egasi) Hakimdir». (Insan:30)