Mashkhurbek | Young Diplomat
18 subscribers
146 photos
14 videos
6 files
92 links
👨🏻‍🎓o'quvchi,Andijon viloyatidan,15 yosh,bo'lajak Diplomat!

Telegram: t.me/Mashkhurbek
Instagram: instagram.com/sat.ielts
Download Telegram
"...O'rgandim.Azoblarimni faqat kulgular bilan ifoda etishni.Bo'lmasa,odamlar sening o'rtanayotganingni qayerdan ham bilishardi."

●Qo'rqma | Javlon Jovliyev

@Mashkhurbek
"...-Qanday qilib qo'yda tarix bo'ladi,bobo? Axir ular hayvon-ku?
-O'zligini bilgan odamning tarixi bo'ladi,kimligini biladi.Bilmasa,hayvon bo'ladi,qo'y bo'ladi,hayvoniy tarix bo'ladi.


●Qo'rqma | Javlon Jovliyev

@Mashkhurbek
"...Orzularsiz shaharlar quriydi.
Dunyoni orzu qiladigan odamlar bezab turadi,ular mazmun bag'ishlaydi."


●Qo'rqma | Javlon Jovliyev

@Mashkhurbek
"...Pichirlaydi sekin ming'irlab:"Hamma o'ladi va sening millionlar sarflab asragan tanang mening tishlarimdan boshqa joyga borib tushmaydi - taom bo'ladi biz qurtlarga!"

●Qo'rqma | Javlon Jovliyev

@Mashkhurbek
Ota nasihati

Shayx Shinqitiy oʻgʻliga dedi:

🔹“Ulamolar bilan aqlingga koʻra, amirlar bilan ilmingga koʻra suhbatdosh boʻl;
🔹Doʻstlaring bilan odobing bilan;
🔹oilang bilan esa mehring bilan;
🔹ahmoqlar bilan hilmingga koʻra hamsuhbat boʻlgin;
🔹Robbing bilan zikring ila hamsuhbat boʻl;
🔹nafsing bilan boʻlsa nasihating ila suhbatdosh boʻl.


Garchi mehribonliging uchun yer yuzida seni taqdirlaydigan, qadrlaydigan hech kim boʻlmasa xafa boʻlma. Bilginki, samolarda seni muborakbod etuvchilar bor.

Hayotimiz xuddi gullar kabidir. Goʻzalligi, chiroyi bilan bizni baxtiyor etsa, tikanlari bilan baʼzan alamlantiradi”.

@Mashkhurbek - 🎓Millatni uyg'otish,uyg'onganlarning vazifasidir!
"...Uyquning ko'pi uyquni chaqiradi.
Biz qancha ko'p uxlasak,yana shuncha uxlaymiz!
Agar o'zimiz uyg'onmasak,ko'zlarimizni o'zimiz ochishni istamasak,birov qovoqlarimizni uzoq ushlab tura olmaydi.Xuddi ko'p ovqat yeganing sayin oshqozoning ham kengayib borgani kabi uyqu olaming ham kattarib boraveradi.Sen mudroqlik bilan dunyoni egallaysan!"


●Qo'rqma | Javlon Jovliyev

@Mashkhurbek
"...-Demak,ilm ahli Qur'on va hadis ilmlarini o'rgangachgina boshqa ilmlarga o'tishi kerak ekan-da?
-Inson zoti ehtiyoj sezadigan ilmlarning bari Qur'on va Hadisda bor.Shuning uchun insoniyat dunyo hayotida duch kelishi muqarrar bo'lgan barcha muammolar,mashaqqat va masalalarning yechimini avval shu manbalardan izlashi lozim.Buning uchun u Qur'on va hadis ilmlarining asl sarchashmalarini o'qib o'rganishi kerak bo'ladi."


●Sohilsiz dengiz | Ahmad Muhammad Tursun

@Mashkhurbek
"...Aliy roziyallohu anhuning shunday so'zlarini o'qigan edim: "Dunyo ortini o'girib ketmoqda,oxirat bag'rini ochib ,peshvoz chiqmoqda.Ikkovining ham farzandlari bor.Oxirat farzandlari bo'ling,dunyo farzandlari emas! Bugun amal bor,hisob yo'q! Ertaga amal yo'q,hisob bordir!"

●Sohilsiz dengiz | Ahmad Muhammad Tursun

@Mashkhurbek
🕋Juma muborak!
"...Allohning dinida xolis turgan olim hayotda to'rt narsaning mashaqqatini albatta tortadi: dushmanlari uni ko'rolmaydi,do'stlari masxara qiladi,johillar g'iybat qiladi,ulamolar hasad qiladi.Bularga sabr qilgan olimga Alloh taolo buning badali uchun to'rt ne'matni: qanoat azizligi,ilmning lazzati,yaqiyn haybati va adadiy hayotni in'om etadi."

●Sohilsiz dengiz | Ahmad Muhammad Tursun

@Mashkhurbek
"...Shuni aniq bilginki,agar butun ummat birlashib,senga foyda keltirmoqchi bo'lsalar,Alloh senga nasib qilgan narsanigina naf keltira olgaylar.Yoki ular birlashib,senga biror zarar bermoqchi bo'lsalar ham,faqat Alloh peshonangga bitgan zararnigina yetkaza oladilar.Bandaning taqdirini bitishdan qalamlar bo'shab,sahifalardagi siyohlar ham qurib bo'lgan."

●Sohilsiz dengiz | Ahmad Muhammad Tursun

@Mashkhurbek
"...Hasadchi kabi mazlumga o'xshash zolimni ko'rmadim: doimiy armon,arimas g'am,sarosimali qalb".Bir a'robiydan uzoq umr ko'rishining sababini so'rashganda "hech kimga hasad qilmadim,shuning uchun shuncha yashadim",deb javob bergan ekan."

●Sohilsiz dengiz | Ahmad Muhammad Tursun

@Mashkhurbek
"...Dushmaningga xizmat qilishing uchun sotqin bo'lishing shart emas,ahmoq bo'lishning o'zi kifoya."

●Sohilsiz dengiz | Ahmad Muhammad Tursun

@Mashkhurbek
#elektronkitoblar

Ushbu sayt 9.5 mlndan ortiq elektron kitoblarni o'zida jam qilgan kutubxonadir. Siz istalgan kitobingiz mutlaqo tekinga yuklab olishingiz mumkin.

LINK 👉
z-lib.org

@Mashkhurbek
"...Vaholanki,dunyo jazo yoki mukofot diyori emas,balki sinov o'lkasidir.Jazo ham,mukofot ham aslida oxiratda,Allohning huzurida bo'ladi.Bu haqiqatni johil anglamasligi mumkin,ammo buni olim pisand qilmasligi katta qabohat!"

●Sohilsiz dengiz | Ahmad Muhammad Tursun

@Mashkhurbek
"Al-ilmu yu'ta vala ya'tiy" ya'ni har bir kishining o'zi ilmga kelishi farz,zero,ilm hech kimning huzuriga yurib bormaydi.

●Sohilsiz dengiz | Ahmad Muhammad Tursun

@Mashkhurbek
Diplomat va diplomant

Diplomat va diplomant paronim soʻzlar, yaʼni talaffuzi va eshitilishi yaqin, lekin maʼno jihatdan farq qiladigan soʻzlardir.

Diplomat
1. Diplomatik faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxs diplomat deyiladi. Diplomat xorijiy davlatlar bilan rasmiy aloqa qilish va muzokaralar olib borish uchun maxsus tayyorgarliklardan oʻtadi va oʻz hukumati tomonidan vakil qilib tayinlanadi.

2. Muomala sanʼatini egallagan, diplomatik yoʻl bilan muammolarni hal qila oladigan odam.

3. Odatda kitob-daftarlar, hujjatlar olib yuriladigan tekis yuzali, qulflanadigan chamadon ham diplomat deyiladi. Bugungi kunda uning inglizcha nomi — keys kengroq qoʻllanyapti.

Diplomant
1. Biror tanlovda yutib chiqib, diplom bilan taqdirlangan shaxs.

2. Diplom ishi yozayotgan va uni himoya qilayotgan talaba.

Demak, bularning maʼno-mazmuni batamom farq qiladi, shu sababli ularni nutqda oʻz oʻrnida qoʻllashimiz kerak.

@Mashkhurbek
Yodingdami o'shal sen tug'ilgan on
Hamma shodon edi,sen esa giryon.
Shunday yashaginki ketar chog'ing
Hamma giryon qolsin sen ketgin shodon

©Sa'diy She'roziy (1219-1293)

Kitobxonlar uchun savol,shunga o'xshash satrlarni kim yozgan?

@Mashkhurbek
Xitoy maqolida shunday deyiladi: "So'rayotgan odam besh daqiqa ahmoq bo'lib ko'rinishi mumkin, so'ramagan odam esa umrbod ahmoq bo'lib qolaveradi."

●O'lsang kim yig'laydi | Robin Sharma

@Mashkhurbek