Josh*Developer
4.75K subscribers
454 photos
40 videos
13 files
698 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim ๐ŸŒ™
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
Sun'iy intellekt sabab o'zim kod yozishga erinib qolganman. Lekin sun'iy intellektga qildirish ham zerikarli bo'lib boryapti (Sifatsiz ham ko'p hollarda).

Agar shu ko'rinishda ketsa dasturlashdagi darajalar kod sifatiga qarab farqlanmaydigan bo'lib qoladi deb qo'rqaman. Bu haqida chuqurroq izlanishim kerak ekanligini tushundim. Xulosalarimni yozib borishga harakat qilaman, Xudo xohlasa.

Sizlarga Sun'iy intellekt qanday yomon ta'sirlarini ko'rsatyapti?

#ai

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘31๐Ÿ”ฅ9๐Ÿค3๐Ÿ’ฏ2
Tech debt (texnik qarz) nima?

Dasturda ko'zingizni yumgan har bir muommo โ€” tech debt deyiladi. Bir kun kelib bu qarzingizni ortig'i bilan to'lashga majbur bo'lishingiz mumkin.

Katta loyihalarda bu qarz โ€” foizli kredit kabi ishlaydi. Vaqt o'tgan sari kattalashadi.

Startup'larda esa oddiy qarz, (qarzni qaytarish esa loyiha yurish yurmasligiga bog'liq ๐Ÿ˜„)

Shu sabab texnik qarzlarni qachon olish yoki olmaslikni aniqlash juda muhim.

Demak, katta loyihami? Qarz olishdan ehtiyot bo'ling.
Startup yoki shoshilinch loyihami? Bir ko'zni yumib tursa bo'ladi) ๐Ÿ‘€

#techDebt

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1๐Ÿ˜39๐Ÿ‘11๐Ÿ”ฅ5โค2๐Ÿซก2
Tailwind jamoasini 75% qismi ishdan haydalishga to'g'ri kelibdi.

Sababi, bilasiz Tailwind dasturchilar uchun juda ajoyib qulayliklar qilgani bilan, pul olib keluvchi daromad manbayi cheklangan edi. Sun'iy intellekt esa Tailwind UI Kit'larini sotib olishga ham hojat qoldirmadi.
Shu sabab jamoa katta qismi "lay-off" bo'lgan.

Hurmatimni qozongan tomoni, shunday bo'lsa ham Tailwind ishlatishni qandaydir pullik modelga o'tkazishmadi. Biz bo'lganimizda shunday qilgan bo'lardik deb o'ylab qoldim.

Siz nima deb o'ylaysiz?

#tailwind

@JoshDeveloper
๐Ÿ˜ข72๐Ÿ”ฅ19โค14๐Ÿ’ฏ6๐Ÿซก1
Jamiyat uchun ishlasang, jamiyat sen uchun ham ishlaydi.

Bir kecha ichida 56.000$ MRR sponsor'likdan kelibdi, deyishyapti.

Manba

#tailwind

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ66๐Ÿ‘13โค5๐Ÿซก4๐Ÿค2๐Ÿ‘1
โ€œStackoverflowโ€ yaxshi sayt ediโ€ฆ

#rip

@JoshDeveloper
๐Ÿ˜ข89๐Ÿซก11๐Ÿ’”5๐Ÿ’ฏ3โค2
Telegramda startaplar, sunโ€™iy intellekt va biznesning moliyaviy holatini tahlil qilib post yozadigan kanal bor ekan.

Qiziq boโ€˜lsa obuna boโ€˜ling: @hisperspective
๐Ÿ”ฅ16๐Ÿ‘1
Shaxsiy fikrim:
Dasturlashni o'rganayotganlarni ko'pisida hozir Vibe-coding qilishga moyillik bor. Ya'ni, "Sun'iy intellekt bilan oson bitar ekan, o'zim o'rganib qiynalishimga na hojat?" degan tushuncha bor.

Bunday dasturchilar avlodi shakllanishi kelajakda haqiqiy AI'siz ham kod yoza oladigan, loyihalar arxitekturasini qura oladigan va "debug" qila oladigan dasturchilarni qadrini oshiradi. Shu sabab belni mahkam bog'lab, eng quyi va hamma tashlab ketadigan mavzulargacha chuqur o'rganing. InshaaAlloh afsuslanmaysiz.

#thoughts

@JoshDeveloper
โค107๐Ÿ‘59โšก10๐Ÿ’ฏ8๐Ÿ”ฅ6๐Ÿ˜6๐Ÿค3๐Ÿ†’3๐ŸŽ‰2๐Ÿ‘1
Monorepo'lar hozir ustunroqmi?

AI bilan ishlash davrida, bir-biriga bog'liq loyihalar bir Repository'da bo'lishi Sun'iy intellekt'dan maksimal foydalanishda katta ustunlik beradi. Sababi barcha kerakli ma'lumotlar bir joyda bo'ladi va kontekst berish oson bo'ladi.

Monorepo usuli orqali bunga erishsa bo'ladi. Monorepo qurish va boshqarishni osonlashtirish uchun esa bir qancha tool'lar mavjud. (Nx, Turborepo, Bazel, Lerna...)

Siz Monorepo loyihada ishlab ko'rganmisiz?

#monorepo #ai

@JoshDeveloper
1๐Ÿ‘25โšก5๐Ÿ‘€3โค2
Forwarded from UNICON SOFT
๐Ÿค“ โ€œUnicon Softโ€ tajribali Middle/Senior dasturchilarni izlamoqda

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป Boโ€˜sh vakansiyalar:
โ–ช๏ธ Backend Developer (Node.js)
โ–ช๏ธ Frontend Developer (Angular)

๐Ÿ’ผ Ish formati: toโ€˜liq stavka, ofis
โฐ Ish vaqti: 5/2, 10:00โ€“19:00

โ—๏ธSizni kutmoqda:
โบ Professional jamoa;
โบ Qiziqarli loyihalar;
โบ Barqaror daromad;
โบ Rivojlanish va oโ€˜sish imkoniyati;

๐Ÿ’ฌ Batafsil maโ€™lumot olish uchun Telegramdan yozing:
โžก๏ธ @itrecruiter_us
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ16๐Ÿ˜ข5โค2๐Ÿ‘1
Qo'lda kod yozish tugayaptimi? ๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป

Internet bir talay postlarni ko'rdim bugun shu haqida. Hayp ko'tarilgan shekilli. Ruhsat etsangiz fikrimni bildirsam.

1. Qo'lda kod yozish to'xtadimi? โ€” Yo'q.

2. Kamayyaptimi? โ€” Ha.

3. Bu degani dasturchi kamroq kerak deganimi? โ€” Yo'q. Dasturchi doimgidek muhim. Faqat hamma ishni qo'lda qiladigan dasturchi endi kerak emas.

4. Endi faqat Prompt engineering o'rganamizmi? โ€” Dasturlashni katta qismi Prompt engineering atrofida aylanayotgani rost, lekin dasturlash sohasini Prompt yozishnigina biladigan odam olib qo'ya olmaydi.
Dasturlash bu dasturchidek fikrlashdan iborat. Yozayotgan Prompt'ingiz esa shu fikrlashingizdan kelib chiqadi. Shu sabab dasturlash asoslari, tizimlar qanday ishlashi va shu kabi quyi mavzularni o'rganing. Shular bilangina ertaga oddiy Prompt'chidan farqingiz bo'ladi.

#thoughts

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ70๐Ÿ’ฏ15๐Ÿ‘12โค3๐Ÿ‘1
Aholini roโ€™yhatga olish orqasidan 15mln aholi maโ€™lumotlari tarqagan deyishyapti.

Qiziq, shu rostmikan?

#hacked

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘€54๐Ÿ˜6๐Ÿ”ฅ4๐Ÿ‘2๐Ÿ˜จ1
Forwarded from Josh*Developer
Maโ€™lumotlarimiz tarqab yotgan zamondamiz. Nomingizga qandaydir yoโ€™l bilan kredit olishlarini xohlamasangiz my.gov.uz dan kreditga taโ€™qiq qoโ€™yishingiz mumkin.

Bunda oโ€™zingiz ham ololmaysiz. Istalgan payt oโ€™chirib, yoqsangiz boโ€™ladi.

Tanishlarga yuborib qoโ€™ying โœˆ๏ธ

#tavsiya

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ36๐Ÿ‘12โšก5โค2๐Ÿ’ฏ2
Bir dasturchi tanishim bilan gaplashib qolgandim.

Jiddiy bir loyihada ishlagan bir insonda Superadmin roli u odam ishdan ketganiga 1 yil boโ€™lsa ham saqlanib turgan ekan.

Ishdan ketgan ishchilardan โ€œdostupโ€larni olishni unutmang, azizlarim ๐Ÿ˜‰

#eslatma

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘€50๐Ÿ’ฏ31๐Ÿคฃ18๐Ÿ˜5โค1๐Ÿ†1
Dastur xavfsizligi (Frontend tomondan)

โ“ "Frontend'da ham xavfsizlikni ta'minlasa bo'ladimi?" โ€” deyishadi ko'pchilik.

Albatta bo'ladi. To'g'ri katta xavfsizlik yechimlari server tomonda bo'ladi, lekin Frontend qismi o'ylab yozilmagan bo'lsa, eng "xavfsiz" tizimlarga ham hujum qilsa bo'ladi ๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป

Quyida Frontend'da e'tiborga olishingiz kerak bo'lgan "Security best practices"larni eslatib o'taman.

1๏ธโƒฃ XSS hujumlarni oldini olish uchun, foydalanuvchidan keladigan input'larni doim "Sanitization"dan o'tkazing.

2๏ธโƒฃ Token'larni vazifaga qarab to'g'ri joyda saqlang. HTTP-only Cookie'lar eng xavfsizlaridan biri.

3๏ธโƒฃ Content Security Policy (CSP). Tashqaridan kiradigan script'larni ishlatishni bloklang yoki nazorat qiling.

4๏ธโƒฃ Eski yoki ishonchsiz Kutubxona/dependency'lar eng xavfli qism. Doim yangi versiyada, ishonchli kutubxonalardan foydalaning. Yangiliklarga ham e'tiborli bo'ling, istalgan payt qaysidir kutubxonangizdan "Vulnerability" chiqib qolishi mumkin.

5๏ธโƒฃ Auth yechimlarini ishonchli yozilganini unutmang. Muhim rollar va sahifalar himoyalanganligiga ishonch hosil qiling.

6๏ธโƒฃ Kerak bo'lsa CSRF token'lardan ham foydalanib, himoyani 2 barobar kuchaytiring va shu kabi 2-bosqichli himoyalar ishlab chiqing.

Bu postni barcha Frontend'chilarga ulashishni unutmang ๐Ÿ˜‰

#security #frontend

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ54๐Ÿ‘9โค4โšก1๐Ÿค1
Google loyihalarini katta qismi yagona Repository'da turishini bilarmidingiz?

Buni Monorepo usuli deydi. Barcha loyihalar bir joyda.

Eshitishimcha Google ba'zi Frontend loyihalarini Micro-Frontend usuli orqali chiqarishni rejalashtirayotgan ekan. Lekin, biz bilgan an'anaviy uslubda emas, o'zlarini talablari asosida.

Bu ma'lumotlar shuni anglatadiki, Google kabi katta kompaniyalarda ham Frontend mutaxassislar juda kerak. Lekin oddiy "CRUD + verstka"chilar emas, balki chuqur bilimga ega dasturchilar.
Asosiy bozorimizda bunday bilimlarga qiziquvchi Frontend dasturchilar soni kam, talab ham kam. Lekin "Big tech" uchun bu mavzular "must-have" ekan.

Siz ishlayotgan loyihalarda bunday yechimlar qadrlanadimi? โ“

#frontend #bigTech #google

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ”ฅ28โค3๐Ÿ‘1
Uzbekistan Tech Certifications Summit 2026
Tech Skills & Certifications Defining 2026: Cloud, Cybersecurity, PM

On February 25 join Uzbekistan Tech Certifications Summit 2026 โ€” this key industry event brings together international experts, industry leaders, and the local tech community to explore how global standards in Cloud, Cybersecurity, and Project Management influence team efficiency and professional growth.

What to expect:
๐Ÿ”ธ A strategic panel on why certifications matter in 2026
๐Ÿ”ธ Insights into global tech standards and future-ready skills
๐Ÿ”ธ Three parallel expert-led workshops
๐Ÿ”ธ Practical guidance on Cloud, Cybersecurity, and PM certification paths
๐Ÿ”ธ Networking

Expert Sessions:
- AWS Cloud Essentials 2026: Rostyslav Myronenko, Solutions Architect at Booking.ัom. Practical skills for cloud infrastructure.

- AI in Cybersecurity: Oleksii Baranovskyi, CISSP/CISM. Analysis of how AI is transforming the security landscape.

- AI Toolset for Project Managers: Maxim Pochebut, Director at Sigma Software Tashkent, PMP. Evaluating essential vs. redundant AI tools in management.

๐Ÿ“… Date & time
: February 25 | 16:30
๐Ÿ“ Location: University of World Economy and Diplomacy
54 Mustakillik Ave., Tashkent 100007, Uzbekistan

๐ŸŒ Language: English

The summit is organized by Sigma Software University, in partnership with Sigma Software, as part of the launch of the International Certifications Center in Tashkent.

๐Ÿ‘‰ Registration is open โ€” secure your spot now: https://bit.ly/3NcHnKu

#reklama
โค5๐Ÿ‘€3๐Ÿค2๐Ÿซก2
Memory leaks (Xotiraga keraksiz ma'lumotlar chiqib ketishi va loyihani qotishga olib kelishi)

Kecha yangi loyihamda bir jiddiy muommoni sezib qoldim. Dasturda juda katta "memory leak" bor. Dastur xotiradan 1-4GB'gacha joy olyapti. Bardavom ishlatilsa undan ham oshadi.

Muommoni juda uzoq qidirdik. Sababi sahifada juda "complex" tablitsa bor edi. Loyiha esa juda ko'p mayda xatolardan iborat.

Hozirgina eng kattasini to'g'irladim. Lekin "Memory leak"lar juda ko'p. Maydalari yig'ilib katta muommolar yasagan. To'liq qutilish imkonsizdek tuyulyapti.

Bunday muommolar paydo bo'lsa, qanday aniqlashni bilasizmi? Agar qiziq desangizlar bu haqida kichik jonli efir yoki darslik qilamiz, Xudo xohlasa.

#memoryLeaks

@JoshDeveloper
โค49โšก26๐Ÿ‘14๐Ÿ”ฅ8๐Ÿ˜2๐Ÿ‘1๐Ÿค1
Josh*Developer
Memory leaks (Xotiraga keraksiz ma'lumotlar chiqib ketishi va loyihani qotishga olib kelishi) Kecha yangi loyihamda bir jiddiy muommoni sezib qoldim. Dasturda juda katta "memory leak" bor. Dastur xotiradan 1-4GB'gacha joy olyapti. Bardavom ishlatilsa undanโ€ฆ
Tepadagi muommoga "Pull ruquest" ochdim.

2.7GB -> 538MB โœ…

P.s: Bir xil sahifalar va bir xil qadamlarni bajargan holda hisoblandi bu raqamlar.

#memoryLeaks

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‘30โšก6๐Ÿ”ฅ3โค1๐Ÿ‘1๐Ÿค1
Mana shunaqa odamlarga nima yetishmaydi? Linkedin'da birnecha bor xuddi shu mazmunda tanqid postlar ko'rdim.

Kurs sotishni qachondan gunoh sanashni boshlashgan bunaqa odamlar?

Shular tanqid qilayotgan inson boshlagan ish o'zidan ko'ra shu ko'zi qora yoshlarimizga foydaliroq. Bunday mutaxassislar dars o'tishni xohlab, O'zbekistonga qaytishini o'zi juda katta narsa.

O'zi ozib-to'zib endi mutaxassislarimiz ko'payib, bilim berishni tanlayotganlari chiqib qolyapti. Buyerda esa bunday zaharli qo'ziqorinlar chiqib olib tanqid ham qilib qo'yadi...

Yolg'onlarsiz, manfaatli kurs sotish savob bo'lsa savob-ki, gunoh emas. Bunday postlarni xiyla va yolg'on va'dalar/marketing bilan kurs sotayotganlarga qaratsak yaxshiroq bo'lar edi.

#tanqid

@JoshDeveloper
13๐Ÿ‘114๐Ÿคฃ29๐Ÿ’ฏ17๐Ÿ”ฅ7๐Ÿซก3๐Ÿ†’3โšก2โค2๐Ÿค1
Josh*Developer
Mana shunaqa odamlarga nima yetishmaydi? Linkedin'da birnecha bor xuddi shu mazmunda tanqid postlar ko'rdim. Kurs sotishni qachondan gunoh sanashni boshlashgan bunaqa odamlar? Shular tanqid qilayotgan inson boshlagan ish o'zidan ko'ra shu ko'zi qora yoshlarimizgaโ€ฆ
Tepadagi inson bizga bog'landi.

Noto'g'ri tushunayotganimizni va mavzuni yopishni xohlayapti.

Kelinglar mavzuni yopamiz. Lekin hammaga bir kichik narsani aytmoqchiman.

Internetda hamma kontent ham sizlar uchun chiqarilmaydi. Youtube'ga kirib olib "ะกะ˜ะะ˜ะ™ ะขะ ะะšะขะžะ  ๐Ÿšœ" ko'rib o'tirmaysiz-ku.
Azimjon aka ham hozir dasturchilar auditoriyasidan biroz yiroqlashib, butun xalqqa yuzlanyapti. Tabiiyki biroz xalqbob, sal darajasi pastroq kontentlar qilishi va odamlarni jalb qilishi kerak.

Bunday kontentlar oldingizdan chiqqanda g'azablanmasdan, "Bu kontent kim uchun chiqyapti?" deb savol berib ko'ringlar. Shunda hammasi oydinlashadi.

O'zim ham kelajakda mobodo katta auditoriyaga chiqishni xohlab qolsam, "Memory leak" haqida emas, "Bir necha yil avval nega 5000$ oylikdan voz kechdim?" kabi mavzular haqida postlar joylashga majbur bo'laman. Bunday paytda yillar davomida tanish bo'lgan dasturchi auditoriyam mani qo'llab turishi kerak deb o'ylayman, "heyt" qilishi emas.

Xalqimizga haqiqiy mashxur mutaxassislar kerak. Buning uchun esa bozor marketinggiga moslashishga majburmiz.

#thoughts

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ64๐Ÿ‘11โคโ€๐Ÿ”ฅ10โšก4โค3๐Ÿค1๐Ÿ†’1