Josh*Developer
4.72K subscribers
451 photos
40 videos
13 files
697 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
"State of JS" uchun ovozlar yig'ilayotgan ekan.

Qiziq bo'lsa to'ldirib qo'yinglar. Yopiladi yaqinda.

Link: https://survey.devographics.com/en-US/survey/state-of-js/2025

#stateOfJs

@JoshDeveloper
👍52
Zarra ichida 1.4k terabaytlik miya xaritasi

Farhod Dadajonov tomonidan qiziq maqola yozilgan ekan, ulashyapman. Unda miyyamizdagi bitta zarradek qismida 1400 terabaytlik ma’lumot mavjudligi haqida yozilgan. Allohni qudratiga qoyil qolmay iloj yo'q.

Link: https://medium.com/@dfarkhod/zarra-ichida-1-4-petabaytlik-miya-xaritasi-siz-eshitmagan-ilmiy-kashfiyot-d33b8ba4e63a

#share

@JoshDeveloper
7👍6414👀5🕊2🔥1
Forwarded from Josh*Developer
FrontINT_mavzulari (1).pdf
5.8 MB
Frontend intervyularga bepul qo’llanma kerakmidi?

Man sizlarga "FrontINT" kursi qo'llanmasi ⚡️

Frontend sohasida ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga olgani bois, siz azizlarga alohida tekinga yuboryapmiz.

Kitobdagi ma'lumotlar to'liq video holida Frontint.uz kursida tushuntirib o'tilgan.

Enjoy it with ☕️

#guide

@JoshDeveloper
10👍51🔥166🫡3🤝1
Microsoft Community Conf 2025'ga bizni taklif qilishibdi yaqinlarimiz.

O'tinglar 😉

Register: https://xn--r1a.website/mdcuzbekistan/1006

#conf

@JoshDeveloper
🤝17👍422🔥2
Ask me anything qilamizmi?

Soat 21:00 da.
Anonymous Poll
52%
Ha
12%
Yo'q
35%
Farqi yo'q, baribir kirmayman
👍42🎉2
Live stream scheduled for
Savollaringizni shu post kommentiga yozib qoldiring. 21:00 da boshlaymiz inshaaAlloh.

#askMeAnything

@JoshDeveloper
👍64🤝3
Live stream started
Live stream finished (45 minutes)
Ask me anything
Josh*Developer
"Ask me anything" recording

So'raganlar uchun.

#askMeAnything

@JoshDeveloper
🔥16👨‍💻5👏1
Forwarded from Umar shares
834, 601, 551, Karl?...

"Zahar yutish" degani shu bo'lsa kerak. To'g'risini aytaman, "Havoni bir joyga tiqishdi". Buni hammasi ilmsizlik, mas'uliyatsizlik va beparvolik oqibati.

#wantedTozaHavo

@umar_shares
1😢51💯9😐8😱32👍1🌚1🤝1
Self-refining prompt

AI bilan kod yozayotganingizda Prompt'ni yaxshi yozolmayapsizmi?

Kichik "trick" o'rgataman.

Prompt oxiriga "Edge case'lar va boshqa savollaring bo'lsa, so'ra" deb ayting. Shunda sizni Prompt'ingizni AI o'zi to'liqroq qilib beradi.

#trick #ai

@JoshDeveloper
🔥44👍17💯41
Intervyularda oxirgi 2-3 yil "questions template"lardan deyarli foydalanmay qo'ydim.

Ko'pincha intervyularim — tanishib olgandan so'ng, 2 ta qismda bo'ladi.

1. Dasturchi bilishi shart bo'lgan asosiy savollar. Tahminan 25-45 daqiqacha vaqt oladi. Ko'pchilik shuyerdan yiqiladi.

2. Agar birinchisidan ko'ngildagidek o'tsa, tajribaviy savollar, topshiriq, use-case'lar va biror chuqurroq mavzuda oddiy suhbat.

Eng katta "impression"ni 2-qismda olaman. Chunki, endi shunchaki savol-javob emas, balki dasturchi sifatida suhbatlashamiz. Buyerda fikrlar, qarashlar muhim. Yodlab olingan gaplar ketmaydi. Haqiqiy bo'lgan muommolar va yechimlari haqida suhbat bo'ladi. Darajasiga qarab birorta chuqurroq mavzuga ham kiramiz.

Shu sabab intervyuga kirayotganlarga maslahatim, intervyuda shunchaki savollarga javoblarni aytaman deb o'ylamang, balki tajribam bo'yicha suhbatlashaman deb o'ylang.
Tajribangizda bo'lgan qiziq muommolar va yechimlarni biror joyga yozing. Qanday yechgansiz? Nima kutubxona ishlatgansiz? Bular hammasi muhim kalitlar. Shular orqali intervyuver "qalbi"ga eshik ochasiz.

#interview #maslahat

@JoshDeveloper
👍6317🔥2🤝2😁1
Kartalardagi pullarga ehtiyot bo’ling.

Humans degan ilovadan pul yechilyotgan ekan. Kartalaringizni uzinglar bu ilovadan. Kam foiz berar ekan deb istalgan ilovaga kirib ketavermanglar.

Ogoh bo’linglar.

#eslatma

@JoshDeveloper
🔥34👍123😐3🤝3😁1👌1
Ma’lumotlarimiz tarqab yotgan zamondamiz. Nomingizga qandaydir yo’l bilan kredit olishlarini xohlamasangiz my.gov.uz dan kreditga ta’qiq qo’yishingiz mumkin.

Bunda o’zingiz ham ololmaysiz. Istalgan payt o’chirib, yoqsangiz bo’ladi.

Tanishlarga yuborib qo’ying ✈️

#tavsiya

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41🫡6❤‍🔥43
React Server Component'larda yaqinda bir nechta xavflar(vulnerabilities) chiqqan ekan.

Dasturingizda RSC ishlatgan bo'lsangiz, versiyalarni yangilab olishingiz tavsiya qilinadi.

P.s: Yoki Angular ishlatinglar)

#react

@JoshDeveloper
😁79🔥32👀2
Forwarded from UNICON SOFT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Unicon-Soft” kompaniyasi faoliyati bilan tanishuvi “Oʻzbekiston24” telekanali nigohida

🌐LinkedIn | 📹 YouTube | 📱Instagram | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2184👀3
Yangi loyihaga qo'shilganda kod yozishdan oldin doim birinchi loyihani o'rganing.

Qanday "shared" kodlar bor? Qanday kutubxonalar ishlatilgan? Qoidalar bordir balki?

P.s: O'zimda ko'p bo'lgan, loyihani to'liq o'rganmaganim sabab, avvaldan tayyor yechimlarni qaytadan yozganman.

#tavsiya

@JoshDeveloper
143👍17💯85🔥2👀1
HR Menejer (UNICON SOFT)

💰 Oylik: 500 – 2 000 USD (tajribaga qarab)

Vazifalar:

- Kompaniya ichki madaniyati va motivatsiya tizimini rivojlantirish
- IT va non-IT yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlarni qidirish va tanlash
- Vakansiyalarni joylashtirish va intervyularni o‘tkazish
- Xodimlarni ishga qabul qilish (onboarding) jarayonini tashkil etish
- Rahbariyat bilan yaqin hamkorlikda HR strategiyasini amalga oshirish

Talablar:

- HR Menejer sifatida kamida 2 yillik tajriba
- IT sohasida xodimlar bilan ishlash tajribasi
- O‘zbek tilini bilish (Rus va Ingliz tili ustunlik beradi)

📞 Aloqa uchun forma: https://forms.gle/ruDGZC6RyRu6TJBA9

#vacancy

@JoshDeveloper
👍174😁1