Bu jarayonni ikkinchi kompyuterda ham sozlaymiz. Bizning lokal tarmog'imiz soz holatda. Endi o'yin o'ynash va ma'lumot uzatish uchun antivirus dasturini va firewall tizimini o'chirish lozim. Bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga aniq bir faylni ko'chirishni keyingi mavzuyimizda ko'rsatib o'tamiz.
Qo'shimcha qilib shuni aytish mumkin-ki, agar siz hali ham tarmoq ishlayotganligiga aniq ishonch hosil qilmoqchi bo'lsangiz antivirus dasturini va firewall tizimini o'chirib "cmd" buyruqlar qatoriga kirib, "ping 192.168.1.1" ya'ni IP ni o'rnida o'zingiz bergan IP ni kiritasiz va sizda quyidagicha jarayon sodir bo'lish kerak:
Agar xuddi shu jarayon amalga oshmasa va boshqacha ko'rinishlar yuzaga kelsa, demak, sizda tarmoq to'liq sozlangan emas !
UzHackerSW via @QuanBot
#36mavzu_oxiri
36-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting
36-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting
Mavzular:
#1mavzu #2mavzu #3mavzu #4mavzu #5mavzu #6mavzu #7mavzu #8mavzu #9mavzu #10mavzu #11mavzu #12mavzu #13mavzu #14mavzu #15mavzu #16mavzu #17mavzu #18mavzu #19mavzu #20mavzu #21mavzu #22mavzu #23mavzu #24mavzu #25mavzu #26mavzu #27mavzu #28mavzu #29mavzu #30mavzu #31mavzu #32mavzu #33mavzu #34mavzu #35mavzu #36mavzu
#1mavzu #2mavzu #3mavzu #4mavzu #5mavzu #6mavzu #7mavzu #8mavzu #9mavzu #10mavzu #11mavzu #12mavzu #13mavzu #14mavzu #15mavzu #16mavzu #17mavzu #18mavzu #19mavzu #20mavzu #21mavzu #22mavzu #23mavzu #24mavzu #25mavzu #26mavzu #27mavzu #28mavzu #29mavzu #30mavzu #31mavzu #32mavzu #33mavzu #34mavzu #35mavzu #36mavzu
37-mavzu: Lokal tarmoqda bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga ma'lumot o'tkazish
Salom Do'stlar. Sizlar bilan yana biz 😁. Sizlar bilan o'tgan mavzuda lokal tarmoq qurishni ko'rgan edik. Endi bu lokla tarmoqda bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga ma'lumot o'tkazishning eng sodda usulini ko'rib chiqamiz. O'tgan darslarda biz lokal tarmoq qurganimizda 2 xil usulni ko'rgan edik: 1-simli va 2-simsiz tarmoq edik. Biz hozir ko'rsatib o'tadigan ma'lumot o'tkazish usuli 2 la usul uchun ham bir xil hisoblanadi lekin simsiz tarmoq bunda kuchsiz hisoblanadi ya'ni ma'lumot o'tkazish tezlik simliga nisbatan juda past hisoblanadi (agar sizda kuchli wi-fi router mavjud bo'lmasa). BU jarayonni amalga oshirish uchun quyida biz ko'rsatib o'tadigan ketma-ketlikni to'g'ri bajarsangiz bas 😋. Unda sizlarni kuttirmasdan boshladik.
Lokal tarmoq qurib bo'lganimizdan so'ng biz antivirus va firewall tizimini o'chiramiz (ESET antivirusi misolida ko'rib chiqamiz). Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi.
MA'LUMOT: Siz antivirus va firewall tizimini o'chirmasligingiz ham mumkin, buning uchun siz antivirus va firewall dasturlariga sizning lokal tarmoq manzilini tekshirmaslik yoki ruxsat berishni qo'shishingiz kerak bo'ladi. Chunki, antivirus va firewall tizimi hamma kiruvchi oqimlarni tekshiradi va o'zida ruxsat berilgan bo'lsagina kompyuterga o'tkazadi.
ESLATMA! ! ! Bu jarayon ikkinchi kompyuterda ham amalga oshirish lozim, aks holda keyingi qadamlar amalga oshmaydi.
ESLATMA! ! ! Bu jarayon ikkinchi kompyuterda ham amalga oshirish lozim, aks holda keyingi qadamlar amalga oshmaydi.
Endi ikkinchi kompyuterda ham antivirus va firewall ni o'chirganimizdan so'ng biz ikkinchi komoyuterda (biz ma'lumot o'tkazmoqchi bo'lgan kompyuterda) biz quyidagi amallarni amalga oshirishimiz lozim: Bunda: birinchi galda biz birinchi kompyuter ko'rishiga ruxsat bermoqchi bo'lgan joyga ruxsat ochamiz (biz lokalniy disk E va D lar ruxsat ochamiz).