UzHackerSW
123 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
29-mavzu: Oddiy dastur orqali video (film, klip, triller va shu kabi videolar) ni internetdan ko'chirib olishni o'rganamiz
Hozirgi kunda turli internet saytlarida turli ko'rinishdagi videolarni uchratish mumkin. Bular film, klip va shu kabilar bo'lishi mumkin. Ularni siz online tarzda ko'rishingiz mumkin lekin ba'zida siz uni yana qayta ko'rmoqchi bo'lasiz va yana online ko'rishingizga to'g'ri keladi. Agar bu sayt tas-ix hududida bo'lsa yaxshi agar aksi bo'lsa unda trafikni sovurishga to'g'ri keladi. Endi sizda bir marta ko'chirib olib yana qayta ko'rish fikri uyg'onishi mumkin. Lekin uni ko'chirib olish uchun odatda saytdan ro'yxatdan o'tishingiz talab etiladi va undan so'ngina sizga ko'chirib olish tugmasi ochiladi. Ro'yxatdan o'tish uchun bir necha daqiqalarni sariflash va bu ishni bir necha saytga qo'llash ancha vaqt talab etadi. Shu kabi muammolarni hal etish uchun bizda yechim mavjud. Qanday deysizmi? Unda o'qishni davom eting. Biz hech qanday ro'yxatdan o'tmay birinchi martaning o'zida biron videoni ko'chirib olishimiz mumkin. Buning uchun biz "Internet Download Manager" dasturidan foydalanamiz.
Buni quyidagicha amalga oshiramiz. Avval biz dasturning OT ga o'rnatib olamiz. Biz bu dasturning crack (ya'ni hozirgi kunda keng tarqalgan turi) versiyasini o'z OT imizga o'rnatib olamiz. Crack - bu pullik bo'lgan dasturlarni ya'ni biz litsenziyani sotib olmasdan uning to'liq funksiyasidan foydalana olishimiz uchun imkon yaratuvchi versiyasi. Bu kabi versiyalarni hakerlar yaratidilar ya'ni ular asl dasturning ba'zi qismini o'zgartirishida va bu dasturdan bepul foydalanish imkoniyatini yaratishadi.
Rasmda ko'rsatilgan o'rnatuvchi paketni tanlaymiz. Agar bu paket yo'qolib qolaversa antivirus dasturini o'chirib qo'yish maslahat beriladi
Quyida ochilgan oynadan o'rnatuvchi paketning o'zimizga kerakli tilini tanlaymiz
Rasmda belgilangan tugmadan belgilashni olib tashlaymiz
Ma'lumot: "hi.ru" bu kabi linklar juda ko'p bo'lib, bu eng ko'p tarqalgan linklardan biri hisoblanadi. Bular sizning brauzeringizga o'rnatiladi va har safar brauzerni ishga tushirgan vaqtingiz brauzerning uy oynasida bu link avtomatik ochiladi. Bu linklarning qo'yilishdan maqsad nima deysizmi? Maqsad shuki bu reklama virusi hisoblanadi ya'ni siz xoxlamasangiz ham ochilaveradi va sizga ko'rish qobilyatingiz orqali bosim o'tqaziladi. Bu nima degani ya'ni siz bu linkni ko'raversangiz uni eslab qolasiz va bu sizda refleks uyg'otadi. Oqibatda siz bunga o'rganib qolasiz va bu linkda ketayotgan yaxshi yoki yomon ma'lumotlarni ko'ra boshlaysiz. Bu sizni har safar bezovta qilmasligi uchun buni o'chirib qo'ysangiz bu link sizga o'rnatilmaydi.
Paket o'rnatilgandan so'nggi dastur tilini tanlaymiz va faqat rasmda belgilangan belgilashni qoldiramiz
Dasturni qayerga o'rnatish manzili belgilandi va "Устоновить" tugmasini bosamiz
Mana bizning o'rnatilgan dasturimiz yorlig'i
So'ng biz internet brauzerimizni oishga tushuramiz. Biz Google Chrome misolida ko'ramiz.
Google chrome brauzerini ochsak, bizda rasmda ko'rsatilgandek belgi paydo bo'ladi
U tugmani bossak, "Internet Download Manager" kengaytmasini qo'shishimiz mumkinligi paydo bo'ladi va uni bosamiz
Ma'lumot: Brauzerlar uchun kengaytma - bu brauzerga kichik dastrucha qo'shimcha sifatida qo'shiladi. Ular erkin ishlashi yoki biron dasturga bog'lanishi mumkin.
Mana bizda bu dastur brauzerimizga ulangan holatga o'tdi
Endi bemalol video ko'chirib olishimiz mumkin.
Biron saytga kiramiz va videoning play tugmasini bosamiz bizda video tepasida ko'chirib olish uchun link paydo bo'ladi
DIQQAT ! ! ! Dasturni o'rnatganingizdan so'ng bu dastur uchun yangilanish olish tavsiya etilmaydi.
#IDM - Internet Download Manager dasturini ko'chirib olish uchun quyidagi havolaga o'ting:
https://tttttt.me/WindPro_UzH/31
#29mavzu_oxiri
29-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting