UzHackerSW
125 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
Hujjatimizni rasmda ko'rsatilgandek arxivga joylaymiz
Bizda yangi fayl ya'ni arxivda ko'rinishidagi hujjat paydo bo'ldi
Windows Logo + R tugmasini birgalikda bosamiz. Bizda "Выполнить" oynasi ochiladi va u oynaga "cmd" deb "OK" tugmasini bosamiz
Bizda buyruqlar yozish oynasi ochiladi
So'ng quyidagicha buyruq orqali rasm turgan joyga o'tib olamiz (ESLATMA, bizning fayllar ish stolidagi "Rasm ortiga hujjat yashirish" deb nomlangan papka ichida)
So'ng quyidagi buyruqni kiritamiz (1) va rasmdagi ko'rinishda javob olsangiz demak siz hujjatni rasm ortiga yashira oldingiz
(1) "Copy /b target.jpg (rasm nomi va kengaytmasi) + HiddenFile.rar (arxiv file nomi va kengaytmasi) target.jpg (rasm nomi va kengaytmasi)"
Endi buni tekshirish uchun yonimizdagi arxivga ikki marta bosamiz
So'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi va biz rasmda ko'rsatilgan joyni ikki marta bosamiz
Endi rasmda ko'rsatilgan rasmga ikki marta bosamiz
Mana bizning yashirilgan hujjat. 1. Qanday hujjat ochilganligi (bizda rasm orti bo'lgani uchun bu yerda rasm ochilgan deyilgan); 2. Biz yashirgan hujjat
Endi biz rasmni o'zimiz xoxlagan joyga qo'yishimiz va hech kimda shubha uyg'otmasligimiz mumkin.
Bugungi "bu_qiziq" mavzuyimiz yoqqan bo'lsa, hech kim ko'rishini xoxlamagan hujjatlaringizni yashirishga urinib ko'ring. "bu_qiziq" dan yiroqlashmang. Hayratga solishda davom etamiz 😃 😅 😁
20-mavzu: Megabayt tushunchasi
Hammaga salom, ashaddiy internet ishqibozlari, megabaytini telegram, whatsapp, imo va hokazolar uchun ayamaydigan bizning kanalimiz a’zolari. Biz uchun ham vaqt, ham megabayt sarflaganingiz uchun rahmat!
Hozir aynan megabayt borasida gaplashamiz. Xo’sh, hozir hisobingizda qancha megabayt bor? Qo`lingizdagi smartfoningiz qancha soniyasiga megabitda bizni kanalimizga ochmoqda? “Megabayt” va “megabit” ni farqini bilasizmi? Shu savollarga javobni o‘zim beraman!
Axborotni eng kichik o‘lchov birligi bu – “bit” (boshingizdagi emas ! ) hisoblanadi. 8 bit 1 baytni tashkil etadi. 1024 bayt esa 1 kilobaytni tashkil etadi; 1024 kilobayt – 1 megabaytni; 1024 megabayt – 1 gigabaytni; 1024 gigabayt – 1 terabaytni; 1024 terabayt – 1 petabaytni tashkil etadi. Bu o‘lchovlar xalqaro qabul qilingan bo‘lib o‘zgarmas hisoblanadi.
Bu bilan nima demoqchimiz, bu bilan shuni aytmoqchimizki, siz 10 $ ga (UMS abonentlari) 1000 megabayt olganingiz – 1 gigabayt olganingizni anglatmaydi. 1 gigabayt = 1024 megabayt !!!
O‘lchov birliklarini tushundik, endi tezlik haqida gap ketadi:
Hozirgi kunda Toshkent shahri bo‘ylab optika orqali internet tarqatish keng tarqaldi va internet provayderlari “Tezlik 100 Mb/s” shaklida e’lonlar berishni yaxshi ko‘rishadi va ko‘pchilik buni “100 Megabayt/soniya” – shaklida o‘qiydi. Lekin biling-ki, bu “100 megabayt/soniya” emas!!!
Bu “100 megabit /soniya”!!!
“Megbayat” va “megabit” bitta narsa emas! Yuqorida aytganimdek axborotni eng kichik o‘lchov birligi bu “bit” va “100 Mb/s” – “soniyasiga 100 megabitni anglatadi”; u son ko‘rinishida quyidagi qiymatga ega bo‘ladi - 100 000 000 bit/soniya! Agarda uni megabaytga o‘tkazsak 12,5 megabayt/soniya kelib chiqadi! Boshqacha qilib aytganda, 100 megabit/soniya tezlikda siz har soniyada 12,5 megabayt axborot ko‘chirishingiz mumkin.