UzHackerSW
125 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
Windows operatsion tizimida (OT) ba'zi nomdagi fayl yoki hujjatlarni yaratib bo'lmasligi haqida eshitganmisiz? balkim ba'zilar eshitgan bo'lsa kerak, boshqalar esa yo'q. Bugungi #bu_qiziq mavzuyimiz shu haqda. Bilasizmi Windows OT mida CON nomli papka yoki hujjat yaratib bo'lmaydi. Uni quyida ko'rishingiz mumkin:
Ixtiyoriy papka yaratamiz uni nomiga "con" deb yozamiz
Bizda quyidagicha bu nom bilan papka yaratib bo'lmasligi haqida ogohlantiriladi va boshqa nom berishimizni talab qiladi
Buning kelib chiqish tarixi bir necha farazlarga borib taqaladi:
1-faraz: WIndows OT asoschisi Bil Geyts yoshligida maktab davrida uning bir necha laqablari bo'lgan ulardan biri "con" ya'ni "botanik" degan ma'noni bildiruvchi so'z bo'lgan va u unga psixologik tramva bo'lgan. Shu sababli u o'z OT imizda bunday so'zlarga o'rin qoldirmagan degan taxmin mavjud;
2-faraz: Dasturchilar tomonidan talqin qilinganda "con" papkasida operatsion tizimning o'zi joylashgan deyiladi;
3-faraz: Kompyuterning texnik harakteristikasi deb talqin qilinadi ya'ni operatsion tizimda shunday so'zlar borki ularni nusxasi mavjud bo'lmasligi zarur. Masalan "con" ya'ni konsol papkasi yoki "pnr" ya'ni printer papkasi deyiladi. Bu so'zlardan tashqari yana bir necha so'zlar mavjud bo'lib, bu so'zlar bilan papkalar yoki hujjatlarni nomlab bo'lmaydi.
Quyida shu so'zlarning ro'yxatini ko'rishingiz mumkin
Buni sinab ko'ring. #bu_qiziq dan yiroqlashmang. Hayratga solishda davom etamiz 😊
Bilasizmi Windows OT imida nomsiz papka yaratish mumkin. Qanday qilib deysizmi? Unda #bu_qiziq ni kuzatib boring va biz sizga buni qanday qilishni ko'rsatamiz. Buni quyidagicha amalga oshiramiz:
Istalgan joyda biron papka yaratamiz va nomini yozishga shoshilmaymiz
So'ng klaviaturadagi "Alt" tugmasini bosib turgan holda va o'ng tomondagi raqamlar tugmasidan foydalangan holda "0160" raqamini teramiz va "alt" klavishisani qo'yib yuboramiz. (ESLATMA!!! Agar siz chap tomondagi harflar ustidagi sonlardan foydalansangiz nomsiz papka yarata olmaysiz).
Mana bizning nomsiz papkamiz
Agar siz shu joyning o'zida yana bir necha nomsiz papkalar yaratmoqchi bo'lsangiz "alt" klavishasi va "0160" raqamini shuncha marta qayta terishingiz kerak bo'ladi. Masalan siz ikkinchi nomsiz papkani yaratmoqchisiz, siz "alt" + 0160 so'ng "alt" klavishini qo'yib yuborasiz va yana "alt" + 0160 kombinatsiyani takrorlaysiz. Endi sizda 2ta nomsiz papka hosil bo'ldi. Bu usulni "0160" raqamini o'rniga "255" raqamini yozib ham qilish mumkin.
Qiziqdingizmi? Unda buni sinab ko'ring. #bu_qiziq dan yiroqlashmang. Hayratga solishda davom etamiz 😊
16-mavzu: Turli videolarni tomosha qilish uchun dasturlanri to‘g‘ri tanlash.
Kompyuteri bor inson borki, albatta oyiga hech bo‘lmaganda ikki yo uchta film tomosha qiladi. Bunda videoni tomosha qilish uchun windowsga avtomatik o‘rnatiluvchi Windows Media Playerdan yoki boshqa bir dasturdan foydalanish mumkin.
Windows Media Player
Dastur ishga tushgan holatda odatda shunday ko‘rinishda bo‘ladi