UzHackerSW
125 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
Endi bizda kalit bor lekin bu kalitlarning hammasi ham bizning antivirusga mos kelmasligi ham mumkin.
Buning sababi esa antivirusning versiyasidadir. Biz kalit olganda antivirusimizning versiyasiga mos antivirus tanlashimiz lozim. Bizning hozirgi versiyamiz "Eset Smart Security Premium". Kalitdan ham xuddi shu versiyaning kalitini tanlaymiz
Versiyani aniqlab olganimizdan so'ng biz, shu versiyaga tegishli kalitni olib antivirusimiz so'ragan joyga qo'yamiz
Kalitimiz haqiqiyligini tekshiruvchi oyna hisoblanadi (ESLATIB O'TAMIZ, antivirusni aktivatsiya qilish uchun bizga internet kerak bo'ladi)
Antivirusimiz kalit haqiqiyligini tekshirdi va bizda quyidagicha tasdiqlash oynasi ochiladi va "Готова" tugmasini bossak bizning antivirus ishga tushadi
Bular quyidagini anglatadi:
1. "Password Manager" - bu internet brauzerlarda saqlangan parollarni xavfsiz saqlash uchun ishlatiladi;
2. "Secure Data" - bu orqali biz kompyuterimiz xotirasidagi o'zimiz xoxlagan ma'lumotlar faqat bizning kompyuterda ocha oladigan boshqa kompyuterga o'tganda shifr holatida ko'rinadigan holatga keltirish mumkin;
3. "Родительский контрол" - bunda biz farzandlarimiz yoki boshqa insonlarimizni internetdan be'mani ma'lumotlardan saqlash uchun turli saytlarni bloklash yoki faqat kerakli saytlarni ochib qo'yish va shu kabi nazorat ishlarini qilish mumkin;
4. "Антивор" - buni ishga tushirsak biz kompyuterimiz yo'qolgan paytda uni qayerda ekanligini topa olishimiz uchun yordam beradi.
(ESLATMA, yuqoridagilarni aktivlashtirish uchun ma'lum qadamlarni bosib o'tish kerak).
Endi dasturning ishchi oynasi o'tganimizda antivirus o'zi avtomatik tarzda baza yangilanishini va dastur yangilanishi yuklab oladi va yangilanishni tugatish uchun OTni qayta yuklashni tavsiya etadi
Dasturimiz o'z ishini boshladi va sizning operatsion tizimingizni o'z hinoyasiga oldi
Kanalimiz a'zolariga yana bir maslahat, yuqoridagi rasmda qizil rang bilan belgilangan joyga e'tibor qaratishingizni so'raymiz, bujoyda agar yashil rang yonib turgan bo'lsa demak antivirus to'liq ishlamoqda degani, agar sariq ranga o'zgarsa antivirusimizda qandaydir kamchilik mavjud bo'ladi (bu kamchilik havfli emas), agar qizil rang bo'lsa antivirus operatsion tizimni kam kuch bilan himoya qilayotgan yoki umuman himoya qilmayotgan bo'ladi (bularga sabab bo'lishi mumkin, ba'zamiz eskirsa, aktivatsiya muddati tugasa va shu kabilar bo'lsihi mumkin)
#Nod32_ess dasturini ko'chirib olish uchun quyidagi havolaga o'ting
https://tttttt.me/WindPro_UzH/12
#14mavzu_oxiri
14-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting
15-mavzu: PDF, DJVU, TXT va MS Office formatlari haqida tushuncha
Bugun biz turli yozuv (matn) ko'rinishidagi ma'lumotlarni saqlovchi format (kengaytmalar) bilan tanishib chiqamiz. Bugungi kunda bu kabi kengaytmalar juda ko'p bo'lib, ulardan misol qilib keltiradigan bo'lsak, eng keng ommalashgan djvu, pdf, txt yoki MS Office paketidagi mavjud kengaytmalar (.doc yoki docx, .ppt yoki pptx, .xls yoki .xlsx, .pub, .accdb). Har bir kengaytma o'zining kodlashtirish algoritmiga ega. Yuqorida keltirilgan kengaytmalar (formatlar) ni ko'rib chiqamiz:
1. PDF
PDF (Portable Document Format) - ya'ni o'zida ham matn ham rasm ko'rinishidagi ma'lumotlarni saqlaydigan va uning betlari rasm sifatida qo'shilganligi bilan farqlanuvchi Adobe system tomonidan ishlab chiqilgan kengaytma hisoblanadi. Uning betlari rasm sifatida ketganligi sababli undan ma'lumot ko'chirish mumkin emas lekin hozirgi kunda matnlarni olish mumkin. Bu turdagi kengaytmalarning afzalligi shundaki uning himoyasi kuchli va undan nusxa olish qiyin hisoblanadi. Asosan kitoblar uchun format, lekin kitoblardan tashqari, jurnallar, qo‘llanmalar ham shu formatda tayyorlanishi mumkin. PDF kengaytmasida himoyalash tizimi ancha ko'p bo'lib ulardan to'g'ri foydalanilsa bu kengaytmadan deyarli umuman hech qanday ma'lumot olib bo'lmaydi ya'ni ma'lumotning nusxasi ko'paymasligiga ancha yordam beradi.
PDF kendaytmasi
2. DJVU