UzHackerSW
125 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
Pilot
Bundan so'ng bizga pilot bilan kompyuterning protsessoriga ulovchi ulagich (kabel) kerak bo'ladi. U quyidagicha bo'ladi.
Kabel
Endi biz bu ulagich (kabel) ni protsessorning "блок питания" ya'ni elektr ta'minotidan olingan tokni kompyuterning ichki qismiga taqsimlash vazifasini bajaruvchi qismiga ulanadi. Kompyuterning elektr ta'minot qismi (rozetka) ga ulanuvchi ulagich (kabel) ning protsessorga ulanish joyi har doim (UNITMANG, HAR DOIM ! ! ! ) protsessorning yuqori (ba'zan eng pastki) qismida joylashgan bo'ladi, uni bemalol protsessorning qolgan qismlaridan ajratib olish mumkin. U 3 ta tashqariga qarab turgan tishlardan iborat. Uning ko'rinishi quyidagicha bo'ladi.
Protsessorning orqa qismining ko'rinishi va undagi "Блок питания"
Endi kompyuterning tasvirini ko'rsatuvchi qismiga kelsak. Bunda bizga DISPLAY (monitor) qurilmasi yordamga keladi. Uning ko'rinishi quyidagicha bo'ladi.
Monitor
Odatda monitorlar ham alohida tarzda elektr bilan ta’minlanadi, boshqacha qilib aytganda monitorda odatda 2 ta kabel chiqadi: birinchisi elektr ta'minot kabeli, ikkinchisi protsessor bilan bog'lanish kabeli ya'ni VGA kabel. Ular quyidagicha bo'ladi.
VGA kabel
Elektr ta'minotiga ulanuvchi kabel
Elektr ta'minotiga ulanuvchi kabel
VGA kabel protsessorning quyidagi qismiga ulanadi.
Belgilangan joyga monitor VGA kabel orqali ulanadi.
Protsessor va monitorni elektr ta'minotiga ulab, monitorni ikkinchi kabelini protsessorga ulaganingizdan so'ng, kompyuterni ishga tushiring. Buning uchun odatda protsessorni pastki (ba'zan yuqori yoki o'rta) qismida joylashgan katta va dumaloq yoki kvadrat shakldagi tugmani bosing. Agarda tugma atrofida qizil va yashil (ko'k, yashil va boshqa ranglar ham bo'lishi mumkin) chiroqlar yonishni boshlasa, demak, kompyuter ishga tushdi. Yoqish tugmasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi.
Protsessorning old qismida belgilangan tugma bosiladi.
Kompyuter yongandan so'ng quyidagi ko'rinishda bo'ladi (WINDOWS 10 misolida).
WINDOWS 10 operatsion tizimining ish stoli (рабочий стол)
Endi biz ma'lum ishlarni bajarib bo'lganimizdan so'ng bu kompyuterni xavfsiz tarzda o'chirishimiz kerak. Uning uchun quyidagi amallarni bajarish zarur. Kompyuterni o'chirishning eng xavfsiz o'chirish yo'li bu – uni quyidagi tartibda o'chirishdir: Пуск (pusk ) —> завершение работы (o'chirish). UNITMANG ! ! ! Kompyuterni o'chirishdan oldin barcha dasturlarning ishi tugatilgan (ya'ni barcha dasturlar o'chirilgan) bo'lishi kerak. Kompyuterni o'chirish quyidagicha amalga oshiriladi.
Пуск (pusk) tugmasi
завершение работы (o'chirish)