UzHackerSW
125 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
O'rnatish jarayoni tugagandan so'ng bizni ish stolimizda quyidagicha yorliq paydo bo'ladi
Endi yorliqni ikki marta bossak quyidagicha oyna ochiladi. Bu dastur 1-marta ishga tushganligini anglatadi. "Next" tugmasini bosamiz
Bu oynaning maqsadi sizda bir necha brauzerlar bo'lganda qaysi bir asosiy bo'lishni belgilashda google chrome brauzerini taklif qiladi.Biz albatta Chrome brauzerini tanlaymiz.
Ochilgan oyna bizning brauzerimizning oynasi hisoblanadi. Endi brauzerimizning oynasi nimalardan tashkil topganligi bilan tanishib chiqamiz
Chrome brauzeri quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan:

1. Bu tugmalar ochilgan sahifalarni oldinga, orqaga qaytarish va qayta yuklash tugmalari hisoblanadi;
2. Ochilgan sahifa nomi yoziladigan joy;
3. Sahifani ochish uchun manzil yoziladigan joy;
4. Yangi manzillarni ochish uchun brauzer oynachalarini qo'shish tugmasi;
5. Agar sizda gmail da pochta (keyingi darslarimizda pochta haqida ko'rib chiqamiz) qutingiz yoki "account" ingiz mavjud bo'lsa chrome brauzeriga qo'shib qo'yishingiz mumkin;
6. Ochilgan sahifani yo'qotib qo'ymaslik uchun uni metka ya'ni manzilning o'zini saqlab qo'yishingiz uchun kerak bo'ladigan tugma;
7. Chrome sozlamalar, kengaytmalar va turli boshqa bo'limlarga o'tish joyi.
Endi internetdagi biron saytga kirmoqchi bo'lsak biz, 1 raqami turgan joyga kirmoqchi bo'lgan saytimizning manzilini yozamiz va 2 raqami turgan joyda bizga turli taklif etuvchi manzillarni ko'rsatadi
Manzilni yozib "Enter" tugmasini bossak bizga kerakli manzil yuklanadi. Misol sifatida biz Google.com qidiruv saytini yozdik
Manzil yozadigan joyga biz manzildan tashqari boshqa narsa yozsak bizga bu chrome brauzeri google qidiruv tizimi orqali avtomatik tarzda yozgan narsamiz haqida ma'lumot qidirishni boshlaydi
#Google_Chrome dasturini ko'chirib olish uchun quyidagi havolaga o'ting
https://tttttt.me/WindPro_UzH/9
#10mavzu_oxiri
10-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting:
Mavzular:
#1mavzu Kompyuterni yoqish va o'chirish
#2mavzu WINDOWS operatsion tizimining versiyasini aniqlash
#3mavzu WINDOWS operatsion tizimida kompyuterning doimiy xotirasi, tezkor xotirasi va video xotiraning hajmini ko'rish
#4mavzu WINDOWS operatsion tizimida razryad tushunchasi. Dasturlarni o'rnatish va o'chirish
#5mavzu Ish stolidagi rasmni va "заставка" ni almashtirish. Yozuv tiliga yangi tillarni qo'shish
#6mavzu WINDOWS operatsion tizimida keraksiz ma'lumotlarni o'chirish (umumiy holatda)
#7mavzu Kompyuter klaviaturasi haqida tushuncha va unda qo'llash mumkin bo'lgan tezkor klavishalar (WINDOWS uchun)
#8mavzu Total Commander bilan tanishish
#9mavzu Fayllarni ko'rinadigan qilish
#10mavzu Internet brauzerlaridan foydalanishni o'rganish
11-mavzu: Microsoft Office 2007 dasturini o'rnatish
O‘ylashimcha barcha Word, Excel dasturlari bilan tanish. Ular hozirgi kunda eng ko‘p kerak bo‘ladigan dasturlar qatoriga kiradi. Quyida uni qanday o‘rnatishni ko‘ramiz.
Dasturni tanlaymiz
Ekranga Microsoft kompaniyasining litsenziya shartnomasiga oid ko’rsatmasi chiqadi, pastki «Щелкните здесь» qismni belgilash orqali biz bu shartnomani qabul qilgan bo’lamiz. «Продолжить» ni bosib ishimizni davom ettiramiz (eslatma, dasturni o’rnatishning boshlanish qismi uning yangilangan versiyalari yoki eskiroq versiyalarida biroz farq qiladi!)
Bunda vaqtinchalik fayllarni qayerda saqlash so’raladi, bu muhim bo’lmagan narsa shuning uchun “OK”ni bosamiz!
Fayllarni ochish boshlanadi