UzHackerSW
122 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
Endi biz istagancha (tizim chegaralagan darajada) grafikli menyuyimizning fondini o'zgartirishimiz mumkin.
ESLATMA! ! ! Bu usul faqat Windows 8 va 8.1 OT lari uchundir. Chunki Windows ning boshqa OT ida bunday menyu mavjud emasda 😁.
#useful loyihasiga baho bering
39-mavzu: Virtual OT ni ishga tushiramiz (OT ichida OT)
Salom Do'stlar. Bugun sizlar bilan qiziqarli bo'lgan mavzuni ko'rib chiqamiz. Hozirgi kunda texnologiyalarni rivojlanish virtual olamga katta yo'l ochmoqda. Shu qatorda virtual OT ga ham. Virtual OT nima degani? Virtual OT ham xuddi kompyuter OT i bo'lib, faqat undagi kompyuter funksiyalari virtual tarzda yaratiladi. Masalan, virtual tarmoq kartasi, virtual USB portlar, virtual ekran va hokazolar. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki, Bu virtual OT, Kompyuter OT ining fizik imkoniyatlaridan kelib chiqiladi. Masalan, sizning kompyuteringiz operativ (tezkor) xotirasi 4 Gb, bunga o'rnatilgan virtual OT ning operativ xotirasi esa ko'pi bilan 2 Gb bo'ladi yoki bo'lmasa kompyuterning yadrosi 4 ta bo'lsa, virtual OT ning yadrosi ham ko'pi bilan 4 ta bo'lishi mumkin. Bundan ko'rish mumkin-ki, virtual OT ning imkoniyatlari ko'pi bilan kompyuterdagi OT ning fizik imkoniyatlariga ega bo'lar ekan holos.
ESLATMA! ! ! Virtual OT ishlashi uchun sizning operativ xotirangiz x64 razryadli OT uchun 4 Gb bo'lishi (undan 2 Gb (eng kamida) kompyuterning OT uchun va qolgan 2 Gb (ko'pi bilan) esa virtual OT uchun) va x32 razryadli OT uchun esa 3 Gb bo'lishi (undan 2 Gb (eng kamida) kompyuterning OT uchun va qolgan 21 Gb (ko'pi bilan) esa virtual OT uchun) ishlatish mumkin. Shuni ham aytish kerak-ki, virtual OT ishlashi uchun barcha OT lar uchun qo'yilgan eng kam qo'llab-quvvatlashlar virtual ishlashimiz uchun ham amal qiladi. Yuqorida ko'rsatilgan talab eng kamida hisoblanadi. Undan kam operativ xotiraga ega kompyuterda virtual OT ishlashiga kafolat berilmaydi.
Virtual OT dan foydalanish uchun bizda bir necha xil dasturlar mavjud: VirtualBox, Parallels Desktop, VMware, QEMU, Windows Virtual PC, Veertu va hokazolardir. Biz bugun VirtualBox dasturidan foydalanamiz.
MALUMOT! ! ! Bu dasturni ko'chirib olishingiz uchun mavzu oxirida beriladigan havolaga o'tishingiz mumkin.
Mana bu bizning VirtualBox dasturimiz yorlig'i. Bu dastur OTga o'rnatilgandan so'ng hosil bo'ladi
Dasturga kiramiz va dasturning asosiy oynasi quyidagicha
Dastavval biz OT uchun virtual muhit yaratib olamiz. Virtual muhit yaratish uchun biz "Создать" tugmasini bosamiz
So'ng bizda OT nomi (istalgan nom berish mumkin), qaysi oilaga kirishi va OT versiyasi tanlanadi. Keyin esa "Next" tugmasini bosamiz
Virtual mashina uchun operativ xotirani belgilaymiz va "Next" tugmasini bosamiz
So'ng bizda virtual doimiy xotira yaratish, qo'shmaslik yoki mavjud virtual doimiy xotiradan foydalanish kabi tanlash varianti chiqadi. Biz yaratishni tanlaymiz
Qaysi turdagi virtual formatdan foydalanish oyna ochiladi. Biz VDI ni tanlaymiz va "Next" tugmasini bosamiz
Bu yerda biz virtaul xotira berilgan hajmgacha kengayib borishi yoki aynan berilgan hajm bilan joy egallashi belgilanadi. Biz birinchisidan foydalanamiz
Virtual doimiy xotiramizning hajmi qancha bo'lishini belgilaymiz va "Создать" tugmasini bosamiz
Mana bizning virtual muhit
Endi biz bu muhitga OT ni o'rnatamiz