UzHackerSW
125 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
2-usul. Bizning xoxishga ko'ra o'chirish:
Xuddi boyagi oyna orqali biz "Тщательная очистка" vazifasi o'rniga "Без очистки" vazifasini belgilaymiz
Endi antivirus tekshirib bo'lgandan so'ng bizda quyidagicha qanday amalni bajarishni so'rovchi oyna ochiladi. Biz kerakli amalni tanlaymiz va "Применить" tugmasini bosamiz
Antivirus biz aytgan amalni bajaradi va bizda o'chirilganlik haqida oyna ekranimizda nomoyon bo'ladi. Sizning tizimingiz vaqtinchalik virusdan holi. Chunki oldindan qanday hodisa ro'y berishini axir hech kim bilmaydi 🙂😉.
#24mavzu_oxiri
24-mavzu bo'yicha savol va takliflar uchun quyidagi havolaga o'ting
25-mavzu: Windows operatsion tizimida yangilanish (обновления)
Bugun biz sizlar bilan Windows operatsion tizimini qanday yangilash mumkinligi va bu yangilanish nima uchun kerakligini ko'rib chiqamiz. Bilamizki, yangilanish tushunchasi ishlatilganda biron qurilma bo'lsin xox biron dasturiy ta'minot unda qandaydir yangi funksiyalar vujudga kelishi yoki biron kamchilikni yo'qotilishi tushuniladi. Windows OT da ham xuddi shunday, operatsion tizimda vujudga kelgan kamchiliklar yoki qandaydir yangi funksiyalar bu yangilanish orqali yo'q qilinadi yoki yangilaniladi. Masalan Windows OT imining xavfsizlik bo'yicha himoyada kamchiligi mavjud bo'lsa, yangilanish bu kamchilik to'g'irlanadi. Windows OT ni yangilash deganda biz yana bir necha farqlarni tushunib olishimiz zarur. Windows OTda yangilanish deganda biz OT o'zi uchun yangilanish olishini tushunishimiz kerak ya'ni u Windows OTimi versiyasi yangilanmaydi. Buni sodda so'z bilan aytganda Windowsning versiyasini aynan biror versiyasining tizimidagi kamchiliklar va yangilanishlar yangilanadi. Versiya yangilanish deganda biz Windows 8.1 versiyasi va undan keyingi yangi versiya Windows 10 versiyasini tushunish mumkin. Biz yangilanish tushunchasini ko'rib chiqdik endi Windows OT tizimidagi yangilanishni qanday avtomatik tarzda amalga oshirish mumlkinligini yoki uni cheklab qo'yish kerakligini ko'rib chiqamiz. ESLATMA, Windows OTimidagi barcha dasturlarning 95% yangilanish oladi agar siz internet tarmog'iga ulangan bo'lsangiz.
Ish stolida turib biz klaviaturaning Windows Logo + R tugmasini birgalikda bosamiz va bizga doimgidek "Выполнить" oynasi ochiladi.
"Выполнить" oynasi. So'ng "Открыть:" qismiga "control" deb yozamiz va "OK" tugmasini bosamiz
Bizda ochilgan oyna boshqaruv paneli (Панель управления) hisoblanadi. Bu bizning eng kerakli oynamiz hisoblanadi (o'tgan darslarimizda bu oyna haqida biroz gaplashgan edik).
Bu oynadagi "Система и безопасность" bo'limiga kiramiz
Bu bo'limning "Центр обновления Windows" tugmasini bosamiz
Mana bizning yangilanish oynamiz. Bu oyna yangilanish bilan ishlovchi oyna. Bu oyna bilan tanishib chiqamiz:
1. Yangilanishni qidirish - ya'ni OT imiz uchun yangilasnish mavjudmi yoki yo'qligini tekshirish;
2. Sozlamalar - yangilanish qanday bo'lishi va shu kabi sozlamalar mavjud;
3. Yangilangan yangilanishlarni ko'rish - ya'ni biz yangilagan tizim fayllari va dasturlarni ko'rish mumkin;
4. Yashirin yangilanishlarni qayta tiklash - biz bu orqali yashirilgan yangilanishlarni yangilashimiz mumkin;
5. Yangilanish jarayonini ko'rsatuvchi kichik oynacha.
Endi bizda yangilanishni bir necha turlari mavjud ularni quyidagcha ko'rish mumkin.
Bu bizda sozlamalar bo'limiga kirish orqali amalga oshiriladi
Bu yagilanish turlari quyidagilar:
1-tur: bu orqali avtomatik yangilanish olinadi va tizimga o'rnatiladi. Bu yangilanish turi taklif beriladi;
2-tur: bunisi esa avtomatik yangilanish oladi lekin tizimga o'rnish ishi foydalanuvchi qarori bilan amalga oshiriladi;
3-tur: yangilanish qidiriladi lekin uni ko'chirish va tizimga o'rnatish foydalanuvchi qarori bilan amalga oshiriladi;
4-tur: yangilanish umuman tekshirilmaydi va bu tur taklif etiladi.

Qo'shimcha:
5-tur: Taklif etilgan yangilanish va zarur yangilanishlarni ko'chirish;
6-tur: Microsoft kompaniyasiga tegishli mahsulotlar (masalan, Microsoft Office paketi) ga ham yangilanishlarni qidirish.

ESLATMA, bu yangilanishlar Microsoft kompaniyasiga tegishli serverdan yangilanish oladi.